AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 54 202 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 410,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 358 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 54 202 名订阅者。
根据 11 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 879,过去 24 小时变化为 -753,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.89%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 059 次浏览,首日通常累积 9 777 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 117。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 12 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
54 202
订阅者
-75324 小时
+3 0767 天
+1 87930 天
帖子存档
54 202
📱iPhone 15 ning muvaffaqiyati sabab Samsung Galaxy S24-ni chiqarishga shoshilmoqda
Ishonchli insayderlardan biri yaqinlashib kelayotgan flagman smartfonlarning asosiy komponentlarini ommaviy ishlab chiqarish oktabr oyida boshlanishini, Galaxy S24 liniyasining rasmiy namoyish qilinish sanasi esa bir oy oldin – 2024-yilning yanvar oyiga siljishi mumkinligini ma’lum qildi.
Bularga pasayib borayotgan premium smartfonlar bozorida yaxshi sotuvlarni ko’rsatayotgan iPhone 15 liniyasi sabab.
📟 DigiTech
54 202
🖼️ Segmind - 10 dan ortiq eng mashhur tasvir generatsiya qiluvchi sun’iy intellektlar yig’ilgan sayt
Qulay tomoni shundaki u tasvir generatsiya va qayta ishlash uchun o’nlab turli xil modellarni (hatto deepfake uchun ham), jumladan Stable Diffusion XL, Dream Shaper va Kandinsky'ni o’z ichiga oladi. Eng muhimi navbatsiz va foydalanish bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Shunday foydali neyrotarmoqlarni ko’proq joylab borishimiz uchun kanalimizga “boost” ovoz bering: https://t.me/DigiTechAI/983
📟 DigiTech
54 202
🌊 Buyuk Britaniyada DEEP Sentinel suv osti ilmiy bazasi quriladi. Bu Yer orbitasidagi XKS'ga o’xshash stansiya bo’ladi, lekin okean tubida.
Stansiyada laboratoriyalar, oshxona va yotoq xonalar joylashadi, konstruktsiya modulli bo’ladi, uni kengaytirish va boshqa joylarga ko’chirish mumkin bo’ladi.
Bazada bir vaqtning o’zida olti kishidan iborat ekipaj ishlay oladi. Qurilish 2027 yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.
Nihoyat odamlar faqat kosmosga intilavermay yerdagi okeanlarni ham yaxshiroq o’rganishni boshlashyapti. Ma’lumot uchun, hozirgacha dunyo okenlarining faqat 2-5% qismigina o’rganilgan.
📟 DigiTech
54 202
📱Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 15 egalari, yangi Action Button tugmasini kreativ ishlatish bo’yicha raqobatlashishmoqda
Misol uchun u tugmaga eshikni, garajni ochish va xonadagi chiroqni yoqib/o’chirishni o’rnatishyapti.
📟 DigiTech
54 202
🌐 Telegram kanallar storislar joylashi uchun boostlar yig’ish ancha qiyinligini anglab qoidalarni o’zgartirdi, endi kanal kuniga 1 ta storis joylay olishi uchun obunachilarning 0.1% (1000/1) qismi boost (ovoz) berishi kifoya, bu yaxshi yangilik.
Endi kelishib olaylik, qancha ko’p boost (ovoz) bersangiz shuncha ko’p aniq foydali bo’ladigan sun’iy intellektlar va qiziqarli ma’lumotlar bilan bo’lishib boramiz storislarda.
Telegram Premium obunangiz bo’lsa havolani bosib ovoz berish kifoya. Ovoz bergandan keyin uni qaytarib olmang :)
https://t.me/DigiTechAI?boost
54 202
🤖 Nyu-York politsiya departamenti K5 robot patrulni namoyish etdi
Uning quroli yo’q, o’rniga yuzni tanish texnologiyasiga ega to’rtta kamera o’rnatilgan. Agar qoidabuzarlik aniqlansa, u darrov patrul politsiyachilarni chaqiradi. Birmuncha vaqt unga odam sheriklik qiladi.
📟 DigiTech
54 202
🚘 Myunxenlik talabalar qo’lda yasalgan elektromobilda uzoq masofani bosib o’tish bo’yicha yangi rekord o’rnatishdi - bir zaryadda 2575 km.
Ularning og’irligi 170 kg bo’lgan muc022 elektromobilining siri yaxshi aerodinamika va atigi 0,5 ot kuchiga ega tejamkor dvigatelda.
100 km yo’l uchun u 0,6 kVt/soat energiya sarflaydi, lekin sekin yuradi: maksimal 41 km/soatgacha.
📟 DigiTech
54 202
▪️Las-Vegasdagi ulkan sharsimon bino esingizdami?
Har tomonlama yoritish sinchkovlik bilan sinovdan o’tkazildi, barcha jarayonlar sozlandi va endi u umuman o’chmaydi - uni hatto kunduzi quyoshli kunda ham be’malol ko’rish mumkin, ekran yorug’ligi yetarli.
📟 DigiTech
54 202
🛝Yakshanbada bir do’stlar bilan yig’ilib, shunday manzarada mazza qilib chang’ida tepalikdan tushganni gashti boshqachada :)
Bu Xitoyning shimolida joylashgan Xulunbir dashtidagi tepalik bo’lib, yo’llarning uzunligi taxminan 1,2 km'ni tashkil etadi. Bitta chipta narxi 10 dollar atrofida turadi.
📟 DigiTech
54 202
🚀 Rivojlanishda davom etamiz, foydali neyrotarmoqlar, sayt va ma’lumotlarni video formatda ham ulashib borishni boshladik.
Instagram sahifamizga videolaringiz uchun animatsiyalarni qanday qilib bepul yuklash mumkinligi haqida video joyladik, obuna bo’lib qo’ying, aniq foydali bo’ladi. ⚡️
👉 Havola: https://www.instagram.com/reel/CxiDbbNN1z_/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
54 202
💻 Tez orada istagan odam o’z noutbukiga ikkinchi ekranni ulashi mumkin bo’ladi - Kickstarter platformasida DUEX Float loyihasi uchun mablag’ yig’ishdi.
Bu 15,6 dyuymli portativ monitor bo’lib, uni deyarli har qanday noutbukga ulash imkonini beruvchi bir qancha magnitlar bilan birga keladi.
Narxi 199 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
54 202
🌌 Grinvich Qirollik rasadxonasi 2023 yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini tanladi.
10 000 funt sterling bosh mukofot Andromeda galaktikasi tasviri muallifiga nasib etdi. Shuningdek, plazmasi so’roq belgisiga o’xshash Quyosh fotosuratiga alohida e’tibor berishdi.
👉 Barcha suratlarni ko’rish uchun havola.
Juda go’zal manzara, fon rasmiga yaxshi tushadi.
📟 DigiTech
54 202
🚘 AQShning Ostin shahrida haydovchisiz avtomobillar chorrahada katta tirbandlik hosil qilib, harakatni to’sib qo’yishdi.
Cruise kompaniyasi haydovchisiz mashinalari bilan bog’liq muammodan xabardor ekanligini ma’lum qildi, ammo sababini aytmadi.
📟 DigiTech
54 202
😅 Biz storis joylay olishimiz uchun 142 ta boost kerak ekan, Premium foydalanuvchilar ushbu havola orqali bizga ovoz berishlari mumkin: https://t.me/DigiTechAI?boost
54 202
🚀 Bu kun keldi: bugundan boshlab kanallar storislar joylay olishadi.
Hammasi biz avvalroq yozgan "boost" tizimi bo’yicha ishlaydi: premium obunachilar o’zlarining sevimli kanallariga ovoz berishlari va uning darajasini oshirishlari mumkin. Daraja qanchalik katta bo’lsa, kuniga shuncha ko’p storislar joylay oladi.
Ilovaga yangilanish yaqin daqiqalarda keladi.
📟 DigiTech
54 202
👨⚕️ChatGPT 17 shifokor 3 yil davomida to’g’ri tashxis qo’ya olmagan bolani qutqardi
Bolaning onasi kasallikning sababini aniqlash uchun 3 yil vaqt sarfladi - bu vaqt ichida ular pediatrdan to stomatologgacha bo’lgan 17 shifokorga murojaat qilishdi, ularni barchasi to’g’ri tashxis qo’ya olishmadi. Oxiri ayol ChatGPT ga murojaat qildi.
ChatGPT tashxis qo’ydi va u to’g’ri bo’lib chiqdi, bola operatsiya qilindi va tuzalib ketdi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ChatGPT 72% hollarda to’g’ri tibbiy tashxis qo’yadi.
📟 DigiTech
54 202
🤖 Janubiy Koreyada qovurilgan tovuq go’shtini tayyorlovchi robotni ishga yollashdi. U uni odamlardan ko'ra mazaliroq tayyorlayapti.
Biznesmenga, oziq-ovqat biznesining 54% kabi, demografik muammolar tufayli ishchilar yetishmayapti. Shu sabab, u robot-oshpazni yolladi.
U 2 soatda 100 ta tovuq pishiradi, 5 nafar xodimning ishini bajaradi va qaynayotgan yog’ unga xavf tug’dirmaydi. Bundan tashqari, mijozlar robot tayyorlagan taomlar odamlarnikidan mazaliroq bo’lganini ta’kidlashdi.
📟 DigiTech
