163
订阅者
无数据24 小时
-47 天
-530 天
吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+5
在0个频道中
六月 '26
+3
在0个频道中
Get PRO
五月 '26
+6
在0个频道中
Get PRO
四月 '26
+13
在1个频道中
Get PRO
三月 '26
+3
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+4
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+4
在0个频道中
Get PRO
十二月 '25
+1
在0个频道中
Get PRO
十一月 '25
+8
在0个频道中
Get PRO
十月 '25
+11
在0个频道中
Get PRO
九月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
八月 '25
+11
在1个频道中
Get PRO
七月 '25
+64
在0个频道中
Get PRO
六月 '250
在1个频道中
Get PRO
五月 '25
+1
在1个频道中
Get PRO
四月 '250
在0个频道中
Get PRO
三月 '25
+26
在0个频道中
Get PRO
二月 '250
在0个频道中
Get PRO
一月 '250
在1个频道中
Get PRO
十二月 '24
+9
在0个频道中
Get PRO
十一月 '240
在0个频道中
Get PRO
十月 '24
+9
在0个频道中
Get PRO
九月 '240
在0个频道中
Get PRO
八月 '240
在0个频道中
Get PRO
七月 '24
+13
在0个频道中
Get PRO
六月 '240
在0个频道中
Get PRO
五月 '24
+3
在0个频道中
Get PRO
四月 '240
在0个频道中
Get PRO
三月 '24
+32
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 12 七月 | 0 | |||
| 11 七月 | 0 | |||
| 10 七月 | 0 | |||
| 09 七月 | 0 | |||
| 08 七月 | 0 | |||
| 07 七月 | 0 | |||
| 06 七月 | 0 | |||
| 05 七月 | 0 | |||
| 04 七月 | +2 | |||
| 03 七月 | +3 | |||
| 02 七月 | 0 | |||
| 01 七月 | 0 |
频道帖子
#mindfulness
DIQQATNI JAMLASH (Mindfulness)
Yig'ilishda o'tirasiz-u, xayolingiz allaqachon boshqa yoqda — natijada muhim gapni eshitmay qolasiz. Yoki tushlikni shoshib, ta'mini ham bilmay yeb bo'lasiz. Tanish holatmi? Bu faqat sizda emas.
Tadqiqotlarga ko'ra, biz kunimizning deyarli yarmini "boshqa o'y" bilan o'tkazamiz — tanamiz bir joyda, xayolimiz butunlay boshqa yerda. Qizig'i shundaki, aynan shunday paytda odam o'zini baxtsizroq his qilarkan.
Nega bu muhim?
Hozirgi onga diqqat qaratish — inglizchada buni "mindfulness" deyishadi — nafaqat diqqatingizni o'tkirlashtiradi, balki asabni bo'shashtiradi, atrofdagilar bilan munosabatingizni yaxshilaydi va hayotni chinakamiga his qilishga imkon beradi. Mohiyati oddiy: fikru tuyg'ularingizni "yaxshi-yomon"ga ajratmay, shunchaki kuzating va shu ondan bahra oling.
Xo'sh, ishda bunga qanday erishsa bo'ladi? Mana 4 ta oddiy usul 👇
1️⃣ Kuniga bir necha daqiqa ajrating
Uzoq fikrlashga vaqt topolmasligingiz mumkin — hechqisi yo'q. Bir zum to'xtab, nafasingizni yoki atrofdagi tovushlarni tinglang. Shunday kichik mashqlar ham diqqatni jamlashga o'rgatadi.
2️⃣ Qilayotgan ishingizga to'liq e'ibor bering.
Hamkasbingiz gapirayotganda uning ohangiga, yuz-qo'l harakatlariga e'tibor bering — aslida nima demoqchiligini tushuning. Xayolingiz qochsa ,shunchaki diqqatni sekin qaytaring.
3️⃣ Nimalardan minnatdorligingizni yozib boring.
Kun bo'yi ko'nglimiz ko'proq yomon(negativ) narsalarga diqqatni qaratadi. Har kuni o'zingizga yoqqan, minnatdor bo'lgan narsalarni yozib borsangiz, hayotga ancha muvozanatli qaraysiz. Bu esa ishtiyoq, ijod va unumingizga ijobiy ta'sir qiladi.
4️⃣ Hamma ishni birvarakayiga qilmang.
Yig'ilishda o'tirib xat yozish, tushlik qilar ekan ish chatlarini kuzatish — go'yo ko'p ish bajarayotgandek tuyuladi. Aslida esa birortasiga ham to'liq kirisholmaysiz: xato ko'payadi, ish sifati tushadi, kayfiyat ham buziladi. Diqqatingiz bo'linayotganini sezsangiz, bir lahza to'xtang va "hozir menga aynan nima muhim?" deb o'zingizga savol bering.
Bu odatlarni qancha ko'p qilsangiz, ishda shuncha xotirjam va diqqatli bo'lasiz — foydasini o'zingiz sezasiz. Xullas, xayolingizni yig'ib oling va butun e'tiboringizni mana shu daqiqaga qarating.
📚 To'liq maqola
💬 Siz ishda diqqatni jamlash uchun nima qilasiz? Izohda o'rtoqlashing 👇
Telegram |Youtube
| 2 | Xayolingiz ishdan chalg'ib ketganini sezsangiz, eng to'g'ri yo'l qaysi? | 70 |
| 3 | Nega bir vaqtda bir nechta ishni qilish yaxshi natija bermaydi? | 66 |
| 4 | Minnatdor bo'lgan narsalaringizni yozib borish nega foydali? | 66 |
| 5 | Ish paytida diqqatni jamlashning eng oddiy usuli qaysi? | 68 |
| 6 | "Mindfulness" so'zi aslida nimani bildiradi? | 68 |
| 7 | #managingup
RAHBAR BILAN ISHLASHNI O'RGANISH (Managing up)
Ko'pchilik yaxshi rahbar topishni orzu qiladi. Ammo haqiqat shundaki, rahbaringiz qanday bo'lishidan qat'i nazar, u bilan qanday munosabat qurish ko'p jihatdan o'zingizga bog'liq. Mana shu ko'nikma "managing up" — ya'ni yuqori bilan ishlash san'ati deb ataladi.
Bu rahbarga xushomad qilish yoki unga yoqishga urinish emas. Aksincha, bu — rahbaringizni tushunish, uning ustuvor vazifalarini bilish va u bilan ochiq, samimiy munosabat o'rnatish orqali ikkalangiz uchun ham qulay ish muhitini yaratishdir.
Nega bu muhim?
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'plab ishchilar hatto maosh oshishidan ko'ra yaxshi rahbarni afzal ko'radi. Rahbar bilan yaxshi munosabat esa nafaqat kayfiyatingizga, balki karyerangiz o'sishiga ham to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi.
Rahbaringiz bilan samarali ishlashning 5 usuli 👇
1️⃣ Uning muloqot uslubini tushuning Rahbaringiz qisqa xabarlarni afzal ko'radimi yoki batafsil hisobotni? Qachon va qanday murojaat qilishni bilib olsangiz, keraksiz tushunmovchiliklar kamayadi.
2️⃣ Maqsad va ustuvorliklarini biling Rahbaringiz uchun eng muhim narsa nima ekanini tushuning va o'z ishingizni shunga moslang. Shunda siz uning e'tiboridagi ishlarga hissa qo'shasiz.
3️⃣ Muammo bilan emas, yechim bilan keling Xato yoki qiyinchilikni faqat aytib qo'ymang. Imkon bo'lsa, uni hal qilishning bir-ikki yo'lini ham taklif qiling. Bu sizni ishonchli xodim sifatida ko'rsatadi.
4️⃣ Uning o'rniga o'zingizni qo'ying Til topishish qiyin rahbar bo'lsa ham, uning bosimi va mas'uliyatini tushunishga harakat qiling. Ko'pincha rahbarning qattiqqo'lligi ortida katta yuk turadi.
5️⃣ Ochiq va halol bo'ling Samimiy munosabat ishonchning poydevoridir. Fikringizni hurmat bilan, ammo ochiq bildiring — bu sog'lom ish munosabatini mustahkamlaydi.
"Managing up" — bu rahbaringizni boshqarish emas, balki u bilan hamkorlikda samarali ishlashni o'rganishdir. Bu ko'nikma qayerda ishlamang, umr bo'yi asqotadi.
📚 To'liq maqola
💬 Sizningcha, rahbar bilan yaxshi munosabat o'rnatishda eng muhim narsa nima? Fikringizni izohda yozing 👇
Telegram |Youtube | 80 |
| 8 | Tadqiqotlarga ko'ra, ko'plab ishchilar maosh oshishidan ko'ra nimani afzal ko'radi? | 77 |
| 9 | "Managing up"ning eng muhim jihati nima? | 69 |
| 10 | Ba'zan "managing up" yana nimani talab qilishi mumkin? | 68 |
| 11 | Quyidagilardan qaysi biri asl "managing up" usuli hisoblanadi? | 66 |
| 12 | Rahbaringizni chuqurroq tushunish uchun eng yaxshi yo'l qaysi? | 62 |
| 13 | Rahbaringiz bilan til topishish qiyin bo'lsa, dastlab o'zingizni qanday tutgan ma'qul? | 69 |
| 14 | Tajribasiz yoki til topishish qiyin rahbar bilan ishlaganda eng to'g'ri yo'l qaysi? | 68 |
| 15 | "Managing up" quyidagilardan qaysi birini anglatmaydi? | 63 |
| 16 | Rahbaringiz va u bilan munosabatingiz eng ko'p nimaga ta'sir qiladi? | 73 |
| 17 | "Managing up" — bu aslida nima? | 75 |
| 18 | #delegating
VAZIFALARNI TOPSHIRISH (Delegating)
Ba'zan hamma ishni o'zim tezroq va yaxshiroq bajaraman deb o'ylaymiz. Yoqtirgan vazifalarni boshqaga ishonib topshirish oson emas. Ammo hamma narsani yolg'iz uddalashga urinish — zaif rahbarlik alomati va oxir-oqibat charchab qolishga ("burnout") olib keladi. Natijada inson doim band, asabiy va jamoasiga kerakli yetakchi bo'la olmay qoladi.
Nega delegatsiya kerak?
Jamoaga rahbarlik yangi mas'uliyat va sinovlarni yuklaydi. Yaxshi rahbar imkon qadar ko'proq vazifani boshqalarga ishonib topshiradi — mas'uliyatni bo'lishadi va odamlarga ishonadi. To'g'ri tashkil etilgan delegatsiya sizga qo'llab-quvvatlash, muammolarni hal qilish va umumiy manzarani nazorat qilish uchun vaqt beradi — bular aynan rahbarning ishi.
Vazifalarni samarali topshirishning 5 usuli 👇
1️⃣ Kichik ishlardan boshlang Yirik loyihalarni topshirishga hadiksirayotgan bo'lsangiz, unchalik nazorat talab qilmaydigan mayda vazifalardan boshlang. Shunda jamoa a'zolari yangi mas'uliyatga asta-sekin ko'nikadi.
2️⃣ Jamoani o'stiradigan vazifalarni bering Delegatsiya faqat o'z yukingizni yengillashtirish uchun emas. U jamoani rivojlantirishi va ularga o'rganish imkonini berishi ham kerak. O'zingiz mohir bo'lgan ishni o'rgatib topshirsangiz, xodimlar kasbiy jihatdan o'sadi.
3️⃣ Vazifani unga qiziqadigan odamga bering Yaxshi rahbar jamoasini yaxshi biladi va qaysi ish kimga mos kelishini sezadi. Faqat o'zingiz yoqtirmagan ishlarni topshirmang. Inson sevgan ishini qilsa, uni a'lo bajarishga ko'proq intiladi.
4️⃣ Jamoangizga ishoning Ba'zi rahbarlar vazifani topshirgach, har bir qadamni yaqindan kuzatib, hammasini tuzatishga urinadi — bu mikromenejment. Bunday nazorat ishni o'zingiz bajargancha vaqt oladi, jamoaning ishtiyoqini so'ndiradi, ijodkorlik va yangi g'oyalarga to'sqinlik qiladi. Ishoning — ish bajariladi, faqat siz o'ylagandek aynan bir xil usulda bo'lmasligi mumkin.
5️⃣ Qo'llab-quvvatlashni unutmang Aniq maqsad va talablarni belgilang, muddatlarni tushuntiring, zarur bo'lganda yo'l ko'rsating. Kerakli ma'lumotni bermay turib, jamoa fikringizni o'zi anglab olishini kutmang. Ishlar rejadagidek ketayotganini vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
Vazifa topshirishni o'rganish oson emas — u tajriba va mashq talab qiladi. Ammo aynan mas'uliyatni bo'lishish orqali inson qadrli jamoadosh va chinakam yetakchiga aylanadi.
📚 To'liq maqola
💬Sizningcha, qaysi vazifalarni topshirish mumkin, qaysilarini esa yo'q? Fikringizni izohda yozing 👇
Telegram |Youtube | 84 |
| 19 | Бойлар билан оддий меҳнаткашлар ўртасидаги фарқ кўпинча иқтидорда ҳам, меҳнатсеварликда ҳам эмас. Гап — ёзилмаган қоидаларда. Бир тоифа буни болалигидан ўрганади, иккинчиси эса умрининг ярмини сарфлаб, қимматга тушган хатолар орқали англаб етади.
Қуйида ана шундай 10 та сабоқ:
1. Фақат меҳнатнинг ўзи бойлик келтирмайди. Оддий оилаларда болаларга "кўп ишласанг, пул келади" деб ўргатилади. Аслида меҳнат — бу фақат бошланғич тўлов. Ҳақиқий бойлик капитал, тизимлар ва бошқаларнинг вақтини ўз фойдангизга ишлатишдан келади. Бир соат меҳнат бир соатдан ортиқ қиймат яратиши керак.
2. Таниш-билишчилик — алдов эмас, ўйиннинг ўзи. Оддий муҳитда "ҳаммасини ўзим қилдим" деган ғурур бор. Ёрдам сўраш — ожизлик белгиси ҳисобланади. Аммо айнан шу ғурур одамларга кўрилмаган имкониятлар, лавозимлар ва таклифларга қимматга тушади. Бойлар алоқаларни актив деб билади: эшикни таниш очади, билим эса ичкарида ушлаб туради.
3. Тана — чекланган ресурс. Меҳнаткаш эркаклар танасини абадий ишлайдиган механизм деб ҳисоблайди: оғриқни енгиб, дам олмай ишлайверади. Оқибат — жароҳат ва куйиш. Бойлар эса саломатликка узоқ муддатли инвестиция деб қарашга ўргатилади, чунки уларнинг асосий активи — бақувват бел эмас, ишлайдиган ақл.
4. "Йўқ" дейиш кучи. Танқислик тафаккури одамни ҳамма нарсага "ҳа" дейишга мажбур қилади — рад этсам, муносабат ёки маош тугайди деган қўрқувдан. Натижада умр танлаб эмас, реакция қилиб ўтади. Аниқ "йўқ" эса вақтингизни ҳимоя қилади ва сизга бўлган ҳурматни оширади. Чегаралар — қўполлик эмас, диққатингиз қиммат туришининг белгиси.
5. Пул — сақлаш учун эмас, ишлатиш учун восита. "Кам сарфла, қарздан қоч" — тўғри, лекин тўлиқ эмас маслаҳат. Жамғарма ёлғиз инфляцияни ҳам енголмайди. Бойлар пулни даромад келтирувчи активлар сотиб олиш воситаси деб билади ва хонадонни қуритувчи қарз билан ўзини ўзи қоплайдиган қарз фарқини ёшликдан ўрганади.
6. Ҳиссий интеллект қўполликдан кучли. Кўп муҳитларда эркаклик — қаттиққўллик ва баланд овоз билан ўлчанади. Бу услуб жанжалда ютиши мумкин, лекин музокарада ҳеч қачон. Хотиржам қолган одам одатда яхшироқ шартнома билан кетади. Ҳиссий интеллект — ҳаётдаги энг катта устунликлардан бири.
7. Тизим натижани мукофотлайди, ҳаракатни эмас. Узоқ соатлар ва чарчоқ — қадр белгиси эмас. Бозор ва иш берувчилар соат бешда қанчалик ҳориганингизга пул тўламайди. Савол "соатни нима тўлдиради" эмас, "натижани нима силжитади" бўлиши керак.
8. Устоз топиш ёлғиз юришдан афзал. "Ўзинг ўрган" деган ақида ҳар бир хатони қимматбаҳо дарсга айлантиради. Бойлар эса устоз ва маслаҳатчиларни фаол излайди. Бировнинг ўн йиллик тажрибасига пул тўлаш — ҳашамат эмас, энг арзон йўл қисқартиргич.
9. Вақтингизни қўриқланг. Машинасини ўзи тузатади, томини ўзи ямайди, шанба куни ҳаммага ёрдамга боради — бу масъулиятдек туюлади, аммо иқтисодчилар айтадиган "муқобил харажат"ни ҳисобга олмайди. Агар бир соатлик фокусланган ишингиз юмушни бировга топшириш нархидан қиммат турса, уни топшириш — дангасалик эмас, оддий арифметика.
10. Ҳақиқий бойлик — аноним бўлиш ва эркинлик. Тўсатдан бойиган одам кўпинча "етдим" деган исботни сотиб олишга шошилади: қиммат машина, катта логотиплар. Аммо кўз-кўз қилиш хавфсизлик бермайди, аксинча, кераксиз эътиборни тортади. Эски пуллик оилалар "жимжит ҳашамат"ни афзал кўради: ҳақиқий бойлик логотипга эмас, шахсий ҳаёт дахлсизлиги ва эркинликка ўхшайди. | 92 |
| 20 | Vazifa topshirish (delegatsiya) — bu qanday ko'nikma? | 81 |
