ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 091 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 488,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 371

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 091 名订阅者。

根据 26 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 768,过去 24 小时变化为 -288,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 325 次浏览,首日通常累积 9 958 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 125

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 27 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 091
订阅者
-28824 小时
-3 2697
+76830
帖子存档
🥊 Xitoylik jangchi o‘nta robotga qarshi ringga chiqdi. Natija hayratlanarli bo’ldi: robotlar uni nokautga uchratishdi. Dastlab yigit yaxshi jang qildi, ammo robotlar uni burchakka qisib qo‘yishdi. 📟 DigiTech

⚡️Boshlandi, tezkor xotira inqirozi tufayli NVIDIA va AMD videokartalari endi har oy qimmatlashadi. AMD narxlarni shu oydan,
⚡️Boshlandi, tezkor xotira inqirozi tufayli NVIDIA va AMD videokartalari endi har oy qimmatlashadi. AMD narxlarni shu oydan, Nvidia esa fevral oyidan ko’taradi. Narxlarning ko‘tarilishi Radeon RX 9000 va GeForce RTX 50 seriyalariga ta’sir qiladi va muntazam ravishda davom etadi. GeForce RTX 5090 flagmani boshlang‘ich 2000 dollarga nisbatan 5000 dollargacha qimmatlashishi mumkin, chunki xotira narxlarining oshishi videokartalar tannarxini taxminan 80 foizga ko‘tarib yubordi. 📟 DigiTech

🎥 «G'alati ishlar» (Stranger Things) serialining yakuniy qismi chiqdi. Uni deyarli hamma tomosha qilmoqda — yakuniy qism joylanishi bilan hatto Netflix'ni bir necha daqiqaga ishdan chiqardi. Sakkizinchi qism 2 soat-u 8 daqiqa davom etadi. Unda qariyb o‘n yil davomida kuzatib kelinayotgan serialning barcha syujet liniyalari yakuniga yetkaziladi. IMDb'da final qism allaqachon 35 000 baho asosida 8/10 ball to‘plagan. 📟 DigiTech

🎄 Qadrli kuzatuvchilar, yil ham o’z nihoyasiga yetib bormoqda. Orqaga qarab shuni ishonch bilan ayta olamizki, bu yil biz uc
🎄 Qadrli kuzatuvchilar, yil ham o’z nihoyasiga yetib bormoqda. Orqaga qarab shuni ishonch bilan ayta olamizki, bu yil biz uchun katta tajriba, o‘sish va yutuqlarga boy bo‘ldi. Bularga albatta sizsiz erisha olmas edik, kuzatayotganingiz, fikringiz, reaksiyangiz va repostingiz biz uchun juda qadrli. Yangi — 2026-yilda foydali kontent, maqolalar va qiziqarli texnologik yangiliklardan ko’proq ulashib borishga harakat qilamiz. 2026-yil uchun rejalarimiz katta. DigiTech jamoasi barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin dildan tabriklaydi! Yangi yil sizga sog‘liq, muvaffaqiyat va katta yutuqlar olib kelsin! 🎉

📱Buklanadigan iPhone shunday ko‘rinishda bo‘ladi — ma'lumot tarqatgani uchun Apple bilan sudlashayotgan insayder qurilmaning haqiqatga yaqin renderini ko’rsatdi. Jon Prosserning ma'lumotlariga ko‘ra, iPhone Fold yoyilgan holatda 7,8 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, korpusining qalinligi esa atigi 4,5 millimetrni tashkil etadi. 📟 DigiTech

🏦 Germaniyada mamlakat tarixidagi eng yirik bank o‘g‘irliklaridan biri sodir bo‘ldi — o‘g‘rilar «Oushenning 11 do‘sti» filmi
🏦 Germaniyada mamlakat tarixidagi eng yirik bank o‘g‘irliklaridan biri sodir bo‘ldi — o‘g‘rilar «Oushenning 11 do‘sti» filmidan ilhomlanib, deyarli 100 million dollarni olib chiqib ketishdi. Hatto politsiyachilar ham rejaning dahiyona ekanligini tan olishdi: Dam olish kunlari jinoyatchilar Sparkasse banki yonidagi binoga kirib, unda ulkan drelni yig‘ishgan va devorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri omborxonaga ulkan teshik ochishgan. Natijada: 3200 ta seyf buzilgan, 2700 mijoz pul va qimmatbaho buyumlaridan ayrilgan, umumiy zarar esa 100 million dollarga yetishi mumkin. O’g’rilar professionallar bo’lishgan va deyarli hech qanday iz qoldirishmagan, yagona ma'lumot — ular qora Audi RS 6 avtomobilida qochib ketishgan. 📟 DigiTech

🎥 Bir yigit 9 yil oldin YouTube'ga 10 soatlik kamin videosini yuklagan va buni ortidan yiliga 200 000 dollargacha daromad qi
🎥 Bir yigit 9 yil oldin YouTube'ga 10 soatlik kamin videosini yuklagan va buni ortidan yiliga 200 000 dollargacha daromad qilmoqda. Kanalda hali ham faqat bitta video bor, lekin ko‘rishlar soni 156 millionga yetgan. Har oy millionlab odamlar ushbu videoni ko’rishadi, ayniqsa yangi yil arafasida. 📟 DigiTech

👨‍💻 Keyingi MacBook Pro'larda mobil internet va sensorli ekran paydo bo‘lishi mumkin. Noutbuklarga uyali aloqani ta'minlovc
👨‍💻 Keyingi MacBook Pro'larda mobil internet va sensorli ekran paydo bo‘lishi mumkin. Noutbuklarga uyali aloqani ta'minlovchi C2 chipi o’rnatiladi. SIM kartalar uchun slot bo‘ladimi yoki yo‘qmi — hozircha noma'lum, lekin hech bo‘lmaganda eSIM'ni qo’llab-quvvatlashi kutilmoqda. Sensorli ekran bilan birga MacBook'lar nihoyat OLED displeyga ega bo‘ladi. Yangi boshqaruv sxemasi tufayli esa macOS'ni ehtimol, eng katta redizayn kutmoqda. Qolgan barcha tafsilotlarni 2026-yilning kuzida bilib olamiz. 📟 DigiTech

⚡️Oson vazifalar murakkab vazifalarga qaraganda tezroq charchatadi. Miya bir xil ishlardan bir necha barobar tezroq toliqadi,
⚡️Oson vazifalar murakkab vazifalarga qaraganda tezroq charchatadi. Miya bir xil ishlardan bir necha barobar tezroq toliqadi, qiyinchiliklar esa, aksincha, diqqatni jamlashga yordam beradi. AQSh'lik olimlar e’tiborni tekshirish bo‘yicha tajriba o‘tkazishdi. Natijada, eng murakkab vazifalarni bajargan guruhdagi odamlar:
- 10% samaraliroq ishlashdi; - Kamroq chalg‘ishdi; - Sinov oxirida ularda charchoq belgilari sezilmadi.
Aniq belgilangan qiyin maqsad doimo miyani tetik holatda saqlaydi. O‘zingizga «1 soatda kurs ishining 5 betini yozish» yoki «vazifani 20 daqiqada tugatish» kabi maqsadlar qo’ysangiz ishingiz samaraliroq bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️PlayStation 6 2027-yilda chiqmasligi mumkin. PS5 modellarining narxlari esa yaqin kelajakda oshishi kutilmoqda. Sony tezkor
⚡️PlayStation 6 2027-yilda chiqmasligi mumkin. PS5 modellarining narxlari esa yaqin kelajakda oshishi kutilmoqda. Sony tezkor xotira narxining ko‘tarilishi sababli yangi avlod konsolining chiqarilishini keyinga surmoqchi. Joriy narxlar bilan ishlab chiqarish foydasiz bo‘lib qoldi. Agar PS6 2027-yilda chiqarilsa, u juda qimmat bo‘ladi. 📟 DigiTech

+3
🪴 Xitoyliklar tuproq va sug‘orishsiz o‘simlik o‘stirish uchun mo’ljallangan shaffof tuvakni ishlab chiqishdi. Tizim oziq moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ildizlarga yetkazib beradigan mikrotumanli aeroponika asosida ishlaydi. Qo’shimchasiga undan havo namlagich, stol lampasi va tungi chiroq sifatida ham foydalanish mumkin. Kickstarter platformasida narxi 89 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🎥 «Uyda yolg‘iz» filmining boshlanishidagi voqealar haqiqatga atigi 0,13% yaqin — to‘rtta katta yoshli odam Kevin'ni unutib
+1
🎥 «Uyda yolg‘iz» filmining boshlanishidagi voqealar haqiqatga atigi 0,13% yaqin — to‘rtta katta yoshli odam Kevin'ni unutib qoldirishi ehtimoli shuncha. Fizik Luis Batalya bir vaqtning o‘zida bir necha kishi soat 23:00 da uxlashi va katta parvozdan oldin soat 8:00 da uxlab qolishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Bir kishining imkoniyati 30% edi, ammo guruhda — ehtimollik nolga yaqin. Aftidan, Kevin'ni ataylab tashlab ketishgan. 📟 DigiTech

⚡️Maktab o‘quvchisi 1,5 million yangi kosmik obyektlarni topdi. Bu uchun endi u 250 000 dollar va NASA'da lavozim oladi. Matt
⚡️Maktab o‘quvchisi 1,5 million yangi kosmik obyektlarni topdi. Bu uchun endi u 250 000 dollar va NASA'da lavozim oladi. Matteo Paz o‘zining sun’iy intellekt algoritmini yaratib, tugallangan NEOWISE missiyasi ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqdi. Natijada olimlar e’tiboridan chetda qolgan obyektlarni — uzoq kvazarlardan tortib yangi yulduzlar va qora tuynuklargacha aniqladi. Bu tadqiqot uchun u ilmiy tanlovda 250 000 dollar miqdoridagi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. NASA rahbari esa uni ommaviy ravishda ishga taklif qilib, bonus sifatida reaktiv samolyotda uchirishga va'da berdi. 📟 DigiTech

⚡️Tokiodagi do‘kon tashrif buyuruvchilarga istalgan mahsulotni «o‘g‘irlash»ga ruxsat berdi — buning uchun atigi 7 dollar to‘l
+1
⚡️Tokiodagi do‘kon tashrif buyuruvchilarga istalgan mahsulotni «o‘g‘irlash»ga ruxsat berdi — buning uchun atigi 7 dollar to‘lash kifoya. Xohlagancha olib ketish mumkin. Biroq, bir sharti bor: faqat 60 soniya vaqt beriladi va «o‘g‘rilik»ni mutlaqo shovqinsiz amalga oshirish lozim. Do‘kon bo’ylab o‘ta sezgir mikrofonlar o‘rnatilgan. 📟 DigiTech

🤖 Kutilmagan zarba Unitree G1 robotlari nafaqat ajoyib raqsga tushadi, balki yaxshi jang ham qiladi. Ehtimol, kompaniya muhandislaridan biri buni o‘z xohishiga qarshi bilib qoldi. Harakatlarni mashq qilish paytida robot uning oyoqlari orasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berdi. Umid qilamizki, robot bu «jang usulini» eslab qolmaydi. 📟 DigiTech

🚇 2 soniyada 0-700 km/soat: Xitoylik muhandislar bir tonna og‘irlikdagi magnit platformasini atigi ikki soniyada 700 km/soat tezlikka yetkazishdi. Buning siri ishqalanishning yo‘qligida: poyezd relslar bo‘ylab emas, balki kuchli elektromagnitlar yordamida yo‘l ustida muallaq turadi. Tajriba yaqin kelajakda «vakuumli poyezdlar»ni yaratish uchun o’tkazildi: bunday texnologiyalar yordamida yo‘lovchilar bo‘lgan kapsulalar shaharlar o‘rtasida 1000 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Yaponiyada 25 Gbit/s tezlikdagi dunyodagi eng tez uy interneti ishga tushiriladi. Bu tezlik bilan 100 GB hajmdagi o‘yinni y
⚡️Yaponiyada 25 Gbit/s tezlikdagi dunyodagi eng tez uy interneti ishga tushiriladi. Bu tezlik bilan 100 GB hajmdagi o‘yinni yoki ikki soatlik 8K filmni atigi 30 soniyada yuklab olish mumkin. Tokiodagi xonadonlarga o‘ta tezkor optik tolali internet 2026-yilning mart oyidan boshlab o‘tkaziladi. Biroq bu xizmat arzon emas — oylik to‘lov 27 500 yen (taxminan 2 mln so’m)ni tashkil etadi. Bungacha rekord 10 Gbit/s edi — bunday tezlikdagi internetni Yaponiya, Xitoy, Shveytsariya, AQSh va yana bir nechta mamlakatlarda ulash mumkin. 📟 DigiTech

🧠 AQSh'da olimlar Altsgeymer kasalligi rivojlanishining so‘nggi bosqichlarida uni to‘liq yengishga muvaffaq bo‘lishdi. Hozir
🧠 AQSh'da olimlar Altsgeymer kasalligi rivojlanishining so‘nggi bosqichlarida uni to‘liq yengishga muvaffaq bo‘lishdi. Hozircha faqat sichqonlarda. Kasallikning asosiy sabablaridan biri NAD+ molekulalari miqdorining kamayishi tufayli miyaning energiya muvozanati buzilishidir. P7C3-A20 sinov preparati ularning darajasini tiklay oldi. Bu miya hujayralariga o‘zlarini «tuzatish» imkonini berdi. P7C3-A20 kiritilganidan so‘ng, Altsgeymerning og’ir shakli bo‘lgan sichqonlarda kognitiv funksiyalar tiklandi va miyadagi patologiya butunlay yo‘qoldi. Olimlar endi odamlarda sinovlar o‘tkazishga tayyorlanishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️iPhone uchun «budilnik» yaratuvchilari oyiga 500 000 dollar ishlab topishmoqda: ular shunchaki tizimdagidan ko‘ra balandroq
⚡️iPhone uchun «budilnik» yaratuvchilari oyiga 500 000 dollar ishlab topishmoqda: ular shunchaki tizimdagidan ko‘ra balandroq ovoz chiqaradigan ilova chiqarishgan. Uyg‘onish uchun Alarmy ilovasida o‘zingiz tanlagan tovushlarni va ertalabki turli xil topshiriqlarni, masalan, tenglamani yechishni o‘rnatish mumkin. Pullik obuna sotib olish talab qilinishiga qaramasdan, bu xususiyatlar ilovaning juda mashhur bo‘lishini ta’minladi. Boylik siri ochildi: shunchaki baland ovozli budilnik chiqarish kerak ekan :) 📟 DigiTech

🎧 Har qanday quloqchinni iPhone'ga ulash AirPods kabi oson bo‘ladi. iOS 26.3 da qurilmani smartfonga yaqinlashtirish kifoya.
🎧 Har qanday quloqchinni iPhone'ga ulash AirPods kabi oson bo‘ladi. iOS 26.3 da qurilmani smartfonga yaqinlashtirish kifoya. Sozlamalar menyusi va alohida ilovalar orqali bir nechta bosqichlarni bajarishga hojat qolmaydi. Masalan, Sony yoki JBL quloqchinlaridan bemalol foydalanish mumkin bo‘ladi. Yangilanish yanvar oyi oxirida chiqishi kutilmoqda. Ammo dastlab bu funksiya faqat Yevropa Ittifoqida ishga tushadi. 📟 DigiTech