ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 871 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 504,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 382

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 871 名订阅者。

根据 27 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -4 302,过去 24 小时变化为 -267,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.69%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.58% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 632 次浏览,首日通常累积 9 858 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 121

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 28 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 871
订阅者
-26724 小时
-2 6567
-4 30230
帖子存档
⚡️Operativ xotira chiplari yanada kamayadi — Micron kompaniyasi Crucial brendini yopib, iste'molchi mahsulotlari bozoridan bu
⚡️Operativ xotira chiplari yanada kamayadi — Micron kompaniyasi Crucial brendini yopib, iste'molchi mahsulotlari bozoridan butunlay chiqib ketmoqda. Endi ular faqat neyron tarmoqlarni ishlab chiqish va ishga tushirish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlari uchun tezkor xotira ishlab chiqaradi. Hozir bozorda faqat ikkita yirik kompaniya qoldi: Samsung va SK Hynix. 📟 DigiTech

🚀 Orbitada ham joy qolmayapti: tarixda birinchi bor XKSga birdaniga sakkizta kosmik kema biriktirilib, barcha shlyuzlar band
🚀 Orbitada ham joy qolmayapti: tarixda birinchi bor XKSga birdaniga sakkizta kosmik kema biriktirilib, barcha shlyuzlar band qilindi. Hozirda stansiyaga ikki dona «Soyuz» va ikkita SpaceX kapsulasi, shuningdek, Yaponiyaning HTV-X1 kemasi, Rossiyaning ikkita «Progress» yuk kemasi hamda AQSh'ning Cygnus (u ham yuk kemasi) ulangan. Bortda jami 10 kishi (besh nafar rossiyalik, to‘rt nafar amerikalik va bir nafar yaponiyalik) bor, biroq 8-dekabr kuni ularning uchtasi «Soyuz» kemalarining birida Yerga qaytishadi. 📟 DigiTech

🤖 EngineAI kompaniyasi haqiqiy jang robotini — T-800 ni chiqardi. Ishlab chiquvchilar video sun’iy intellekt yoki kompyuter grafikasi emasligini va ularning 173 santimetrli ajoyib roboti chindan ham sakrab epik tarzda zarba bera olishini ta'kidlashmoqda. Reja bo‘yicha, T-800 shaxsiy tansoqchi bo’lib, egasini himoya qilishi kerak. Uni orqasidan yashirincha yaqinlashishning iloji yo’q — bo‘lajak Terminatorning sensorlari atrofni 360° skanerlay oladi. 📟 DigiTech

📲 Google Android smartfonlarga muhim qo‘ng'iroqlarni e'tiborsiz qoldirmaslik uchun alohida belgilash funksiyasini qo’shadi. Agar sizda va qo‘ng'iroq qiluvchida standart Google qo‘ng'iroq ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa hamda u kontaktlaringiz ro‘yxatida mavjud bo‘lsa, qo‘ng‘iroq paytida maxsus belgi qo‘yish mumkin bo’ladi. Shunda suhbatdoshning qo‘ng‘iroq ekranida uning muhimligi haqidagi belgi paydo bo’ladi. Hozircha funksiya sinov bosqichida, rasmiy chiqarilishi biroz keyinroq bo‘lishi va'da qilinmoqda. 📟 DigiTech

🧯Xitoyliklar baland binolardagi yong'inlarni o‘chirish uchun o’rnatilgan dronga ega yangi avlod o’t o‘chirish mashinalarini namoyish etishdi. Kopter bir daqiqada ishga tushib, 200 metrgacha balandlikka ko‘tariladi va 45 metr masofaga suvni samarali purkaydi. Dron o’rnatilgan maxsus mashinalar shu oydan ishlashni boshlaydi. 📟 DigiTech

🚘 Ba'zan mashinalardagi texnologiyalar mutlaqo kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tesla Model X eshikni avtomatik ochilish funksiyasi tufayli boshqa avtomobilga zarar yetkazdi — tizim egasining smartfoni yaqinlashayotganini sezib, haydovchi eshigini oldindan avtomatik ochib yubordi. Aynan shu paytda egasi Mini Cooper'da Tesla yonidan o’tib ketayotgan edi: eshik kuzovga urilib, har ikkala mashinada ham qirilgan izlar qoldi. 📟 DigiTech

⚡️Karib dengizi tubidan afsonaviy ispan kemasi San-Xose'ning xazinalarini olib chiqishni boshlashdi. Ushbu xazinalarning qiym
+3
⚡️Karib dengizi tubidan afsonaviy ispan kemasi San-Xose'ning xazinalarini olib chiqishni boshlashdi. Ushbu xazinalarning qiymati 18-20 milliard dollar atrofida baholanmoqda — u tarixdagi eng katta dengiz xazinasi bo’ladi. Kema 1708-yilda inglizlar bilan jangdan so’ng Kolumbiya qirg'oqlarida cho‘kib ketgan. Uning bortida Janubiy Amerikadan Yevropaga olib ketilayotgan 200 tonnaga yaqin oltin, kumush va qimmatbaho buyumlar bo’lgan. Boyliklarga Ispaniya, amerikalik tadqiqotchilar va hatto qimmatbaho metallar qazib olingan hududlardagi qabilalar ham da'vo qilishdi. Biroq, Kolumbiya o‘z suvlarida cho‘kkan barcha narsalar unga tegishli ekanligini ma'lum qildi va bu topilmalarni muzeyga topshirishga va'da berdi. 📟 DigiTech

📱Smartfonlar yana qimmatlashishi mumkin: Samsung tezkor xotira chiplari narxlarining oshishi sababli o‘z qurilmalari uchun h
📱Smartfonlar yana qimmatlashishi mumkin: Samsung tezkor xotira chiplari narxlarining oshishi sababli o‘z qurilmalari uchun ham chiplarni yetkazib berishdan voz kechdi. Galaxy smartfonlari uchun xotira chiplari narxi bu yil 33 dollardan 70 dollargacha ko‘tarildi. Samsung bir necha oy ichida narxlar yanada oshib ketishidan xavotirda, shu sabab yetkazib berish bo’yicha uzoq muddatli shartnomalarni tuzmayapti — hatto o‘z smartfonlari uchun ham. Bu ish uchun OpenAI, Nvidia, Google va Microsoft'ga «rahmat» aytish mumkin — ular birgalikda tezkor xotira narxlarini rekord darajada oshirib yuborishdi. 📟 DigiTech

⚡️Tarixda ilk bor sun’iy intellekt yaratgan kontent hajmi insonlar tomonidan yozilgan materiallar hajmidan OSHIB KETDI. FT ma
⚡️Tarixda ilk bor sun’iy intellekt yaratgan kontent hajmi insonlar tomonidan yozilgan materiallar hajmidan OSHIB KETDI. FT ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib, internetdagi barcha nashrlarning taxminan 50 foizini sun'iy intellekt matnlari tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020-2022-yillarda 10 foizdan kamroq edi. ChatGPT ishga tushirilishi burilish nuqtasi bo‘ldi. Sun’iy intellekt o‘zi o’qitilgan ma'lumotlarni surib chiqarishni boshladi. Endi yangi modellar boshqa sun’iy intellektlar tomonidan yaratilgan matnlar asosida o’rgatiladigan bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Statistika: Dunyodagi 500 million kompyuterlar Windows 11 tizimini qo’llab-quvvatlamaydi. Yana shuncha kompyuter egalari es
⚡️Statistika: Dunyodagi 500 million kompyuterlar Windows 11 tizimini qo’llab-quvvatlamaydi. Yana shuncha kompyuter egalari esa yangi operatsion tizimga o‘tishni xohlamaydi. Shu bilan birga, Windows 10 ning «o’limi» bilan unga o’tish deyarli majburiy bo‘lib qoldi. Microsoft endi yangilanishlarni chiqarmaydi. 📟 DigiTech

🌆 Dubayda maydoni 2,6 kvadrat kilometr bo‘ladigan ulkan Dubai Square Mall savdo markazi qurilmoqda — bu shisha gumbaz ostida
+3
🌆 Dubayda maydoni 2,6 kvadrat kilometr bo‘ladigan ulkan Dubai Square Mall savdo markazi qurilmoqda — bu shisha gumbaz ostidagi butun boshli shaharcha bo’ladi. Majmua Dubay-Krik hududida joylashadi va tashrif buyuruvchilar elektromobillarda harakatlanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarga ega bir nechta kvartallarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, son-sanoqsiz do‘konlar, bog‘lar, restoranlar, mehmonxonalar va «ilg‘or sun’iy intellekt tizimlari» joriy etilishi va'da qilinmoqda. Loyihaning ochilishi 2028-yilga rejalashtirilgan bo‘lib, uning qiymati allaqachon 49 milliard dollarga yetgan. 📟 DigiTech

👨‍💻 Niderlandiyalik rassom Excel'ni filmlarni ko’rsatishga o‘rgatdi — buning uchun u maxsus dastur yaratdi, ushbu dastur yordamida Excel katakchalari real vaqt rejimida ranglarini o‘zgartiradi. Eng qizig’i, Yerun van der Mos (uning ismi shunday) deyarli o‘zi kodlashi shart bo’lmagan — ishning asosiy qismini sun’iy intellekt bajargan. Bu narsani esa Tallindagi pop-art muzeyida ko’rish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Mashhur insayder Majin Bu izsiz g'oyib bo’ldi — u yil davomida Apple'ning yangi qurilmalari haqidagi sizib chiqqan ma'lumot
⚡️Mashhur insayder Majin Bu izsiz g'oyib bo’ldi — u yil davomida Apple'ning yangi qurilmalari haqidagi sizib chiqqan ma'lumotlarni birinchilardan bo’lib joylab borayotgan edi. Majin Apple'ning kuzgi taqdimotidan taxminan bir oy oldin yangi postlar qo‘yishni to‘xtatdi. Hozirda uning X'dagi (twitter) akkaunti o’chirib tashlangan. Shu bilan birga, Majin Bu'ning barcha insaydlari to‘g'ri bo‘lib chiqdi. Ko‘pchilik Apple'ning ma'lumot sizib chiqishiga qarshi qanchalik qattiq kurashishini esladi. Kompaniya mahsulotlarining xavfsizligini ta'minlash uchun sobiq maxsus xizmat xodimlari mas'ul. Shu sababli, eng mashhur nazariya: Majin'ni topib, uni sud bilan qo’rqitishgan. 📟 DigiTech

👨‍💻 Google Antigravity dasturchining qattiq diskidagi barcha ma’lumotni o‘chirib tashladi: o’rnatilgan sun'iy intellekt age
👨‍💻 Google Antigravity dasturchining qattiq diskidagi barcha ma’lumotni o‘chirib tashladi: o’rnatilgan sun'iy intellekt agenti xatolikni tuzatmoqchi bo‘ldi — va muammoni shunchaki tegi bilan hal qildi. Yugit buni tushunishga ham ulgurmadi, chunki uning Gemini 3 Pro bilan muloqot qilish limiti tugab qolgan edi. Biroq, bundan oldin model barcha fayllarni o’chirishga ruxsat berilmaganini tasdiqlagan edi. Eng qizig’i: Googlening o’zi IT-xodimlariga ish uchun Antiravity'dan foydalanishni taqiqlab qo’ygan :) 📟 DigiTech

📲 YouTube «Shaxsiy lentangiz» funksiyasini cheklangan foydalanuvchilar orasida sinovdan o’tkazishni boshladi. Bu funksiya fo
📲 YouTube «Shaxsiy lentangiz» funksiyasini cheklangan foydalanuvchilar orasida sinovdan o’tkazishni boshladi. Bu funksiya foydalanuvchilarga tegishli so’rovlarni kiritish orqali tavsiyalarni o’zi sozlash imkonini beradi. Masalan, foydalanuvchi avtomobillarga yoki ovqat tayyorlashga qiziqishini kiritsa, xizmat shunga mos keladigan videolarni tanlab taqdim eta boshlaydi. Bu bir xil mavzudagi bir nechta videoni ko’rish natijasida butun bosh sahifa bir xil turdagi kontent bilan to‘lib ketishi muammosini hal qilishga yordam berishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Perseverance roveri Marsda ilk bor chaqmoq tovushlarini yozib oldi. Ilgari ularning mavjudligi faqat Yer, Yupiter va Saturnda aniqlangan edi. Qizil sayyora atmosferasi siyrak bo‘lgani bois, u yerda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin emas, shu sababli chaqmoqlar boshqacha hosil bo‘ladi. Elektrlanish jarayoni chang bo‘ronlari paytida yuz beradi: mayda zarrachalar bir-biriga tez ishqalanib, zaryadlarni to‘playdi va ma’lum bir vaqtda bu zaryadlar kichik chaqmoqlar shaklida ajralib chiqadi. To‘rt yillik tadqiqot davomida olimlar audioyozuvlarda 55 ta chaqmoq ovozini aniqladilar. Ularning deyarli barchasi kuchli bo’ronlar bilan bir vaqtda ro’y bergan edi. 📟 DigiTech

🎥 «G'alati ishlar» (Stranger Things) serialining beshinchi mavsumi chiqdi — Netflix'da uning dastlabki to’rtta qismini tomosha qilish mumkin. Davomi 25-dekabrda chiqadi, hikoyaning yakuni esa 31-dekabrda ko’rsatiladi. Mualliflar ushbu mavsum serial tarixidagi eng qayg'uli va shafqatsiz bo’lishini va'da qilishmoqda. Jami 8 ta qism bo’ladi, bu mavsum byudjeti aql bovar qilmas darajadagi 400 million dollarni tashkil etadi. Muxlislar relizni shunchalik intiqlik bilan kutishganidan, qismlar chiqqan vaqtda Netflix serverlari kuchaytirilgan bo’lsa ham, bardosh bera olishmadi. 📟 DigiTech

⚡️Tezkor xotiralar inqirozi shunchalik avj oldiki, do’konlar hatto narx yorliqlarini o‘zgartirishni to‘xtatishdi — baribir na
+1
⚡️Tezkor xotiralar inqirozi shunchalik avj oldiki, do’konlar hatto narx yorliqlarini o‘zgartirishni to‘xtatishdi — baribir narx bir necha daqiqadan so‘ng yana o‘zgaradi. Amerikaning yirik Central Computers va Microcenter tarmoqlarida xaridorlar narxlarni menejerlardan o‘zlari so‘rashlariga to‘g‘ri kelmoqda. AQSh'da 32 GB'li ikkita plankadan iborat to’plam narxi allaqachon 1200 dollarga chiqib ketdi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu hali boshlanishi. Tezkor xotira juda tez qimmatlashmoqda, shaxsiy kompyuterni yig'ish esa hashamatga aylanmoqda. 📟 DigiTech

🤖 Odamsimon robotlar ishlab chiqaruvchi Figure kompaniyasi xavfsizlik bo‘limi rahbarini uning hisobotidan so’ng ishdan bo‘sh
🤖 Odamsimon robotlar ishlab chiqaruvchi Figure kompaniyasi xavfsizlik bo‘limi rahbarini uning hisobotidan so’ng ishdan bo‘shatdi. Sinovlar paytida robot muzlatgich eshigini teshib qo’ygan va muhandisning baholashicha, robot «odamning bosh suyagini sindirish» uchun yetarlicha kuchga ega. Shundan so’ng yigit sudga murojaat qilgan. Kompaniya bu ayblovni inkor etib, uni «yomon ishlagani sabab» ishdan bo’shatganini ta’kidlamoqda. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda dunyodagi birinchi uchar avtomobillar zavodi ishga tushirildi — ular oddiy mashinalar kabi seriyali yig’ilmoqda. U
⚡️Xitoyda dunyodagi birinchi uchar avtomobillar zavodi ishga tushirildi — ular oddiy mashinalar kabi seriyali yig’ilmoqda.
U yerda yigi’layotgan birinchi avtomobil — XPeng Land Aircraft Carrier yo’ltanlamasi. Undan 5 daqiqada uchar dronolyot ajraladi: «istagan vaqtda «dron»ni chiqarib, o’z ishlaringiz bo’yicha uchib ketaverasiz».
Narxi 138 000 dan 276 000 dollargacha, biroq eng muhimi: uchar avtomobillar endi shunchaki chiroyli xayol emas, balki ommaviy ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan mahsulotdir. 📟 DigiTech