ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 285 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 629,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 475

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 285 名订阅者。

根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 549,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.22%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.48% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 274 次浏览,首日通常累积 9 355 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 285
订阅者
-20724 小时
-1 3827
-2 54930
帖子存档
⚡️Xitoyda kompaniya egasi, xodimlari u yerga yetib bora olmasliklari va kompensatsiya to’lovisiz ishdan bo’shashlari uchun of
⚡️Xitoyda kompaniya egasi, xodimlari u yerga yetib bora olmasliklari va kompensatsiya to’lovisiz ishdan bo’shashlari uchun ofisini to’g’li hududga ko’chirdi. Yo’lga 2 soatdan ko’proq vaqt ketgani uchun 20 kishidan 14 nafari o’z xohishi bilan ariza yozib, kompensatsiya to’lovini olmasdan iste’foga chiqishdi. Ular ketishlari bilan esa kompaniya tezda avvalgi ofisiga qaytdi. Tog’dagi ofisini aynan shunday vaziyatlar uchun ochgan shekilli :) 📟 DigiTech

🥽 Apple kompaniyasi Vision Pro'ni ishlab chiqarish jarayoni aks etgan videoni taqdim etdi. Kecha Vision Pro garniturasiga oldindan buyurtma berish ochildi, 60-80 mingta qurilmadan iborat birinchi partiyasi atigi bir soat ichida sotilib ketdi! Keyingi yetkazib berish mart oyidan boshlanadi, turli saytlarda narxlar allaqachon 7000 dollarga yetmoqda. Qiziq, O’zbekistonda narxi qancha bo’larkin?) 📟 DigiTech

🛳️ Dunyodagi 2 ta eng yirik kruiz kemalari Bagamadagi xususiy orolda yonma-yon to’xtashdi. Ikki kema jami 19 238 yo’lovchini
+2
🛳️ Dunyodagi 2 ta eng yirik kruiz kemalari Bagamadagi xususiy orolda yonma-yon to’xtashdi. Ikki kema jami 19 238 yo’lovchini sig’dira oladi, bortda esa deyarli hamma narsa bor. 📟 DigiTech

🎥 Runway neyrotarmog’i Garri Potterdagi kabi har qanday suratni jonlantirishni o’rgandi. Endi neyron tarmoq bir vaqtning o’zida rasmning 5 turli joyiga animatsiya qo’sha oladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Galaxy AI internetsiz ishlamaydi. Bu Internet bilan ishlaydigan xizmat bo’lib, ikki yildan keyin unga hatto to’lov ham qil
📲 Galaxy AI internetsiz ishlamaydi. Bu Internet bilan ishlaydigan xizmat bo’lib, ikki yildan keyin unga hatto to’lov ham qilish kerak bo’ladi. Samsung hozircha obuna narxi haqida ma’lumot bermayapti. Ammo uning mavjudligi haqida reklamadagi suratlardan birida yozilgan. Galaxy AI funksiyalari ular qo’llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil oxirigacha bepul bo’ladi. Aslida buni sun’iy intellekt funksiyalari deb ham bo’lmaydi, neyron tarmoq bilan sun’iy intellektni farqi bor. 📟 DigiTech

📲 Android'da istalgan ilovadagi obyektlarni belgilab, internetda izlash yangi funksiyasi shunday ishlaydi. Hozircha u faqat yangi Galaxy S24 va eng yangi Google Pixel-da mavjud, ammo tez orada boshqa smartfonlarda ham paydo bo’ladi. Aytgancha, orqa fondagi musiqani Apple 3 yil oldin o’z taqdimotida ishlatgan :) 📟 DigiTech

🥽 3500 dollar berasiz va bonusiga quloq og’rig’ini olasiz :) 📟 DigiTech
+3
🥽 3500 dollar berasiz va bonusiga quloq og’rig’ini olasiz :) 📟 DigiTech

⚡️Windows 12 shunday ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Lekin afsuski, bu ishqibozlar tomonidan yasalgan norasmiy konseptdir. Operatsion tizimning rasmiy yangi versiyasi shu yilda namoyish etilishi mumkin. Windows 12 da asosiy e’tibor sun’iy intellektga qaratiladi. 📟 DigiTech

📱Samsung kompaniyasining yangi S24 smartfonlar liniyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Asosiy xususiyatlari — albatta neyrotarmoqla
+3
📱Samsung kompaniyasining yangi S24 smartfonlar liniyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Asosiy xususiyatlari — albatta neyrotarmoqlardir: — Matnli xabarlar va ovozli qo'ng'iroqlar uchun sinxron tarjimon. O’zbek tili hozircha yo’q, lekin yaqin kelajakda qo’shilib qoladi degan umiddamiz; — Sun’iy intellekt matnli xabarni qayta shakllantirishga, uni yanada rasmiy yoki tushunarli qilishga yordam beradi, orfografik xatolarni to’g’irlaydi; — Uzun matnlarni asosiy ma’nosini aytib beradi, shuningdek, diktofon'da yozilgan ovozli xabarlarni tarjima qila oladi; — Rasmlar muharriri Pixel-dagi kabi: fotosuratdagi obyektlarni ko’chirishingiz va ularning hajmini o’zgartirishingiz mumkin. AQSh'dagi narxlar: · S24 – 799 dollardan. · S24+ – 999 dollardan. · S24 Ultra – 1299 dollardan. 📟 DigiTech

🥽 Apple ba’zi jurnalist va blogerlarga Vision Pro garniturasi haqida o’z obunachilariga aytib berishlari uchun qurilmani 30
+1
🥽 Apple ba’zi jurnalist va blogerlarga Vision Pro garniturasi haqida o’z obunachilariga aytib berishlari uchun qurilmani 30 daqiqa davomida sinab ko’rishga ruxsat berdi. The Verge yozishicha: — Qurilma boshda boshqa VR qurilmalar kabi turadi. Qurilmaning og’irligi tufayli ko’zlar tez toliqadi; — O’rnatish sozlamalaridan so’ng Mac'dagi Launchpad'ga o‘xshash ish stoli chiqadi; — Ko’zni kuzatish funksiyasi tez va aniq ishlaydi; — Klaviaturadan foydalanish unchalik qulay emas, matnni Siri-ga aytish qulayroq; — Rasm sifati juda yuqori va Meta Quest'ga qaraganda yaxshiroq; — Harakat vaqtida olingan 3D videolarni tomosha qilish ba’zilar uchun ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin. Tez orada mashhur amerikalik YouTuberlar va OAV'larning to’liq va batafsil sharhlari chiqadi. 📟 DigiTech

🎣 Muzda baliq ovlash bo’lsa shunday bo’lsin Ushbu yigitlar muzda baliq ovlashni video o’yin o’ynash kabi osonlashtirishibdi. Ular elektr kaminli furgonda o’tirib, suv osti kamerasi orqali baliqlarni tomosha qilishmoqda, qarmoqqa baliq tushganini ko’rishgandan so’ng pastdagi teshiklardan uni tortib chiqarishmoqda. 📟 DigiTech

+3
🤖 Xitoyliklar mana shunday o’ta realistik robotlar yasashni o’rganishdi, ular hatto mashhur odamlarning to’liq nusxalarini ham yaratishmoqda: masalan, Stiv Jobs'ning nusxasini. Yuz va tananing terisini tibbiy silikondan tayyorlashmoqda, so’ng kichik detallargacha qo’lda ishlov berishmoqda. Ushbu robotlar Dalian kelajak va fan muzeyida namoyish etiladi, u yerda o’zingizni skanerlab, tashqi ko’rinishingizni kelajakdagi gumanoidlardan biriga «hadya» qilishingiz mumkin. 📟 DigiTech

👓 Miya uchun fitnes-treker: konsentratsiya va e’tiborni oshiradigan ko’zoynaklar namoyish etildi. MindLink Air ramkasiga 6 ta sensorlar o’rnatilgan bo’lib, ular charchaganingizda ko’zlaringizni analiz qiladi va miyaga infraqizil nurlardan foydalanib impuls yuboradi. Bu konsentratsiya va mahsuldorlikni oshiradi. Narxi — 600 dollar atrofida. 📟 DigiTech

⚡️Wi-Fi'ga ulanadigan LG kir yuvish mashinasi har kuni tarmoqdan stabil 4 GB gacha trafik sarflagan. X (Twitter) foydalanuvch
⚡️Wi-Fi'ga ulanadigan LG kir yuvish mashinasi har kuni tarmoqdan stabil 4 GB gacha trafik sarflagan. X (Twitter) foydalanuvchisi kir yuvish mashinasi qancha trafik sarf qilishini tekshirishga qaror qildi va bu ko’rsatgich kuniga 3,66 GB'ligini aniqladi. Izohlarda odamlar hayronlar: bu oddiy holatmi yoki mayning. Mayning yangi bosqichga chiqdi shekilli :) 📟 DigiTech

🥽 Yaponiyada virtual o’yinda rasmiy maktab ochildi, u yerda barcha darslar meta-olamda (VR) bo’lib o’tadi. Ta’lim to’liq onlayn — dunyoni istalgan nuqtasidan turib o’qish mumkin. VR uskunalari bepul taqdim etiladi. O’quv dasturi oddiy maktabdagi kabi, faqat kibersport va raqamli texnologiyalarga ko’proq urg’u berilgan. Bitiruvchilarga rasmiy diplom beriladi. Anime ta’lim sohasiga ham yetib keldi. 📟 DigiTech

⚡️«Bir martalik» video xabarlar va ovozli xabar yozish vaqtida pauza qilish Telegram'ning kelgusi yangilanishida bir martalik videoxabarlarni yuborish imkoniyati paydo bo’ladi. Ilgari bu funksiya faqat audio xabarlar uchun mavjud edi. Bundan tashqari, ovozli va ehtimol, video xabarlarni yozishni pauzaga qo’yish imkoniyati qo’shiladi. 📟 DigiTech

+3
📲 X (Twitter) foydalanuvchisi iOS uchun VisionOS uslubidagi qiziqarli konseptni ko’rsatdi. Juda chiroyli dizayn chiqibdi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Amazon sun’iy intellekt bo’yicha 4 ta bepul kurslarni chiqardi. Generativ sun’iy intellekt asoslari. Davomiyligi: 3 soa
👨‍💻 Amazon sun’iy intellekt bo’yicha 4 ta bepul kurslarni chiqardi. Generativ sun’iy intellekt asoslari. Davomiyligi: 3 soat. Machine Learning — nimadan boshlashni bilmayotgan yangi o’rganuvchilar uchun. Davomiyligi: 12 soat. Low-Code Machine Learning — biznesda ML modellarini qo’llash orqali muammolarni hal qilish. Davomiyligi: 4 soat. Amazon AWS da til modellarini yaratish — modellarni yaratish va sozlash. Davomiyligi: 5.5 soat. Ushbu kurslarni barchasi mutlaqo bepul, vaziyatdan foydalanib o’rganib qolish kerak (ingliz tilini bilsangiz albatta). 📟 DigiTech

📲 Xiaomi o’ta ingichka va yupqa metall quymasiga o’xshash powerbank'ni chiqardi. Og’irligi bor-yo’g’i 93 gramm (korpusi meta
+4
📲 Xiaomi o’ta ingichka va yupqa metall quymasiga o’xshash powerbank'ni chiqardi. Og’irligi bor-yo’g’i 93 gramm (korpusi metall emas, metall bo’yoq bilan qoplangan) va qalinligi 1 sm dan kichikroq, quvvati 5000 mA / soat, zaryadlash tezligi 20 Vt gacha. Xitoyda Ultra-Thin Power Bank narxi 18 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Xitoydagi yoshlar astronomiya muzeyidagi 5D xona. Xitoy texlogiyalar bo’yicha ancha oldinda. 📟 DigiTech

AI | DigiTech - Telegram 频道 @digitechai 的统计与分析