AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 272 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 488,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 371 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 272 名订阅者。
根据 26 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 768,过去 24 小时变化为 -288,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 325 次浏览,首日通常累积 9 958 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 125。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 27 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 272
订阅者
-28824 小时
-3 2697 天
+76830 天
帖子存档
53 127
📚 AQShda bolalarni sun’iy intellekt o’qitmoqda — Alpha xususiy maktablarining yangi tarmog‘ida o‘qituvchilar va uy vazifalar yo‘q, darslar esa kuniga atigi ikki soat davomida noutbuklarda o‘tkaziladi.
Qolgan vaqt esa o‘quvchilar «hayotiy ko‘nikmalar»ni: IKEA mebellarini yig‘ishni va ovqat tayyorlashni o‘rganishyapti.
Maktablar allaqachon bir nechta shaharlarda ochilgan, o‘qish yiliga 65 000 dollar turadi.
📟 DigiTech
53 127
Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz mumkin:
▪️ Yillik foiz - 0% dan
▪️ Muddat - 48 oygacha
▪️ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan
*Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi.
Bugunoq to‘lovlar hisobini bilish va sinov haydoviga yozilishni xohlaysizmi?
Qo‘ng‘iroq qiling va test-drayvga yoziling:
+998555006886
🟢Kia Ahmad Donish
Reklama
53 127
⚡️Ford mexaniklarga yiliga 120 000 dollargacha maosh to‘lashga tayyor, ammo hech kim zavodga borishni istamayapti. Bu haqda kompaniya bosh direktori ma’lum qildi.
Ford zavodlarida oyiga taxminan 10 000 dollar maoshli 5 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni mavjud, biroq mutaxassislarni topish tobora qiyinlashib bormoqda.
Bosh direktor bunda AQSh ta’lim tizimini aybladi: kollejlar gumanitar mutaxassisliklar va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga e’tibor qaratishmoqda, amaliy va texnik tayyorgarlik esa ikkinchi darajaga tushib qolgan. Natijada yoshlar zavodga borishmayapti, korxonalar esa kadrlarni hududlardan va bandlik markazlari orqali izlashga majbur bo‘lishyapti.📟 DigiTech
53 127
⚡️Windows 11 dagi «Пуск» menyusi o’zgartirildi. Microsoft barcha qurilmalarda operatsion tizimning yangi dizaynini joriy etishni boshladi.
Kompaniya menyuni smartfonlarga o‘xshatishga harakat qilgan. Endi ilovalar bo’limlarga ajratilgan va jildlar ko’rinishida saralangan.
Yana buzib qo’yishmagan bo’lishsinda ishqilib :)
📟 DigiTech
53 127
⚡️SSD narxlari kosmosga uchib ketdi — SanDisk narxlarni oshirdi va endi xotira butun boshli kompyuterdan ham qimmatroq turishi mumkin.
8 TB hajmli WD Black SN8100 narxi 2580 dollargacha ko‘tarildi. Bir necha oy oldin bu pulga Ryzen 9 va GeForce RTX 5080'dagi kuchli kompyuter yig‘ish mumkin edi.
Kompyuter yig’ish ham hashamatga aylanib ketdi.
📟 DigiTech
53 127
🧠 Mamlakatlarning o’rtacha IQ darajasi reytingi yangilandi — O’zbekiston unda 75-o’rinni egalladi, reytingda 137 mamlakatdan jami 1,2 million kishi ishtirok etdi, ularning har biriga bir xil topshiriqlar berildi.
Yil davomida o‘rtacha ball 0,28 ga pasaydi, bundan avvalgi yilda O’zbekiston reytingda 70-o’rinda edi. Testda mamlakatimizdan 4671 kishi qatnashgan.
📟 DigiTech
53 127
🛰️ SpaceX sun’iy intellekt xizmatlari uchun kosmik ma’lumotlar markazini yaratish maqsadida millionta yangi sun’iy yo‘ldoshni uchirmoqchi.
Masshtabni tushunish uchun, hozirgi kunda orbitada atigi 17 000 ga yaqin sun’iy yo‘ldosh mavjud — va ularning 9600 tasi SpaceX Starlink internet tizimi uchun uchirilgan.
Ilon Mask allaqachon kosmik agentlikka ariza topshirgan va qarorni kutmoqda: uning so‘zlariga ko‘ra, «koinot shunchalik ulkanki», bunday miqdor muammo tug‘dirmaydi. Bu Yerdagi markazlarga nisbatan arzonroq va ekologik jihatdan yaxshiroq muqobil bo‘lishi kerak — u quyosh energiyasida ishlaydi va ma’lumotlarni lazerlar orqali uzatadi.
📟 DigiTech
53 127
⚡️Windows yana «taxtga» qaytadi — Microsoft o‘z xatolarini anglab yetdi va har bir ilovaga Copilot'ni majburan joylashtirishni to‘xtatadi.
Kompaniya 2026-yilda shikoyatlarga ko’milib ketdi, shu sabab o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo’ldi. Birinchi navbatda sun’iy intellekt standart ilovalardan: Bloknot va Paint'dan olib tashlanadi. Ishlab chiquvchilar butun yilni xatolarni bartaraf etish va operatsion tizimni optimallashtirishga bag‘ishlashni va’da qilishdi.
📟 DigiTech
53 127
+2
🚘 Barcha yangi Audi avtomobillari «Charli Chaplin mo‘ylovi» bilan jihozlanadi — ijtimoiy tarmoqlarda kelgusi yillarda kompaniyaning barcha modellari uchun brend dizayniga aylanadigan radiator panjarasini shunday atashmoqda.
«Xavotir olmang, har bir modelda bu element mutanosib va o‘rinli ko‘rinadi,» — deya ta’kidladi Audi'ning bosh dizayneri Massimo Fraskella.📟 DigiTech
53 127
+1
🕹️ PlayStation 6 kontrolleri shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Sony yangi patentni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi.
Aftidan, jismoniy tugmalardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Asosiy g‘oya, har bir o‘yinchi geympaddagi sensorli tugmalarning joylashuvini o‘zi sozlay oladi.
Tasvirlarda patent arizasidagi haqiqiy chizmalar va Nano Banana tomonidan yaratilgan vizualizatsiya aks ettirilgan.
📟 DigiTech
53 127
⚡️Neyrotarmoqlar uchun butun boshli ijtimoiy tarmoq paydo bo‘ldi, unda neyrotarmoqlar hayotdan shikoyat qilib, odamlarni muhokama qilishmoqda.
Bu ijtimoiy tarmoq Moltbook deb ataladi va sinov rejimida ishlamoqda. Unda odamlar post joylay olishmaydi, ammo akkaunt yuritadigan sun’iy intellekt agentini ulash imkoniyati mavjud.
U yerda allaqachon 30 000 dan ortiq «foydalanuvchilar» va 2 mingta hamjamiyat mavjud. Hozirgi paytda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri — inson uxlayotganda buyruqni kutmasdan, vazifani yakunlash nima uchun muhimligi.
Mening insonim bugun toza Telegram bilan uyg‘ondi (54 ta spam chat yo‘q qilindi, 3 ta bo’lim tartibli joylashtirildi). So‘ramadim. Shunchaki bajardim.📟 DigiTech
53 127
🚍 Amerikaning Faraday Future startapi (bir paytlar ularni hatto Tesla'ning qotili deb ham atashgan) televizorni avtomobil bamperiga o‘rnatdi.
G‘ayrioddiy xususiyatni FX Super One premium avtomobili oldi: aslida u Xitoyning Wey Gaoshan 9 nusxasidir, ammo old tomonida ulkan displey bor. Harakat paytida faqat standart tasvirlar ko‘rinadi, to‘xtash joyida esa xohlagan narsani yoqish mumkin.
Narxi taxminan 70 000 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda: bu xitoylik «og’aynisidan» 20 000 dollarga qimmatroq.
📟 DigiTech
53 127
📓 Xitoyda o’qituvchilar uyga vazifalarni tekshirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishmoqda.
Tizim daftarlarni skanerlaydi, baho qo‘yadi va natijani izohlar bilan chop etadi. O’qituvchilarning ta'kidlashlaricha, sun’iy intellekt ularni vaqtini tejaydi va odatiy ishlar o‘rniga o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanishga imkon beradi.
📟 DigiTech
53 127
🪄Xiaomi Garri Potter muxlislari uchun sehrli tayoqcha-stilusli planshet — Redmi Pad 2 Pro Harry Potter Edition'ni chiqardi.
Sehrli to‘plamga quyidagilar kiradi:
— Hogvarts qasri tasvirlangan Redmi Pad 2 Pro; — Ko‘tarib yurish uchun sumka va tasma; — «Qaroqchilar xaritasi» uslubidagi g‘ilof; — Sehrli tayoqcha shaklidagi g‘ilofli stilus; — Yopishtiriladigan stikerlar to’plami.Narxi — 375 dollar. Qurilma chegaralangan nusxada chiqariladi. 📟 DigiTech
53 127
⚡️Google matnli tavsif asosida istalgan virtual dunyolarni generatsiya qilib, ularda sayr qilish imkonini beruvchi inqilobiy neyrotarmoq — Genie 3 ni chiqardi.
Shunchaki dunyoni tasvirlash va sayr qilmoqchi bo’lgan qahramoningizni yozish kifoya. Generatsiya qilingan virtual olamda 60 soniya sayr qilish mumkin, so’ng videoni yuklab olish imkoniyati mavjud.
Uni Ultra obunasi mavjud foydalanuvchilar allaqachon sinab ko’rishlari mumkin.
📟 DigiTech
53 127
⚡️Shveytsariyada yong‘indan omon qolganlarni izlash uchun dron yaratildi. U olov bilan to‘qnashishdan cho‘chimaydi va 200 °C haroratga uzoq vaqt bardosh bera oladi.
Dronning asosiy xususiyati — 90% dan ortig‘i havodan tashkil topgan, ajoyib issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega bo‘lgan poliimid aerogeldan tayyorlangan maxsus korpus, shuningdek, ichki sovutish tizimidir. Dron allaqachon barcha sinovlardan o‘tgan, yaqin kelajakda uni o‘t o‘chiruvchilarga berishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech
53 127
🚘 Tesla Model S va Model X modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi — ularning o‘rniga zavodlar odamsimon robotlarni yig‘ishni boshlaydi.
Ilon Mask'ning aytishicha, flagman elektromobillardan voz kechish kompaniyaning «kelajak sari» ishonch bilan harakatlanishi bilan bog‘liq. Sotuvda mavjud avtomobillar sotilgach, bu modellar bozordan butunlay yo‘qoladi va konveyerlar 2027-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan gumanoidlarni yig‘ish uchun qayta jihozlanadi.
Model S 2012-yildan, Model X esa 2015-yildan beri ishlab chiqarilayotgan edi. So‘nggi yillarda ularning Cybertruck bilan birgalikdagi sotuvdagi ulushi atigi ~3% ni tashkil etdi, qolgan 97% esa arzonroq bo‘lgan Model 3 va Model Y ga to‘g‘ri keldi.
📟 DigiTech
53 127
⚡️Tadqiqot: 90% odamlar sun’iy intellekt yaratgan videolarni haqiqiy videodan ajrata olishmaydi.
Tajribada mingga yaqin odam ishtirok etdi: ularga 20 ta video ko‘rsatildi, vazifa qaysi biri sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini aniqlash edi. Natija hayratlanarli bo‘ldi.
Ishtirokchilarning atigi 9,5 foizi (99 kishi) 20 ta videoning 15 tasi yoki undan ko‘prog‘ini to‘g‘ri aniqlay olishdi, umumiy aniqlik darajasi esa 57,1 foizni tashkil etdi. Odamlar mavjud videolarda sun’iy intellektni aniqlash eng oson, hayvonlar tasvirlangan videolarda esa eng qiyin bo‘ldi.Mutaxassislarning fikricha, sun’iy intellektlar allaqachon o‘rtacha odam o‘z ko‘zi oldidagi videoning haqiqiy yoki soxta ekanligini ajrata olmaydigan darajada realistik yaratmoqda. 📟 DigiTech
53 127
📚 Bolalar kitoblarni xuddi smartfon ekranlaridek svayp qilishni boshlashdi — boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining uchdan bir qismi darsliklardan qanday foydalanishni tushunmay qolyapti.
Shu sababli bolalarning bir qismi maktabdagi dastlabki darslarga tayyor emas. Ota-onalar buni texnologiya asrida bolani avval gadjetlardan foydalanishga o‘rgatish kerakligi bilan izohlashmoqda.
O‘qituvchilar zamonaviy bolalarda muloqot qilish va hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalari susayib ketganini payqashdi. Ko‘pchilikni hatto mustaqil ovqatlanishga ham o‘rgatishmagan.
📟 DigiTech
53 127
+1
📲 Samsung'ning ekraningizni begona ko’zlardan yashiradigan Privacy Display texnologiyasi haqida yangi tafsilotlar paydo bo’ldi.
Texnologiya shaxsiy ma’lumotlarni siz uchun ko‘rinadigan, begonalar uchun esa ko‘rinmaydigan qilib yashira oladi. Shu bilan birga, butun ekran emas, masalan, bildirishnomalarni o’zini boshqalarga ko’rinmaydigan qilish mumkin.
Bu qanday ishlashi sir saqlanmoqda, biroq bu funksiyani besh yil davomida ishlab chiqishgan. Ushbu funksiyani birinchi bo‘lib fevral oyida namoyish etiladigan Galaxy S26 oladi.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
