AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 55 425 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 629,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 475 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 55 425 名订阅者。
根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 549,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.22%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.48% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 274 次浏览,首日通常累积 9 355 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
55 425
订阅者
-20724 小时
-1 3827 天
-2 54930 天
帖子存档
55 371
📹 LitterCam AI — O’zbekiston uchun juda kerak bo’lgan neyrotarmoqlardan biri
Ushbu sun’iy intellekt mashinadan tashlangan axlatlarni aniqlaydi va avtomobilning davlat raqami bo’yicha qoidabuzarga jarima yuboradi. Uni hozir Buyuk Britaniyada sinovdan o’tkazishmoqda.
📟 DigiTech
55 371
🤖 Robot Tesla zavodida muhandisga hujum qilib, uni jiddiy jarohatladi.
OAV'larning yozishicha, bu voqea Texasdagi Tesla Giga zavodida sodir bo’lgan. Muhandis ikkita o’chiq qurilmani sozlayotgan paytda robotlardan biri uni tirgaklab, so’ng uning beliga va qo’liga metall tirnoqlarini botirgan. Ishchi jiddiy jarohatlanib, ochiq yaradan ko’p qon yo’qotgan. Uning hamkasblari favqulodda to’xtatish tugmasini bosishga majbur bo’lishgan.
Daily Mail xabariga ko’ra, kompaniya ushbu voqeani yashirgan, bu ma’lumot faqat nazorat qiluvchi organlarga berilgan hisobotdan ma’lum bo’ldi.
📟 DigiTech
55 371
🏫 «Uyda yolg’iz 2» filmi bilan mashhur bo’lgan Manxettendagi besh qavatli uy 6,7 million dollarga sotuvga qo’yildi.
Kevin Makkalister o’g’rilardan himoyalangan ushbu uy 19-asrda qurilgan. Uyda 4 ta yotoq xona, ichki hovli va vino saqlanadigan yerto’la mavjud. Bonusga, butun dunyodagi film muxlislaridan hanuzgacha xatlar kelib turadi.
📟 DigiTech
55 371
🏠 Orzularingizdagi uyingizni topdingizmi?
ВИТРИНА НЕДВИЖИМОСТИ — mol-mulkingizni sotib olishingiz va sotishingizga yordam beradigan eng qulay xizmat!
🤔 Nima uchun ularni tanlash kerak?:
— 10 yildan ortiq tajriba
— Minglab mamnun mijozlar
— Past narxlarda yuqori darajali ko‘chmas mulk
— Kvartiralarning boshqa saytlarda mavjud bo‘lmagan eksklyuziv ma’lumotlar bazasi
Kanalimizga o’ting! Eng yaxshi takliflar shu yerda!👇
https://t.me/+pyw3CeG9o281NDky
Reklama
55 371
🤖 Kinova roboti bo’yoq va cho’tkalar bilan deyarli professional rassomlar kabi rasmlar chizmoqda
Dastlab, ushbu qurilma nogironlar uchun yordamchi qo’l sifatida chiqarilgan. Uni Midjourneyga ulashganidan so’ng esa u haqiqiy rassomga aylandi.
📟 DigiTech
55 371
⚡️Texasda katta dron-shouni uyushtirishdi va bir vaqtning o’zida ikkita jahon rekordini o’rnatishdi: eng katta yangi yil archasi va eng katta personaj — 1499 drondan iborat Yong’oqchi.
📟 DigiTech
55 371
📋 Theresanaiforthat — turli xil neyrotarmoqlarning ulkan kutubxonasi
Ushbu saytda turli xil vazifalarda asqotadigan 10 000 dan ortiq neyrotarmoqlar jamlangan. Neyrotarmoq qanday vazifani bajarishi kerakligini matnli tavsif ko’rinishida kiritsangiz, sayt sizga kerakli neyrotarmoqlar ro’yxatini chiqarib beradi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 371
🔭 Time jurnali talqiniga ko’ra, «Jeyms Uebb» kosmik teleskopi 2023-yilda suratga olgan eng chiroyli fotosuratlar.
Qaysi surat sizga ko’proq yoqdi?
📟 DigiTech
55 371
55 371
😴 Tadqiqot: Bir kechada uyquni hatto 1-2 soat yetishmasligi ham tashvish va tushkunlikni keltirib chiqaradi
Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasining yangi tadqiqoti, me’yordan hatto bir yoki ikki soat kam uxlash ham o’zingizni yomon va tashvishli his qilishingizga olib kelishi mumkinligini aniqladi.
Bunday xulosaga kelish uchun ular 1966-yildan 2022-yilgacha bo’lgan davrdagi 28 mamlakatda o’tkazilgan, 154 ta uyqu bo’yicha tadqiqotni tahlil qilib chiqishdi.
Tahlil qilingan 154 ta tadqiqotning deyarli barchasida, uyquni yo’qotish ishtirokchilarda quvonch, baxt va shu kabi ijobiy his-tuyg’ularning kamayishiga, shuningdek, tez yurak urishi va xavotirning kuchayishi kabi tashvish belgilarining oshishiga olib kelgani aniqlandi.
📟 DigiTech
55 371
🤖 Yaponiyada shunday mini-robotlar janglari o’tkaziladigan turnir mavjud
Chempionat Robo-One deb ataladi va yilda bir necha marta o’tkaziladi. Ishtirokchilar jangchi robotlarni o’zlari yasaydilar, shuning uchun ularning har biri noyobdir.
Hatto bir nechta kategoriyalari mavjud: inson nazorati ostida, avtopilotda va boshqalar.
Juda kulgili harakatlanishar ekan :)
📟 DigiTech
55 371
⚡️Ishqibozlar lenta va birnechta plastik quvurlardan foydalanib «Yulduzlar jangi» filmidagi uchar qurilmani yig’ishdi.
Bu qurilmaga qanday nom bergan bo’lardingiz?
📟 DigiTech
55 371
🛞 Sirpanishga qarshi zanjirli modulga ega shinalar ishlab chiqildi
Hyundai Motor Company va Kia korporatsiyasi qishki sharoitda avtomobilni haydash xavfsizligini oshirish uchun mo’ljallangan, zanjirli modullarga ega yangi shinalar texnologiyasini namoyish etdi.
G'ildiraklarga jismonan kiydiriladigan an'anaviy zanjirlardan farqli o’laroq, yangi tizim bir tugmani bosish orqali faollashadi va zanjirlar chiqadi. Hyundai va Kia ushbu texnologiyani qo’shimcha sinovlardan so’ng takomillashtirib, ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech
55 371
55 371
🎥 Ushbu video butunlay neyrotarmoqlarda yaratilgan. Barchasi, ovozlar va musiqa ham. Sifati kinolarnikiga yaqinlashib qoldi, eng muhimi, istagan odam shunday videolar yarata oladi.
Videoni yasash uchun quyidagi neyrotarmoqlardan foydalanilgan:
Kadrlar — LeonardoAI
Animatsiya — Runway
Ovozlar — ElevenLabs
Musiqa va effektlar — EpidemicSound
📟 DigiTech
55 371
⚡️Har kim endi sun’iy intellekt asosida ishlovchi ilovalarni yarata oladi. Internetda Amazon kompaniyasining yangi PartyRock konstruktori mashhur bo’lib bormoqda. Istagan odam uning yordamida hech qanday kodsiz turli xil SI dasturlarini yaratishi mumkin!
Unda shaxsiy chatbotdan tortib, tasvir generatorigacha SI ilovalarini yarata olasiz. Sodda va tushunarli interfeysga ega, ishning asosiy qismi esa matnli so’rovlar orqali amalga oshiriladi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 371
📺 Xitoyliklar 4K Android televizorga aylanadigan stolni yasashdi.
Stol ustida 43 dyuymli sensorli ekran mavjud: unda istalgan ilovalarni ishga tushirishingiz, burish orqali esa filmlarni tomosha qilishingiz va konsollarda o’ynashingiz mumkin. HDMI va bir nechta USB, gadjetlar uchun simsiz zaryadlash tizimi, shuningdek, 8+128 GB xotira mavjud.
Kickstarter'da oldindan buyurtma narxi — 799 dollar.
📟 DigiTech
