AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 563 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 563 名订阅者。
根据 13 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 378,过去 24 小时变化为 -453,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.50%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.07% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 171 次浏览,首日通常累积 10 252 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 113。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 14 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 563
订阅者
-45324 小时
+2 5777 天
+1 37830 天
帖子存档
53 566
▪️Google kompaniyasi sun’iy intellektlarni qanday yaratishni o’rgatadigan 10 ta bepul kurslarni chiqardi
Barcha kurslar sizni tushunarli tilda "generativ modellar" tushunchasi bilan tanishtirish, ular qanday o’qitilganligini tushuntirish va ularni yaratishni o’rgatish uchun chiqarilgan.
👉 Kurslarni o’rganish uchun havola.
Kurslar ingliz tilida, o’rganib chiqib be’malol ChatGPT'dek sun’iy intellekt yaratishni Google'da o’rganganman deb yursangiz bo’ladi :)
📟 DigiTech
53 566
📱Tarixni eslab: iPhone'da bosh ekran va standart ringtonlar iOS 1 dan iOS 16 gacha qanday o’zgarganini ushbu videoda ko’rishingiz mumkin.
Menda telefonim deyarli hardoim ovozsiz rejimida turgani uchun qo’ng’iroq ovozi o’zgarganini sezmadim, sizchi?
📟 DigiTech
53 566
▪️Turli sohalarda foydali bo’ladigan neyrotarmoqlar ro’yxati, saqlab qo’ying asqotadi.
📟 DigiTech
53 566
⚡️ SMM Pro kursi bitiruvchilarining 100 foizi ishli bo'ldi, siz-chi?
«Najot Ta'lim»da SMM Pro kursi fevral oyi bitiruvchilarining 100 foizi ishli bo'ldi! Link orqali o'tib, ularning statistikasi, ish joylari va oyliklarini ko'rishingiz mumkin.
Buning sababi SMMga talab katta, lekin kurs uchun 19 tagina joy bor xolos. Hoziroq «Najot Ta'lim» Farg'ona filialida ochiladigan SMM Pro kursi uchun ro'yxatdan o'ting va ulgurib qoling!
👉 Ro'yxatdan o'ting
P. S. Darslar 4 yillik tajribaga ega marketolog tomonidan olib boriladi.
📞 78-888-9-888
53 566
🚘 Yangi 2024 Porsche Cayenne mashinasini o’ramasidan ochish jarayoni, yangi telefonni ochishdan ko’ra qiziqroq.
Ha, Yevropada yangi mashinalar shunday o’ramada keladi :)
📟 DigiTech
53 566
💥💥Vis.12 Kursidan Katta Chegirma!💥
😎3dsMax+🟠Corona
INTERIOR+EXTERIOR✅
Arxitektura dizayn vizualizatsiyasini 0 dan Pro darajagacha qisqa vaqtda oʻrganish Imkoniyati! Toʻliq malumot uchun Bu yerga bosing ➡️BATAFSIL⬅️
53 566
▪️Yaponiyaning Skeletonics kompaniyasi ilmiy-fantastik filmlardagi jangovar robotlarga o’xshash ekzoskelet ishlab chiqdi
Uni boshqarishni o’rganish velosipedni haydashni o’rganishdek intuitiv osondir. Uning og’irligi 30 kg ni tashkil qiladi va u boshqaruvchining kinetik energiyasi bilan harakatga keladi.
U asosan dekorativ namoyishlar uchun mo’ljallangan. Ekzoskeletlar faqat buyurtma asosida tayyorlanadi.
📟 DigiTech
53 566
▪️Sun’iy intellekt birinchi navbatda kimlarni ishsiz qoldiradi?
McKinsey tahlilchilarining ta’kidlashlaricha, sun’iy intellekt kam maosh oladigan mutaxassislarni emas aksincha birinchi navbatda yuqori maoshli mutaxassislarni almashtiradi, chunki arzon maoshli ishlarni avtomatlashtirgandan ko’ra odamga to’lagan arzonroq tushadi. Yuqori maoshli ishlarda esa bunday deb bo’lmaydi.
Avvalroq Goldman Sachs sun’iy intellektlar yaqin kelajakda 300 million ish o’rnini almashtirishi mumkinligini aytishgan edi.
Yuqori maoshli xodimlar hozirdan sun’iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z ishida qo’llab boshlashsa, yaqin kelajakda aksincha ularga yanada talab oshadi.
📟 DigiTech
53 566
🎵 Kun gadjeti - bu ferromagnit suyuqlikli "jonli" Nebula dinamiki, u Venom filmidagi simbiotga o’xshaydi va musiqa ritmi ostida «raqsga» tushadi
U 86 dB quvvatga ega 360 gradus ovozli to’rtta dinamikga, moslashtirilgan atrof-muhit yoritgichiga va ikkita kolonkani stereo juftlikka birlashtirish uchun Bluetooth 5.3 ga ega.
Kickstarter platformasida narxi 599 dollar, yetkazib berish joriy yilning dekabr oyidan boshlanadi.
📟 DigiTech
53 566
🎥 «Mission Impossible» filmining yangi qismi uchun tayyorlangan reklama.
Film premyerasi 12 - iyul, filmni kutayotganlar bormi?
📟 DigiTech
53 566
🖼️ Matnli tavsif bo’yicha fotosuratdagi obyektlarni almashtiradigan neyron tarmoq
Ishlatish oson, surat yuklang, qaysi obyektlarni olib tashlashni va qaysini qo’shishni yozing. Bir necha soniyadan so’ng, Ledits neyron tarmog’i sizga kerakli rasmni generatsiya qilib beradi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 566
▪️Ko’k yuzali Mars
NASA Marsda kengligi 270 km dan ortiq bo’lgan qadimiy kraterni ko’rsatdi. Uning yuzasi qizil emas, balki ko’kdir: u bazalt, vulqon faolligi davrida uzoq vaqt oldin paydo bo’lgan.
Mars Reconnaissance Orbiter orbital moslamasi tomonidan olingan yuzlab fotosuratlar birlashtirilib ushbu video yasalgan.
📟 DigiTech
53 566
▪️Londonlik muhandislar yong’indan qo’rqmaydigan va 10 daqiqa davomida 200°C gacha bo’lgan haroratga bardosh bera oladigan o’t o’chiruvchi dron yaratishdi
Korpus polimid, alyuminiy va shisha tolali yengil termal qalqon bilan qoplangan, elektr qismlar esa ichki sovutish tizimi bilan himoyalangan.
Bunday dron yonayotgan binolarda odamlarni qidirish, shuningdek, vulqonlarni va juda issiq haroratdagi boshqa joylarni o’rganish uchun ishlatilishi mumkin.
📟 DigiTech
53 566
▪️Yangi neyron tarmoq ko’zlardagi akslardan 3D tasvirni qayta tiklay oladi
Amerikalik olimlar inson ko’zida aks ettiririlgan tasvirlarni 3D tasvir ko’rinishida rekonstruksiya qilish texnologiyasini ishlab chiqishdi. Texnologiya NeRF neyron tarmog’idan foydalanadi va ko’zni yuqori aniqlikdagi rasmini talab qiladi.
Nima deb o’ylaysiz, bu texnologiya nima maqsadda ishlatilishi mumkin?
📟 DigiTech
53 566
🖼️ Midjourney'ning asosiy raqobatchisi yangilandi - Leonardo.AI 2.0 versiyasi chiqdi
Sun’iy intellekt endi rasmga yangi obyektlar qo’shish yoki mavjudlarini o’zgartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, hatto oddiy eskiz ham endi atrof-muhit elementiga aylanishi mumkin.
Eng muhimi, bu neyrotarmoq hali ham butunlay bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 566
🤖 Londonda ishchi robot Alfie'ni yaratishdi, unga barcha uy ishlarini ishonib topshirish mumkin
Robot idish-tovoq yuvish mashinasiga idishlarni yuklash, polni artish, kiyimlarni dazmollash va yig’ish, chiqindilarni chiqarish va hokazolarni qiloladi. Ular inson hayotini murakkablashtirmaslik uchun uni avtonom ishlaydigan qilishmoqchi emaslar: u rozetkadan ishlaydi.
Robot 6000 dollar narxda sotuvga chiqadi.
📟 DigiTech
53 566
🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin?
Hammasi oson, havolani bosib ilovani yuklab oling, o’zingiz istagan taomlarni tanlab buyurtma bering, so’ng
UZ7XVD promokodini kiriting va 110 000 so’mdan oshgan birinchi buyurtmangizga 42 500 so’m chegirmani oling!
O’zim Yandex Taom ilovasidan ko’p buyurtma beraman, o’rtacha 15 - 20 daqiqada yetkazib berishadi.
👉 Promokod: UZ7XVD53 566
▪️Twitter raqobatchisi, Threads platformasida 2 kun ichida 60 milliondan ortiq foydalanuvchi ro’yxatdan o’tdi!
Solishtirish uchun, million foydalanuvchiga Facebook 10 oyda, Instagram 2.5 oyda, ChatGPT esa 5 kunda erishgan.
Aytgancha, biz ham u yerda bormiz, obuna bo’lib qo’ying: https://www.threads.net/@digitechai
📟 DigiTech
53 566
📰 320 yoshli gazeta o’zining so’nggi bosma sonini chiqardi
Gazetaning birinchi soni 1703 yilda Rim imperiyasida nashr etilgan va 2023-yil 30-iyun kunlik bosma nashrning oxirgi soni chiqdi.
Muqovada nashrning qancha vaqt davomida chiqqani ko’rsatilgan: “116 840 kun, 3839 oy, 320 yil, 12 prezident, 10 imperator, 2 respublika, 1 gazeta”.
Uning raqamli versiyasi har kuni chiqishda davom etadi. Aytgancha, ushbu gazetaga Motsart va Betxoven e’lon berishgan.
Raqamli davr qog’ozni yengdi.
📟 DigiTech
53 566
🦷 Olimlar fikricha: odamlar uchinchi tish to’plamini "o’stira oladi"
Yaponiyalik olimlar yangi tishlarni o’stirishga imkon beruvchi davo topilganiga ishonch bildirishmoqda. Ular tish o’sishini cheklaydigan oqsilni aniqlashdi. Yangi preparat bu oqsilni bloklaydi, bu esa tish o’sishiga yordam beradi.
Sichqonlar ustida o’tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli o’tdi. Odamlarda klinik sinovlar 2024 yilda bo’lib o’tadi.
📟 DigiTech
