Writer_minds
前往频道在 Telegram
Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
显示更多3 275
订阅者
+3224 小时
+1907 天
+1 42230 天
帖子存档
3 279
Rasmdagi o’ng tarafdagi finjon kofe emas, Hot Chocolate. Atnasheniyam tugadi kofe bilan😁
3 279
O’zi meni yuragim tez uradi, asabiyman, bezovtalik, uyqusizlik, qo‘l titrashi bor va men “caffeine crash” yani raketadek tepaga bir olib chiqib yana yerga guppilatib tashlavorishi bilib turib kofe ichishim g’irt ahmoqlik edi. Hattoki bir kunda ichadigan aytaylik 20 finjon choyimni kaffeiniga ham etibor bermasdim va bu kitob menga “aha moment” berdi. Demak choyniyam kamaytirishim kerak.
Keyingi boblarda 6:00 ga budilnik qo’yib 5:58 da uyg’onishingiz sabablari, REM(Rapid eye Movement) yani bu vaqtda biz tush ko‘rishimiz, miya juda faol bo‘lishi, emotsiyalar qayta ishlanishi, xotira mustahkamlanishi kabilar tushintirilgan. Va albatta NREM. Qisqa qilib aytganda Biz REM va NREM bosqichlari orasida 90 daqiqalik sikllarda almashib turamiz. Bir kechada 4–6 marta sikl bo‘ladi.NREM tanani tiklaydi, REM miyani tiklaydi va bularni to’liq tushunish uchun kitobni o’qishni tavsiya qilaman(IELTS da kim HEALTHni o’qigan bo’lsa yengil habari bor REM haqida). Men kitobni atiga 10 foizi haqida gapirdim,uyquni mensimaydiganlarga tavsiya qilaman.
3 279
Why We Sleep
Muallif: Matthew Walker
Yo‘nalish: nevrologiya, uyqu ilmi
Tun tun bo‘lishi kerak, yorug‘lik tongda keladi, lekin biz insonlar tun uchun ham chiroqlarni yoritamiz va ko’zlarimizni boyog’liday ochib bir nimadan quruq qolganday kechasiyam o’tiramiz. Shaxsan men shunchaki uhlagani yotmayman, quruq qolayotganday quloqchinda nimanarsa eshitib uhlayman, undanam battari hamma narsani 2x da yo 1,50 x da kechasi eshitarkanman. Bu degani kechasi soat birda suniy nurga termulib miyamga hozir tong deyishdek gap. O’qish paytlar eng erta uhlaganim 2 eng kechi tong edi, ikki soat, 4 soat uyqu bilan nimaga bunaqa asabiy ekanman deb yurganimga hozir kulgim qistaydi.(bu muammo bitta menda emas, Sogang Adabiyotshunoslik Graduate fakulteti talabarini ko’pida bor). Yana bitta kasal odatim ham bor: bitta kitobni bir kunda tugatishni plan qilamanda tugamaguncha o’tiraveraman burchagimda, shunaqa challenge bilan tugatgan kitoblarimdan bittasi “Ikki eshik orasi”, shunday, iye kasofat, tong otibdiyu deb ketgan paytlarim ko’p bo’lgan.
Why We Sleep(Nimaga Uhlaymiz) ni o’qiganimdan beri ancha o’zimga kelib qoldim, (asli mazam qochgandan beri) eng uzog’i 12 da uhlaydigan bo’ldim, juda qo’rqib ketsam 9 dajam uhlayveraman. Kitob meni shiorim bilan boshlangan: “o’lsam to’yib uhlayman”. Bu shiorni men abiturientlik paytimdan beri ko’tarib yuraman va uyqini bir tiyinga ilmasdim, hozir kallam devorga tekkandan beri endi osib qoysayam, vazifam tog’ bolib ketsayam 12 dan uyog’iga o’tmayman deb qasam ichib qo’ydim.
Kitob uyqusizlik chaqirishi mumkin bo’lgan kasalliklar xususan Altsgeymer, Yurak-qon tomir kasalligi, Insult, Yurakning surunkali yetishmovchiligi (yurak qonni yetarli darajada hayday olmasligi) kabi kasalliklar va insomnia yuqori bo’lgan davlatlar xususan Amerika, Yaponiya, Janubiy Korea kabi davlat ro’yhatlari bilan boshlangan. Va albatta uyqu dorilarni qanchalik sog’liqqa zararligi haqida uqtirib o’tilgan. Shu yerda Charlotte Brontening gaplari qanchalik haq: “Xayoli notinch odamning yostig‘i ham tinch bo‘lmaydi.”
Circadian rythm
Bir oyda 4 ta hududga kirib chiqqanimda jet lag( uzoq parvozdan keyingi holsizlik va uyqu buzilishi) ni qanchalik to’g’rlab olish qiyinligini sezgandim. Buning sababi bizdagi Circadian rhythm, bu organizmning 24 soatlik biologik ichki soati. Bu ritm tanamizdagi quyidagi jarayonlarni boshqaradi:Uxlash va uyg‘onish vaqti, Tana harorati, Diqqat va energiya darajasi, Gormonlar (masalan, melatonin) ajralishi. Kechasi qorong‘ilik tushganda melatonin ko‘payadi va uyqu keladi. Agar sirkadiyal ritm buzilsa (masalan, jet lag yoki tunlari ko‘p telefon ishlatish sababli), odam kechasi uxlay olmaydi, ertalab charchoq bilan uyg‘onadi, kayfiyati ham tushishi mumkin. Mimosa pudica o’simligini qishloqlaringda ko’rgandirsizlar, hatto shu o’simlik ham tunda “uhlaydi”, lekin biz uhlamaymiz.
Night Owl(tunda faol) bo’lish tanlovmi?
Men oldin buni tanlov deb bilardim lekin muallif buni DNKga ulanib ketgan genetik ritmligini va ming harakat qilsa ham night owllar tongda erta tursa ham “o’chgan” holatda bo’lishi va yuqori potensialini tushlikdan keyin va kechasi ishlatishini va aynan shuning uchun ular diabet, rak, anxiety, depressiya, yurak huruji kabilarga moyil bo’lishi takidlagan. Buni fakt check qilib ko’rdim va kelib chiqdiki night owl lik 100 foiz genetik ham emas 100 foiz tanlov ham emas ekan(who knows).
Kofe qachon ichish kerak?
Lactose intolerantligimni (Laktozani hazm qila olmaslik )bilardim lekin Caffeine intolerantligimni bilmasdim. Muallifning aytishicha koffein oildan keyin turuvchi planetadagi eng katta savdo homashyosi ekan. Qisqa qilib aytganda koffein bilamiz uyqu chaqiruvchi receptor adenosinni bloklaydi huddi qulog’inga paxta tiqqanday va koffe 30 minutdan keyin tepadi, va 5 soatdan 7 soatgacha “half-life” muddati bor tanada. Aytaylik kechgi 7:30 da kofe ichdingiz, bu degani tungi 1:30 da kofeni 50 % aktiv va miyya to’qimalarida aylanayotgan bo’ladi. Demak kofeni faqat tongda ichish aqlli odamni ishi bo’larkan. Mundoq olib qaraganda alkagol bilan tenglashyapti kofe.
3 279
Instagramni ikki haftaga o’chirib qayta kirib ko’ringlardir. Sinashga. Miyadagi o’zgarishni bilish uchun.
3 279
Meni bold odamlar qiziqtiradi, g’adir budur. Hammaga o’xshagan bur hil emas, ajralib turadigan, nimadidir bilan boshqa insonlar. Ulardan bittasi dugonam Kamila, Xristian, yoqimtoy, xushchaqchaq, buvisi bilan yashardi, bir birimizga nafaqat taqdirlarimiz o’xshash balki tabiatimiz ham o’xshab ketardi. Bir birimizni “cry baby” yani yig’loqi deb chaqirardik. Meni Amirakalikka yoki Fransuzga erga berishga juda ko’p chirangan qizgina chunki “sen puchuqni o’zbek qaynona o’ldirib qo’yadi” derdi. U o’zi aytganday Amerikalikga turmushga chiqdi men O’zbekga, ikkimiz ham bahtli lekin title o’zgarmagan. O’sha o’sha cry babymiz va aynan shu hususiyatimiz uchun ko’p izza qilishgan lekin qarabsizki biz haqimizda hatto kitoblar yozilibdi(quyidagi), aynan men tug’ulgan yilim. Qani edi tug’uliboq bir consciousness (ong) paydo bo’lsada shu kitobni bir yoshimdayoq o’qib chiqqanimda, hech biringizga so’z bermasdim, menga qadagan bigiz qo’llarini sindirib tashlardim.
HSP lar yani Higly sensitive Personlar (Yuqori Sezg’ir, tasirchan Insonlar) tug’ma bo’larkan(buni bilardim), nafaqat insonlar balki bu hususiyat hayvonlar va hattoki o’simliklarda, baliqlarda, hashorotlarda ham bo’larkan. Tadqiqotlarga ko’ra serotonin biologik jihatdan kam bo’lar va shu bois depressiyaga tendensiyasi ko’p bo’larkan: mana nimaga men bez bo’laman desam ham eplolmayman. Va buni katta harflar bilan yozish kerak; HSP lardan eng buyuk liderlar chiqarkan.
30 foiz HSP lar extrovert bo’larkan, va introvertlar HSP bo’lmas ekan. Bu faktga 100 foiz aminman men korgan introvertlarni suv bossa to’pig’iga chiqmaydigan g’ishtday stoic harakteri bor edi va bunday insonlar sensetive yani tasirchan bir parcha titilgan go’shtga o’xshagan insonlardan ko’ra uzoqroqga bora oladi chunki har qadamda asabiylashmaydi ular.
Juda tez charchash haqidagi qism overstimulation- qiziq tuyildi. U yerda kechgacha aylanib keyin yana tungi klubga ham ketaveradigan non sensetivelar bilan sensetivelar solishtirilgan. Sensetive kishi hamma narsaga detallargacha etibor bergani ovozga stimulatsiya va tolerantligi past bo’lgani uchun 2 soatlik sayrdan keyinoq “o’chib qolishi” aytilgan. Bazida ro’paramdagi odam to’htamay gapirsa ozgina to’htasayu o’ylab olsam derdim. Hullas bu kitob haqida kechgacha gapirishim mumkin. Tugatsam yana bir yozaman.
Asosiysi Hamma normal men nenormal deb o’ylab qolgandim. Lekin bu kitobni boshlaganimdan keyin ancha tinchlandim. Buni menga bir yozuvchi Koreys tanishim maslahat berdi. Avvaliga yozgan pyesalarimizni bir birimiz bilan bo’lishdik va men unga sen psixoterapevt bilan ishlashing kerak dedim u esa shoshib anchadan beri ishlashini va allaqachon yaxshi ekanligini va “I am totally fine” dedi. Bunaqa yozish uchun juda katta g’aming bo’lsa kerak sen bilan gaplashishni hohlayman desam, “albatta, bo’lishadigan hikoyalarim ko’p senga” “ja unaqa qiziqarlimas travmam (men ilmiy ishim travmaligini biladi) shunchaki onam uyga o’t qo’ymoqchi bo’lgan bizni bog’lab qo’yib” dediyu men attofimdagi 25 ta studentni ichida kallamni qaysi qumga tiqishni bilmay qoldim u esa arg’umchoq uchayotgan qizaloqday stolda tebranib “no’meringni ber o’zim senga kofega eriyman” dediyu shu joyda prof kirib suhbat uzuldi.
Va aynan shu qiz o’sha g’adir budur esdan chiqmaydigan insonlardan biri bo’ldi va meni hayotimda ko’rgan eng aqqli eng hushchaqchaq eng lider, repper, diva va hatto professordanda ko’proq malumot biladigan kuniga ikki litr koffe ichadigan geniy qiz edi.
3 279
Travma so’zini ustidan kuladiganlarga va uni mayda hisoblaydiganlarga bitta gap: siz Bakalavrni zo’rg’a tugatgansiz va umuman boshqa yo’nalishni tamomlagansiz qanday qilib bunday ishonch bilan butun fan ustidan qaror qabul qilar darajada ahmoqsiz?
To’g’ri hamma yomon hotirani ham travma deb bo’lmaydi, travma deb atash uchun voqea sizni DNK ingizni o’zgartirib yuborishi kerak, yani shaxsiyatingiz va dunyoga qarashingiz o’zgarib ketishi kerak.
Bolalar travma bilan katta bo’lishi haqida ham yumorlar ko’p lekin bular ham event based kichik ijtimoiy travmalar kabi kategoriyalarga bo’linadi va fanda miyasi kattalar buni o’rganadi. Shuning uchun sohangiz bo’lmagan sohada og’iz ochmaganingiz maqul.
Misol uchun childhood abuse bizda urchib ketgan, oilada bolaga “tarbiya” beryapman labeli ostida bola uriladi lekin bu ham albatta traumatic evidence based holat hisoblanadi. Yani Bola uchun ona dunyodagi eng xavfsiz maskan yani bola onani xudodek ko’radi. Onaning katta devdek gavdasi bilan bir qarich bolani kaltaklashi bolaning "dunyo xavfsiz joy" degan poydevorini (identitetini) parchalab tashlaydi.Bu voqea bolaning xotirasiga "muhrlanib" qoladi va u katta bo‘lganda ham o‘sha sahna ko‘z oldiga kelaverishi mumkin (PTSD belgilari).
Yoki mehrsizlik…. Struktural / Kundalik trauma" (Everyday/Structural trauma) yoki "Slow violence" (zo‘ravonlik) tushunchasi bor. Mehr ko‘rmaslik bu bitta dahshatli voqea emas, balki uzoq muddatli holat.
Nega bu trauma deb atalishi kerak? Chunki bola har kuni mehr kutadi va har kuni u rad etiladi. Bu "surunkali kamsitilish" bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini boshidanoq noto'g'ri shakllantiradi. Bola "men mehrga loyiq emasman", "men yomonman" degan ichki (self-narrative) bilan ulg‘ayadi.Bu bola kelajakda boshqalar bilan yaqin munosabat o'rnatishga qiynaladi (germenevtik muloqot inqirozi). Endi qaysi biri og’irroq desangiz
Psixologiyada "Kompleks trauma" (C-PTSD) degan tushuncha bor. Mehr ko'rmaslik (ruhiy tashlab qo'yilganlik) ko'pincha onasining urishini ko'rishdan ko'ra chuqurroq va davolash qiyinroq asoratlar qoldirishi mumkin. Chunki Onasini urganini ko'rgan bola "dushman tashqarida" ekanini biladi. Mehr ko'rmagan bola esa "ayb o'zimda, men sevilishga loyiq emasman" deb o'ylaydi va buni psixoterapiya bilan ham davolab bo’lmaydi.
3 279
Quyidagi Notelarni eng ko’p ko’rilgan podcastlardan biridagi Dr Wendy Suzukining tavsiyalaridan edi(1 yil oldin ko’rgandim) Lekin hamma narsa amal qilganda ishlaydi. Me hammasiga amal qilaman lekin aynan birinchisiga amal qilmadim(va ohirgisiga, deyarli uhlamay qo’ygandim). So’ngi payt ya’ni men do’stlarim bilan vaqt o’tkazish tugul hech kim bilan suhbat qurmay qo’ydim, o’zimni izolyatsiya qildim, chetlatdim vaholanki hechkimni suhbati ham tortmadi, birov bur gap gapirsa uni ilmiy tarfadan moral tarafdan tahlil qiladigan va ko’nglim ayniydigan bo’ldi, kundan kun anxiety kuchaydi, arzimagan narsalar g’ashimga tegishni boshladi, qo’limdagi qaltiroq va ko’z atrofimda myokomia(ko’z uchish) kuchaydi bir oy davom etdi va men tanamni eshitmadim. Finally Paralysis, yetti shoxli falajlikni yana orttirdim(6yil oldin ham bo’lgan). Qoyil qoldim to’g’risi. Ahmoqona bo’lsayam suhbat lar shallow talk muhim ekan, shundan keyin har hil eski guruhlarimni topdim kallamga nima kesa shu haqida gapirishga suhbatlashishga o’zimni majburlayapman, kitoblardan o’zimni ancha uzoqlashtirdim lekin baribir miyyam yangi informatsiyasiz yasholmaydi. Hozir asosiy etiborim ijtimoiylashishga va ko’proq mayda suhbatlar qurishga qaratilgan.
Stay Social (Spend time with family and friends)
Exercise Regularly (this one is the most important one. Move your body daily with activities you enjoy)
Cold Showers (give yourself an adrenaline boost and potentially improve your overall well-being)
Practice Mindfulness (Meditate, do yoga, or practice deep breathing)
Keep Learning (Read, or learn new skills, keep your mind active, engage in Cognitive Activities)
Eat Well (Mediterranean Diet is healthy, Eat fruits, vegetables, whole grains, lean proteins, and healthy fats like Olive oil)
Sleep Enough (Aim for 7-9 hours of good sleep every night, clears out toxins and garbage stuff in the brain)
3 279
Empire kitobidan (bazi boblardan) olgan notelarim:
Davlatni Mualliflar modernizm inqiroziga berilgan birinchi siyosiy yechim deb atashadi. Bu yechim inson erkinligini tartib va xavfsizlik evaziga "sotib yubordi".
Xalq (People): Bu — Gobbs va keyingi davlatlar tushunchasi. Xalq — bu bitta irodaga (suverenga) bo‘ysundirilgan, endi o‘zining alohida fikri bo‘lmagan yagona "massa".
Davlatda Tarixiylik: Davlat o'zining kelib chiqishi va tuzilishini o'zi, tarixiy jarayonlar (urushlar, boshqaruv) orqali quradi.
Davlat — bu tartibni saqlash uchun o'ylab topilgan zo'ravonlik mashinasi. Biz buni anglaganimizdagina, tizimning "hayoliy" birligidan chiqib, o'z erkinligimizni (Multitude) qidira boshlaymiz.
Millat tushunchasi — bu go'yoki hamma narsani birlashtiruvchi "sehrli tayoqcha". Lekin aslida u insonlarning bir-biri bilan erkin (millatsiz, chegarasiz) bog'lanishiga to'sqinlik qiluvchi burjuacha mexanizm.
Subaltern xarakter. Mustamlakaga qarshi turish uchun o’zbek atamasi muhim edi. Lekin… Biz bir millatimiz, hamma bir xil bo'lishi kerak" degan g'oya tashqi bosimga qarshi tursa-da, ichkarida shaxsiy erkinlikni o'ldiradi.
Natsional suverenlikni yoki millat atamasini qanchalik vahshiy yo’lga olib kelinganligini Germaniya Natsizmida va Stalin Rassiyasida ko’rdik. Yani Milliy davlat o'zining cho'qqisiga chiqqanda (totalitarizm), u o'z xalqidan mutloq itoatkorlikni talab qiladi va "bizdan bo'lmaganlarni" yo'q qilishga kirishadi. Mualliflar bu jarayonni modernizmning (zamonaviylikning) fojiasi va sharmandasi deb atashadi.
Mustamlakachi o'zini "sivilizatsiyalashgan" deb hisoblashi uchun, u qarshisidagi insonni (mustamlakadagi shaxsni) o'zining mutloq teskarisi deb tasvirlashi kerak. Ya'ni, mustamlakachi o'zini "normal" deb ko'rsatish uchun "Boshqa"ni (Other) g'ayritabiiy qilib ko'rsatadi. Misol qora tanli-oq tanli. Qora soch, sariq( meni rijiy deb kulishardi ustimdan)
Yevropalik o'zining "yaxshi", "odobli" va "madaniyatli" ekanligini bilishi uchun unga doim o'sha "yomon", "vaxshiy" va "axloqsiz" deb tamg'alangan qul kerak.
Hardt va Negrining fikricha, bugungi kunda hokimiyat (dushman) o'z qiyofasini butunlay o'zgartirgan. Agar siz eski dushmanga (masalan, klassik milliy mustamlakachilikka) qarshi kurashaversangiz, ko'z oldingizda shakllanayotgan yangi global nazorat tizimini sezmay qolasiz.
3 279
biz "o'z millatimiz" uchun qayg'urayotganimizda, aslida bizni boshqarayotgan va ekspluatatsiya qilayotgan tizimni mustahkamlayotgan bo'lishimiz mumkin. Millatchilik — bu erkin subyektlarni (Multitude) jilovlash uchun o'ylab topilgan eng "mukammal" tuzoqdir.
Hardt va Negri
Meni qo’limdan telni olib qo’yinglar😂
3 279
Instagramni vaqtinchalik o’chirganimdan keyin anglagan birinchi narsam: birovga bir tiyinlik qizig’ing yo’q😁
3 279
Hello Geniuses
O’tgan safar aytgan Impire nazariyasidagi tizimdagi qullikdan chiqishni misollar orqali o’rgataman. But ilmiy tilda Exodus deyiladi.
Ijtimoiy tarmoqni o’chiring, ishdan bo’shang, toqqa chiqib keting. Albatta bunday qila olmaysiz. Mayli Instagram ishlating lekin hamma qo’yayotgan postlarni qo’ymang, hohlasangiz yerni rasmga olib yerni qo’ymaysizmi, algaritm hohlagan narsani emas, o’zingiz hohlagan narsani ulashing.
Global citizens bo’lish yani millatchilik va chegaralarni rad qilib dunyoni istalgan hududida yashash
Keyingisi ikki soat yoki 3 soat tabiat qo’ynida vaqt o’tqazing.
Keyingisi urban gardening yani bog’dorchilik. Do’konda ovqat tugasa och qolamiz deysiz asli oldin do’konlar bo’lmagan. Yevropada hozir ko’p qavatli uylarda ham hatto jamoaviy bog’lar yaratilyapti hoh u tomda bo’lsin hoh uy ichida kichik parniklarda bo’lsin pamidordan tortib kashnichgacha o’zlari yetishtiradigan insonlar ko’p.
Keyingisi slow movement yani sekinroq yashash, tizim sizdan hamma hilan musoboqa o’ynashingizni hohlaydi siz esa ko’chadan ovqat olishni o’rniga yani fast foodlar o’rniga uyda ovqat tayorlaysiz kunlab balki haftalab ijtimoiy tarkoqlaringizno o’chirasiz va oilangiz va sevganlaringiz bilan maroqli vaqt o’tkazishga intilasiz bu bilan kapitalizmga vaqtni sotmaslikni o’rganasiz.
Va eng asosiysi keraksiz narsalarni sotib olmaysiz. Reklama qilinayotgan har bir narsa ishlatilishi shart degani emas, misol uchun Dyson soch qurutgichi.
List may go on……
3 279
Balzakdaqa yozuvchi ko’rmadim. Eng sevimli yozivchilarimni ham qaysidir asari “atala”ga o’xshaydi lekin Balzakni har bir asarini tugatganimdan keyin shiftga uzoq qarab qolaman. Ilk bor Yevgeniya Grandeni o’qigandim, keyin Gorio Otasi eng sevimli asarimga aylandi, ohirgi o’qiganim Gobsek bo’ldi. Gobsek menga ochko’z bo’lib qarigan qariyalarni eslatadi. Nega bu qadar “yig’ishga” saqlashga ishtiyoqmand ekan bular derdim. Gobsek ham umrini ohirigacha mol mulk yig’adi, sutho’rlik qiladi, o’limidan keyin ombor ombor achigan ovqatlaru donlar, guruchlar topiladi. Buni adabiyotshunoslar Freydning “maniyni ushlab turish” nazariyasiga yoyishgan, yani pul bu najas va u chiqib ketsa baht tugaydi qabilida. Yoki kapitalizmdagi yakka hukmronlik kabi o’nlab qolibga solishgan bu asarni.
Menga hammasidan ham qiziq tuyilgani Gobsekni psixalogiyasi. U oltingina yashashga arzirligini va hatto ayollarni tuyg’usini u bilan sotib olishini aytadi. Eng qizig’i falsafa ichidagilar kitob o’qiydiganlar, ilm o’rganadiganlarni so’taklar deydi. Ilmni zaiflik deb o’ylaydi chunki aynan ilm egasi uni oldiga qarz so’rab boradi. Aynan. Men hayotinda ko’rgan jamiki “Gobsek”lar ochko’zlar kitoblarni yoqtirmagan, ilmni ustidan kulgan, bataniklarni mashara qilgan. Insonda yashashdan maqsad har hil bo’lar ekan, kimdir hammadan ustin bo’lishni va tillani ustuda o’tirishni baht deb bilsa kimdir moralityni ustun qo’yarkan. Lekin asarlar siz o’ylaganchalik faqat syujet va dialoglardan iborat emas. Bir gapgina hayotda kim yutganini aytib qoygan. Narrator “men o’zim haqimda emas, bahtsiz inson haqida hikoya qilaman, chunki bahtlilar hikoyasi zerikarli bo’ladi” deydi.
3 279
Behalovat Avlod menga yuzga yuz dadamni tarbiya tizimini eslatdi. Meni paxtaga(dala) majburlab qaytarib jo’natvorganlariyu, qizim yiqilib tushmasin deb yugurib borib tutib qolganimda “tegma yiqilsin” deb so’kkanlariyu hamma hamma tarbiyalarini eslatdi. Kitobda qoyil qoldiradigan yangi argument yo’q(men uchun) lekin cohesion taraflama kitob nihoyatda kuchli yozilgan muammoga yechim bor. Balki bu kitobni men Negrining Empire nazariyasidan keyin o’qiganim uchun yangilik topolmagandurman, tag’in bilmadim.
3 279
100 Spoiler Alert🚨
Jack Londonning Martin Eden romani Janubiy dengizlarga qilgan safari davomida yozilgan va ramziy jihatdan ham aynan dengizda yakun topadi: Martin o‘zini suvga dengizga uloqtiradi. London Martin Idenning o’limi sababi u individualist ekanligidaligini aytadi va Londonga o’xshab sotsialist bo’lganda tirik qolardi deydi. Vaholanki London ham o’zini o’ldirgan faqat dengizda emas alkagol bilan(men kuzatgan alkagolga o’zini urganlarda Thanos kuchli edi)
Freyd nazariyasiga murojaat qilsak, bu o‘limni Thanatos(o’lim instinkti) orqali tushuntirish mumkin. Freydga ko‘ra, inson psixikasida ikki asosiy kuch mavjud: libido (Eros) yashash, bog‘lanish, yaratish instinkti va Thanatos yo‘q bo‘lishga, sukunatga, nollik holatiga, ona bachadoniga qaytish istagi.
Martin boshida kuchli libido bilan yashaydi: o’zini hammaga isbotlamoqchi bo’ladi ayniqsa Rufga.
Lekin roman davomida Martin asta-sekin anglaydiki jamiyat uni asari uchun emas, muvaffaqiyati uchun, nomi uchun sevadi. Bu anglash libidoni yemirib tashlaydi.
Men bu asarda men qo’rqgan eng kuchli his tuyg’uni ko’rganman: anhedoniya. Bu hech narsadan zavq ololmaslik,
ilgari qiziq bo‘lgan narsalarning mutlaqo ma’nosiz bo‘lib qolishi. Bazan tong otishiga ishtiyoq yo’qligini o’zimda sezib hayron qolaman. Martinning Dengizdagi so‘nggi sahna aynan shu psixik bo‘linishni ko‘rsatib bergan. Tana biologik jihatdan hali ham yashashni xohlaydi, qo‘l-oyoqlar suvni bilan kurashadi, yuqoriga chiqmoqchi bo‘ladi, ong esa allaqachon voz kechgan istak yo‘q, tirik qolishdan ma’no yo‘q, xohish yo‘q holatda teatr kuzatgandek o’z holatini taftish qilib chetdan tanadan chiqqan holda o’zini o’zi kuzatadi.
Insonni kurashadigan narsasi bo’lishi kerak ekan. Ayniqsa ishchi sinfini. Martin Eden tirik bo‘lgan paytda uni tirik tutgan yagona narsa kurash edi: kambag‘allikdan chiqish uchun kurash,bilim uchun kurash, sevgi uchun kurash, o‘zini isbotlash uchun kurash. Kurashishga hechnarsa qolmagandan keyin birdan orolga ketgisi keldi keyin u fikrdan ham qaytib suvga ona qorniga qaytdi.
3 279
Ayollarda anxiety kuchli. Ro’mol o’raganimdan beri meni hamma ochiq joyimni poylab yuradiganga o’xshaydi(uyog’ing ochilib qobdi buyog’ing ochilib qobdi). Biri uyda o’tir deydi biri ishla deydi, biri gapirma deydi, biri passan deydi. Bizda ayollar musulmon ayollar uchun yetarlicha kutilmalar bor, keyin dinni madaniyat bilan almashtirish yoki miyani o’rniga boshqa joy bilan fikrlaydigan domlalarga ergashish ko’p. Hatto Qur’onni ongdan chapga yo chapdan o’ngga o’qib ko’rmay tahlil qilib ko’rmay, tavsir qilib ko’rmay, to’tidek suralarni va hadislarni qaytaruvchi, muhokama qiluvchi yoqangdan oladigan “musulmon politsiyachilarimiz” (that is haram bro “police”) ham ko’p. Ayollar(albatta erkaklar ham) bo’yningiz sal yengillashini hohlasangiz avval hadisdan avval Qur’onni o’rganing, arab tili o’qing demayapman(bilsangiz foyda) lekin Qur’on faqat arablarga tushirilmagan insoniyatga tushirilgan, siz o’zingizni tilingizda avval o’rganib ko’ring. Words of Godni o’rganing, sizga hudo nima degan shuni biling, domla nima degan, falonchi nima degan, qo’shni nima deydi emas, kitobda nima deyilgan avval shuni o’rganing.
3 279
Nimanidir neto qilyapmanda degan hayol keganmi silagayam. Misol kredit to’laydiganlar bormi oramizda? 20 yilga bo’lib o’zi yashaydigan uy uchun 20 yil ishlash. Hozir Conspiracy theories sarqitga chiqdi, endi Empire degan nazariya muhokamada akademiyada. Mishel Fokoltni oldin ham tanishtirgandim, power boyicha. Qarang sodda tushuntiraman. Hullas qullik qilyapmiz. O’zimizni o’zimiz torture qilyapmizakanda. Ekplutatsiya haqida eshitgansizlar. Zavodda ishchilar tongdan kechgacha ekpulatatsiyaga uchragan. Endi biz o’zimizni o’zimiz ekplutatsiya qilyapmiz. Bunga Imperia sababchi. Siz bilgan Rim imperiyasidagi imperiya so’zimas. Bu boshqa nazariya.
Misol uchun siz internalized discipline ( o’z o’zini nazorat qilish) bilan bandsiz. Eski zamonlarda odamlar ho’jayinini ko’rmasa ishlamas edi. Hozir tepamizda hechkim turmasa ham ichingizda bir ovoz tur o’rningdan “dangasa” deydi. Dam olayotganingizda ham huddi hammadan siz orqada qolayotgandek bezovta bo’lasiz. Mana shu Biopower. Tizim sizning ongingizga shunday kirib olganki, endi sizga nazoratchi shart emas, siz o‘zingizni o‘zingiz "ekspluatatsiya" qilasiz.
Yoki instagramdagi reelslarni o’zim tanlayapman deb o’ylaysiz, lekin tizim tanlab beradi. “Muvaffaqiyatli” insonlarni kuzatasiz, o’zingizni kam his qilasiz, ko’proq ishlaysiz, ko’proq sotib olasiz, va “raspakovka cheeeeck” qilib tarmoqlarda ulashasiz. O’zingizni erkin deb o’ylaysiz, lekin endi metroda bir insonga tik qarashga haqqingiz yo’q. Shaxsiy chegara deysiz lekin qadamda kamera qadamingizni yozib boradi. Aptekaga kirsangiz sizga abort uchun dori beradi. Bu degani “bola tug’maysan” degani, Qatarda sotmasdi bunday dori, hullas tug’ish tugmasligingni biz belgilaymiz deydi. Sizga qanday emlash, qancha vaznga ega bo’lish kerakligingiz shkalaga solib qo’yilgan chunki imperiyaga sog’lom va ishga yaroqli tana kerak. Savdo markazlari esa sizni psixalogiyangizni boshqarib hatto hid bilan koproq sotib olishga undaydi. Talim esa endi diplom ol va sur emas, yetmaydi qancha o’qisang shuncha kam Lifelong Learning. Eng asosiysi samarador bo’ling, o’tirishga haqqingiz yo’q oyiga 20 ta kitob o’qing, har kuni zal, oyiga 20 ming topsangiz kam, o’zingizga qarang, plastik aperatsiya, kreativ, sog’lom, va asosiysi onlayn bo’ling o’shanda “xomashyo” ga aylanasiz qolasiz. Siz qaysi "kontent"ni iste'mol qilsangiz, o'sha tizimning bir qismiga aylanasiz. Mana ish va hayotingiz bir bo’lib ketdi. Endi uyda ham dam yo’q sizga mazza qilib uhlaydigan vaqtingiz telegramdan habar keladi va sizni bezovta qiladi. Yoki tayyor hechkim majburlamasada kontent yaratasiz, yoki kontentga like bosib doimiy tizim nazorati ichida turasiz. Quyida sizga ushbu nazariya ostida o’qiladigan asarlar ketma ketligi:
1) 1984 by Orwell
2) Evrilish
3) Yangi dunyo by Huxley
4) Neuromancer by Gibson
5) Frankenshteyn (biopolitika)
6) Newer Let me Go by Ishiguro
7) Truman Show (kino)
3 279
Gapirmayman degandim. Chunki ko’zingizga Evrilishdagi Gregor bo’lib ko’rinishni istamagandim. Kim biladi balki biron narsa otgingiz kelib qolar. Negri aytgandek Imperiya tanani resurs ko’radi va mening bir qismim hozir yaroqsiz, va tabiiyki sizdek kuchliga men kuchsiz bir qumursqa bo’lib ko’rinishim mumkin. Bugun birovning birov bilan bir tiyinlik ishi yo‘q. Kulib ustingdan o‘tadiganlar ham topiladi. Yanchib ketadiganlar ham. “Ajab bo‘libdi” deb sovuqqon baho beradiganlar ham yetarli. Men ommaga, halqqa ishonmayman. Boshqalarning tasdig‘i, ma’qullashi ham menga kerak emas.
Sizga faqat bitta narsani aytmoqchiman, xolos.
Ro‘parangizdagi insonga kasalga muomala qilgandek muloyim bo‘ling. Bu gapni qaysidir kitobdan o‘qigandim, lekin endi uni tanam bilan o’ylab ko’rdim. Pozitiv yashayman lekin bu ichingizdan bo’lmasa qiyin ekan. Nurni ichingizdan yaratishni o’rganing.
Bir haftadan beri nerv falaji bilan yashab yurgan inson sifatida shuni aytaman: hech narsani jiddiy qabul qilmang. Hech narsani. Hech qachon bu hayotni haddan tashqari jiddiy olmang. Chunki tana siz o’ylaganchalik oddiy emas, ichidan bitta narsa uzulsa ovqatni ham yutolmay qolasiz.
Men bu kasallik bilan 6 yil oldin ham qiynalganman. Falajlik ikki oy davom etgan. Hozir yana qaytdi. Asab va nervga bog‘liq kasalliklar shuningdek epilepsiya, lupus(menda bu qadar jiddiy emas) kabilar doimiy qaytalanadi. Va agar odam haddan tashqari overstimulated bo‘lsa, bu holat butun umrga qolib ketishi ham mumkin.
Men tabiatan kuchli emasman. Tug‘ma chidamli ham emasman, bir imiljiriqqina bo’lib tug’ulib qolganman. Lekin ming shukur.
Ko‘pchilikda avval miya qabul qiladi, menda esa avval tana so’rib oladi.
Men “pozitivman” deb kulib, kuldirib, davrani qizitib yuradigan kichik quyoshcha bo‘lgan paytlarimda ham ich-ichimdan g‘ashlikni, maydalanib borayotganimni sezib turardim. “Qanday qilib bularning hammasiga chidading?” Deganlarga javobim “ha bilasanu meni” edi. Endi javobim: chidamaganman. Mana, tanam chidamadi.
Bazilar being vulnerable (nozik tasirchan bo’lish) kuchsizlik deb biladi. Lekin men sizning oldingizda sababsiz o’zimcha yig’lab berar qadar vulnurableman va men o’zimni juda kuchli deb bilaman. Buni menga Vulnurability haqida PhD qilgan Brene o’rgatgan. Hullas shunday tug’ulganman, buni chiranib ham o’zgartira olmadim.
Keep your heads up and just live your life❤️and learn to live truly purely happy.
