43-MAKTAB HAYOTI
前往频道在 Telegram
Andijon shahar 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi faoliyatiga oid yangiliklar
显示更多637
订阅者
-224 小时
-67 天
-2030 天
帖子存档
Repost from Pedagoglar
❗️Elektron shahodatnomani qanday olish mumkin?
Maktabni bitirganingiz haqidagi shahodatnomani e-shahodatnoma.uz va my.gov.uz saytidan bepul va oson yuklab oling.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yildan keyin maktabni tamomlagan bitiruvchilar ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin.
Oylik hisoblash uchun bot
Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot
➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q!
🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz?
➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi.Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering:
➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul!✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
E’lon
☀️ "KELAJAK ORZULARI" Yozgi kunduzgi oromgohiga marhamat!
Hurmatli ota-onalar! Maktabimiz va "Kelajak markazi" hamkorligida o'quvchilar uchun "Kelajak orzulari" yozgi oromgohi tashkil etilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!
Bu oromgoh farzandingizga yozgi ta'tilni mazmunli, qiziqarli va do'stlar davrasida o'tkazish imkonini beradi.
Muhim ma'lumotlar:
📅 Davomiyligi: 15.06.2026-26.06.2026. 10 kun.
⏰ Vaqt: Har kuni soat 13:00 gacha.
💰 To'lov: Oromgohda ishtirok etish mutlaqo BEPUL!
🥪 Eslatma: Oromgoh qatnashchilari uchun issiq tushlik tashkil etilmaydi. Bolajonlar o'zlari bilan yengil tamaddi (buterbrod va suv) olib kelishlari so'raladi.
Dasturimizda:
Qiziqarli intellektual o'yinlar;
Ijodiy va sport mashg'ulotlari;
Yangi do'stlar va unutilmas xotiralar!
Farzandingiz yozni zerikarli o'tkazmasin! Joylar soni cheklangan, ro'yxatdan o'tishga shoshiling.
📞 Murojaat uchun: +998884724474
📍 Manzil: Andijon shahar A.Fitrat koʻchasi 14- uy
e'lon
☀️ "KELAJAK ORZULARI" Yozgi kunduzgi oromgohiga marhamat!
Hurmatli ota-onalar! Maktabimiz va "Kelajak markazi" hamkorligida o'quvchilar uchun "Kelajak orzulari" yozgi oromgohi tashkil etilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!
Bu oromgoh farzandingizga yozgi ta'tilni mazmunli, qiziqarli va do'stlar davrasida o'tkazish imkonini beradi.
Muhim ma'lumotlar:
📅 Davomiyligi: 10 kun.
⏰ Vaqt: Har kuni soat 13:00 gacha.
💰 To'lov: Oromgohda ishtirok etish mutlaqo BEPUL!
🥪 Eslatma: Oromgoh qatnashchilari uchun issiq tushlik tashkil etilmaydi. Bolajonlar o'zlari bilan yengil tamaddi (buterbrod va suv) olib kelishlari so'raladi.
Dasturimizda:
Qiziqarli intellektual o'yinlar;
Ijodiy va sport mashg'ulotlari;
Yangi do'stlar va unutilmas xotiralar!
Farzandingiz yozni zerikarli o'tkazmasin! Joylar soni cheklangan, ro'yxatdan o'tishga shoshiling.
📞 Murojaat uchun: +998884724474
📍 Manzil: Andijon shahar A.Fitrat koʻchasi 14- uy
Olg‘a, O‘zbekiston!
✅ Andijon shahar 43-sonli umumiy òrta ta'lim maktabi boshlang'ich sing òquvchilari futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan yurtimiz futbolchilarini qoʻllab-quvvatlamoqda!
⚡️1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi
Joriy yilda 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyun sanasidan boshlanadi. Bu yil 795 mingdan ortiq bolalarni 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Kecha, 5-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘zining Facebook’dagi rasmiy sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul tartibi, tizimdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumot berildi.
Unga ko‘ra, joriy yilda ham 1-sinfga qabul 20-iyun sanasidan boshlanadi. Jarayonlar 2 bosqichda o‘tkaziladi:
➖birinchi bosqich – 20-iyundan 31-iyulgacha arizalar biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilinadi;
➖ikkinchi bosqich – mikrohududdan tashqari qabul jarayonlari maktabning imkoniyatlariga qarab amalga oshiriladi.
✅“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga asosan, 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Ya'ni, 2026-yil 1-sinfga chiqadiganlar 2019-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bo‘lishi kerak. 6 yoshli bolalar uchun esa majburiy maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilgan.
🗂Ma'lumot uchun, maktabga onlayn qabul jarayonlari Hukumatning 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladi.
+1
ЯНА БИР ҒАЛАБА
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактаби ўқувчилари яна бир юксак натижага эришдилар!
Мактабимизнинг 6-синф ўқувчиси Ботирова Мадинахон спортнинг сузиш тури бўйича ўтказилган Андижон вилояти ҳокими олимпиадасида муносиб иштирок этиб, фахрли 1-ўринни қўлга киритди. 🥇
Ушбу ғалаба Мадинахоннинг қатъияти, меҳнатсеварлиги ва спортга бўлган юксак қизиқишининг самарасидир. Ёш чемпионнинг келгусидаги мусобақаларда ҳам янада улкан ютуқларга эришишига тилакдошмиз.
👏 Ботирова Мадинахонни ушбу муносиб ғалаба билан самимий муборакбод этамиз ҳамда ота-онаси ва устозларига ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз.
🌟 Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактаби жамоаси ўз ўқувчилари билан фахрланади!
+3
🏆 ҒАЛАБА МУБОРАК!
Спортнинг Сузиш тури бўйича
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактабининг 5-синф ўқувчиси Карабаева Муслимахон
вилоят ҳокими олимпиадасида фахрли 1-ўринни қўлга киритди!
Ушбу юксак натижа билан Муслимахонни самимий муборакбод этамиз!
Унинг келгуси мусобақаларда ҳам юртимиз ва мактабимиз шарафини муносиб ҳимоя қилиб, янада юксак зафарларга эришишини тилаймиз.
👏 Ғалабангиз муборак бўлсин!
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактаби жамоаси
🎓 Абитуриентлар қабули бошланди
5 июндан 2026-2027 ўқув йили учун олий ва касбий таълим муассасаларига қабул бошланди.
Абитуриентлар 25 июнга қадар онлайн рўйхатдан ўтиб, тест топшириш учун фанлар мажмуаси, таълим тили ва ҳудудни танлаши мумкин.
Бу йил ҳам қабул жараёни «аввал тест, сўнг танлов» тамойили асосида икки босқичда ўтказилади.
‼️‼️‼️
#Jonli_efir
📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli pedagoglar!
✅ 2026-yil 5-iyun kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy Facebook sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.
➖ Muloqot davomida qabul jarayoniga oid yangiliklar hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar, xususan:
➖ 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi va qabulning amaldagi talablari;
➖ elektron ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari;
➖ jarayonlarga doir muammo va ularning yechimlari xususida vazirlik mas‘ul xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.
👉 O‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+3
1 июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни
Бугун - Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни. Бу кунни байрам сифатида нишонлаш қарори 1925 йилда Женевада бўлиб ўтган болалар фаровонлиги бўйича бутунжаҳон конференциясида эълон қилинган.
Олам болалар билан гўзал.
+2
🥇🇺🇿 Ғалаба муборак!🥇
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактабининг 8-синф ўқувчиси Артиков Бехрузбек спортнинг “Аралаш жанг санъати” тури бўйича ўтказилган Ўзбекистон чемпионатида муносиб иштирок этиб, фахрли 1-ўринни қўлга киритди ҳамда ўз тенгдошлари орасида Ўзбекистон чемпиони деган шарафли номга сазовор бўлди.
Бу юксак ютуқ — нафақат Бехрузбекнинг, балки ота-онаси, устозлари ва мактаб жамоасининг ҳам катта ғурури ҳисобланади.
Ёш спортчимизга келгуси мусобақаларда ҳам улкан зафарлар, куч-ғайрат ва янги марралар тилаймиз!
🏆 43-мактаб фахри — чемпион ўқувчимиз Артиков Бехрузбекга шарафлар бўлсин!
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактаби жамоаси
+3
Yuldasheva Sabina va Murotaliyeva Muzayyana taqdirlandi
Joriy yilning 26-may kuni Andijon shahar 2-son sport maktabida muhim va tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 11–19 may kunlari Indoneziya davlatida o‘tkazilgan Zamonaviy Beshkurash sport turi bo‘yicha Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lib qaytgan sportchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Xususan, Andijon shahar 43-maktabining 10-“E” sinf o‘quvchilari Yuldasheva Sabina hamda Murotaliyeva Muzayyana yuqori natijalari va erishgan yutuqlari uchun Andijon shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Shokirov tomonidan Andijon shahar hokimligi nomidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Mazkur yutuq 43-maktab jamoasi, xususan ustoz Mira Yuldashevna hamda maktab direktori Dilshodbek Sobirjonov uchun katta faxr va iftixor bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat boshqa yosh sportchilar va maktablar uchun ham chinakamiga ibrat bo‘la oladi.
📚✨ Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактабида ўтказилган “Сўнгги қўнғироқ” тадбиридан лавҳалар ✨📚🔔 Ҳаётнинг яна бир унутилмас саҳифаси… Қувонч ва ҳаяжонга бой, эзгу орзу ва умидлар билан йўғрилган “Сўнгги қўнғироқ” тадбиридан ёрқин лавҳалар. 🎓 Битирувчиларга оқ йўл, юксак марралар ва порлоқ келажак тилаймиз! Азиз ўқувчилар, мактаб даргоҳида олган билим ва тарбиянгиз ҳаёт йўлингизда мустаҳкам пойдевор бўлсин.
+2
🥇🇺🇿 Ғалаба муборак!🥇
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактабининг 5-синф ўқувчиси Артиков Муҳаммадюсуф спортнинг “Аралаш жанг санъати” тури бўйича ўтказилган Ўзбекистон чемпионатида муносиб иштирок этиб, фахрли 1-ўринни қўлга киритди ҳамда ўз тенгдошлари орасида Ўзбекистон чемпиони деган шарафли номга сазовор бўлди.
Бу юксак ютуқ — нафақат Муҳаммадюсуфнинг, балки ота-онаси, устозлари ва мактаб жамоасининг ҳам катта ғурури ҳисобланади.
Ёш спортчимизга келгуси мусобақаларда ҳам улкан зафарлар, куч-ғайрат ва янги марралар тилаймиз!
🏆 43-мактаб фахри — чемпион ўқувчимиз Артиков Муҳаммадюсуфга шарафлар бўлсин!
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактаби жамоаси
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўнгги_қўнғироқ
“Siz uchun imkoniyatlar eshigi ochiq” – E’zoza Karimovadan bitiruvchilarga eksklyuziv tabrik
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova maktab bitiruvchilariga oʻz tabrigini yoʻlladi va katta hayot oldidan muhim tavsiyalarini bildirdi.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin. Kelajak soati
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+8
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактабида 2025–2026 ўқув йилини муваффақиятли якунлаётган 11-синф битирувчилари учун кўтаринки кайфият ва унутилмас лаҳзаларга бой “Сўнгги қўнғироқ” тадбири бўлиб ўтди.
Тадбирни мактаб директори Дилшодбек Сабиров очиб берди ҳамда йиғилганларга Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг мактабни тамомлаётган битирувчиларга йўллаган табрик мурожаатини ўқиб эшиттирди.
Шунингдек, тадбирда Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши кураш департаменти Андижон вилояти бошқармаси бошлиғи Тошматов Мирзохид Жапаралиевич иштирок этиб, битирувчиларни ушбу қувончли айём билан самимий муборакбод этди ҳамда уларнинг келгуси таълим ва меҳнат фаолиятида улкан зафарлар, юксак марралар ва омад тилади.
🌟 “Сўнгги қўнғироқ” — бу хайрлашув эмас, балки ёшларимиз учун янги орзулар, катта мақсадлар ва порлоқ келажак сари бошланаётган ҳаёт йўлидир.
Андижон шаҳар 43-умумтаълим мактаби битирувчиларига оқ йўл ва буюк муваффақиятлар тилаймиз!
#Ижтимоий_ролик
#Мурожаат
🔊Мактаб битирувчи ёшларнинг ота-оналарига мурожаат
Ҳурматли ота-оналар, вояга етмаган фарзандларингизни ҳужжатсиз автомашина бошқаришига йўл қўйманг!
Андижон вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ Ахборот хизмати
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
