AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 786 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 558,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 425 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 786 名订阅者。
根据 03 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 786,过去 24 小时变化为 -221,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.04%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.97% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 965 次浏览,首日通常累积 9 308 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 04 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 786
订阅者
-22124 小时
-1 5407 天
-2 78630 天
帖子存档
51 715
🚘 Ilon Mask Dubay ostida avtomobillar uchun yer osti tunnellarini quradi.
Tunnel tizimi Dubaydagi asosiy nuqtalarni bog'laydi va ular orasidagi sayohat bir necha daqiqa davom etadi. Yaqinda 11 stansiyadan iborat 17 kilometrlik sinov tunnellari qurilishi boshlanadi.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Flux.1 bazasida ishlaydigan tasvirlar generatsiya qiluvchi bepul Raphael neyrotarmog’i chiqdi. U bir necha soniyada realistik suratlarni generatsiya qiladi.
Uslublar, ranglar, yorug’lik va kompozitsiyani sozlashingiz va hatto o’z fotosuratingizni yuklab uni tahrirlashingiz yoki shu uslubda boshqa rasmlar generatsiya qilishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 715
🐈 Tadqiqotchilar hayvonlarning his-tuyg’ularini aniqlash uchun neyrotarmoqlarni faol ravishda o’rgatishmoqda. Algoritmlarning aniqligi allaqachon 90% ga yaqin.
Mushuklar va kuchuklarning yuz ifodalari biznikiga sezilarli darajada o’xshash bo’lib chiqdi. SI allaqachon stress va og’riqni qanday ajratishni biladi, hozirda unga yanada murakkab his-tuyg’ularni: baxt, xotirjamlik, qayg’u va qo’rquvni aniqlashni o’rgatishmoqda.
Ular tez orada mushuklarning yuzlarini skanerlash uchun dasturni chiqarishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech
51 715
+1
⚡️Grok-3 chiqdi — Ilon Mask uni «tarixdagi eng aqlli sun'iy intellekt» deb aytmoqda.
• Grok-3 oldingi versiyasidan 10 barobar aqlliroq.
• U matematika, kodlash va ilmiy ishlarda GPT-4o, Claude 3.5 Sonnet, Gemini-2 Pro va DeepSeek-V3 dan o’tib ketdi.
• DeepSearch funksiyasi so’rovingizga to’g’ri javob berish uchun butun internetni titib chiqadi.
• Grok-3 Colossus gigakompyuterida 200 000 Nvidia H100 chiplari yordamida o’qitilgan.
• Ilon Mask hatto SI o’yin studiyasini ochmoqda — uni Grok boshqaradi.
Grok'ning asosiy maqsadi «koinotni tushunish va eng muhim savollarga: hayotning ma’nosi nima va o’zga sayyoraliklar mavjudmi savollariga javob topishga yordam berishdir».Hozir Grok-3 beta-versiyada ishlamoqda, X ijtimoiy tarmog’ida to’liq reliz biroz keyinroq bo’ladi. 📟 DigiTech
51 715
⚡️MrBeast YouTube'dagi rasmiy monetizatsiyadan qancha mablag’ ishlayotgani ma’lum bo’ldi.
Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko’ra kanalning daromadi — oyiga 4 million dollar. Bu unchalik ko’p ko’rinmasligi mumkin, ammo yiliga 48 million dollar misol uchun, LeBron Jeymsning Leykersdagi maoshidir. MrBeast esa bu mablag’ni faqat Google'dan oladi, bundan tashqari integratsiya va homiylik shartnomalari ham mavjud.
Forbes 2024-yilda MrBeast'ning daromadini 85 million dollarga baholadi. YouTube'dan tashqari daromadlardan MrBeast'da Samsung bilan shartnomasi, o’zining Feastables shokolad brendi va Amazon uchun realiti-shoudan keladigan daromadi mavjud.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Olimlar sayyorani global isishdan qutqarish uchun 1620 ta yadro bombasini portlatishmoqchi.
Buni amalga oshirish uchun insoniyat shu paytgacha portlaganidan minglab marta kuchliroq zaryad kerak bo’ladi. Ular 81 gigatonna quvvatga ega yadroviy qurilmani okean tubida portlatishmoqchi. Bu bazalt jinslarini maydalashi kerak, shundan so’ng ular karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, global isishni yuzlab yillarga kechiktiradi.
Olimlar hatto joyni ham tanlab bo’lishdi — Janubiy okeandagi Kergelen platosi. U yerda bazaltning ulkan konlari mavjud, 6-8 km chuqurlikdagi portlash esa 800 atmosfera bosimini yaratadi, shunda yadroviy portlash tasodifan Antarktidani yo’q qilib yubormaydi.
Olimlarning fikricha, bombalar deyarli 4 trillion tonna bazaltni maydalashi mumkin. Bu so’nggi 30 yil ichidagi CO2 chiqindilarini to’liq yutib yuborish uchun yetarli bo’ladi.
Loyiha 10 milliard dollarga baholanmoqda, bitta portlash esa 100 trillion dollarlik zararni oldini olishi mumkin.
📟 DigiTech
51 715
🇺🇸 AQShda dunyodagi eng kuchli «El Capitan» superkompyuteri ishga tushirildi.
Kaliforniyaning Lourens Livermor nomidagi Milliy laboratoriyasida dunyodagi eng kuchli superkompyuter — El Capitan rasman ishga tushirildi. U 2024-yilning Top500 superkompyuterlari reytingida 1,742 ekzaflops unumdorlik natijasi bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
Umumiy qiymati 600 million dollarga teng bo'lgan ushbu superkompyuterdan turli maxfiy masalalarni yechishda, jumladan, AQSh yadro qurol zaxiralari xavfsizligi muammolarini hal qilishda foydalaniladi.
📟 DigiTech
51 715
🎥 YouTube 7 yil davomida televizorlar ekranlarini «kuydirib» kelganini tan oldi — videoxostingni yorqin qizil rangi OLED va LED displeylarda iz qoldirgan va hatto ishdan chiqargan.
2024-yil oktyabr oyida videoxosting o’z dizaynini biroz o’zgartirib yumshoqroq qizil rangga o’tdi va interfeysga binafsha gradient rang qo’shdi.
📟 DigiTech
51 715
♟️Shaxmat o’yini endi kibersportga kiradi!
Shaxmat Esports World Cup 2025 kibersport festivaliga kiritildi, shu sabab nufuzli kibersport tashkilotlari shaxmatchilar bilan shartnomalar imzolashmoqda. Magnus Karlsen Team Liquid bilan, Nodirbek Abdusattorov esa NAVI tashkiloti bilan shartnoma imzoladi.
Yozda Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadigan Esports World Cup 2025 festivalida 16 nafar shaxmatchi o’rtasida 1,5 million dollar mukofot o’ynaladi.
Nodirbekni tabriklaymiz, bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun O’zbekistonning xalqaro maydondagi yana bir muvaffaqiyatidir. Yangi bosqichda omad va zafarlar yor bo’lsin. Yangi marralar sari olg‘a!
📟 DigiTech
51 715
⚡️Perplexity tadqiqotlar yozuvchi Deep Research'ning bepul versiyasini chiqardi.
— Tadqiqotlar yozish uchun Perplexity 100 tagacha saytni tahlil qiladi. Taqqoslash uchun, OpenAI faqat 5-20 ta saytni tahlil qiladi;
— Hamma uchun kuniga 5 ta so’rov bepul;
— Bir-ikki daqiqada insholar, hisobotlar, kurs ishlari va tadqiqotlar yozib beradi;
— Tadqiqotni darhol PDF fayl ko’rinishida yuklab olish mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Telegramning yaqindagi yangilanishi iPhone batareyasini «o’ldirmoqda».
App Store'da izohlar shikoyatlarga to’lib ketdi, yangilanishdan so’ng paydo bo’lgan muammolar:
• iPhone 15 Pro Max 30 daqiqada 30% zaryadni yo’qotyapti.
• Qurilma qo’lda ushlab bo’lmaydigan darajada juda qizib ketmoqda.
• Ilova doimiy ravishda yopilib qolyapti.
• Dumaloq videolar ba’zan qo’yilmayapti.
Hammasi oldingidek yaxshi ishlashi uchun mediani avtomatik yuklashni o’chirib qo’yishni maslahat beramiz.
📟 DigiTech
51 715
51 715
🐋 Chilida qayiqda suzib ketayotgan yigitni kit yutib yubordi va darhol chiqarib tashladi.
Ajablanarli kadrlarni yigitning otasi ular Patagoniya qirg’og‘i yaqinida qayiqda sayr qilayotganlarida olishga muvaffaq bo’ldi. Hammasi yaxshilik bilan yakunlandi, yigit hech qanday jarohat olmadi.
📟 DigiTech
51 715
🧮 Hindistonlik kalkulyator-odam Aaryan Shukla miyada hisoblash tezligi bo’yicha oltita jahon rekordini o’rnatdi.
14 yoshli vunderkind 30,9 soniyada 100 ta to’rt xonali raqamni va 18,71 soniyada 50 ta besh xonali raqamni to’g’ri qo’shib rekord o’rnatdi, shuningdek, ko’paytirish va bo’lish bo’yicha ham bir nechta rekordlarni yangiladi — u bularning barchasini bir urinishda uddaladi.
📟 DigiTech
51 715
☄️ Xitoyda 2032-yilda 2,2 foizlik ehtimol bilan Yer bilan to’qnashib, butun bir shaharni vayron qilishi mumkin bo’lgan 2024 YR4 asteroidini kuzatib turuvchi maxsus «sayyoraviy mudofaa» otryadi tuzilmoqda.
Jamoa bunday obyektlarni kuzatishi va ulardan himoyalanish strategiyalarini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
📟 DigiTech
51 715
51 715
⚡️Sem Altmanning aytishicha, GPT-5 barcha uchun mutlaqo bepul bo’ladi.
OpenAI yaqin haftalarda GPT-4.5 ni chiqaradi. Ushbu model kompaniyaning so’nggi «fikrlamaydigan» til modeli bo’ladi.
Shundan so’ng, kompaniya nihoyat ChatGPT versiyalari nomlarini tartiblashni boshlaydi. Besh xil modeldan birini tanlash shart bo’lmaydi, ularning barchasi GPT-5 ga birlashtiriladi.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Telegram YouTube'ga aylandi — messenjerdagi videopleyer kuchli yangilandi.
• Endi videolarga chiroyli muqova va taym-kodlar qo’shish mumkin.
• Taym-kodlarga havolalarni nusxalab do’stlar bilan bo’lishish mumkin.
• Endi videoni yopib unga qaytib kirsangiz video to’xtatilgan joyidan davom etadi.
Yangilanish allaqachon Android va iOS qurilmalari uchun mavjud.
📟 DigiTech
51 715
🎥 Videolarni tiniqlashtirib beruvchi eng yaxshi neyrotarmoq — Project Starlight chiqdi.
Yakuniy videoning sifati hayratlanarli darajada tiniq: hech qanday ortiqcha detal yoki qo’shimcha kadrlar yo’q. Eski oilaviy videolar va sevimli filmlarni tiniqlashtirish uchun ideal neyrotarmoq.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 715
⚡️Duolingo top startap yaratish bo’yicha qo’llanma chiqardi — unda barcha menedjerlar va startapchilar uchun oltinga teng ma’lumotlar mavjud.
Kompaniya ajoyib mahsulotni ishlab chiqish bo’yicha to’liq kitob tayyorladi. Kitobda ular o’z biznesining asosiy prinsiplari haqida batafsil yozishgan:
– Oldindan o’ylang; – Sifatni doimo ko’taring; – Yangiliklarni kiriting; – Aytmang, ko’rsating; – Noyob qiziqarli uslubdan foydalaning.Kitob 64 sahifadan iborat, bir kunda o’rganib chiqish mumkin. O’qish uchun havola. 📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
