ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 563 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 563 名订阅者。

根据 13 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 378,过去 24 小时变化为 -453,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.50%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.07% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 171 次浏览,首日通常累积 10 252 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 113

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 14 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 563
订阅者
-45324 小时
+2 5777
+1 37830
帖子存档
+2
🚙 Birinchi uchar mashina AQSh hukumati tomonidan tasdiqlandi Alef Aeronautics — AQSh Federal Aviatsiya ma’muriyatidan uchar avtomobil uchun yo’l va parvoz sinovi ruxsatini olgan dunyodagi birinchi startap bo’ldi. Quvvat zaxirasi - yo’lda 322 km va parvozda 177 km. Vertikal uchish ham mavjud. Narxi 300 000 dollar, yetkazib berish 2025 yilda boshlanadi. Havola bo’yicha oldindan buyurtma berish mumkin. Uchar mashinalar davriga ham oz qoldi, texnologiyalar rivojlanishi sun’iy intellektlar chiqqanidan keyin ancha tezlashdi. 📟 DigiTech

📱YouTube bloggerlari dunyodagi eng katta iPhone'ni yig’ishdi, deyarli Aslida bu Mac mini'ga ulangan, Android emulyatori o’rnatilgan va unda iOS uslubidagi launcher ishga tushirilgan televizordir. Korpus yog’och va metalldan yig’ilgan, shuning uchun uning og’irligi 227 kgni tashkil etadi. Balandligi esa 2 metrdan oshiqroq, selfi rasm olish uchun oyoq tegiga nimadir qo’yib chiqishga to’g’ri keladi :) 📟 DigiTech

▪️Bitta so’rov va saytingiz tayyor, sayt yaratib beruvchi neyrotarmoq — Uncody Ishlatish oson, saytning batafsil tavsifini kiritasiz, bir necha soniya kutasiz va uning qoralama versiyasini olasiz. Unda allaqachon sizning so’rovingiz asosida barcha bloklar, tarkib, sarlavhalar va tavsiflar mavjud. Siz bloklarni qo’shishingiz, matnni, rasmlarni, ranglarni va hokazolarni o’zgartirishingiz mumkin, albatta u murakkab saytlarni yaratolmaydi, lekin bir sahifali sayt uchun ayni muddao. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🏡 O’rta yer dengizi sohilida Lamborghini kompaniyasi o’z mikrorayonini quradi Kompaniya Ispaniya janubidagi tepaliklarda Tie
+4
🏡 O’rta yer dengizi sohilida Lamborghini kompaniyasi o’z mikrorayonini quradi Kompaniya Ispaniya janubidagi tepaliklarda Tierra Viva turar-joy majmuasini, jumladan 53 ta hashamatli villani qurishni rejalashtirmoqda. Har birida garaj, suzish havzalari, bir nechta terassalar va katta bog’ bo’ladi. Majmua Marbella kurort shaharchasidan 10 daqiqalik masofada quriladi. Loyihaning qiymati 282 million yevroga baholanmoqda. Uylarni qancha narxdan sotishlarini hozircha aytishmadi. 📟 DigiTech

▪️Antiqa va chiroyli dizayndagi o’ziga tortuvchi QR-kodlar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq Ishlatish oson, matnli tavsif va linkni yozasiz, bir necha soniyalarda ajoyib dizayndagi QR-kod tayyor. Sayt bepul va ro’yxatdan o’tish ham shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🐎 Qozog’istonda mahsulotlarni otlarda yetkazib berish xizmati ishga tushadi inDrive xizmati Qozog’istonda chavandoz kuryerla
🐎 Qozog’istonda mahsulotlarni otlarda yetkazib berish xizmati ishga tushadi inDrive xizmati Qozog’istonda chavandoz kuryerlar paydo bo’lishi haqida xabar berdi. Ular shahardan yuklarni, jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlarni mashinada borish qiyin bo’lgan aholi punktlariga yetkazib berishadi. Bunday xizmat odatdagi avtomobil orqali yetkazib berish narxi bilan bir xil bo’ladi. 📟 DigiTech

🚘 Italiyaning Aehra brendi premium elektromobil Sedanni namoyish etdi, uning eshiklari tepaga qarab ochiladi, ichida esa dey
+3
🚘 Italiyaning Aehra brendi premium elektromobil Sedanni namoyish etdi, uning eshiklari tepaga qarab ochiladi, ichida esa deyarli butun salonni egallovchi katta ekran mavjud U bir zaryadda taxminan 800 km masofani bosib o’toladi va maksimal tezlik soatiga 265 km bilan cheklanadi. Ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi. Narxi 160 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

✈️ Xitoyda tog’ tepasida aeroport qurishgan va muvaffaqiyatli foydalanib kelishmoqda Wushan aeroporti Taohua tog’ining tepasi
+2
✈️ Xitoyda tog’ tepasida aeroport qurishgan va muvaffaqiyatli foydalanib kelishmoqda Wushan aeroporti Taohua tog’ining tepasida, dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan. U har yili 40 millionga yaqin yo’lovchini tashiydigan Chongqing Jiangbei xalqaro aeroportidan havo qatnovini osonlashtirish uchun yaratilgan. Yetti yil davom etgan qurilish rasmiylarga 253 million dollarga tushgan. Kerakli uchish maydoni, terminal va beshta samolyot uchun to’xtash joyini jihozlash uchun tog’ning tepasini dinamit bilan portlatib, so’ngra maydon tozalangan va tekislangan. Kamchiliklardan, bu joylarda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun kerakli parvoz juda kechiktirilishi yoki hatto bir necha kunga o’zgartirilishi mumkin. 📟 DigiTech

📚 Sun’iy intellekt Garvard universitetida dasturlash bo’yicha dars o’tadi Sentyabrdan boshlab sun’iy intellektga asoslangan
📚 Sun’iy intellekt Garvard universitetida dasturlash bo’yicha dars o’tadi Sentyabrdan boshlab sun’iy intellektga asoslangan bot o’quvchilarga dasturlash asoslarini o’rgatadi. Bundan ko’zlangan maqsad, o’quvchilarni 24/7 mavjud vositalar bilan ta’minlash va o’qituvchilarni talabalar bilan ko’proq muloqot qilishi uchun sharoit yaratish. Agar siz Garvard talabasi bo’lmasangiz, ushbu kursni havola orqali bepul olishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🌋 Sun’iy intellekt ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlardan tabiiy ofatlarni aniqlashni o’rgandi Sun’iy intellektga 1.8 mln ij
🌋 Sun’iy intellekt ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlardan tabiiy ofatlarni aniqlashni o’rgandi Sun’iy intellektga 1.8 mln ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlar asosida tabiiy ofatlarni oddiy rasmlardan farqlash va aniqlash o’rgatildi. Haqiqiy suratlar ustida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, neyrotarmoq Nepal va Chilidagi zilzilalar kabi o’ziga xos ofatlarni aniqlay oladi. 📟 DigiTech

🔍 Google 2006-yildan 2013-yilgacha qidiruvdan foydalanganlarga 23 million dollar to’laydi Google 13 yil oldin qidiruv so’rov
🔍 Google 2006-yildan 2013-yilgacha qidiruvdan foydalanganlarga 23 million dollar to’laydi Google 13 yil oldin qidiruv so’rovlarini uchinchi shaxslar bilan bo’lishish orqali maxfiylikni buzgani uchun sudga tortilgan edi. Mojaroni tinch yo’l bilan hal qilish uchun Google 23 million dollar to’lashga rozi bo’ldi. 2006-yildan 2013-yilgacha qidiruv tizimidan foydalangan har qanday AQSh fuqarosi sud jarayoniga qo’shilishi mumkin va 23 million dollar hamma o’rtasida taqsimlanadi. Ariza beruvchilar juda ko’p, bir kishiga 8 dollardan to’g’ri keladi. 📟 DigiTech

▪️Ilon Mask va Mark Sukerberg jangi Kolizeyda o’tkazilishi mumkin Bu taklif bilan Italiya Madaniyat vazirligi chiqdi. Har ikk
▪️Ilon Mask va Mark Sukerberg jangi Kolizeyda o’tkazilishi mumkin Bu taklif bilan Italiya Madaniyat vazirligi chiqdi. Har ikkala milliarder ham bu g’oyadan xursand. Sukerberg vakillari buni allaqachon UFC prezidenti Dana Uaytga yetkazishgan, Mask esa buni Twitter'da alohida ta’kidlagan. "Astra inclinant, sed non obligant". Jang Kolizey ichida yoki uning darvozalari yonida o’tkazilishi rejalashtirilganmi, hozircha ma’lum emas. Amfiteatrning o’zida oxirgi yuzlab yillar davomida tadbirlar bo’lmagan, Pol Makkartnining xayriya kontsertidan tashqari. Kolizeydagi so’nggi fanga ma’lum bo’lgan gladiatorlar janglari bir yarim ming yil oldin bo’lib o’tgan. Ikkala tadbirkor ham jangga qattiq tayyorlanishyapti, asr jangini vanihoyat ko’radiganga o’xshaymiz. 📟 DigiTech

📊 Excel dasturini o’rnini bosuvchi neyrotarmoq Rows matnli tavsif bo’yicha har qanday turdagi ma’lumotlardan jadval tuzib beradi. Hatto chiroyli diagrammalar ham tuzishingiz mumkin. Shuningdek yakuniy natijani interaktiv sayt ko’rinishida olish mumkin. Chegaralangan bepul versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🇵🇹 Portugaliyada ChatGPT favqulodda vaziyatlar bo’limiga tushgan qo’ng‘iroqlariga javob beradi Tizim shunday sozlanadiki, q
🇵🇹 Portugaliyada ChatGPT favqulodda vaziyatlar bo’limiga tushgan qo’ng‘iroqlariga javob beradi Tizim shunday sozlanadiki, qo’ng’iroq qilgan odam u bilan sun’iy intellekt gaplashayotganini hatto anglamaydi ham. Bu bir vaqtda ko’proq qo’ng’iroqlarga javob berish imkonini beradi. Sinovlar yaqinda boshlanadi. Bunday muhim ishni sun’iy intellektga ishonish to’g’rimikan 🤔 📟 DigiTech

🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi Vision One-Eleven konsept mashinasini namoyish etdi. U 1969 yilda taqdim etilgan C111 konseptual
+5
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi Vision One-Eleven konsept mashinasini namoyish etdi. U 1969 yilda taqdim etilgan C111 konseptual kupening zamonaviy versiyasiga aylandi. Umuman olganda, C111 - bu kompaniya noodatiy motor va aerodinamik yechimlarini namoyish etadigan eksperimental avtomobillarning butun liniyasidir. Joriy modifikatsiya 1000 kVt (yoki 1300 ot kuchi) quvvatga ega elektr motorlarni va ajoyib darajada soddalashtirilgan korpus dizaynini oldi. Vision One-Eleven bu shunchaki shou avtomobili. Uning taqdiri faqat brendni targ’ib qilishdir. Mashina hech qachon sotuvga chiqmaydi. Lekin undagi texnologik yechimlarni seriyali avtomobillarda ko’rishimiz mumkin. 📟 DigiTech

🪐 Olimlar “Yulduzlar jangi” filmidagi sayyorani topishdi Filmda Lyuk Tatuin nomli bir vaqtning o’zida ikkita yulduz atrofida
+1
🪐 Olimlar “Yulduzlar jangi” filmidagi sayyorani topishdi Filmda Lyuk Tatuin nomli bir vaqtning o’zida ikkita yulduz atrofida aylanuvchi sayyorada yashagan. Yaqinda olimlar TOI-1338c haqiqiy shunday sayyorani topishdi. Bu gigant sayyora Yerdan 7 marta katta va undan 1300 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan. U yerda bir yil atigi 215 kun davom etadi. 📟 DigiTech

🖼️ Midjourney neyrotarmog’idan Apple kompaniyasining kelajakdagi mahsulotlarini qanday tasavvur qilishini so’rashibdi, natij
+5
🖼️ Midjourney neyrotarmog’idan Apple kompaniyasining kelajakdagi mahsulotlarini qanday tasavvur qilishini so’rashibdi, natijani rasmlarda ko’rishingiz mumkin. Siz ushbu mahsulotlardan qaysilarini sotib olgan bo’lardingiz? 📟 DigiTech

🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’ining imkoniyatlari hayratlantiradi Kinolar darajasigacha ozgina qoldi, eng qizig’i istagan odam shunday videolarni tayyorlashi mumkin. 📟 DigiTech

🖼️ Endi siz tasvirlarni to’g’ridan-to’g’ri brauzerda "kengaytirishingiz" mumkin ClipDrop rasmlarni kengaytirish va avtomatik to’ldirish uchun bepul vositani chiqardi. Bu Photoshop'dagi Generative Fill sun’iy intellekt funksiyasi kabi ishlaydi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️Sun’iy intellekt 15-20-asrning buyuk haykaltaroshlari birgalikda ishlaganda nima bo’lishini ko’rsatdi Muhandislar sun’iy intellektni 1475-yildan 1962-yilgacha yashagan beshta mashhur haykaltaroshlarning, jumladan Mikelanjelo va Rodenning ishlari asosida o’rgatishdi. Ular bu bilan, haykaltaroshlar birgalikda ishlaganda, nima yaratishi mumkinligini ko’rishni xohlashdi. Sun’iy intellekt har bir san’at va texnologik burilish davridagi uslublarni o’zida mujassam etgan androgin insonning "Imkonsiz Haykali"ni yaratdi. Haykal Shvetsiya muzeyiga qo’yildi. 📟 DigiTech