ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 285 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 629,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 475

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 285 名订阅者。

根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 549,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.22%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.48% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 274 次浏览,首日通常累积 9 355 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 285
订阅者
-20724 小时
-1 3827
-2 54930
帖子存档
💰 Neyrotarmoq nazarida pul va moliyaning rivojlanishi. 📟 DigiTech

+3
⛰️ Peruda ekstremal mehmonxonalar mashhur bo’lib bormoqda, ularning xonalari kapsulalar ko’rinishida tog’dagi toshlarga joylashtirilgan. Ularda bir nechta uxlash joylari va hojatxona mavjud, ovqatlanish uchun esa alohida oshxona kapsulasiga borishga to’g’ri keladi. Mexmonxona asosiy binosiga borish uchun toqqa chiqish kerak, kapsulalarga esa zinapoyalarda boriladi. Bunday kapsulalarda bir kecha yashash narxi 450 dollar. 📟 DigiTech

🧹AR ko’zoynaklaridan unumli foydalanishning yana bir usuli — uyni tozalash. Kanadalik dasturchi hali changyutgich tegmagan yoki polni yuvmagan joyingizni ko’rsatadigan ilova yaratish haqida o’ylamoqda. 📟 DigiTech

🧠 Tadqiqot: Talabalar IQ darajasi borgan sari pasayib bormoqda Kanadalik olimlar universitet talabalarining intellektual darajasi bundan 70-80 yil oldingiga nisbatan pasayganini aniqlashdi. Hozir o’quvchilarning IQ darajasi umumiy aholiniki bilan deyarli bir xil darajada. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda universitet talabalarining IQ darajasi o’rtachadan yuqori diapazonda, 115 dan 130 ballgacha ekanligi haqidagi ma’lumotlarni topish mumkin. Biroq, ilmiy adabiyotlarga ma’lumot yig’ish uchun talabalarning 1940-1950 yillardagi ko’rsatgichlari olingan. Mount Royal, Britaniya Kolumbiyasi va G’arbiy (Kanada) universitetlari olimlari ushbu ma'lumotlarni «yangilash»ga qaror qilishdi. Mualliflar 1939-yildan 2022-yilgacha Veksler intellekt shkalasi bo’yicha sinovdan o’tgan kollej va universitet talabalari natijalarining o’rtacha IQ ko’rsatkichlari meta-tahlilini o’tkazdilar. Tadqiqotchilar bugungi kunda oliy ta’lim talabalarining IQ darajasi o’rtacha 102 ball atrofida ekanligini va bundan tashqari, har yili taxminan 0,2 ballga pasayotganini aniqlashdi. Talabalarning intellektual qobiliyatlari darajasi, albatta, universitetga qarab farq qiladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Orzudagi ish topildi: Opera bir hafta internetdan foydalanganingiz uchun 10,000 dollar to’laydi. Lekin buning uchun siz Islandiya sohilidagi sokin orolda «ishlashingiz» kerak bo’ladi. Tanlovda ishtirok etish uchun barcha qiziqqanlar ariza topshirishlari mumkin. G'olibga «ishlash» uchun barcha qulay sharoitlar kutayotgan Bjarnarey oroliga borish va qaytish chiptasi olib beriladi. Shuningdek, maoshi to’lab beriladi. 📟 DigiTech

⚡️Bundan roppa-rosa 40 yil oldin Apple kompaniyasi qulay interfeys va sichqonchaga ega bo’lganligi uchun katta muvaffaqiyat q
+1
⚡️Bundan roppa-rosa 40 yil oldin Apple kompaniyasi qulay interfeys va sichqonchaga ega bo’lganligi uchun katta muvaffaqiyat qozongan Macintosh-ni namoyish etgan. Dastlab, uni McIntosh olma navi sharafiga nomlamoqchi bo’lishgan, ammo bunday nomni allaqachon audio uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya band qilgandi, shuning uchun nomi biroz o’zgartirilgan. 📟 DigiTech

🖼️ Sun’iy intellekt ijodi, Tom Kruz mashhur super qahramonlar rolida qanday ko’rinardi. Qaysi rol ko’proq tushgan? 📟 DigiTe
+5
🖼️ Sun’iy intellekt ijodi, Tom Kruz mashhur super qahramonlar rolida qanday ko’rinardi. Qaysi rol ko’proq tushgan? 📟 DigiTech

+3
🛳️ Avstriya kompaniyasi milliarderlar uchun Migaloo M5 supersuvosti kemasi konseptini namoyish etdi, u yo’lovchilarni istalgan joyga suv ostida yashirincha olib bora oladi. Uzunligi 165.8 metr bo’lgan Migaloo M5 da vertolyot maydonchasi, suzish havzalari, vino ombori va kinoteatr bo’ladi. Yaxta suv ostida 250 metrgacha bo’lgan chuqurlikda doimiy ravishda 4 haftagacha qolishi mumkin. Narxi esa atigi 2 mlrd dollar :) 📟 DigiTech

🥽 Vision Pro garniturasida mashhur ilovalarning ko’rinishi. – Microsoft Teams. – Microsoft PowerPoint. – Microsoft Excel. –
+4
🥽 Vision Pro garniturasida mashhur ilovalarning ko’rinishi. – Microsoft Teams. – Microsoft PowerPoint. – Microsoft Excel. – Microsoft Word. – Zoom. 📟 DigiTech

⚡️Disneydagilar VR o'yinlari uchun «cheksiz» polni o’ylab topishdi: uni ustida yursangiz, bir joyda turganingizni hatto sezmaysiz. Uning sirti yurish effektini beruvchi va odamning chegaradan chiqmasligini ta’minlaydigan harakatlanuvchi plitkalardan iborat. Ushbu texnologiyani ko’plab sohalarda qo’llash mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 Sun’iy intellekt bo’yicha London Imperial kolleji olimlaridan bepul kurs. Kurs 9 haftaga mo’ljallangan bo’lib, kurs dav
👨‍💻 Sun’iy intellekt bo’yicha London Imperial kolleji olimlaridan bepul kurs. Kurs 9 haftaga mo’ljallangan bo’lib, kurs davomida siz neyron tarmoqlarni tushunishdan tortib o’zingiz no’ldan yaratishgacha bo'lgan yo’lni bosib otasiz. Har bir dars video va taqdimotni o’z ichiga oladi, bundan tashqari amaliy vazifalar ham mavjud. 👉 Bepul kursga havola. 📟 DigiTech

🥽 To'ldirilgan reallik (AR) garniturasini hayotda haqiqatdan ham foydali va tushunarli qo’llanilishi. Shunday yo’l bilan misol uchun tajribasiz odam ham kompyuterni o’zi yig’ishi mumkin. 📟 DigiTech

🧮 Armanistondagi maktabda o’quvchilar imtihon vaqtida mental arifmetikadan shunday foydalanishadi. Bizni maktablarda kimdir matematik masalani shunday hisoblab bersa, kamida 1 oy «temada» bo’ladi) 📟 DigiTech

+3
🪨 Koinotdan olingan toshlar shunday ko’rinishga ega, ularning yoshi taxminan 4,5 milliard yil. Suratda Bennu asteroididan olingan namunalar mavjud kapsula ko’rsatilgan. Yerga u 2023-yil sentyabr oyida yetib kelgan, biroq vintlari tiqilib qolgani sababli, qopqog’ini ehtiyotkorlik bilan faqat yaqindagina yechishga muvaffaq bo’lishdi. 📟 DigiTech

🧠 Mark Sukerberg kutilmaganda inson intellektidan kuchliroq bo’ladigan sun’iy intellekt ustida ishlayotganini e’lon qildi. B
🧠 Mark Sukerberg kutilmaganda inson intellektidan kuchliroq bo’ladigan sun’iy intellekt ustida ishlayotganini e’lon qildi. Bunga ishonish qiyin, lekin bu AGI ochiq kodli bo’ladi. AGI — bu bitta muammoni hal qiladigan chatbot emas. AGI shunchalik aqlli bo’ladiki, u hammamiz kabi ichki motivatsiya va maqsadlarni belgilash qobiliyatiga ega bo’ladi. Ilmiy-fantastik filmlardagi voqealar realga aylanmoqda. Bu g’oyani amalga oshirish uchun Meta allaqachon Nvidia kompaniyasiga 340 000 dan ortiq H100 grafik protsessorlariga buyurtma bergan. Sayyoradagi eng boy odamlardan birining ChatGPT yaratuvchisi bilan poygasi boshlandi. 📟 DigiTech

⚡️Google Chrome brauzerida foydalanuvchilar ma'lumotlarini hatto inkognito rejimida ham yig’ishini tan oldi Gap brauzer tarix
⚡️Google Chrome brauzerida foydalanuvchilar ma'lumotlarini hatto inkognito rejimida ham yig’ishini tan oldi Gap brauzer tarixi, IP manzil va kompyuter xususiyatlari haqida ketmoqda. Google ushbu ma’lumotni unga qarshi sud da’vosi vaqtida oshkor qildi. Sud qaroriga ko’ra, Google endilikda foydalanuvchilarni «inkognito» rejimi ma’lumotlarni Google'ning o’zidan emas, balki boshqa foydalanuvchilardan sir saqlanishini nazarda tutadi, degan ogohlantirish bilan xabardor qilishi kerak. Ilgari bu ma’lumot hech qayerda ko’rsatilmagan. 📟 DigiTech

🌒 Kecha Yaponiya Oyga o’z kosmik kemasini muvaffaqiyatli qo’ndira oldi va buni uddalagan beshinchi davlatga aylandi. Albatta
🌒 Kecha Yaponiya Oyga o’z kosmik kemasini muvaffaqiyatli qo’ndira oldi va buni uddalagan beshinchi davlatga aylandi. Albatta, qiyinchiliklarsiz bo’lmadi: modulning quyosh panellari ishlamadi, ehtimol ular noto’g’ri burchak ostida bo’lganligi sababli. Hozir muammoni hal qilishga harakat qilishmoqda. 20-asrda sun’iy yo’ldoshga faqat SSSR va AQSh kosmik kemasi muvaffaqiyatli qo'na olgan, bu asrda esa — Xitoy va Hindiston. Endi ular orasiga Yaponiya ham qo’shildi. 📟 DigiTech

🤖 BMW AQSh'dagi zavodiga odamsimon robotlarni «ishga yolladi». Robot 20 kg gacha yukni ko’tara oladi va bir marta quvvatlang
+3
🤖 BMW AQSh'dagi zavodiga odamsimon robotlarni «ishga yolladi». Robot 20 kg gacha yukni ko’tara oladi va bir marta quvvatlanganda taxminan besh soat xizmat qiladi, ular Figure startapi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu robotlar aynan qanday vazifani bajarishlarini hali aytishmadi. Videoga qaraganda minimum, ishchilar uchun qahva tayyorlay olishadi :) 📟 DigiTech

🚋 Relssiz yuradigan tramvay Aslida, bu kichik g’ildiraklarda yuradigan elektrobus bo’lib, u yerga xuddi relslar yotqizilgandek, juda aniq trayektoriya bo’ylab harakatlanadi. Hammasi avtopilotda ishlaydi, xavfsizlik uchun kuzatib turadigan odam bor. Bunday elektrobuslar Xitoyda bir necha yildan buyon yuradi, hozir ular BAA'ga yetkazib berilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda kompaniya egasi, xodimlari u yerga yetib bora olmasliklari va kompensatsiya to’lovisiz ishdan bo’shashlari uchun of
⚡️Xitoyda kompaniya egasi, xodimlari u yerga yetib bora olmasliklari va kompensatsiya to’lovisiz ishdan bo’shashlari uchun ofisini to’g’li hududga ko’chirdi. Yo’lga 2 soatdan ko’proq vaqt ketgani uchun 20 kishidan 14 nafari o’z xohishi bilan ariza yozib, kompensatsiya to’lovini olmasdan iste’foga chiqishdi. Ular ketishlari bilan esa kompaniya tezda avvalgi ofisiga qaytdi. Tog’dagi ofisini aynan shunday vaziyatlar uchun ochgan shekilli :) 📟 DigiTech