ch
Feedback
Writer_minds

Writer_minds

前往频道在 Telegram

Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa

显示更多
3 285
订阅者
+624 小时
+1387 天
+1 39430 天
帖子存档
Gibli movies 🍿 felt like a therapy session ❤️

Gapirmayman degandim. Chunki ko’zingizga Evrilishdagi Gregor bo’lib ko’rinishni istamagandim. Kim biladi balki biron narsa otgingiz kelib qolar. Negri aytgandek Imperiya tanani resurs ko’radi va mening bir qismim hozir yaroqsiz, va tabiiyki sizdek kuchliga men kuchsiz bir qumursqa bo’lib ko’rinishim mumkin. Bugun birovning birov bilan bir tiyinlik ishi yo‘q. Kulib ustingdan o‘tadiganlar ham topiladi. Yanchib ketadiganlar ham. “Ajab bo‘libdi” deb sovuqqon baho beradiganlar ham yetarli. Men ommaga, halqqa ishonmayman. Boshqalarning tasdig‘i, ma’qullashi ham menga kerak emas. Sizga faqat bitta narsani aytmoqchiman, xolos. Ro‘parangizdagi insonga kasalga muomala qilgandek muloyim bo‘ling. Bu gapni qaysidir kitobdan o‘qigandim, lekin endi uni tanam bilan o’ylab ko’rdim. Pozitiv yashayman lekin bu ichingizdan bo’lmasa qiyin ekan. Nurni ichingizdan yaratishni o’rganing. Bir haftadan beri nerv falaji bilan yashab yurgan inson sifatida shuni aytaman: hech narsani jiddiy qabul qilmang. Hech narsani. Hech qachon bu hayotni haddan tashqari jiddiy olmang. Chunki tana siz o’ylaganchalik oddiy emas, ichidan bitta narsa uzulsa ovqatni ham yutolmay qolasiz. Men bu kasallik bilan 6 yil oldin ham qiynalganman. Falajlik ikki oy davom etgan. Hozir yana qaytdi. Asab va nervga bog‘liq kasalliklar shuningdek epilepsiya, lupus(menda bu qadar jiddiy emas) kabilar doimiy qaytalanadi. Va agar odam haddan tashqari overstimulated bo‘lsa, bu holat butun umrga qolib ketishi ham mumkin. Men tabiatan kuchli emasman. Tug‘ma chidamli ham emasman, bir imiljiriqqina bo’lib tug’ulib qolganman. Lekin ming shukur. Ko‘pchilikda avval miya qabul qiladi, menda esa avval tana so’rib oladi. Men “pozitivman” deb kulib, kuldirib, davrani qizitib yuradigan kichik quyoshcha bo‘lgan paytlarimda ham ich-ichimdan g‘ashlikni, maydalanib borayotganimni sezib turardim. “Qanday qilib bularning hammasiga chidading?” Deganlarga javobim “ha bilasanu meni” edi. Endi javobim: chidamaganman. Mana, tanam chidamadi. Bazilar being vulnerable (nozik tasirchan bo’lish) kuchsizlik deb biladi. Lekin men sizning oldingizda sababsiz o’zimcha yig’lab berar qadar vulnurableman va men o’zimni juda kuchli deb bilaman. Buni menga Vulnurability haqida PhD qilgan Brene o’rgatgan. Hullas shunday tug’ulganman, buni chiranib ham o’zgartira olmadim. Keep your heads up and just live your life❤️and learn to live truly purely happy.

​​Aka-Uka karamazovlarni o’qimang! Slovoj Zizekni taniydiganlar ko’pdir. Ohirgi marta uni “Men hammani sevaman” deb meni aldama qabilidagi nutqini eshitgandim. Balki katta ehtimol bilan aynan qo’limdagi “Aka-uka Karamazovlar” asarini o’qigandir. Garchi Dostoyevskiy galyutsinatsiya qilib dinni nihoyatda badiiylashtirib yuborishi menga yoqmasada, uni inson qalbi haqidagi fikrlarni Islomdagi tasavvufdagi solishtirishlarimga qoq tushishi doim meni hayron qoldirgan. Fikrga qarshi fikr deganday Ivanga qarshi Zosimani qo’yadi yozuvchi. Ivan shunday deydi“Insoniyatni sevish mumkin, lekin yoningdagi odamni sevish juda qiyin. Uzoqdagi odamni sevish osonroq chunki u seni bezovta qilmaydi.” Bu matndagi uzoqdagini sevish nimani anglatadi? Dinlarda qo’shnini sevishga tadbiq qilingan va Ivan bunga raddiya o’laroq qo’shnimni seva olmayman deydi. Bu aqlga mos emas. Sen yoningdagi kishiga chidamaysan. Agar sen yoningdagiga chiday olmasang, insoniyatni sevaman deyishing yolg‘on bo‘lishi mumkin deydi. Shu joyda ko’lankasiga Zosimani matnini tashlayman. U deydiki “Do’zah nima”? Javobi esa daxshatli darajada sokin : Do’zah bu sevishga qodir bo’la olmay qolishdir. (Menincha bu qalbni qattiqligu haqida). Inson hayoti davomida unga bir marta imkon beriladi: sevish, yonish, fidokorlik qilish, yordam berish. Zosima aytadiki, agar inson o‘zida bor nurni boshqalarga tutganida, u nur nafaqat o‘zini, balki boshqalarning yo‘lini ham yoritgan bo‘lardi: “If you had shone then with your light, you would have illuminated the path of others.” Demak yoningdagi insonning gunohi sen sababli bo’lishi ham mumkin. Balki sen o’zing yetarlicha nurli emasdirsan yoningdagiga senga havas qilib nuringdan bir chimdim ber deyishi uchun. Yoki er bilan hotin qanchalik bir biriga singib ketishini va yo uyoqlik yo bu yoqlik yo’lga o’girib yuborishini o’zimizning Furqonda ham ko’rishimiz mumkin. Misol uchun Ummu Jamil huddiki zulmga o’tin tashlab turgan misoli. Shu nuqtada yozuvchi Boy odam va Lazarus hikoyasiga to’xtalibdi. Bilishincha Boy odam Abraham(Ibrohim alayhissalom) dan bir qultum suv so’raydi. “Barmog‘ini suvga botirib, tilimni ho‘llasin” deydi. Lekin javob keladi: o‘rtada great gulf fixed” katta jarlik bor. Bu jarlik endi kech degani. Endi sevishni hohlasang ham sevolmaysan, yordam qilolmaysan va qaytolmaysan degani. But birgina betlik sahifa nega meni etiborimni tortdi. Menincha bugungi kundagi barcha betoqatlik. Kimdir kimdirni so’yib qo’yishi, kimdir kimdir hayvon deyishi, vaholanki hayvon gunohsizdir sizdan ko’ra, yoki arzimas narsalar ustida bir biri bilan dahanaki jangga kirishib ketishi bu o’zbek halqidan sevgu rahm shavqatning ko’tarilganidir. Butun bir o’zbekning deyishga ham haqqim yo’q. Lekin so’ngi paytda o’ldir o’ldirlar ko’payib ketganday. Sarlavhaga kelsak: 20 yoshda “Aka-Uka Karamazovlar” kabi og‘ir, falsafiy va axloqiy masalalar bilan to‘la asarni o‘qish, ruhiy jihatdan biroz og‘ir bo‘lishi mumkin. Hozir esa ingliz tili, tarix, va muhabbat haqida o‘qish yoshligingizni to‘liq foydalangan holda dunyoqarashingizni shakllantirishga ko’proq yordam beradi. But katta, murakkab axloqiy asarlarni o‘qish o’z “vaqti bilan” foydali bo‘ladi. 25 yoshdan oshganingizda hayotiy tajriba va mantiqiy chidamlilik bilan buni qabul qilishingiz osonroq. Erta qarimaysiz va ezilmaysiz, aksincha, haqiqiy tushuncha beradi. Kamiga balki sizda o’zingizni etiqodingiz mustahkam bo’lishi kerak,(balki xristian dini haqida hamin qadar ilmingiz yo’qdir)asar boshdan oyoq etiqod masalasini o’rtaga qo’yadi.

+1
Yashil rangda belgilagan joylarimda faqa Xudo haqida gap ketgan. Bir Xristian kursdoshim presentatsiya paytuda juda noqulay vaziyatga tushib qoldi. Professor LGBTQ kishilarga qarshi ekstrim holatda cherkov taqiq qilayotgani va bu ularni o’ldirish mumkin degan nazariyaga olib kelayotgani haqida so’z ochib qoldi. Doskada turgan xristian qiz yig’lashdan nari beri bo’lib, “ishonchingiz komilmi siz o’sha bannerlarni aynan katolik cherkovi olib chiqganiga dedi” va professor “ha aynan cherkovni oldida sodif bo’ldi” deb javob berdi. Gruppada ikkita gey kursdoshimizni oldida o’zini qanday tutishni bilmay qoldi va “bizning dinda buni gunoh deb qaraladi to’g’ri lekin biz insonlarni o’ldirish, ulardan nafratlanish ham gunohkigini bilamiz va hammasidan ustun qo’yadigan aqidamiz bu bir birimizni sevish, but degani kishini gunohini sevish emas, balki kishini o’zini sevish” dedi. But gapidan keyin men juda katta dars oldim. Dinimdan ancha yiroqdaligimni shu yerda tushunib yetdim. Rasmdagini o’qishlaringizni hohlardim❤️

Asablarim qaytsin o’ziga deb instagramni o’chirdim (vaqtinchalik). Miyam zombilashib bo’lganmi deyman yugurib bugun haftalar
Asablarim qaytsin o’ziga deb instagramni o’chirdim (vaqtinchalik). Miyam zombilashib bo’lganmi deyman yugurib bugun haftalar tekshirmayfigan facebookga kirsam, butun boshli ChatGPt yozgan sohta, yarmi chaparasta yozilgan malumotlar bilan halqni miyasini qizityapti kimdirlar. Senlar odam bo’lmasakansanlar. Facebookniyam o’chiraman😄

Alloh ham nazar qaratmay qo’ydi bir gunohi azmdaman shekilli desam(buni ichimda ham emas, tashqimda aytganman) bir musibat berdi. Gap so’zingizga ahamiyatli bo’ling. O’zlaringni asranglar, sog’liqlaringizga qattiq ahamiyatli bo’linglar. Bir muddat aktiv bo’la olmayman, sog’lig’imda muammo bor. Yaxshi insonlar duolaringda eslab qo’yinglar.

Alloh ham nazar qaratmay qo’ydi bir gunohi azmdaman shekilli desam(buni ichimda ham emas, tashqimda aytganman) bir musibat berdi. Gap so’zingizga ahamiyatli bo’ling. O’zlaringni asranglar, sog’liqlaringizga qattiq ahamiyatli bo’linglar. Bir muddat aktiv bo’la olmayman, sog’lig’imda muammo bor. Yaxshi insonlar duolaringda eslab qo’yinglar.

Allah is kinder than you think.

To really live, you must nearly die

Yozmasam o’zimni tuvak ichidagi siqilib qayerga o’sishni bilmay chiqib ketolmayotgan gul tomirlaridek his qilaman. Lekin katta asarlarga jurat qilolmayman. Nimaga asar yozishdan bu qadar qo’rqishimni bilaman. Men yuragimni stolga qoyib, unga bir soat tikilib, 2 soat gaplashsam va uni qog’ozga tushursam, nima bo’ladi bilasizmi? Natijada boshim 2 kun yorilgidek og’riydi, tanam huddi 50 yoshli ayolni tanasidek qaqshab og’riydi, bo’ynimni tik qilib ko’tarolmay qolaman. Ich ichimga qarab yuzimga ajinlar oralab qorayib bujmayib ketaman. Agar men beshyuz betlik bir roman yozdam Sylviaga aylanaman, aqldan ozaman, erimni ishdan kelishini kutaman va kirishiga so’zsiz, sababsiz yig’layveraman, unida telba qilaman. Yozish bu himoya vositalaringni yechib tashlash degani, teringni usti qavatini boshqalar tuz sepishi uchun shilish degani. Men yozsam yuzaki yozmayman, ich pochasiyu, ichak chavog’imgacha hammasini og’daraman, atrofimdagilarnida pochasini og’darib tashlayman. Hechkim omon qolmaydi. Unda , endi uni o’z nomim ostida emas anonim yoki boshqa nom ostida yozishimga to’g’ri kelar. Chunki haqiqatlarimdan qo’rqaman, va u haqiqatlarimni birovlar bilishidan qo’rqaman,unda endi huddi osha yozganlarim bilan menga hujum qilishingiz mumkin bolib qoladi, huddi aytganlarim, gapirganlarim va amallarim bois meni sazoyi qilganingiz singari. Siz o’zligingizni yashirishga, shaxsiyatingizni ulug’lashga harakat qilib yotgan bir paytda men so’zlarim bilan o’zimni sotishim qanchalik kulgili. Men o’zimni oqlashga ham ulgurmayman, so’zma so’z matnimni tahlil qilishadi. Endi “asli bunday demoqchi emasdim” ham deyolmay qolaman, chunki men aynan anashunday demoqchi bo’lgan bo’laman. Balki odamlar meni emas o’zlarini ko’rib qolar va Odamlar buning uchun meni kechirmaydi. Yo ular shapoloq tortadi yo achinadi. Menga ikkisida kerakmas, ikkisida bir: paxta bilan bo’gishdek gap.

record.ogg23.37 MB

Boshlaymizmi?

Tungi 1:17 She: Menga bir yolg‘on ayt. He: Qanday yolg‘on? She: Bu dunyoga tegishli bo‘lmaganini. He: Nega? She: Chunki haqiqat juda baland. Uning nafas olayotganini eshityapman. Uxlay olmayapman. Sening nafasingni ham eshityapman, juda baland. He: Ko‘zlaringni yum. She: Urindim. Ko‘zlarim go‘yo yillar davomida uxlamagandek. Ularni bir joyga tashlab ketib, keyin qaytib kelgim keladi. He: Tana bunaqa ishlamaydi. She: Unda menga yolg‘on ayt. He: Tepalikdagi uyimizni tasavvur qil. Beshta farzandimiz bilan u yerda yashaymiz, terassada barbekyu qilayapmiz. She: Buni iloji bor. Menga imkonsiz tushlar kerak. He: Nega? She: Shunda xayol sura olaman, yengillashaman va tezroq uxlab qolaman. Ichim juda og‘ir.Men nihoyatda uhlagim kelyapti. Ko‘zlarim og‘riyapti. Ular charchagan. Go‘yo kimdir ko‘ksim ustiga toshlar solib qo‘ygandek. Esimda, onam qo‘limni mahkam ushlab: “Maktabdagi yaxshi xotiralarni o‘yla, shunda ignaning og‘rig‘ini sezmaysan,” degan edi. Hamshira ukol qilish uchun tomirimni topolmayotgan edi. Men yaxshi bir xotirani topdim, sinfdoshlarim bilan qorda o‘ynayotgan edik, kimdir menga oshiq edi. U meni qor otishmada himoya qilmoqchi bo‘lgan… Lekin hozir uxlatadigan bitta ham yaxshi xotira topolmayapman. He: ko’ksing u yerda emas She: Unda qayerdan nafas olyapman? He: havodan She: Unda uxlab qolgunimcha gapir. Men o‘zimni eshitgim kelmaydi.

1:17 a.m. She: Tell me a lie. He: Any lie? She: One that doesn’t belong to this world. He: Why? She: Because the truth is so loud. I can hear it breathing. I can’t sleep. I can hear your breathing too, it’s too loud. He: Close your eyes. She: I tried. My eyes feel like they’ve been awake for years. I want to leave them somewhere and come back later. He: That’s not how bodies work. She: Then lie to me. He: Imagine our house on the hill, us living there with our five children, making barbecue on the terrace. She: That’s still possible. I need impossible dreams. He: Why? She: So that I can fantasize, feel ease, and fall asleep soon. I feel deeply heavy. I desperately need sleep. My eyes are aching. They are tired. She: It feels like someone put stones inside my chest. I remember my mother holding my hand tightly, saying, “Think about good memories from school so you won’t feel the pain of the needle.” The nurse was trying to find my vein for the injection. I thought of a good memory, we were playing in the snow with my classmates, and someone had a crush on me. He tried to protect me so hard from the snowballs… She: But now I can’t find any good memories to make me sleep. He: You don’t have a chest there. She: Then where am I breathing from? He: From the air itself. She: Then keep talking until I fall asleep. I don’t want to hear myself.

Bugun yuragimni stolga qoyaman, ko’ring. Soat tungi 3. Shahardan tashqarida, uyqu yo’q, chunki bu vaqtda inson yolgon o’ylay olmaydi. Bu manzara uchun jonim fido bo‘lsin. Umrim davomida ko‘rgan eng go‘zal manzara aynan shu bo‘ldi. Yigirma to‘qqiz yoshga kirib, nihoyat uni ko‘rdim.Men ufq bilan yerning tutashganini avval ham ko‘rganman o‘shanda bola edim. Dalalarda ulg‘ayganman, kengliklarga, sokin sahnalarga ko‘zim to‘ygan. Lekin dengiz bilan ufqning bir-biriga qo‘shilib ketishi… bu endi boshqa olam edi. Sirli, sokin va xuddi faqat tanlanganlarga atalgan manzara kabi.So‘zlarim hira, buni to‘liq tariflashga ojizman. Oyning suv yuzida jimjit o‘ynashi menga shunday tuyuldiki, xuddi 18 yoshli moviy ko’zli yigit olomon ichida 18 yoshli qizga yashirin qarab turgandek: uning oynoqi ko‘zlari qizning shaffof, nozik chehrasiga ohista tushgandek. Na shovqin bor, na shoshilish, faqat nigoh. Yozni kutaman. Ungacha jonimni olmay tur, Xudo. Chunki bu tutashuvni yana bir bor(balki ko’p) to‘yib-to‘yib ko‘rgim bor. Nafisang❤️‍🩹

Bugun book club ekanku😄😮‍💨

DOSTOYEVSKIY ASARLARI (o‘qish qiyinligi bo‘yicha, osondan qiyinligi bo’ylab) 1. Oq tunlar 2. Kambag’allar 3. The Christmas Tree and a Wedding (Rojdestvo archasi va nikoh) 4. Mr. Prokharchin (Janob Proxarchin) 5. Another Man’s Wife and a Husband under the Bed (Boshqa birovning xotini va karavot ostidagi er) 6. An Honest Thief (Halol o‘g‘ri) 7. A Weak Heart (Zaif yurak) 8. Xo‘rlangan va Xaqoratlanganlar 9. Masuma 10. Qiyofadosh 11. Qimorboz 12. The Eternal Husband (Abadiy er) 13. O‘lik uydan maktublar 14. Uncle’s Dream (Amakimning tushlari) 15. The Village of Stepanchikovo and Its Inhabitants (Stepanchikovo qishlog‘i va uning aholisi) 16. The Dream of a Ridiculous Man (Kulgili odamning tushi) 17. Yer ostidan maktublar 18. Jinoyat va jazo 19. Telba 20. Iblislar 21. The Adolescent (O‘smirlar) 22. Aka-uka Karamazovlar

“If evolution wins, Christianity goes.” (Agar evolutsiya yutsa, Xristianlik yo’qoladi) 1925-yilda Amerika maktab o‘qituvchisi John T. Scopes Darwin evolutsiyasini o‘qitgani uchun sudga tortildi. Bu ish tarixga Scopes Monkey Trial” , “Maymun Sudi” nomi bilan kirdi. William Jennings Bryan 3 maratoba Amerika prizedentligiga nomzodligi qo’yilgan siyosatchi, ko’pincha ushbu suddagi diniy qarashlari va kuchsiz deb topilgan asoslari sabab ustidan kulinadi. 1960-yilda suratga olingan Inherit the Wind filmi Bryan obrazini kulgi ostiga olgan va diniy qarshilikni ahmoqlik sifatida ko‘rsatgan va ilmni mutlaq g‘alaba sifatida sahnalashtirgan. Film tarixni soddalashtirgani va Bryanning fikrini karikaturaga aylantirgani va dinni murakkabligini yo’qqa chiqargani uchun ko’p joylarda taqiqga uchragan. Aslida Bryanni ko’pchilik notog’ri tushungan. Bryan Darvinga emas, Darvinizmning mafkuraviy buzuqligiga qarshi chiqqan. Aslida sud ham spektakl bo’lganligi, ulkan tarixli sud bo’lib Amerika tarixidagi eng ko’p media, jurnalist va turistlarni jalb qilganligi 2025 yilda ham qayta qayta takrorlanyapti. Bryan Darwinizm Xristian idealogiyalariga qarshi bo’lgani uchun hamda ota onalardan ko’plab xatlar tushishi, bolalarning 16 foizigina dindor qolganlari nigilist yoki agnostik, ateistik qarash bilan bitirishayotganidan Cherkov va Jamiyat havfsirashi oqibatida sudda prokuror maslahatchisi vazifasida qatnashishni o’z bo’yniga oladi. Bryan aslida Darvinizm biologiya doirasidan chiqib, insonni ajdodi hayvonda tutashishi nazariyasidan ko’ra ijtimoiy ierarxiya, irqchilik, eugenika, “kuchli yashaydi, kuchsiz yo‘qoladi” degan mafkuraga aylanayotganidan havotirda edi. Darwin Britaniya upper classlaridan bo’lgan va Britaniya qilayotgan ishlari uchun bahona topishi kerak edi. “Natural selection” and “survival of the fittest” yani boy va kuchli insonlar yo’llarida uchragan har qanday narsani vayron qilib tashlashi tabiiy degan tushuncha Britaniyaning hamma immoral bosqinchilik imperializmini oqlab berishga hizmat qildi. Keyinchalik natsizmda, ijtimoiy darvinizmda, bozor vahshiyligida, irqiy “ilmiy” tasniflarda, eugenika yani past bloodlineni qirib tashlash kabi vahshiy g’oyalarda bu adolatsizliklar yaqqol ochiq ko‘rindi. “Men maymundan tarqamaganman” deyish bu biologiya sohasiga qarshiligi emas, balki uning kuchli xristian talimidan kelib chiqgan pozitsiyasi bo’lgan, chunki albatta u biologiya sohasida doktor emas edi. U “Inson o‘zini faqat hayvon sifatida tasavvur qilishga majbur emas” yoki bu ilm tushuntirilsin, lekin hukm chiqarmasligi kerak” degan fikrni ilgari suradi Adabiyot nuqtai nazaridan aytsam Darvinizm ko‘plab matnlarda insonni instinktga tushiradi,(inson xayvonday gap nima qilayotganini bilmay instink asosida yashaydi) axloqni biologiyaga almashtiradi, zo‘ravonlikni “tabiiy” qilib ko’rsatadi, kambag’al o’z aybi bilan kambag’al deydi, tili chuchukni kallasini uzib tashla deydi chunki mustamlaka xalqmi demak qoloq deydi. Endi bu ilm emas katta bir xavfli idealogiya. Bryan esa insonni ramziy mavjudot sifatida himoya qiladi yani til, ma’no, mas’uliyat, gunoh, tanlov bular gen bilan o’lchanmaydi. Inson faqat tanadan iborat emasligini uqtiradi. U suddan 5 kun o’tib 1925 yil, 26-iyulda mehmonxona yotoqxonasida uyquda insultdan vafot etgan. Shifokorlar buni eski qantli diabeti va kuchli stressdan deb belgilagan. Ha balki u sudda yutqizganday tuyilgandir lekin tarixga qarasak u yutgan. Biologik nazariya tarafidan esa Peter Kroptkin Darwinni “survival of the fittest”iga “cooperation”i bilan chiqib qovurib tashlagan.

Menga akademiya shu paytgacha o’rgatgan eng katta narsasi, hamma narsani so’roqqa qo’yish bo’ldi. Qo’pol qilib aytganda oshqovoq kallani ishlatishni. Endi yashash yanada qiyinlashdi. Jamiyatdagi qusurlarni bilasan, qalbingga eng yaqin kishingi himoya qilish,yo kimgadir qarshi isyon ko’tarish kerakligini bilasan lekin bitta bolang bor, tinchliging muhim. Juda ko’p narsani xatoligini, yashayotgan udumlaring, ananayu, orzu umidlaring hatoligini tushunasan. Xullas, Samudlarda suv bor edi, lekin bo’lishish ketak edi. Bitta eng badbahti tepaga chiqdi, tuyani so’ydi, vaholanki suvni bir kun tuya bir kun xalq ichishi kerak edi. Kuchli tomon esa hammasi meniki dedi. Boshqalar jim turdi. But meni qiziqtirmaydi dedi. Va hammasi yer bilan yakson qolindi, jim turganlar ham. Fojeamiz shu! Zilzila shart emas, qulab bo’ldik!