ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 369 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 480,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 370

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 369 名订阅者。

根据 25 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 955,过去 24 小时变化为 -312,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.94%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.01% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 9 654 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 132

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 26 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 369
订阅者
-31224 小时
+2 0507
+95530
帖子存档
+2
⚡️Huawei buklanadigan Pura X Max smartfonini chiqardi — kutilmaganda u iPhone Fold'ning tarmoqlarda tarqalgan konseptlarining to’liq nusxasi bo‘lib chiqdi. Bu kitobcha formatidagi birinchi qurilma. Apple shu bilan ajralib turmoqchi edi, lekin ulardan o‘zib ketishdi. 📟 DigiTech

⚡️Apple 15 yildan beri ilk bor kompaniya rahbarini o‘zgartirmoqda: 1-sentyabr kuni Tim Kuk bosh direktorlik lavozimini 50 yos
⚡️Apple 15 yildan beri ilk bor kompaniya rahbarini o‘zgartirmoqda: 1-sentyabr kuni Tim Kuk bosh direktorlik lavozimini 50 yoshli Jon Ternusga topshiradi. Ternus Apple'ga 2001-yilda muhandis bo‘lib ishga kirgan va hozirgacha kompaniyada qurilmalar bilan shug‘ullanadi, biroq endi yo‘nalish rahbari sifatida. Yana bir qiziq fakt: Jon Ternus hozir Tim Kuk Stiv Jobsdan so‘ng Apple rahbari bo‘lgan yoshda, ya’ni 50 yoshda. 📟 DigiTech

⚡️Hindlar sun’iy intellekt o‘rniga javob beradigan haqiqiy odamlarni yo‘llay boshlashdi. Humwork startapi jonli mutaxassislarni ishga olishini e’lon qildi: sun’iy intellekt muammoga duch kelganda, yozishmalar kontekstini tushunadigan va vaziyatga yechim topishda yordam beradigan odamlar chatni davom ettirishadi. 📟 DigiTech

📱Bu koinotda iPhone yordamida suratga olingan tarixdagi ilk video. «Artemis II» ekipaji Yerning Oy ortiga berkinishini tasvirga tushirdi — buning uchun iPhone 17 Pro Max va 8 karra kattalashtirish funksiyasidan foydalanildi. 📟 DigiTech

⚡️1 trln dollarlik kompaniya haligacha 90-yillardagi sayti bilan ishlamoqda — hamma neyron tarmoqlarni integratsiya qilayotga
⚡️1 trln dollarlik kompaniya haligacha 90-yillardagi sayti bilan ishlamoqda — hamma neyron tarmoqlarni integratsiya qilayotgan bir paytda, Berkshire Hathaway saytida hatto tugmalar ham yo‘q. Bu dunyodagi eng yirik xoldinglardan biri: sug‘urta, banklar, temir yo‘llar, Coca-Cola, Apple — barchasining aksiyalari Uorren Baffett boshqaruvi ostida. 📟 DigiTech

+1
⚡️Toshkent'da joylashgan mahalliy Kraken Express o’yin studiyasi chiqargan Windrose o’yini Steam'ni egallab oldi. Hozirda o‘yinni bir vaqtda onlayn 183 mingga yaqin odam o’ynamoqda. Bu — Sea of Thieves, Assassin’s Creed IV: Black Flag va Skull and Bones o‘yinlarining umumiy natijasidan ham ko‘proqdir. Atigi 5 kun ichida studiya kamida 30 million dollar ishlab topdi, o’yin 84% ijobiy sharhlarga ega. Jahonning top o’yin studiyalari qilolmagan ishni qilishibdi, qoyil. 📟 DigiTech

+1
🤖 Honor kompaniyasining roboti yarim marafonni (21 km) 50 daqiqa 26 soniyada yugurib o‘tib, odamlarning jahon rekordini yangiladi. U ugandalik atlet Jeykob Kilimoning natijasidan olti daqiqaga o‘zib ketdi. Pekinda bo‘lib o‘tgan marafonda 12 000 kishi va o‘tgan yilgiga qaraganda ancha takomillashgan 300 dan ortiq robot ishtirok etdi. 2025-yilda gumanoidlar ko‘rsatgan eng yaxshi natija 2 soat 40 daqiqa edi. 📟 DigiTech

📱Honor yuk mashinaga iPhone 17 Pro nusxasi reklamasini yopishtirib, uni Gonkongdagi Apple Store do‘koni yoniga olib kelib qo
+1
📱Honor yuk mashinaga iPhone 17 Pro nusxasi reklamasini yopishtirib, uni Gonkongdagi Apple Store do‘koni yoniga olib kelib qo’ydi. Ushbu bannerda Honor 600 Pro smartfoni Apple flagmanining «arzon versiyasi» sifatida reklama qilinmoqda. 📟 DigiTech

🚘 1400 ot kuchi va 2,96 soniyada 100 km/soatgacha tezlanish — Xitoyda Zeekr 8X top gibridi namoyish etildi. Texnik xususiyat
+3
🚘 1400 ot kuchi va 2,96 soniyada 100 km/soatgacha tezlanish — Xitoyda Zeekr 8X top gibridi namoyish etildi. Texnik xususiyatlari bo‘yicha u katta modeli Zeekr 9X dan qolishmaydi, lekin 139 mm ga qisqaroq va bazaviy komplektatsiyasida ikki qator o‘rindiqlarga ega. Salondagi ko’plab xususiyatlar ham o’z joyida: ottoman-o'rindiqlar, ixcham muzlatgich va orqa o’rindiqlar uchun maxsus monitor. Xitoyda narxi 49 000 dollardan boshlanadi, Zeekr 9X narxi esa 68 000 dollardan. 📟 DigiTech

🧠 Bir startap «fikrlarni o‘qiy oladigan» qalpoqlarni ishlab chiqarishga va’da bermoqda — ular yordamida smartfon va kompyute
+1
🧠 Bir startap «fikrlarni o‘qiy oladigan» qalpoqlarni ishlab chiqarishga va’da bermoqda — ular yordamida smartfon va kompyuterlarda matn terish mumkin bo‘ladi. Ushbu qurilma EEG (elektroensefalogramma) tamoyili asosida ishlashi va sun’iy intellekt yordamida miya signallarini aniqlash uchun «yuz minglab sensorlar» bilan jihozlangani aytilmoqda. Biroq, matn terish tezligi hozircha daqiqasiga atigi 30 ta so‘zni tashkil etadi, kelajakda bu ko‘rsatkichni oshirish rejalashtirilgan. Hozircha narxi ma’lum emas, sotuvlar esa yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Myseum kompaniyasi o‘z nomiga «AI» so‘zini qo‘shgach, aksiyalari keskin 270 foizga ko‘tarildi. Bungacha kompaniya o‘zining
⚡️Myseum kompaniyasi o‘z nomiga «AI» so‘zini qo‘shgach, aksiyalari keskin 270 foizga ko‘tarildi. Bungacha kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratish bilan shug‘ullangan. Yangi nom ostida u foto va videolar bilan ishlashga mo‘ljallangan sun’iy intellekt agentlarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. O’tgan kuni xuddi shunday voqea eko-krossovkalar ishlab chiqaruvchi Allbirds brendi bilan ham sodir bo‘lgandi. U ham sun’iy intellekt kompaniyasiga aylandi va aksiyalari narxi 910 foizga oshdi. Aftidan, kompaniyalar uchun muvaffaqiyat formulasi topildi :) 📟 DigiTech

⚡️YouTube’da endi Shorts’ni o‘chirib qo‘yish mumkin (deyarli). Kuzda YouTube foydalanuvchilarga Shorts ko‘rish uchun kuniga 1
⚡️YouTube’da endi Shorts’ni o‘chirib qo‘yish mumkin (deyarli). Kuzda YouTube foydalanuvchilarga Shorts ko‘rish uchun kuniga 15 daqiqadan 2 soatgacha cheklov o‘rnatishga ruxsat bergandi. Endi esa qisqa vertikal videolardan butunlay voz kechish uchun cheklovni 0 daqiqa qilib belgilash mumkin bo‘ladi. Biroq Shorts lentadan hech qayerga yo‘qolmaydi. Yangilanish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, shu sababli yangi funksiya hozircha hammada mavjud bo‘lmasligi mumkin. 📟 DigiTech

Oʻzbekiston banklari va fintex sohasi uchun IT-infratuzilma Servercore kompaniyasi Central Asian Fintech Association bilan ha
Oʻzbekiston banklari va fintex sohasi uchun IT-infratuzilma Servercore kompaniyasi Central Asian Fintech Association bilan hamkorlikda IT-direktorlarni, texnik mutaxassislarni va biznes rahbarlarini yopiq formatdagi «IT-palov» biznes-kechki ovqatiga taklif etadi. Ekspertlar axborot xavfsizligining dolzarb masalalari va bulutda xavfsiz infratuzilma qurish yoʻllarini muhokama qiladilar. ➡️ Havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://srv.cr/hdfhp Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qilishlari mumkin: ▪️ Servercore bulutida Fintech-kompaniyalar uchun xavfsiz infratuzilma yaratish ▪️ Bulutga koʻchish va miqyosni kengaytirishning amaliy tajribasi (Air Samarkand keysi misolida) ▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlarning imkoniyatlari Rasmiy qismdan soʻng — IT-palov Networking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda norasmiy muloqot, bozordagi hamkasblar bilan tajriba almashish va mazali kechki ovqat. ⚠️ Oldindan roʻyxatdan oʻtishni unutmang, joylar soni cheklangan. Ishtirok etish bepul, biroq faqat Servercore menejerlari tomonidan tasdiqlanganidan (moderatsiyadan oʻtganidan) soʻnggina ruxsat etiladi. Reklama

🖼️ Fransiyalik dasturchi lotereyada Pablo Pikassoning million yevrolik asarini yutib oldi. U chiptani 100 yevroga xarid qilg
🖼️ Fransiyalik dasturchi lotereyada Pablo Pikassoning million yevrolik asarini yutib oldi. U chiptani 100 yevroga xarid qilgandi. Omadli g‘olibga rassomning 1941-yilda chizgan «Ayol boshi» asari nasib etdi. G‘olib bilan bog‘lanib, yutuq haqida xabar berishganida, u buni hazil deb o‘yladi. Pikasso fondi 13 yil ichida uchinchi bor lotereya o‘tkazdi. Chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘ (bu yil 12 million yevro) xayriya ishlariga yo‘naltiriladi. 📟 DigiTech

⚡️Insayderlarning xabar berishicha, Apple A19 Pro chipi va 12 GB tezkor xotiraga ega hamyonbop Mac Neo'ni ishlab chiqaradi. G
⚡️Insayderlarning xabar berishicha, Apple A19 Pro chipi va 12 GB tezkor xotiraga ega hamyonbop Mac Neo'ni ishlab chiqaradi. Gap endi noutbuklar haqida emas, balki statsionar kompyuter to‘g‘risida ketmoqda — Neo Mac Mini'ning arzon muqobili bo‘lib, Apple TV uslubidagi rang-barang plastik korpuslarda va g‘ayrioddiy past narxda — 299 dollar bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Krossovkalar ishlab chiqaruvchisi Allbirds kutilmaganda sun’iy intellekt kompaniyasiga aylanishga qaror qildi. Bir necha so
⚡️Krossovkalar ishlab chiqaruvchisi Allbirds kutilmaganda sun’iy intellekt kompaniyasiga aylanishga qaror qildi. Bir necha soat ichida uning aksiyalari narxi qariyb 700 foizga uchib ketdi. Allbirds 5 yil avval yungli krossovkalari bilan poyabzal bozorini zabt etgandi. O‘shanda brend 4 mlrd dollarga baholangan. Biroq 2026-yilga kelib raqobat va inqiroz tufayli uning qiymati 40 mln dollargacha tushib ketdi. Kecha esa Allbirds rebrending haqida e’lon qildi — endi u NewBird AI deb nomlanadi. Ular qo'shimcha 50 mln dollar sarmoya jalb qilib, kuchli GPU (videokartalar) tarmog'ini sotib olish va ularni AI-dasturchilarga ijaraga berishni (GPU-as-a-Service) maqsad qilgan. Sun’iy intellektlar mashhurligi davrida vaziyatdan foydalanib qolishyapti :) 📟 DigiTech

Sizni 23-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Yandex Uzbekistan Dev Meetup’da kutib qolamiz ➡️ Dasturchilarni Yandex Uzbekistan’ning yangi IT-ofisiga oflayn uchrashuvga taklif etamiz. Mahsulotlar qanday yaratilishi, ular ortida qanday yechimlar turishi va sanoatda qanday o‘sish mumkinligini muhokama qilamiz. Tadbir ingliz tilida o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o‘ting! Dasturda:
➡️ Kostya Dovnar sekin tarmoqlarda Yandex Pro ishini qanday o‘rganganlari va hamma narsa tezroq va barqarorroq ishlashi uchun qanday yechimlarni joriy etganlari haqida so‘zlab beradi. ➡️ Lesha Tolstikov qiziquvchanlikni qanday saqlab qolish, avtomatlashtirishda adashib qolmaslik va nima uchun altruizm ham ta’lim, ham o‘qitishning muhim qismiga aylanib borayotgani haqida so‘zlab beradi. ➡️ Live Coding — ishtirokchilar haqiqiy vazifani tahlil qiladilar, modelni ishga tushiradilar va birgalikda u kapot ostida nima qilayotganini tushunib oladilar. ➡️ O‘z rezyumengizni qanday yaxshilash va tajribangizni xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish uchun qanday taqdim etishni muhokama qilamiz. Yandex’da dasturchi lavozimi uchun suhbat qanday o‘tishini, har bir bosqichda nimalarni kutish mumkinligini tahlil qilamiz va undan muvaffaqiyatli o‘tishga yordam beradigan amaliy maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz.
@yandexuzdev | Yandex Uzbekistan

⚡️San-Fransisko'da to‘liq sun’iy intellekt boshqaradigan do‘kon ochildi. Neyrotarmoq startap uchun 100 000 dollar oldi va o‘z
+3
⚡️San-Fransisko'da to‘liq sun’iy intellekt boshqaradigan do‘kon ochildi. Neyrotarmoq startap uchun 100 000 dollar oldi va o‘zi mahsulot sotib oladi, narxlarni belgilaydi va xodimlarni tanlaydi. Birinchi kunlardanoq Claude Sonnet modeli talabalarni ishga olishdan voz kechdi, ish joyida telefonlardan foydalanishni taqiqladi va o‘zi kassir bo‘lib oldi (u bilan terminaldagi telefon orqali suhbatlashish mumkin). Odamlarga esa faqat tozalash va mahsulotlarni joylashtirish vazifasini topshirdi. Do‘kon ijarasi uch yil oldindan to‘lab qo‘yilgan. Mualliflar ish natijalari haqida keyinroq batafsil aytib berishga va’da qilishmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Qimmat va hashamatli: Rolls Royce narxi 9,5 million dollardan boshlanadigan Nightingale elektr kabrioletini namoyish etdi.
+4
🚘 Qimmat va hashamatli: Rolls Royce narxi 9,5 million dollardan boshlanadigan Nightingale elektr kabrioletini namoyish etdi. Mashina dizayni XX asr boshlaridagi art-deko uslubidan ilhomlangan. Salon charm va qora yog‘och bilan bezatilgan bo‘lib, yulduzlarni 10 500 ta diodlar yordamida proyektsiyasi mavjud, yig‘iladigan tomi esa kashmirdan ishlangan. Jami 100 dona nusxada yig‘iladi — ularning hammasi sotilib bo‘lingan. 📟 DigiTech

👨‍💻 Reddit foydalanuvchisi o‘zi uchun «boshsiz» MacBook yasab oldi: u ekransiz statsionar kompyuter kabi ishlaydi. Yigit ta
+1
👨‍💻 Reddit foydalanuvchisi o‘zi uchun «boshsiz» MacBook yasab oldi: u ekransiz statsionar kompyuter kabi ishlaydi. Yigit tasodifan displeyni shikastlab qo‘ygan va uni ta’mirlatish uchun 300 dollar to‘lashni istamagan. Endi u shunchaki tashqi monitordan foydalanmoqda. Qolaversa, qurilma endi sumkada deyarli ikki baravar kam joy egallaydi :) 📟 DigiTech