ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 54 202 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 410,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 358

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 54 202 名订阅者。

根据 11 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 879,过去 24 小时变化为 -753,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.89%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 059 次浏览,首日通常累积 9 777 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 117

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 12 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

54 202
订阅者
-75324 小时
+3 0767
+1 87930
帖子存档
⚡️Adobe kompaniyasi bugun 3 ta yangi kuchli neyrotarmoqlarini namoyish etdi • Firefly Vector - professional dizayner darajasi
+2
⚡️Adobe kompaniyasi bugun 3 ta yangi kuchli neyrotarmoqlarini namoyish etdiFirefly Vector - professional dizayner darajasidagi vektor grafikani yaratadi. Bir necha million vektor tasvirlari bo’yicha o’rgatilgan. Ya’ni bitta neyrotarmoqni o’zida endi logotiplar generatsiya qilish mumkin. • Firefly Design - matnli so’rov bo’yicha reklama maketlarini yaratadi. Masalan: «sotiladigan uy reklamasi». • Firefly Image Model 2 - odamlarni tasvirlarini ideal generatsiya qiladi. Misol tariqasida o’zingiz rasm yuklashingiz mumkin, neyrotarmoq shu tasvirlarga o’xshash tasvir generatsiya qiladi. Barchasi Firefly beta-versiyasida mavjud, sinab ko’rish uchun havola. Mana buni dizayn yo’nalishidagi haqiqiy inqilob desa bo’ladi. Imkoniyatlari faqat sizning fantaziyangiz bilan cheklangan. 📟 DigiTech

🎥 Brauzerdagi qulay video muharriri Sahnalarni almashtirish, matn qo’shish, parchalarni kesib olish va birlashtirish - Invideo'da bularni barchasi oson. Tayyor 5000 ga yaqin turli shablonlar mavjud va hech qanday o’rnatish yoki qo’shimcha dastur shart emas. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

ChatGPT odamlarning his-tuyg’ularini tushunadi Ko’pchilik sun’iy intellekt hissiyotlarni tushunmaydi deb xisoblashadi, yaqind
ChatGPT odamlarning his-tuyg’ularini tushunadi Ko’pchilik sun’iy intellekt hissiyotlarni tushunmaydi deb xisoblashadi, yaqinda u hammani hayratda qoldirdi. ChatGPT'ga odamlarning fotosuratlari ko’rsatildi va u ularning barchasini hissiyotlarini to’g’ri tasvirlab berdi. 📟 DigiTech

📄 Google Docs yangilandi Endi hujjatingizga @tictactoe buyrug’ini kiritish orqali hamkasblaringiz yoki do’stingiz bilan tic-tac-toe o’ynashingiz mumkin. Imformatika darsida asqotadi :) 📟 DigiTech

🛫 Uchuvchilarga boshqaruvda yordam beradigan sun’iy intellekt ishlab chiqildi «Air-Guardian» sun’iy intellekt tizimi uchuvch
🛫 Uchuvchilarga boshqaruvda yordam beradigan sun’iy intellekt ishlab chiqildi «Air-Guardian» sun’iy intellekt tizimi uchuvchining nigohi va e’tiborini kuzatib boradi va agar u chalg’isa, boshqaruvni o’z qo’liga oladi. Sinov parvozlarida u xavf darajasini pasaytirdi va parvozlar xavfsizligini oshirdi. Shuningdek u avtomobillar, dronlar va robototexnika boshqaruvida ham yordam berishi mumkin. 📟 DigiTech

🌍 Xalqaro Kosmik Stansiyadan quyosh botishi, shimoliy yog’du va quyosh chiqishi shunday ko’rinadi Qiziqarli fakt: XKS har 90 daqiqada Yer atrofida bir marta aylanadi, shu sabab ekipaj a’zolari kuniga 16 marta quyosh botishi va chiqishini ko’rishadi. Naqadar go’zal manzara. 📟 DigiTech

🤖 Tesla odamsimon roboti biroz aqlli va chaqqonlashdi – unga narsalarni mustaqil ravishda saralash va yoga bilan shug’ullanish o’rgatildi. Ilon Mask ularni qachon ommaviy ishlab chiqarish boshlanishini aytmadi. 📟 DigiTech

⚡️ AiTopTools - neyron tarmoqlar ro’yxati yig’ilgan katta kutubxona Sayt 10 000 dan ortiq neyrotarmoqlarni saralab to’plagan.
⚡️ AiTopTools - neyron tarmoqlar ro’yxati yig’ilgan katta kutubxona Sayt 10 000 dan ortiq neyrotarmoqlarni saralab to’plagan. Har kuni yangi neyrotarmoqlar qo’shiladi va eng muhimi, bepul neyrotarmoqlar filtri mavjud. Bundan tashqari, vazifa va soha bo’yicha toifalar ham mavjud: matn yaratishdan tortib, dasturlar ishlab chiqish vositalarigacha. Yo’qotib qo’ymaslik uchun saqlab qo’ying, kerak bo’lib qolishi aniq :) 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📷 Yovvoyi tabiatdagi jonzotlarning eng kulgili fotosuratlari tanlovining finalchilari ma’lum bo’ldi Comedy Wildlife Photogra
+6
📷 Yovvoyi tabiatdagi jonzotlarning eng kulgili fotosuratlari tanlovining finalchilari ma’lum bo’ldi Comedy Wildlife Photography Awards 2023 hakamlar hay’ati minglab fotosuratlar orasidan 41 nafar finalchini tanlab oldi. G’olibni 23-noyabrda e’lon qilishadi. 👉 Finaldagi barcha suratlarni ko’rish uchun havola. Qaysi surat sizga ko’proq yoqdi? 📟 DigiTech

🎥 Gollivudda transport bilan xavfli sahnalarni shunday suratga olishadi Maxsus o’qitilgan shaxs avtomobil, mototsikl, qayiq yoki hatto vertolyot biriktirilgan katta manipulyatorning masofadan boshqarish pultini aylantiradi. 📟 DigiTech

+3
🤖 Yaponiyadagi startap ichida odam o’tirib boshqarishi mumkin bo’lgan haqiqiy robotni ishlab chiqdi. Uning balandligi 4,5 metr, vazni 3,5 tonna, nomi ARCHAX. Robot kabinasi tashqi dunyoni kameralar orqali ko’rsatuvchi monitorlar bilan jihozlangan. U ikkita rejimga ega: vertikal va "avtomobil rejimi" ya’ni g’ildiraklarda avtomobilga o’xshab 10 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Uning narxi esa 3 million dollar. 📟 DigiTech

🚘 Suza oladigan yo’ltanlamas mashina Gibrid BYD Yangwang U8 1,4 metr chuqurlikdagi suvli joylarda suzishga qodir, agar chuqurroq bo’lsa, u qayiq rejimini faollashtiradi: dvigatelni o’chiradi, oynalarni yopadi va lyukni ochadi. Avtomobil 3 km/soat tezlikda harakatlanib, 30 daqiqa davomida suvda cho’kmasdan qolishi mumkin. Xitoyda bu avtomobil narxi 151,500 dollardan boshlanadi. Bu Xitoyliklar nimalarni o’ylab topishmaydiya. 📟 DigiTech

🥇 Qiziqarli ma’lumot: Ilon Mask o’sha kuni eng nufuzli kosmik mukofot - IAF World Space Award 2023 ni olibdi, lekin Diablo 4
🥇 Qiziqarli ma’lumot: Ilon Mask o’sha kuni eng nufuzli kosmik mukofot - IAF World Space Award 2023 ni olibdi, lekin Diablo 4 o’ynagani uchun taqdirlash marosimiga bormabdi. U uchun eng nufuzli mukofotni olishdan ko’ra o’yin o’ynash muhimroq shekilli :) 📟 DigiTech

+2
🪄 Videomontaj sehri va siz Garri Potterning sehrli olamidasiz: Londonlik maxsus effektlar ustalari Hogwarts'dagi hayot haqida bir nechta videolarni suratga olishdi. Bunday ishga qancha vaqt ketishini aytishmadi, lekin katta filmlarda shu kabi sahnalarda butun jamoalar ishlaydi. Qoil, Garri Potter filmi atmosferasini yetkazib bera olishibdi. 📟 DigiTech

🧹 Pollarni yuvish insult va yurak xuruji xavfini kamaytiradi — The Lancet Public Health Avstraliyalik olimlar 25 241 kishi i
🧹 Pollarni yuvish insult va yurak xuruji xavfini kamaytiradi — The Lancet Public Health Avstraliyalik olimlar 25 241 kishi ishtirokida tadqiqot o’tkazishdi va 1-3 daqiqa davom etgan jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 29 foizga kamaytirishini aniqlashdi. Bunday faollik odatda 97% uy ishlari va tasodifiy harakatlardir: misol uchun zinapoyaga chiqish, uyni tozalash. Olimlar nafaqat sport bilan shug’ullanishni, balki pollarni yuvish va zinapoyaga chiqishni ham tavsiya qiladilar. Ana uyni tozalab turgani ham sabab topildi :) 📟 DigiTech

🔈 Amerikalik olim ovozsiz videodan tovushni ajratib olishni o’rgandi Kevin Fu ismli olim Side Eye usulini o’ylab topdi: u su
🔈 Amerikalik olim ovozsiz videodan tovushni ajratib olishni o’rgandi Kevin Fu ismli olim Side Eye usulini o’ylab topdi: u sun’iy intellekt yordamida kameraga yaqin joyda gaplashganda paydo bo'ladigan ko'rinmas mayda havo tebranishlarini ko’ra oladi. Ushbu tebranishlar tovushga aylanadi, buning yordamida rasmdagi yoki ovozsiz videodagi odamning nutqini aniq so’zlar va ovoz tembrining xususiyatlariga qadar eshitish mumkin. Zoom'da mikrofonni o’chirish endi maxfiylikni kafolatlamaydi. 📟 DigiTech

🖼️ Reddit foydalanuvchisi rasmlardan tasvirning bir qismini olib tashladi va Photoshop'dagi neyrotarmoq yordamida suvdagi ak
+4
🖼️ Reddit foydalanuvchisi rasmlardan tasvirning bir qismini olib tashladi va Photoshop'dagi neyrotarmoq yordamida suvdagi akslardan yetishmayotgan qismini tiklashga harakat qildi. Natijani o’zingiz ko’rishingiz mumkin, hayratlanmaslikni iloji yo’q. 📟 DigiTech

🔇 Endi atrof muhitdagi tovushlarni tom ma’noda o’chirib qo’yish mumkin Buning uchun maxsus kolonkani yoqib stol ustiga qo’yi
+2
🔇 Endi atrof muhitdagi tovushlarni tom ma’noda o’chirib qo’yish mumkin Buning uchun maxsus kolonkani yoqib stol ustiga qo’yish yetarli, u avtomatik ravishda bir nechta suhbatdoshlarning ovozlarini alohida oqimlarga ajratadi - bu quloqchinlardagi shovqinni o’chirish funksiyasi kabi ishlaydi. O’quv muassasalariga juda kerakli qurilma. 📟 DigiTech

📱Google o’zining Tensor G3 chipida ishlovchi yangi Pixel 8 seriyasi smartfonlari va Pixel Watch 2 aqlli soatini taqdim etdi.
+3
📱Google o’zining Tensor G3 chipida ishlovchi yangi Pixel 8 seriyasi smartfonlari va Pixel Watch 2 aqlli soatini taqdim etdi. Pixel 8: — OLED ekran 6,2 dyuym, 120 hz — batareya 4574 mA/soat — xotirasi 8+256 GB gacha — kameralar 50+12 MP — narxi 699 dollardan Pixel 8 Pro ning farqlari: 6,7 dyuymli ekran, 12 GB + 1 TB xotira, akkumulyator 5050 mA/soat va 50+48+48 MP kameralar, shuningdek, haroratni o’lchash uchun o’rnatilgan termometr sensori. Narxi 999 dollardan. Pixel Watch 2: o’zgarmagan dizayn, yaxshiroq protsessor va zaryadi faqat bir kunga yetadi. Narxi 349 dollardan. Google taqdimoti hardoimgidek zerikarli o’tdi. 📟 DigiTech

+1
📱Google Pixel 8 va 8 Pro smartfonlarining hali rasmiy taqdimoti bo’lmasidan turib qutidan ochilgan videolari tarqaldi Rasmiy taqdimot bugun bo’lib o’tadi, androidlar bilan iPhone'larni asosiy farqlaridan bir ham shunda. 📟 DigiTech