ch
Feedback
Qizingiz yozdi...

Qizingiz yozdi...

关闭频道
5 600
订阅者
+424 小时
-407
+54530

数据加载中...

相似频道
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+182
在10个频道中
六月 '26
+753
在33个频道中
Get PRO
五月 '26
+476
在24个频道中
Get PRO
四月 '26
+384
在17个频道中
Get PRO
三月 '26
+286
在16个频道中
Get PRO
二月 '26
+125
在6个频道中
Get PRO
一月 '26
+777
在28个频道中
Get PRO
十二月 '25
+189
在6个频道中
Get PRO
十一月 '25
+293
在27个频道中
Get PRO
十月 '25
+285
在22个频道中
Get PRO
九月 '25
+367
在21个频道中
Get PRO
八月 '25
+400
在16个频道中
Get PRO
七月 '25
+478
在26个频道中
Get PRO
六月 '25
+605
在29个频道中
Get PRO
五月 '25
+472
在23个频道中
Get PRO
四月 '25
+352
在8个频道中
Get PRO
三月 '25
+209
在9个频道中
Get PRO
二月 '25
+365
在10个频道中
Get PRO
一月 '25
+644
在21个频道中
Get PRO
十二月 '24
+222
在6个频道中
Get PRO
十一月 '24
+811
在9个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
12 七月+13
11 七月0
10 七月+5
09 七月+1
08 七月+2
07 七月+12
06 七月+13
05 七月+21
04 七月+17
03 七月+16
02 七月+21
01 七月+61
频道帖子
Biror narsa haqida haddan ortiq surishtirish, baʼzan o‘sha ishdan qochish uchun bo‘ladi.
Imom Moturidiy

2
Ikkinchi opam ko‘p urinishlardan so‘ng talaba bo‘ladi. Dadam har yili quda tomondan imtihonga opamni Toshkentga oborib-opkeli
Ikkinchi opam ko‘p urinishlardan so‘ng talaba bo‘ladi. Dadam har yili quda tomondan imtihonga opamni Toshkentga oborib-opkelish uchun izn so‘raydilar. Yil davomida yosh bolalari bilan tayyorlanmagan opamda yana o‘xshamaydi. Dadam keyingi yil opam va nevaralarni kobaltga solib, Toshkentga ravona bo‘ladilar, bu ish to u o‘qishga kirib olmaguncha davom etadi. Kecha shu opamning xatmonalari bo‘ldi. Bemorlik sabab dadam, u kishiga qarab ayam ham kelolmadilar. Shu opam dadamga: إلى أبي الغالي، أبي، شكراً لك من القلب، على كل لحظةٍ وقفتَ فيها بجانبي، على تعبك وصبرك ودعواتك. نجاحي هو ثمرة عطائك، وفرحي لا يكتمل إلا برضاك. أنتَ فخري، وسندي، ودعائي الدائم أن يحفظك الله لي. بكل الحب والامتنان، ابنتك: ناظمة "Aziz va qadrli otajonimga, Otajon,Sizga chin qalbimdan rahmat aytaman. Hayotimning har bir qadamida yonimda bo‘lganingiz, chekkan zahmatlaringiz, bitmas-to‘lmas sabringiz va men uchun qilgan duolaringiz uchun behad minnatdorman. Yutuqlarim - Sizning fidokorona mehnatingizning mevasi. Quvonchim esa faqat Sizning roziligingiz bilangina mukammal bo‘ladi. Siz mening faxrim, tayanchim va eng katta suyanchig‘imsiz. Yaratgandan yagona tilagim — Sizni menga uzoq umr, sihat-salomatlik bilan asrasin. Cheksiz mehr va ehtirom ila, qizingiz Nozima" deb yozibdi. Dadamni o‘ta qattiqqo‘l, doimiy optimist, kichkina qishloq odamlarida noyob bo‘ladigan keng dunyoqarashli, dunyo kezgan, qiz farzandlarni past sanamaydigan, favqulodda zеhnli, dinga ilm deb yondashuvchi va doimo plankani baland qo‘yib yuradigan kishi sifatida tanidim. Yaxshiyam-ki, kontrakt to‘lab o‘qitguncha uzatib qutilaman, deydigan kishining uyida tug‘ilmaganmiz, deyman. Allohning fazli. Bugun yana bir qizlarining bitiruvi bilan, qiz o‘qitish mujodalasiga kirishganlariga 20 yil bo‘lgani bilan dadam va ayamni tabriklayman. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning qiz tarbiyalagan kishi haqidagi hadislarida aytilgan mukofot ularga ham yetishini Robbimdan so'rayman. Ayam ikkilarining umrlari uzun, amallari go‘zal bo‘lishini, dadam tez orada sog‘ayib ketishlarini so‘rab duo qilaman. Amin. 13.06.2025, Toshkent @qizingizyozdi
2 571
3

1
4
DADAM Kecha oilamiz uchun ajoyib kunlardan biri bo'ldi. Ikkinchi opam islom institutini tugatdilar, bitiruv tadbirida qatnashdik. Eng avval katta opam, keyin men, keyin ikkinchi opam shu dargohni bitirdik. Alhamdulillah. Hozir esa avval hech yozmaganim, bu gaplarni o'zlariga aytolmasam kerak, Dadam haqlarida. Katta opam maktabni bitirib, shahardagi madrasada o‘qishga kirganlarida men hali boshlang'ich sinf o‘quvchisi edim. Atrofda yaqinlar "qiz bolani ham o‘qitadimi, qiz o‘qib qozi bo‘lmas, kontrakt to‘laguncha, shu pulga sep qilib uzatvormaysizmi, Homidov!", deyishadi. Dadam ularni tinglamaydilar, Neksiya mashinalarida opamni o‘qishga oborib-opkeladilar. Keyin ikkinchi opam maktabni bitirib, imtihondan o‘tadi, endi dadam ikkita qiz bilan madrasaga qatnaydilar. Katta opam o‘qishda yaxshi natija ko'rsata boshlaydi, Dadam: "Toshkentda ham o‘qiysan!", deydilar. 2009-yilda birinchi opam qizlar madrasalari o‘rtasida fan olimpiadasida birinchi o‘rinni olib, institutga grantga qabul qilinadi. Odamlar kichik opamga "Aytavering, bu grantlar nechchi pul bo‘ldi endi", deydi. U xafa bo‘lib ayamga keladi, ayam: "Xafa bo‘lma, bizni puli bor ekan, deb o‘ylasa yaxshi-ku", deydilar. 2010-yil ikkinchi opam Respublika Qur'on musobaqasi g‘olibasi bo‘ladi, uni "qizi o‘qib nima bo‘lardi, qari (qiz) qori bo‘ladi-da", deydilar, ammo ich-ichlaridan farzandlari shunday bo‘lishini istashadi. (Buni bolalarini opamga solishtirishlaridan, o‘rnak olishlaridan bilib olaman.) Mayda gaplarga parvo qilmagan Dadam matizda ikki qizlarini olib, azim Toshkentga ketadilar, ularni o‘qishlariga tashlab keladilar. "Dada, charchadingizmi?", deb so'rayman bir kuni. U kishi: "Ukang katta yigit bo‘lib, institutga kirmaguncha charchadim demayman", deb javob beradilar. (Hozir shu ukam maahadda ikkinchi kursda o‘qiydi.) Qizlari turmushga chiqib farzandli bo‘lsa, o‘qishi qolib ketmasin deb, bolasiga ayam bilan birga qarashadilar. Keyin opam o‘qishni bitiradi. Dadam o‘zlari bitirgandek bo‘lib ketadilar. Arab va o‘zbek tillarida nihoyatda savod bilan daftarlariga biz haqimizda yozib qo‘yadilar. Rus tilida rasmiy hujjatlar tahrir qiladilar. Men maktabni bitiraman, akademik litseyga o‘qishga kiraman. Ingliz tili olimpiadalarida o‘rin olaman. Hatto bir safar Respublika bosqichiga chiqaman. Dadam endi meni olib Toshkentga ketadilar. Bir necha kun men bilan Diplomatiya universitetiga qatnaydilar. Ro‘molim bilan muammolar bo‘ladi, dadamga indamayman. O‘rin ham berishmaydi. Uyga qaytamiz. "Kim so‘rasa, to‘rtinchi o'rinni oldim de", deydilar. 2015-yil yozida institutga olib kelib, Toshkentda qoldirib, o‘zlari uyga qaytadilar. Ijodiy imtihon kuni keladi, dadam Kitobdan azza-bazza shuni deb keladilar. "Hammasi yaxshi bo'ladi, "نصر من الله وفتح قريب، وبشر المؤمنين" deydilar baland ruhiyatda. Yuqori ball olib chiqaman, o‘zlariga yo‘q quvonib, uyga qaytadilar. Men qolaman. Test sinovida yolg'iz qolmasin deb, amakimni jo‘natadilar. Test ishlab chiqaman, amakim: "Ona, endi biz uyga qaytamiz", deydilar. "Menam ketay!", deyman. "Dadangdan so‘ramay opketolmayman, o‘zing so‘ra-chi", deydilar. Qo‘ng‘iroq qilaman, dadam testni qanday ishlaganimni obdon surishtiradilar. "Uyga borsam maylimi", deyman, u kishi: "Yo‘q, yiqilgan bo‘lsang apellyatsiyaga kirasan, haqingni so‘raysan, kelma" deydilar. Bir kundan so‘ng birinchi o‘rinda o‘qishga kirganim aniq bo'ladi, shundan keyingina uyga qaytolaman. Har safar nimadir o‘xshamay qolsa ayamga, o'xshasa dadamga tortgan qiz bo‘laman. ) 2025-yil doktoranturani tashlasammi, deb so'rayman."Xayolingga ham keltirma!", degan xabar keladi.)
2 485
5
💯
💯
1
6
+1
没有文字...
836
7
?
?
6
8
Kanal qaysi alifboda bo‘lgani yaxshi?
540
9
Parlamentning quyi palatasi Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining takomillashtirilgan variantini tasdiqladi. Alifboda
Parlamentning quyi palatasi Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining takomillashtirilgan variantini tasdiqladi. Alifboda ikkita simvol bilan yoziluvchi 4 ta harf o‘zgarmoqda va bitta simvol bilan yoziladigan qilinmoqda Bu harflar 1928–1940 va 1993–1995-yillardagi alifbolarimizda ham foydalanilgan. Demak: «Sh» o‘rniga — Ş «Ch» o‘rniga — Ç «Oʻ» o‘rniga — Ö «Gʻ» o‘rniga — Ğ Qolgan harflarda o‘zgarish yo‘q. ➡️ @shokirjonov
504
10
没有文字...
764
11
没有文字...
4
12
Qizlar, "Mehrobdan chayon" asarida Xudoyorxonnin (😅) "ng" ni qanday talaffuz qilishini Qodiriy qanday tasvirlaganini eslaysizlarmi? N+g‘ nin aralashmasi bölgan. Şu harf heç qaçon alifboda aks etmagan.
994
13
Ng qani shunda?
1 021
14
Ism-familiyangda özgargan harflardan biri bölmasligi ham baxt aslida☕️
983
15
Özi haligaça lotinçaga ötib ulgurmagandik-ku, dear folks 🌟
1 029
16
Özi haligaça lotinçaga ötib ulgurmagandik-ku, dear folks 🌟🌟
10
17
Alifboda nimalar o‘zgaradi? Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan sha
Alifboda nimalar o‘zgaradi? Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi: Gʻ gʻ → Ğ ğ Oʻ oʻ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun qonun Oliy Majlis Senati tomonidan maq’ullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi kerak. 👉 @xushnudbek 👈
1 077
18
Özi haligaça lotinçaga ötib ulgurmagandik-ku, dear folks 🌟🌟
4
19
Alifboda nimalar o‘zgaradi? Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan sha
Alifboda nimalar o‘zgaradi? Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi: Gʻ gʻ → Ğ ğ Oʻ oʻ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun qonun Oliy Majlis Senati tomonidan maq’ullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi kerak. 👉 @xushnudbek 👈
38
20
❗️Qonunchilik palatasida alifbo islohoti bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham aniqlik kiritiladi. Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarining peshlavhalari, ramziy belgilari va boshqa atributlaridan ham belgilangan muddatgacha foydalaniladi. 📝 Mazkur yondashuv davlat organlari va tashkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar va boshqa vositalarni birdaniga almashtirish xarajatlarining oldini olishga qaratilgan. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi. 👉 @xushnudbek 👈
962