AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 55 425 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 629,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 475 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 55 425 名订阅者。
根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 549,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.22%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.48% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 274 次浏览,首日通常累积 9 355 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
55 425
订阅者
-20724 小时
-1 3827 天
-2 54930 天
帖子存档
55 417
👨🎓 Tadqiqot: Z avlodni borgan sari oliy ta’limga qiziqishi kamayib bormoqda. Ularning 46% universitetda o’qish vaqt va pulga arzimaydi, deb hisoblashadi.
Ular uchun kredit olib, bir necha yil o’qishdan ko’ra kurslarda qatnashish va pul ishlash foydaliroq. 18-24 yoshdagilarning faqatgina 39 foizi oliy ta’limda o’qishni xohlaydi.
Top kompaniyalar yangi xodimlarni ishga olayotganda ularning diplomiga emas bilimiga qarashadi.
Sizni fikringiz qanday?
🤓 — diplom kerak
👨💻 — diplom kerak emas, kurslarda o’qiyman
📟 DigiTech
55 417
🚘 Xiaomi SU7 bir tugmani bosish orqali ko’p qavatli avtoturargohda bo’sh joyni o’zi topib joylasha oladi.
Shu bilan birga, u hatto yaqinlashib kelayotgan boshqa mashinalarga yo’l beradi! Avtomobil unga o’rnatilgan ko’plab kamera va sensorlarga tayanib harakatlanadi.
Qizig’i shundaki, mashinada hali haqiqiy avtopilot mavjud emas. Kompaniya uni keyinroq o’rnatishni va’da qilmoqda, shundan so’ng SU7 shahar bo’ylab haydovchisiz harakatlana oladi.
📟 DigiTech
55 417
⚡️Samsung sun’iy intellektli muzlatgichni namoyish etdi
U ichidagi mahsulotlardan nimalar tayyorlash mumkinligini yozib beradi. Muzlatgich faqat sizning diyetangizga mos keladigan taomlarni ham taklif qilishi mumkin, diyetadagilar uchun juda qulay.
Old panelda esa 32 dyuymli ulkan sensorli ekran bor — YouTube'da videolar ko’rish uchun ayni muddao! Qurilma narxini hali aytishmadi, batafsil ma’lumot yaqinda beriladi.
📟 DigiTech
55 417
👨💻 Google'dan generativ sun’iy intellekt asoslari bo’yicha 12 ta bepul kurslar
Kurslar mavzulari:
— SI vositalari qanday ishlaydi;
— LLM haqida to’liq ma’lumotlar: ishlatish va sozlash;
— Google'dan generativ AI Studio;
— Tasvir yaratish va boshqalar.
Bonus: Google Codey dasturchilari uchun SI yordamchisi bilan ishlash asoslari.
👉 Bepul kurslarga havola.
Kurslar ingliz tilida, lekin yaxshilab o’rganib chiqsangiz, o’zingiz sun’iy intellektlar yarata olasiz.
📟 DigiTech
55 417
🖼️ Midjourney'ning oltinchi versiyasi telefonda olinganga o’xshash suratlarni yaratishni o’rgandi. Hammasi haqiqiy fotosuratlarga o’xshaydi, ajratib bo’lmaydi.
📟 DigiTech
55 417
🍿 Film va seriallarni topib beruvchi neyrotarmoq.
Watchthis neyron tarmog’ida film janrini tanlashingiz va u nima haqida bo’lishi kerakligini matnli so’rov ko’rinishida yozishingiz kifoya. Shundan so’ng neyrotarmoq kerakli filmlar ro’yxatini chiqarib beradi.
Endi soatlab filmlar izlash shart emas, ayniqsa 1-yanvarga mos neyrotarmoq :)
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 417
🥳 Qadrli obunachilar, yil ham oxirlab qoldi. Bu yil biz uchun juda samarali bo’ldi, bir yil ichida O’zbekistondagi eng katta texnologik kanallardan biriga aylandik.
Albatta, bunda sizlarning hissangiz juda katta. Kuzatayotganingiz, har bir izohingiz, reaksiyangiz va repostingiz uchun tashakkur. 2024-yilda qiziqarli kontentlarni bundan ham ko’paytirishga harakat qilamiz.
Men va jamoamiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaymiz! 🎉
📟 DigiTech
55 417
⚡️2023-yilda chiqqan eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati.
Reddit foydalanuvchilari shu yilda chiqqan va eng ko’p muhokama qilingan neyrotarmoqlar ro’yxatini yig’ishdi.
Bu yerdagi deyarli barcha neyrotarmoqlardan bepul foydalanib ko’rish mumkin. Shuning uchun saqlab qo’ying, asqotadi.
Ro’yxat zo’r tuzilgan, lekin bir narsani tushunmayapmiz — Apple Vision Pro garniturasi bu ro’yxatga qayerdan kelib qolgan? 🧐
📟 DigiTech
55 417
⚡️Qiziqarli fakt: 1956 yildagi birinchi 5 MB sig’imga ega qattiq disk shunday ko’rinishda bo’lgan. Uning og’irligi 1 tonna atrofida edi.
Mana oradan 67 yil vaqt o’tib, 2 terabayt hajmga ega MicroSD ishlab chiqarildi. Bu hozirgi vaqt uchun maksimal chegara.
Yana biroz vaqt o’tgach 2 TB ham xuddi 5 MB hajmdek kichik tuyulsa kerak.
📟 DigiTech
55 417
⌨️ Hozirgi 10 yoshli bolalarni klaviaturada yozishi.
Men 10 yoshimda klaviaturadagi harflarni 1 soat izlab zo’rga yozardim :)
📟 DigiTech
55 417
⚡️Janubiy Koreyada dunyodagi eng texnologik mehmonxonalardan biri Inspire joylashgan. U yerda o’zingizni xuddi boshqa olamga tushib qolgandek his qilasiz.
Video sifati pastroq bo’lsada, u yerdagi atmosferani yetkazib bera oldi degan umiddamiz.
📟 DigiTech
55 417
🖼️ Midjourneyning asosiy raqobatchisi bo’lgan Leonardo neyrotarmog’i yangilandi. Endi unda yuqori sifatdagi animatsiyalarni yaratish mumkin.
Moushn-dizaynerlar va video muharrirlarning ishi yanada osonlashdi. Istagan odam bir necha daqiqada rasm generatsiya qilib uni animatsiyaga aylantirishi mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 417
🤖 «Hayajonli lahza» — GPT-4 asosida ishlovchi robot o’ynaga qarab o’z «his-tuyg’ularini» shunday tasvirlab berdi. U aksida o’zini tanidi va hatto tashqi ko’rinishini tasvirlab berdi.
Ushbu robotning ismi Rob, u shved ixtirochisi tomonidan yaratilgan. Sun’iy intellekt tufayli u savollarga javob bera oladi, shuningdek, o’zini va atrofdagi dunyoni «ko’ra oladi»
📟 DigiTech
55 417
⚡️Videolar generatsiya qiluvchi eng mashhur neyrotarmoqlardan biri Pika Labs'ning ommaviy versiyasi chiqdi. Endi to’g’ridan-to’g’ri brauzeringizda oddiy matnli so’rov orqali istalgan videoni yaratishingiz mumkin.
Bundan tashqari, Pika Labs yordamida rasmlarni animatsiyaga aylantirish va videolarni to’ldirish mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 417
👨💻 Yangi Microsoft Surface sun’iy intellektga ega birinchi kompyuter bo’ladi. Qurilma 2024-yilda chiqarilishi kutilmoqda.
Hozir kompaniya dasturiy ta’minotni to’g’ri Windows'ga o’rnatilgan neyrotarmoqlar bilan ishlay olishi uchun moslashtirmoqda. Excel barcha formulalarni eslab qoladi, Word matnlarni o’zi yozadi, Bing esa to’g’ridan-to’g’ri ish stolingizda bir necha soniyada rasmlar yarata oladi.
Neyron tarmoqlar shov-shuvli texnologiyadan ommaviy mahsulotga aylanmoqda. Bir necha yildan so’ng, neyrotarmoqlardan foydalanish barcha uchun odatiy bo’lib qoladi.
📟 DigiTech
55 417
🏨 Louis Vuitton Parij markazida dunyodagi eng hashamatli mehmonxonalardan birini qurmoqda: sandiq shaklidagi bino.
Ushbu g’oya uchun brend hatto shaharning tarixiy markazi — Eyfel minorasidan Notr-Dam soborigacha bo’lgan manzarali ofisini yopdi.
Mehmonxona 2026-yilda ochiladi va besh yulduzli maqomini oladi.
📟 DigiTech
55 417
🚘 Xiaomi kompaniyasi o’zining birinchi elektromobili SU7 ni rasman namoyish etdi.
Top versiyasi SU7 Max'da 2,78 soniyada yuzgacha tezlashadi (Tesla Model S va Taycan Turbo-dan tezroq), maksimal tezligi 265 km/soat va bir zaryadda 800 km masofani bosib o’tadi.
Asosiy displeyda barcha Android ilovalar ishlaydi. Narxlar va chiqarilish sanalarini aytishmadi: ko’proq ma’lumot 2024-yilda beriladi.
📟 DigiTech
55 417
🚘 Turkiya politsiyasiga Porsche, Ferrari va Bentley superkarlari, shuningdek, Mercedes, BMW va Range Rover avtomobillarining oddiyroq modellari topshirildi.
Taxminan 3,5 million dollarga teng bo’lgan ushbu avtomobillarning barchasi jinoyatchilardan musodara qilingan, axir mashinalar «ularga endi kerak bo’lmaydi».
Dubay politsiyasiga jiddiy raqobatchi paydo bo’ldi :)
📟 DigiTech
55 417
⚡️Windows 11 endi o’zini qayta o’rnatishi va «ta’mirlashi» mumkin.
Jarayon bir tugmani bosish orqali aktivlashtiriladi va ko’p vaqt talab qilmaydi, shu bilan birga, barcha ma'lumotlaringiz saqlab qolinadi.
Hozircha funksiya beta-versiyalardan birida ishlamoqda, ommaviy versiyasi 2024-yilning fevral-mart oylarida chiqariladi.
📟 DigiTech
55 417
🎥 Kino muxlislari, 2024-yil siz uchun eng yaxshi yillardan biri bo‘ladi. Keyingi yilda ko’plab mashhur filmlarning davomi chiqishi mumkin:
— «Joker 2»;
— «Dyuna 2»;
— «Sonik 3»;
— «Venom 3»;
— «Gladiator 2»;
— «Bad Boys 4»;
— «Dedpul 3»;
— «Boshqotirma 2»;
— «Beetlejuice 2»;
— «Paddington 3»;
— «Arvoh ovchilari 4»;
— «Jirkanch kamina 4»;
— «Kung-Fu Panda 4»;
Bulardan tashqari, yangi filmlar ham chiqishi kutilmoqda. Qaysi filmni ko’proq kutyapsiz?
📟 DigiTech
