ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 369 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 480,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 370

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 369 名订阅者。

根据 25 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 955,过去 24 小时变化为 -312,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.94%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.01% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 9 654 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 132

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 26 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 369
订阅者
-31224 小时
+2 0507
+95530
帖子存档
🚘 Nissan birinchi elektr Juke'ni namoyish etdi. Bu konsept emas — avtomobil aynan shu dizaynda ishlab chiqarilishi va'da qil
+4
🚘 Nissan birinchi elektr Juke'ni namoyish etdi. Bu konsept emas — avtomobil aynan shu dizaynda ishlab chiqarilishi va'da qilinmoqda. Hozircha uning texnik xususiyatlari va narxlari ma’lum emas. Faqatgina avtomobil Buyuk Britaniyadagi zavodda yig‘ilishi va kelasi yildan sotuvga chiqarilishi ma'lum. Shuningdek, yangi kuzovdagi bo‘lajak Skyline'ning tizeri ham namoyish etildi: u orqa uzatmali va 3,0 litrli V6 dvigateliga ega bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Xakerlar Rockstar’ning moliyaviy ma’lumotlari aks etgan ichki hujjatlarini tarqatib yuborishdi. Unga qaraganda kompaniya de
+1
⚡️Xakerlar Rockstar’ning moliyaviy ma’lumotlari aks etgan ichki hujjatlarini tarqatib yuborishdi. Unga qaraganda kompaniya deyarli tugamas resurslarga ega. Ular birgina GTA Online'dagi donatlar orqali haftasiga o‘rtacha 9 million dollar ishlab topishadi. Hatto bir o‘yinchi o‘yinga bir to‘lovning o‘zida 1 million dollar tashlagan. Qizig‘i shundaki, butun daromad konsol o‘yinchilaridan keladi. Aftidan, shuning uchun ham o‘yinlarning kompyuter uchun mo‘ljallangan relizlari kamida bir yilga kechikadi. 📟 DigiTech

🍦Xiaomi o‘zining Pro va Pro Max versiyalaridagi maxsus muzqaymog‘ini namoyish etdi. Uning retseptini korporativ oshxona oshp
+3
🍦Xiaomi o‘zining Pro va Pro Max versiyalaridagi maxsus muzqaymog‘ini namoyish etdi. Uning retseptini korporativ oshxona oshpazi o‘ylab topgan, «to’plami» esa pechenyelar soniga bog‘liq. Hozircha faqat Pekindagi shtab-kvartirada sotiladi, narxi bir donasi uchun 1$ dan boshlanadi. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi dunyodagi eng tezkor robotni namoyish etdi — u soatiga 36 kilometr tezlikda yuguradi. Sayyoradagi eng yaxshi sportchilar kabi. Rekordlarni ko‘zlagan boshqa sprinter-robotdan farqli o‘laroq, bu endi yordamga muhtoj emas. U 100 metrga yugurishni 10 soniyada bajara oladi va Useyn Boltning rekordidan (9.58 soniya) biroz ortda qoladi. 📟 DigiTech

+2
⚡️Jeff Bezosning startapi Oy tuprog‘idan kislorod ajratib olishni o‘rgandi. Bu texnologiya Oyda baza qurishning kaliti bo‘lishi mumkin. Blue Origin reaktori Oy changini 1600°C haroratda eritib, so‘ngra elektr toki yordamida undagi metall va kremniy ionlarini kislorod ionlaridan ajratadi. Ushbu qurilma «Apollon» missiyasi namunalarida sinovdan o‘tkazilib, natijada nafas olish uchun yaroqli havo hamda qurilishda ishlatish mumkin bo‘lgan metallar olindi. 📟 DigiTech

📱Android Authority: Samsung Galaxy S22 Ultra sozlamalari tiklangach «g‘isht»ga aylanib qolmoqda. Ayrim smartfon egalari Knox
📱Android Authority: Samsung Galaxy S22 Ultra sozlamalari tiklangach «g‘isht»ga aylanib qolmoqda. Ayrim smartfon egalari Knox tizimi orqali qurilmalari bloklanishiga duch kelishdi: ma’lumotlar o‘chirilgandan so‘ng, smartfon ekranida kutilmaganda noma’lum Numero LLC tashkilotiga tegishli ekanligi yozuvi chiqmoqda. Bloklash Samsung serverlari tomonidan IMEI orqali amalga oshirilmoqda — qurilmani qayta proshivka qilish yoki sozlamalarini yana tiklash bilan ishga tushirib bo‘lmaydi. Samsung qo‘llab-quvvatlash xizmati hozircha bu muammoni hal qilmayapti. 📟 DigiTech

📲 iPhone barcha bildirishnomalar matnini xotirasida saqlab qoladi — shu tariqa AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) iPhone'dan
📲 iPhone barcha bildirishnomalar matnini xotirasida saqlab qoladi — shu tariqa AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) iPhone'dan Signal messenjeridagi o‘chirib yuborilgan xabarlarni tiklay oldi. Signalning o‘zi buzib kirilmagan. Gap shundaki, iPhone'ga xabar kelganida, iOS uni ekranga chiqarish uchun o'zining markaziy bildirishnomalar bazasiga (Notification database) yozib oladi. Ya'ni kelgan xabarlarni o‘chirib tashlaganingizda ham, iPhone ularni saqlab qolaveradi. 📟 DigiTech

⚡️Buklanadigan iPhone'ning 256 GB xotirali boshlang‘ich versiyasi 2300 dollardan qimmatroq turishi mumkin. Eng top komplektat
⚡️Buklanadigan iPhone'ning 256 GB xotirali boshlang‘ich versiyasi 2300 dollardan qimmatroq turishi mumkin. Eng top komplektatsiyasi esa taxminan 3000 dollar atrofida bo‘ladi. Qurilmalar narxini insayder Majin Bu oshkor qildi. 📟 DigiTech

Yangi Sportage qulay muddatli to‘lov shartlarida mavjud: ✔️Yillik foiz 0% dan ✔️Boshlang‘ich to‘lov 30% dan ✔️Muddat 36 oygac
Yangi Sportage qulay muddatli to‘lov shartlarida mavjud: ✔️Yillik foiz 0% dan ✔️Boshlang‘ich to‘lov 30% dan ✔️Muddat 36 oygacha. *Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. 📞 Qo‘ng‘iroq qiling — to‘lovingizni hisoblab beramiz. +998555006886 🚩 Kia Ahmad Donish Reklama

⚡️YouTube'da endi Shorts uchun o‘z raqamli qiyofadoshingizni yaratishingiz mumkin. Raqamli avatar nafaqat foydalanuvchiga o‘x
⚡️YouTube'da endi Shorts uchun o‘z raqamli qiyofadoshingizni yaratishingiz mumkin. Raqamli avatar nafaqat foydalanuvchiga o‘xshaydi, balki uning ovozida ham gapira oladi — uni faollashtirish uchun ovoz namunasini yuklash kerak. Avatarlarni mavjud videolarga qo‘shish yoki ular asosida yangilarini yaratish mumkin bo‘ladi. Bunday barcha videolar sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan deb belgilanadi va tegishli Synth ID yorlig‘iga ega bo‘ladi. Ushbu funksiya bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va hozircha barcha foydalanuvchilar uchun ochiq emas. 📟 DigiTech

🚀 «Artemis II» ekipaji Yerga qaytdi — missiya Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘nish bilan yakunlandi. Astronavtlar Rid Uaysmen, Viktor Glover, Kristina Kuk va Jeremi Hansen Yerdan 406 ming km masofaga uchgan tarixdagi birinchi odamlar bo‘ldi. Ular 10 kun davomida Oyni aylanib chiqib, koinotdan turib quyosh tutilishini kuzatishdi. Endi NASA odamlarni Oy sirtiga qaytarishi ko‘zda tutilgan «Artemis III» va «Artemis IV» missiyalariga tayyorgarlik ko‘radi. Keyinchalik Oy bazasi qurilishini boshlash ham rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

👨‍💻 GTA VI kompyuterlar uchun 2027-yilning fevralida, ya’ni konsollardagi relizidan atigi 4 oy o‘tib chiqishi mumkin. Bu ha
👨‍💻 GTA VI kompyuterlar uchun 2027-yilning fevralida, ya’ni konsollardagi relizidan atigi 4 oy o‘tib chiqishi mumkin. Bu haqda insayder DetectiveSeeds'ga Rockstar'ning uch nafar sobiq dasturchisi ma’lum qildi. Agar ushbu ma’lumot tasdiqlansa, bu Rockstar o‘yinlarining barcha platformalardagi relizlari orasidagi eng qisqa vaqt oralig‘i bo‘ladi. RDR 2 kompyuterlar uchun bir yildan keyin, GTA V esa bir yarim yildan so‘ng chiqarilgan edi. PS5 va Xbox Series egalari esa GTA VI'ni 19-noyabrdayoq o‘ynay olishadi. 📟 DigiTech

⚡️Janubiy Koreyada hamma uchun bepul internet yo‘lga qo‘yildi: agar asosiy paket tugasa, odamlarga 400 Kbit/s tezlikda cheksi
⚡️Janubiy Koreyada hamma uchun bepul internet yo‘lga qo‘yildi: agar asosiy paket tugasa, odamlarga 400 Kbit/s tezlikda cheksiz internet beriladi. Hukumatning fikricha, hozir internetsiz yashashni iloji yo‘q, bu endi insonning asosiy huquqidir. Shuningdek, nafaqaxo‘rlar yaqinlari bilan doim aloqada bo‘lishlari uchun ularning internet limitlari ham oshirildi. 📟 DigiTech

🎵 Italiyaliklar musiqachilar uchun ularni o‘zaro sinxronlashtiruvchi ekzoskeletni ishlab chiqishdi. Qurilma «boshlovchi»ning harakatlarini yozib oladi va real vaqt rejimida sherigiga ohista uzatib, ma’lum harakat erkinligini saqlagan holda musiqa ritmiga mos ijro etishga yordam beradi. Bu texnologiya, birinchi navbatda, ta’lim maqsadlarida qo‘llaniladi, shuningdek, sport va reabilitatsiya uchun ham foydali bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

🎧 Skoda shovqinni pasaytirish funksiyasi yoniq turgan har qanday quloqchinni 22 metrgacha bo‘lgan masofadan «yorib o‘tadigan» velosiped qo‘ng‘irog‘ini yaratdi. DuoBell hech qanday algoritm to’xtata olmaydigan maxsus chastotalarda tovush chiqaradi. Kompaniyaning o‘zi uni sotishni rejalashtirmayapti, lekin «hamkorlarga yordam berishi»ni aytdi va hatto hujjatlarni ochiq e’lon qildi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Hamyonbop Mac yanada kuchliroq bo‘ladi: Apple MacBook Neo'ga A19 Pro chipini o‘rnatmoqchi. Chipdan tashqari xotira ham
👨‍💻 Hamyonbop Mac yanada kuchliroq bo‘ladi: Apple MacBook Neo'ga A19 Pro chipini o‘rnatmoqchi. Chipdan tashqari xotira ham yangilanadi — Neo'ning ikkinchi avlodi 8 GB o‘rniga 12 GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi mumkin. Qurilma 2027-yil bahorda chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

👨‍💻 Sem Altman kod yozishni bilmaydi. OpenAI rahbarining hamkasblari aytishlaricha, u dasturlashni tushunmaydi va oddiy ata
👨‍💻 Sem Altman kod yozishni bilmaydi. OpenAI rahbarining hamkasblari aytishlaricha, u dasturlashni tushunmaydi va oddiy atamalarda ham adashadi. Kompaniya xodimlari va boshqa rahbarlarning so‘zlariga ko‘ra, Altman OpenAI’ni faqat boshqalarning puli va iqtidorini jalb qilish qobiliyati evaziga qurgan. Qolaversa, Sem bo‘rttirishni va xayolparastlikni yaxshi ko‘radi. Aftidan, Altman dasturchiga aylanmaslik uchun vaybkodlashni ommalashtirayotgan ko‘rinadi) 📟 DigiTech

⚡️Google Chrome'da nihoyat ochilgan sahifalarning foydalanuvchilar uzoq vaqtdan beri so‘rab kelayotgan vertikal ro’yxati paydo bo‘ldi. Yangi ko‘rinishga o‘tish uchun ochilgan sahifalar panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, «Ochiq sahifalarni vertikal ko‘rsatish»ni tanlash kerak. Yangilanish bosqichma-bosqich chiqarilmoqda, shuning uchun bu funksiya hali hammada ham mavjud emas. 📟 DigiTech

+3
💡Xitoyliklar har qanday o‘simlikni qorong‘ida yoritishni o‘rganishdi va endi shaharlar uchun tungi yoritish tizimini yaratishmoqchi. «Magicpen Bio» biotexnologik startapi allaqachon 20 dan ortiq o‘simlik turini, jumladan, orxideya, kungaboqar va xrizantemalarni genetik modifikatsiya qildi. Buning uchun ularga yaltiroq qo‘ng‘izlar va bioluminessent zamburug‘larning genlari kiritildi. Kelajakda bu o‘simliklar bog‘lar va boshqa jamoat joylariga ekilishi mumkin. 📟 DigiTech

🌒 Quyosh tutilishi koinotdan shunday ko‘rinadi: hodisa Artemis II missiyasining Oy yonidan uchib o‘tishi paytida tasvirga ol
+1
🌒 Quyosh tutilishi koinotdan shunday ko‘rinadi: hodisa Artemis II missiyasining Oy yonidan uchib o‘tishi paytida tasvirga olingan. Bundan tashqari, odatda hech kim ko‘rmaydigan Oyning orqa tomonidan Yerni ham ko‘rsatishdi. 📟 DigiTech