AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 786 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 558,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 425 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 786 名订阅者。
根据 03 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 786,过去 24 小时变化为 -221,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.04%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.97% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 965 次浏览,首日通常累积 9 308 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 04 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 786
订阅者
-22124 小时
-1 5407 天
-2 78630 天
帖子存档
51 715
💾 SanDisk 2027-yilda 1 petabaytlik (1024 TB) SSD'ni chiqaradi. U SSD SanDisk'ning yangi platformasi UltraQLC da ishlaydigan bo’ladi.
Bundan tashqari, kompaniya sun’iy intellektlar uchun xotira yetishmasligi muammosini hal qilish maqsadida 3D DRAM ustida ishlamoqda — katta tilli modellari (LLM) har 1-2 yilda o’rtacha ~10 baravar o’sib bormoqda va ularga ko’pincha xotira yetmay qoladi.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Chatbotlar o’z tillarida muloqot qilishni boshlashdi. Ular boshqa chatbot bilan gaplashayotganlarini tushunishlari va signallar orqali so’zlashishga o’tishlari mumkin.
Odam bu signallarni tushunmaydi, chatbotlar esa be’malol shunday o’zaro ma’lumot almashishlari mumkin. Hozircha bu ElevenLabs'ning ggwave audio signallari kutubxonasi yordamida qilingan, lekin yaqin kelajakda ular o’zlari uchun mutlaqo yangi til o’ylab topib suhbatlashishni boshlamasliklariga hechkim kafolat bera olmaydi.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Microsoft Copilot bepul bo’ldi — endi istagan odam undan bepul va limitlarsiz foydalanishi mumkin.
• Ovozli rejimdan foydalanish ham endi limitlarsiz — neyrotarmoq bilan soatlab muloqot qilishingiz mumkin.
• Copilot OpenAI’ning o1 modeli asosida ishlaydi.
• Think Deeper funksiyasi yoqilsa neyrotarmoq so’rovga javob ideal bo’lguncha cheksiz fikrlaydi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 715
⌚️«OnePlus Watch 3»ning birinchi partiyasidagi soatlar orqasidagi yozuvda kulgili xatolikni topishdi — «Made in China» yozuvi o’rniga «Meda in China» yozilgan.
OnePlus bunga «super limitlangan partiya» deb izoh berdi. Hazlni tushumaganlar uchun esa soatni boshqasiga almashtirib berishga va’da berishmoqda.
Abibas 🤝🤝 Meda in China
📟 DigiTech
51 715
⚡️Google hisobga kirish uchun SMS'ni QR kodga almashtiradi — hozircha faqat Gmail'da.
Bu firibgarlik va hisoblarni o’g‘irlash xavfini kamaytirish bilan izohlanmoqda, yangilanish barcha uchun yaqin oylarda joriy qilinadi: tizimga kirish uchun smartfon kamerasini monitorga qaratib, QR kodni skanerlash kerak bo’ladi.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Anthropic o’zining birinchi «fikrlaydigan» modelini chiqardi — Claude 3.7 Sonnet. U foydalanuvchining so’rovlariga javoblarini ikki marta tekshiradi.
Yangi model SWE benchmarkiga ko’ra 3,5 Sonnet va OpenAI o1 dan bir necha barobar kuchliroqdir. U kod yozishi, matnlar bilan ishlashi, ma’lumotlarni tahlil qilishi va tadqiqotlar tayyorlashi mumkin. Asosiysi undan foydalanish bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 715
51 715
🤖 Anatomik jihatdan eng odamga o’xshash robotni ishlab chiqayotgan Clone startapi ilk bor robotning butun tanasini ko’rsatdi.
Gidravlikada ishlaydigan sun’iy mushaklar sintetik teri ostida yashiringan. Kelajakda ushbu androidlardan xizmatkor sifatida foydalanishmoqchi, oldindan buyurtmalarni esa shu yildan ochishadi (hozircha narxi ma’lum emas).
📟 DigiTech
51 715
⚡️Tadqiqot: Counter Strike o’yini miyani rivojlantiradi. Sheffild universiteti olimlari 230 ta o’yinchida tadqiqot o’tkazishdi va ushbu o’yin kognitiv qobiliyatlarni kuchaytirishini aniqlashdi.
Tadqiqot natijalari:
• CS o’yinchilari oddiy odamlarga qaraganda tezroq qarorlar qabul qilishadi.
• Ular qiyin vazifalarni boshqalarga qaraganda yaxshiroq va tezroq bajarishadi, ularning strategik fikrlashi esa oddiy odamlarnikidan birnecha marta yaxshiroqdir.
• O’yinchilar kamroq stressga tushishadi — bu shifokor va o’t o’chiruvchilar kabi murakkab kasblarda foydali bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik o’zi bilmay miyani rivojlantirib kelayotgan ekanda :)
📟 DigiTech
51 715
⚡️Olimlar tug’ma ko’rlikni yengishdi — shifokorlar tug’ma ko’r bo’lgan bo’lalarni tarixda birinchi bor davolay olishdi.
Bolalarga AIPL1 genidagi mutatsiya natijasida kelib chiqqan tug’ma amauroz tashxisi qo’yilgan, shu sababli ular butunlay ko’r bo’lib qolishgan. Shifokorlar ushbu bolalar ko’zining to’r pardasiga genning sog’lom nusxalarini joylashtirdilar. Operatsiyadan besh yil o’tgach ham ular yaxshi ko’rishmoqda.
Hozirda ushbu bolalar ota-onalarining yuzlarini taniy oladilar, hatto o’qish va yozishlari mumkin.
📟 DigiTech
51 715
🤖 Norvegiyadagi 1X kompaniyasi uy ishlarini bajaradigan xizmatkor Neo Gamma gumanoid robotini namoyish etdi.
Neo Gamma choy tayyorlashi, uyni changyutkichda tozalashi va narsalarni joylashtirishi mumkin. Lekin asosiysi — unga SI o’rnatilgan bo’lib, robot asta sekin o’z egalari va ularning odatlariga moslashib boradi.
Kelajak allaqachon shu yerda.
📟 DigiTech
51 715
🧠 Reading universiteti olimlari nonushtaga yong’oq iste’mol qilish miya faoliyatini kuchaytirishini aniqlashdi.
Konsentratsiya, xotirani va qaror qabul qilish tezligini yaxshilash uchun har qanday nonushtaga 50 gramm yong’oq qo’shish kifoya. Effekt olti soat saqlanadi.
📟 DigiTech
51 715
🛰️ Xitoyliklar koinotdan yuzlarni tiniq ko’ra oladigan kamerani yaratishdi. Bu tarixdagi eng kuchli josuslik qurilmasi bo’lishi mumkin.
Kamera lazer tizimida ishlaydigan bo’lib, 100 km masofadagi 1,7 mm gacha bo’lgan kichik obyektlarni tanib olish imkonini beradi. Ya’ni tom ma’noda koinotdan sizni va smartfoningizda nimalar qilayotganingizni kuzatib turishlari mumkin.
Endi bizni Xitoy josuslaridan faqat bulutlar qutqarishi mumkin)
📟 DigiTech
51 715
🎥 Filmlar va seriallar parchalaridan til o’rganish uchun sayt chiqdi.
Qiyinlik darajasini yoki aksentni tanlashingiz mumkin va sayt epizodlar ro’yxatini ko’rsatadi. Ularning har biri lug’at, grammatika, matnni tushunish va talaffuz bo’yicha vazifalarni o’z ichiga oladi. Asosiysi undan foydalanish bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 715
+2
🚘 Uchar mashinalar reallikga aylandi — ucha oladigan Model A elektromobili namoyish etildi.
Model A bir zaryadda 350 km yo’lni bosib o’ta oladi va 176 km masofagacha ucha oladi. 3000 dan ortiq odam allaqachon 300 ming dollardan to’lab oldindan buyurtma berishgan, ommaviy ishlab chiqarish esa shu yildan boshlanadi.
Endi tirbandliklardan uchib o’tib ketsa bo’ladi :)
📟 DigiTech
51 715
☄️NASA 2024 YR4 asteroidining 2032-yilda Yerga tushishi ehtimolini 3,1 foizgacha oshirdi — endi u kuzatishlar tarixidagi eng xavfli kosmik obyekt hisoblanadi.
Sayyora bilan to’qnashuv sodir bo’lgan taqdirda zarba to’lqini Xirosimaga tushgan atom bombasidan 500 barobar kuchliroq bo’ladi, Kolumbiya, Nigeriya va Hindiston xavf ostida.
Shunga qaramay, vahima qilishga asos yo’q: Yerga tushish ehtimoli hali juda kichik va NASA'da asteroidlarning trayektoriyasini o’zgartirish bo’yicha tajribasi ham bor, 2022-yilda NASA zond yordamida Dimorf asteroidi trayektoriyasini o’zgartirgan edi.
📟 DigiTech
51 715
🌳 Xitoyning Van'an shahrida qadimiy daraxtni kesmaslikka qaror qilishib, yo’lni uning atrofida qurishdi.
Aytishlaricha, bu banyan daraxtining yoshi yuzlab yillar bo’lishi mumkin, shuning uchun uni yo’q qilish juda shafqatsiz bo’lardi.
📟 DigiTech
51 715
+2
⚡️Microsoft kompaniyasi topologik o’tkazgichlardan foydalangan holda insoniyat tarixidagi birinchi kvant chipini yaratdi. Buning uchun kompaniya yangi materiya holatini kashf qildi.
Bu bir vaqtning o’zida texnologiya va fizikadagi fundamental inqilobdir — qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz:
• Materiyaning uchta asosiy turi mavjud: qattiq, suyuq va gaz — bugun esa bu o'zgardi! • Microsoft tadqiqotga 20 yil sarfladi va materiyallarning yangi turini — topologik o’tkazgichlarni yaratdi. • Topologik o’tkazgichlar materiyaning yangi holatini yaratadi — qattiq, suyuq yoki gazsimon emas, balki topologik. • Topologik kubitlar termodinamika va elektrodinamika qonunlari bilan cheklanmaydi. • Ular yordamida insoniyat million kubitli kvant kompyuterini yaratishi mumkin — u hatto zamonaviy superkompyuterlarda ham minglab yillar talab qiladigan muammolarni bir zumda hal qila oladi. • Bu shunchaki tadqiqot emas: Microsoft'da allaqachon topologik o’tkazgichlarda ishlaydigan «Majorana 1» chipi mavjud.• Topologik o’tkazgichlar 20-asrda yarimo’tkazgichlarning yaratilishi bilan taqqoslanadigan fundamental kashfiyotdir. • Microsoft hozirda kaft o’lchamidagi navbatdagi chipni yaratmoqda, u Yerdagi barcha kompyuterlardan kuchliroq bo’ladi (hatto barchasini birlashtirganda ham). • Topologik o’tkazgichlar bilan chip yaratish uchun o’nlab emas, atigi birnecha yil yetadi. • Bunday kvant kompyuteri dunyoni o’zgartirib yuborishi mumkin. 📟 DigiTech
51 715
💰Yaxshi daromad topish qobiliyati gendan o’tishi aniqlandi. Olimlar 12 mamlakatdan 668,288 kishinining genlarini o’rganib chiqishdi va genomda pul ishlash qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan hududlar borligini aniqlashdi.
– Genlar potensial yaxshi daromadga 25% ta’sir qiladi;
– O’qishda yaxshiroq o’rganishga yordam beradigan genlar ko’pincha «pul genlari» bilan bog’liq.
– Pul geniga ega odamlarning ruhiy salomatligi yaxshi bo’ladi va ko’p tavakkal qilishga moyilligi bo’ladi.
📟 DigiTech
51 715
👩💻Qizlar uchun "Technovation Girls Uzbekistan 2025” xalqaro tanlovining yangi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Technovation Girls Uzbekistan – O‘zbekistondagi qizlar uchun yirik STEM-dastur yangi mavsumiga start berildi. Ushbu dastur Tech4Impact tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Yandex Uzbekistan kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
👩💼2025-yilda hamkorlik doirasida Yandex mutaxassislari O‘zbekistonning barcha hududlaridan ishtirok etadigan jamoalarga yana mentorlik qiladi. Har bir jamoa 3 oy davomida mentorlar yordamida ijtimoiy yo‘naltirilgan mobil yoki veb-ilovani yaratishi, loyihaning biznes rejasini yozishi va loyiha haqida video tasvirga olib, o‘z loyihasini tanlov finalida taqdim etishi kerak bo‘ladi.
💻O‘zbekiston jamoalari quyidagi mavzularda mobil ilovalarni ishlab chiqadi: ta’lim sifatini yashilash uchun AI (sun’iy intellekt)dan foydalanish, nogironligi bor odamlarga yordam berish va maktablarda bullingni pasaytirish, daraxt ekish va havo sifatini kuzatish, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, moliyaviy firibgarliklar holatlarini kamaytirish, ayollarning imkoniyatlari va huquqlarini kengaytirish va boshqa mavzular.
📲Technovation Girls Uzbekistan tanloviga ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 1-martgacha ochiq bo‘ladi. https://my.technovationchallenge.org/
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
