ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 272 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 488,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 371

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 272 名订阅者。

根据 26 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 768,过去 24 小时变化为 -288,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 325 次浏览,首日通常累积 9 958 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 125

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 27 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 272
订阅者
-28824 小时
-3 2697
+76830
帖子存档
Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz
Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz mumkin: ▪️ Yillik foiz - 0% dan ▪️ Muddat - 48 oygacha ▪️ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan *Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Bugunoq to‘lovlar hisobini bilish va sinov haydoviga yozilishni xohlaysizmi? Qo‘ng‘iroq qiling va test-drayvga yoziling: +998555008998 🟢Kia Kokcha Reklama

⚡️Bloomberg xabar berishicha, Apple yaqin orada uchta yangi qurilmani sotuvga chiqaradi. Arzon narxdagi smartfon «qoshli» diz
⚡️Bloomberg xabar berishicha, Apple yaqin orada uchta yangi qurilmani sotuvga chiqaradi. Arzon narxdagi smartfon «qoshli» dizaynli eski ko‘rinishga, iPhone 17’dagi kabi A19 chipiga, Apple C1X modemiga hamda Bluetooth, Wi-Fi uchun N1 chipiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniya A18 chipli arzon iPad 12 va iPad Air M4'ni ham namoyish etadi. Ular fevral oyi oxiri — mart oyi boshida sotuvga chiqariladi. Mish-mishlarga ko‘ra, taqdimot 19-fevralda bo‘lib o‘tishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Milliardga yaqin Android smartfonlari xavf ostida. Bu haqda Google rasman ogohlantirdi. Android qurilmalarining qariyb 40 f
⚡️Milliardga yaqin Android smartfonlari xavf ostida. Bu haqda Google rasman ogohlantirdi. Android qurilmalarining qariyb 40 foizi endi xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi. Bu 1 milliardga yaqin smartfonlarning viruslar, josuslik dasturlari va xakerlik hujumlariga zaif ekanligini anglatadi. Mutaxassislar bunday smartfonlarda kerakli shaxsiy ma'lumotlarni saqlamaslikni yoki yangi qurilmaga almashtirishni maslahat berishmoqda. 📟 DigiTech

📱iPhone'lar kosmosga uchadi. NASA orbitada smartfonlardan foydalanishga ruxsat berdi. Zamonaviy qurilmalar rasman XKS'ga Cre
📱iPhone'lar kosmosga uchadi. NASA orbitada smartfonlardan foydalanishga ruxsat berdi. Zamonaviy qurilmalar rasman XKS'ga Crew-12 missiyasi bilan va Oyga Artemis 2 bilan jo‘natiladi.
Ilgari agentlik eskirgan texnikadan (2016-yilgi iPod Touch kabi) foydalanardi, chunki zamonaviy qurilmalar radiatsiya ta’sirida tez ishdan chiqishi mumkin deb hisoblangan. Polaris Dawn va Fram2 xususiy missiyalarining muvaffaqiyatidan so‘ng qoidalar qayta ko‘rib chiqildi. Bu missiyalarda zamonaviy smartfonlar va MacBook Pro muammolarsiz ishlagan.
Zamonaviy qurilmalar astronavtlarga tez va sifatli kontent yaratib, uni keng auditoriyaga ulashish imkonini beradi. 📟 DigiTech

+1
⚡️2026-yilgi Olimpiada ochilishida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan video namoyish etildi. Bu so‘nggi yuz yillik Olimpiya o‘yinlariga ishora qiluvchi yoqimli video bo‘lishi kerak edi. Biroq tomoshabinlar deyarli har bir kadrda g‘alati narsalarni topishdi. Milliardlab dollarlik byudjetlar malakali animatorlarga yetmay qolibdi :) 📟 DigiTech

🚘 Xiaomi 990 ot kuchiga ega bo‘ladigan YU7 krossoverining GT versiyasini tayyorlamoqda — u 2 soniyada 100 km/soatgacha tezla
+2
🚘 Xiaomi 990 ot kuchiga ega bo‘ladigan YU7 krossoverining GT versiyasini tayyorlamoqda — u 2 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi va maksimal tezligi 300 km/soatni tashkil etadi. YU7 Max top-komplektatsiyasi bilan taqqoslaganda, avtomobilning quvvati bir vaqtning o‘zida 300 «ot kuchi»ga oshirildi va uning dizayni yanada sportga yo‘naltirildi. Avtomobil yaqin oylar ichida 65 000 dollar narxda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Yevrokomissiya TikTok qaramlikka olib kelishini rasman tan oldi. Endi kompaniya ilova interfeysini o‘zgartirishi kerak. Naz
⚡️Yevrokomissiya TikTok qaramlikka olib kelishini rasman tan oldi. Endi kompaniya ilova interfeysini o‘zgartirishi kerak. Nazorat organi cheksiz skrolling, videolarning avtomatik ijrosi, bildirishnomalar va shaxsiy tavsiyalar bolalar va ayrim kattalarda qaramlikni yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Yangi kontent bilan doimiy «mukofotlanish» va TikTok dizaynining ayrim elementlari platformada ko’proq o’tirish istagini kuchaytiradi hamda foydalanuvchilar miyasini «avtopilot» rejimiga o‘tkazadi.
Agar TikTok buning aksini isbotlay olmasa yoki interfeysni o‘zgartirmasa, kompaniyaga jahon miqyosidagi umumiy aylanmasining 6 foizigacha miqdorida jarima solinishi mumkin. 📟 DigiTech

Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz mumkin: ▪️ Yillik foiz - 0% ▪️ Muddat - 48 oygacha ▪️ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan *Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Bugunoq to‘lovlar hisobini bilish va sinov haydoviga yozilishni xohlaysizmi? Qo‘ng‘iroq qiling va test-drayvga yoziling: +998555008998 🟢Kia Kokcha Reklama

⚡️Tanqislik protsessorlargacha yetib bordi: Intel va AMD mijozlarni yetkazib berish kechikishlari haqida ogohlantirishdi — ul
⚡️Tanqislik protsessorlargacha yetib bordi: Intel va AMD mijozlarni yetkazib berish kechikishlari haqida ogohlantirishdi — ular ma’lumotlar markazlari buyurtmalarini bajarishga ulgurishmayapti. Xitoyda Xeon protsessorlari narxi o‘rtacha 10 foizga oshdi, yetkazib berish muddati esa yarim yilgacha cho‘zilmoqda. Kompaniyalar talabni qondirish uchun harakat qilishmoqda, biroq Intel kerakli miqdorda resurslar topa olmayapti. AMD esa TSMC'dan yetarlicha miqdorda chip ololmayapti, chunki zavodlar Nvidia va boshqa sun’iy intellektlar ishlab chiquvchi mijozlarining buyurtmalari bilan band. 📟 DigiTech

📱Insayderlarning ta'kidlashlaricha, arzon iPhone 17e 19-fevral kuni namoyish etiladi. Unga MagSafe, Apple C1X modemi va iPho
📱Insayderlarning ta'kidlashlaricha, arzon iPhone 17e 19-fevral kuni namoyish etiladi. Unga MagSafe, Apple C1X modemi va iPhone 17 ning kuchli A19 chipi o’rnatiladi. Ammo «qosh»li eski dizaynda qoladi. Chamasi, yangi modelda Dynamic Island baribir bo‘lmaydi. Narxi avvalgidek — 599 dollardan boshlanadi. Innovatsiyalarni keyingi modelga qoldirishibdi) 📟 DigiTech

⚡️Xotira tanqisligi paytida oddiy o’yinchilar uchun Xitoy kompaniyalari yordamga keldi — CXMT kompaniyasi 32 GB hajmli DDR4-3
⚡️Xotira tanqisligi paytida oddiy o’yinchilar uchun Xitoy kompaniyalari yordamga keldi — CXMT kompaniyasi 32 GB hajmli DDR4-3200 ECC xotira chiplarini atigi 135 dollar narxda sotuvga chiqardi. Hozirda bu bozor narxidan taxminan 3 baravar arzonroq — CXMT Xitoyda ishlab chiqarishni faol kengaytirmoqda va «katta uchlik»ni bozordagi ulushini kamaytirish maqsadida narxlarni pasaytirmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia 30 yil ichida birinchi bor yangi videokartalar ishlab chiqarishni to’xtatadi. The Information ma’lumotlariga ko‘ra,
⚡️Nvidia 30 yil ichida birinchi bor yangi videokartalar ishlab chiqarishni to’xtatadi. The Information ma’lumotlariga ko‘ra, Nvidia 30 yil ichida birinchi bor yangi o‘yin videokartalarini chiqarmaslikka qaror qilgan. Sababi oddiy: xotira tanqisligi. Kompaniya ma’lumotlar markazlari uchun GPU ishlab chiqarishga ustuvorlik berishga qaror qildi. Xotiraning jiddiy tanqisligi sabab o‘yin yo‘nalishi vaqtincha ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Bundan tashqari, Nvidia RTX 50xx seriyasi ishlab chiqarish hajmini ham qisqartirmoqchi. Yangi videokartalarni bu yil kutmasak ham bo’ladi :( 📟 DigiTech

⚡️YouTube barcha uchun boshqa tildagi videolarni sun’iy intellekt dublyajini ishga tushirdi. Sozlamalarda kerakli tilni tanla
⚡️YouTube barcha uchun boshqa tildagi videolarni sun’iy intellekt dublyajini ishga tushirdi. Sozlamalarda kerakli tilni tanlash yoki funksiyani o’chirib qo’yish mumkin.
Video mualliflari avtomatik dublyajni o’chirib qo’yishi yoki o‘zining shaxsiy ovozli versiyasini yuklashi mumkin. Ilgari sun’iy intellekt dublyaji faqat to‘qqizta tilda ishlagan va cheklangan sondagi mualliflar uchungina mavjud bo‘lgan. Hozir funksiya 27 ta tilni qo’llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, tarjima paytida ohang va his-tuyg‘ularni o’xshatadigan «Expressive Speech» funksiyasi ham qo’shildi. Yaqin kelajakda esa YouTube yana bir xususiyat — sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ovozni lab harakatlari bilan sinxronlashtirishni qo‘shmoqchi. 📟 DigiTech

📲 iPhone foydalanuvchilari iOS 26.2.1 tizimidagi xatolar, nosozliklar, qotib qolishlar va batareyaning tez tugashi haqida om
+2
📲 iPhone foydalanuvchilari iOS 26.2.1 tizimidagi xatolar, nosozliklar, qotib qolishlar va batareyaning tez tugashi haqida ommaviy ravishda shikoyat qilishmoqda. Ba’zilarda ilovalar ishdan chiqmoqda, boshqalarda esa shunchaki mobil aloqa ishlamay qolgan. Forumlarda qurilmani qayta ishga tushirish tavsiya etilmoqda. Oqibatda, ayrim foydalanuvchilar buni kuniga bir necha marta bajarishga majbur bo‘lishyapti. 📟 DigiTech

🕹️ AMD kompaniyasi xabar berishicha, yangi Xbox 2027-yilda chiqishi mumkin — har holda konsol uchun chiplar shu vaqtda tayyo
🕹️ AMD kompaniyasi xabar berishicha, yangi Xbox 2027-yilda chiqishi mumkin — har holda konsol uchun chiplar shu vaqtda tayyor bo‘ladi. PlayStation 6 ham katta ehtimol bilan AMD chiplarini oladi. Biroq xotira inqirozi sababli konsollarning tez orada chiqishini kutish o‘rinsiz. Mish-mishlarga ko‘ra, yangi Xbox to‘laqonli shaxsiy kompyuterdek bo‘lishi mumkin. Boshqa tafsilotlar hozircha ma'lum emas. 📟 DigiTech

⚡️GTA VI chiqish sanasi kechiktirilmaydi — o‘yin 19-noyabrda bir vaqtning o‘zida disklarda va raqamli formatda chiqariladi. M
+2
⚡️GTA VI chiqish sanasi kechiktirilmaydi — o‘yin 19-noyabrda bir vaqtning o‘zida disklarda va raqamli formatda chiqariladi. Moliyaviy hisobot paytida Take-Two kompaniyasi muxlislarni tinchlantirdi va yozda marketing kampaniyasi boshlanishini ma’lum qildi. Bu esa bir necha oydan keyin yangi treylerlar, skrinshot va jurnalistlarning sharhlarini ko‘rishimiz mumkinligini anglatadi. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklar 36 km/soat tezlikda yuguradigan va charchamaydigan eng tezkor robotni ishlab chiqishdi. Yugurish yo‘lakchasida Bolt odamni osonlikcha ortda qoldirdi, u 100 metrlik masofani atigi 10 soniyada bosib o‘ta oladi — xuddi yamaykalik afsonaviy Useyn Bolt kabi. Uning 9,58 soniyalik rekordini 16 yildan buyon hech kim yangilay olmayapti. 📟 DigiTech

⚡️Videokartalar narxlari tushishi mumkin — Reuters xabar berishicha, OpenAI NVIDIA chiplaridan qoniqmagan. Ma’lum bo‘lishicha
⚡️Videokartalar narxlari tushishi mumkin — Reuters xabar berishicha, OpenAI NVIDIA chiplaridan qoniqmagan. Ma’lum bo‘lishicha, Altman 2025-yildan beri foydalanuvchilar so‘rovlariga tezroq javob berish uchun NVIDIA chiplariga muqobil izlamoqda. ChatGPT ishlab chiqaruvchilarini so‘rovlarni bajarish tezligi qoniqtirmayapti. Kompaniya bu bo’yicha yaqinda birnechta startaplar bilan shartnoma tuzgan. Shu bilan birga, SI modellarini o‘qitish uchun NVIDIA chiplari hali ham rasman eng yaxshisi bo‘lib qolmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib avtomobillarda yashirin eshik tutqichlarini taqiqladi — 2027-yil 1-yanvardan boshlab yangi m
🚘 Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib avtomobillarda yashirin eshik tutqichlarini taqiqladi — 2027-yil 1-yanvardan boshlab yangi modellar faqat mexanik tarzda ochiladigan bo‘lishi shart. Qoidalar bir qator halokatli yo‘l-transport hodisalaridan so‘ng, elektronikaning ishlamay qolishi tufayli odamlar salonda qamalib qolganidan keyin qayta ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda mamlakatda eng ko‘p sotiladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning 60 foizida yashirin eshik tutqichlari mavjud. 📟 DigiTech

📚 AQShda bolalarni sun’iy intellekt o’qitmoqda — Alpha xususiy maktablarining yangi tarmog‘ida o‘qituvchilar va uy vazifalar
+1
📚 AQShda bolalarni sun’iy intellekt o’qitmoqda — Alpha xususiy maktablarining yangi tarmog‘ida o‘qituvchilar va uy vazifalar yo‘q, darslar esa kuniga atigi ikki soat davomida noutbuklarda o‘tkaziladi. Qolgan vaqt esa o‘quvchilar «hayotiy ko‘nikmalar»ni: IKEA mebellarini yig‘ishni va ovqat tayyorlashni o‘rganishyapti. Maktablar allaqachon bir nechta shaharlarda ochilgan, o‘qish yiliga 65 000 dollar turadi. 📟 DigiTech