AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 54 202 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 410,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 358 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 54 202 名订阅者。
根据 11 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 879,过去 24 小时变化为 -753,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.89%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 059 次浏览,首日通常累积 9 777 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 117。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 12 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
54 202
订阅者
-75324 小时
+3 0767 天
+1 87930 天
帖子存档
54 202
▪️Parijdagi moda haftaligida sobiq Apple muhandislaridan Humane Ai Pin aqlli mini-proyektori namoyish etildi
Kichkina qurilma kiyimga biriktiriladi va interfeysni to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchining kaftiga chiqaradi. U sizga qo’ng’iroqlarga javob berish, SMS qabul qilish, sun’iy intellekt kamerasi yordamida do’konlarda o’zingizga kerakli mahsulotlarni tanlash va boshqa ko’p ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Qurilmaning to’liq taqdimoti 14-oktyabr kuni bo’lishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
54 202
▪️AQSh'dagi maktablarda o’quvchilar shunday konstruktsiyalar yasab, ularni zilzilani imitatsiya qiluvchi moslamada sinovdan o’tkazishadi. Kimni yasagan konstruktsiyasi ko’proq vaqt bardosh bersa shu g’olib bo’ladi, bu bo’yicha hatto chempionatlar ham o’tkazishadi.
📟 DigiTech
54 202
📺 Ilmiy, texnologiyalar va sun’iy intellektlar mavzularida YouTube uchun sifatli videolar olmoqchimiz.
Bunda sizning yordamingiz kerak, yuqoridagi mavzularga mos tushadigan nimalar haqida videolar sizga qiziqarli bo’ladi?
Iltimos maksimal aktiv bo’lib shu post izohlarida fikrlaringizni yozing.👇
54 202
🐦 Ilon Mask strimerga aylandi: X (Twitter) rahbari ijtimoiy tarmoqda o’yin translyatsiyasini sinab ko’rdi
Mask Diablo IV o’yini strimini ishga tushirdi. Hammasi bo’lib translyatsiya 52 daqiqa davom etgan bo’lsa, shundan 12 daqiqasi sozlashga ketdi.
Hozirgi bosqichda X-da strimni sozlash muammoli va bu funksiya faqat Premium obunasi egalari uchun mavjud.
📟 DigiTech
54 202
🚙 Amerikalik olimlar yorug’lik va radioto’lqinlarda ishlovchi mitti robot mashina yasashdi.
Uning o’lchami tangacha bilan teng va og’irligi 1 gramm. Shu bilan birga, u kichik kamera va mikrofonni olib yura oladi, lekin juda sekin harakat qiladi.
Bu qurilmadan borish qiyin bo’lgan joylarda chumolilar va tabiatni suratga olish uchun foydalanishmoqchi.
📟 DigiTech
54 202
✨ Ba’zida tabiatda hayratlanarli darajada go’zal va kutilmagan hodisalar guvohi bo’lish mumkin
Videodagi hodisa — osmondagi muz kristallari orqali o’tadigan yorug’likning sinishi tufayli sovuq havoda paydo bo’ladigan optik illyuziyadir.
Bunday hodisani qachondir jonli ko’rganmisiz?
📟 DigiTech
54 202
📱Apple iPhone 15 Pro'ning yuqori darajada qizish muammosini hal qiluvchi iOS yangilanishini tayyorlamoqda
Kompaniya iPhone 15 Pro va 15 Pro Max'ning yuqori yuqori darajada qizish holatlari ortib borayotgani bilan bog’liq vaziyatni rasman izohlab, foydalanishning dastlabki kunlarida smartfonlar odatdagidan ko’ra qizib ketishi mumkinligi, chunki ular o’chiq holatda ham zaxiradan ma’lumotlarni yuklashda davom etishini ta’kidladi.
Ba’zi iPhone 15 Pro'lar iOS 17-dagi xato tufayli yuqori darajada qizib ketmoqda, bunga yechimni Apple keyingi dasturiy ta’minot yangilanishida taqdim etadi.
📟 DigiTech
54 202
▪️Bu dunyodagi eng realistik 3D attraksionlardan biri bo’lib, Xitoyda joylashgan
U Changzhou shahridagi Dino bog’ida joylashgan bo’lib, u yerda ko’plab qiziqarli joylar va attraksionlar mavjud: muzey, sizni hayratda qoldirishga tayyor King Kong va turli xil karusellar.
Shu attraksionlarga tushgan bo’larmidingiz?
📟 DigiTech
54 202
🚤 Hovercraft'da poygalar o’tkazilishini bilarmidingiz? Har bir necha yilda bu bo’yicha hatto jahon chempionati ham o’tkaziladi.
Yo’llar quruqlik va suvdan o’tadi, tezlik esa soatiga 130 km gacha chiqadi. Aytgancha, unda tormoz yo’q — sekinlashish uchun gaz tashlash kerak.
📟 DigiTech
54 202
🏢 Garvard maktablari nomini o’zingiz xohlagan nomga o’zgartirish qanchaga tushadi?
Garvard o’zining tibbiyot maktabi nomini sotuvga qo’ydi. 1 milliard dollarga siz hatto familiyangizni maktab nomiga qo’yishingiz mumkin.
Universitet avvalroq xayriya evaziga o’zining "maktablari" nomini o’zgartirgan edi - 2014 yilda 350 million dollarga va 2015 yilda esa 400 million dollarga. Bitiruvchilarni diplomlariga esa qandaydir milliarder nomi yozilgan.
📟 DigiTech
54 202
⚡️ Las-Vegasdagi MSG Sphere sharsimon binosi kecha rasman ochildi va tunda U2 guruhining konserti bo’lib o’tdi. Ichkaridagi atmosferani videoda ko’rishingiz mumkin.
📟 DigiTech
54 202
📱Smartfon yangi — muammolar eski.
Titan korpusli iPhone 15 Pro Max'ni sindirish juda oson, buning uchun ozgina kuch bilan uni buklash yetarli. Bitta kichik Pro modeli esa baquvvat chiqdi.
Apple iPhone 15 modellarining orqa tomon himoya o’ynasini almashtirish narxini bekorga tushirmagan shekilli.
📟 DigiTech
54 202
🌊 Kaliforniya sohillari tom ma’noda ko’k rangda porladi
Biolyuminestsent nurlanish suv o’tlarining gullashi tufayli yuzaga keladi: kunduzi ular qirg’oqni qizil rangga burkaydi, kechasi esa yorqin ko’k rangda yoritadi.
«Bu kinoga o’xshaydi, huddi haqiqiy emasdek» — dedi noyob kadrlarni olishga kelgan yuzlab fotosuratchilardan biri.
📟 DigiTech
54 202
54 202
▪️OpenAI kompaniyasi o’zini 90 milliard dollarga baholadi
Kompaniya investorlar bilan 90 milliard dollarga baholanishi mumkin bo’lgan potensial aksiyalarini sotishni muhokama qilmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, OpenAI dunyodagi eng qimmat startaplardan biriga aylanadi, faqatgina ByteDance (TikTok) – 225 milliard dollar va SpaceX – 137 milliard dollardan ortda qoladi.
Yil boshida kompaniya 30 milliard dollarga baholangan edi. Eslatib o’tamiz, kompaniya 2015 yilda notijorat tashkilot sifatida ochilgan.
📟 DigiTech
54 202
👓 Meta kompaniyasi Ray-Ban Meta Smart Glasses aqlli ko’zoynagini taqdim etdi.
Unda qo’ng’iroqlarni qabul qilish, musiqa eshitish va jonli efirlarni o’tkazish mumkin. Shuningdek, 5 ta mikrofon, kuchli 12 MP kamera va SI asosidagi ovozli yordamchi bilan jihozlangan.
Sotuvlar 17-oktyabrda 299 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
54 202
▪️Yarim yil davom etgan beta-testlardan so’ng Counter-Strike 2 chiqdi.
Endi o’yin Source 2 da ishlaydi - yangilangan grafika, xaritalar, qayta ishlangan granatalar va boshqa yaxshilanishlar mavjud.
Counter-Strike 2 CS:GO o’rnini egalladi va Steam-da bepul yangilanish sifatida allaqachon mavjud.
Alvido CS:GO 😢
📟 DigiTech
54 202
🍟 Barcha kafe va restoranlar endi bir ilovada
Endi kafe va restoranlarning ilovalarini yuklab olish shart emas - ularning barchasi UZUM TEZKOR ilovasida jamlangan!
✔️ Toshkentdagi eng yaxshi restoranlar bitta ilovada;
✔️ 15 daqiqadan boshlab tez va har doim bepul yetkazib berish xizmati:
T6V5X promokodini kiritib esa ilk uchta 70 000 so’mdan oshgan buyurtmangiz uchun 21 000 so'mlik chegirmaga ega bo’ling.
👉 Havola orqali o’tib ilovani yuklab oling va chegirmalarga ega bo’ling!54 202
⚡️Joni Ayv ChatGPT yaratuvchilariga SI'dan foydalanish uchun qurilma yaratishda yordam beradi
The Information nashriga ko’ra, OpenAI yangi sun’iy intellekt qurilmasini yaratish bo’yicha Apple'ning sobiq bosh dizayneri bilan muzokaralar olib bormoqda. U qanday qurilma bo’lishi va qanday ko’rinishga ega bo’lishi hozircha noma’lum, biroq loyihaga allaqachon 11 milliard dollar sarmoya kiritilgan.
Joni Ayv hamma sun’iy intellektdan foydalanadigan dunyo uchun "yangi iPhone"ni yarata oladimi? Bu qiziqarli bo’ladi, kuzatamiz!
📟 DigiTech
54 202
🤖 Toyota kompaniyasidagilar kartoshkani tozalaydigan, ovqat pishiradigan, so’ngra idish-tovoq mashinasiga idishlarni yuklaydigan oshxona robotini yaratishdi.
Uni raqobatchilarning yechimlaridan ajratib turadigan narsa uni o’rgatish mumkinligidadir. Odam nazoratni o’z qo’liga olib, buni qanday qilib to’g’ri bajarish kerakligini ko’rsatadi, keyin SI harakatlarni eslab qoladi va takomillashtiradi.
📟 DigiTech
