ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 071 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 543,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 415

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 071 名订阅者。

根据 01 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 961,过去 24 小时变化为 -208,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 184 次浏览,首日通常累积 9 342 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 127

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 02 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 071
订阅者
-20824 小时
-1 7197
-2 96130
帖子存档
⚡️ChatGPT SI agenti Claudflare'ning «Men robot emasman» testidan hech qanday muammosiz o’ta oldi. Agent mustaqil alohida inte
⚡️ChatGPT SI agenti Claudflare'ning «Men robot emasman» testidan hech qanday muammosiz o’ta oldi. Agent mustaqil alohida interfeysda ishlaydi. U avtonom ravishda captcha'dan o’tdi va «u bot emasligini isbotladi». 📟 DigiTech

⚡️Microsoft Edge SI brauzeriga aylantirildi — endi unda o’rnatilgan agent va Copilot Mode funksiyasi mavjud. Bot barcha ochiq yorliqlarni tahlil qilishi, videolarni qisqacha mazmunini so’zlab berishi va qidiruv tizimi sifatida ishlashi mumkin. Tez orada esa ovozli boshqaruv, botni onlayn xaridlar uchun yuborish va butun brauzer tarixini tahlil qilish imkoniyati qo’shiladi. Funksiyalarni havola bo’yicha bepul yoqish mumkin. Hozirda faqat Windows va macOS tizimlari uchun mavjud. 📟 DigiTech

👨‍💻 Sizib chiqqan ma'lumotlar bazalari sotiladigan xakerlar forumi tasodifan 109 000 o’z foydalanuvchilarining (ha, xakerla
👨‍💻 Sizib chiqqan ma'lumotlar bazalari sotiladigan xakerlar forumi tasodifan 109 000 o’z foydalanuvchilarining (ha, xakerlarning) IP-manzillarini oshkor qilib qo’ydi. Ma’lumotlar bazasi real vaqt rejimida yangilanib borgan, ular shunchaki bazaga parol o’rnatishni unutishgan. Ochiq ma'lumotlar bazasida IP-manzillar va forum foydalanuvchilarining tizimga kirgan aniq vaqt belgilarini saqlaydigan 22 milliondan ortiq yozuvlar mavjud bo’lgan :) Friendly fire 😁 📟 DigiTech

🤖 Haier barcha uy yumushlarini bajaradigan uy beka robotni namoyish etdi. HIVA Haiwa roboti changyutkichni ishlatishi, polla
+2
🤖 Haier barcha uy yumushlarini bajaradigan uy beka robotni namoyish etdi. HIVA Haiwa roboti changyutkichni ishlatishi, pollarni yuvishi, kiyimlarni dazmollashi va taxlashi, shuningdek, ovqat pishirishi mumkin. Uning balandligi 165 sm, lekin ikki metr balandlikdagi narsalarni ololadi. 📟 DigiTech

💿 Xitoylik olimlar 360 TERABAYT sig’imga ega disklar yaratishni o’rganishdi — bunday oltita diskga Steam'dagi barcha o’yinla
💿 Xitoylik olimlar 360 TERABAYT sig’imga ega disklar yaratishni o’rganishdi — bunday oltita diskga Steam'dagi barcha o’yinlarni yozib olish mumkin. Buning uchun ular «ko’p o’lchovli shishali saqlash» texnologiyasidan foydalanishdi — lazer ma'lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri kvarts diski ichiga yozadi va ular saqlanadigan nano muhitni yaratadi. Bu har qanday ma'lumotni saqlashning arzon va uzoq muddatli usulidir. Lekin bir muammo bor, kompyuterlar hozircha bunday sig'imli diskni o’qiy olmaydi. Ommaviy ishlab chiqarishni shu yil oxirigacha boshlash rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

☄️ «O’zga sayyoraliklar yo’lda» — O‘lchami Manxettendek bo’lgan ulkan obyekt Yer tomon uchib kelmoqda. Olimlar Yer tomon uchi
☄️ «O’zga sayyoraliklar yo’lda» — O‘lchami Manxettendek bo’lgan ulkan obyekt Yer tomon uchib kelmoqda. Olimlar Yer tomon uchib kelayotgan 24 km uzunlikdagi sirli obyektni payqashdi, u noyabr oyida yetib kelishi kutilmoqda. Bir qarashdan u oddiy asteroidga o’xshaydi. Ammo ba'zi tadqiqotchilarning fikricha, bu niqoblangan o’zga sayyoraliklar kemasi bo’lishi mumkin. Obyekt o'zini g’alati tutmoqda: u trayektoriyasini o’zgartiryapti, juda «ideal» ko’rinadi va fizika qonunlariga mos kelmaydigan tarzda harakatlanayotganga o’xshaydi. Ba'zi olimlar uni boshqa sivilizatsiyadan potensial «mehmon» deb atashmoqda. 📟 DigiTech

🏬 Bangkokda Minecraft uslubida kichik shahar quriladi — arxitektorlar Hatai loyihasini namoyish etishdi. Loyiha Tailand'ning
+3
🏬 Bangkokda Minecraft uslubida kichik shahar quriladi — arxitektorlar Hatai loyihasini namoyish etishdi. Loyiha Tailand'ning milliy chiroqlaridan ilhomlanilgan bo’lsa-da, ko’proq minecraft'ni eslatadi, binolar ham minecraft'dagi kabi kublardan yig’iladi. Hududda uylar, mehmonxonalar va barcha uchun yashil ochiq infratuzilma bo’ladi. Ochilish 2028-yilga mo’ljallangan. 📟 DigiTech

👨‍💻 San-Fransiskolik dasturchi qamoqda o’tirib ochiq manbali loyihaga yozgan kodi uchun katta kompaniyadan ish taklifini ol
👨‍💻 San-Fransiskolik dasturchi qamoqda o’tirib ochiq manbali loyihaga yozgan kodi uchun katta kompaniyadan ish taklifini oldi. Preston Torp 11 yildan beri qamoqda. U universitetni masofadan turib tamomlagan va oxirgi uch yil davomida dasturlash bilan shug’ullanmoqda. Uning hatto Linkedin'dagi surati ham qamoq ichida olingan. Yigit kuniga 15 soatdan ishlaydi va boshqa mahbuslarga dars beradi. Ish beruvchi uning ahvolidan xabardor, lekin uning GitHub profilini ko’rishganidan so’ng unga imkoniyat berishga qaror qilishdi. 📟 DigiTech

🛰️ Hatto kosmosda ham joy qolmayapti: SpaceX AQSh rasmiylariga Starlink sun’iy yo’ldoshlariga raqobatchi kompaniya ustidan s
🛰️ Hatto kosmosda ham joy qolmayapti: SpaceX AQSh rasmiylariga Starlink sun’iy yo’ldoshlariga raqobatchi kompaniya ustidan shikoyat qilib, «asossiz to’qnashuv xavfi» tufayli ularning uchirilishini taqiqlashga urindi. Kaliforniyada joylashgan AST SpaceMobile kompaniyasi past Yer orbitasiga bor-yo’g’i 250 ta BlueBird sun’iy yo’ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda (solishtirish uchun SpaceX’da 7800 ta sun’iy yo’ldosh mavjud), lekin ularning har biri Starlink'dan 10-20 marta kattaroq va 5-6 marta og’irroq. Sun’iy yo’ldosh interneti yo’nalishidagi raqobatchidan qutilish uchun SpaceX NASA'ni koinotdagi to’qnashuvlar xavfini va odamlarga tahdidlarni qayta baholashga va AST'ning koinotdagi faoliyatini taqiqlashga chaqirdi. 📟 DigiTech

⚡️Dizaynerlar uchun birinchi maxsus SI agent Lovart chiqdi — u har qanday murakkablikdagi maketlarni yaratadi va ular bilan Figmadagi kabi ishlash imkonini beradi. Agent bir necha daqiqada illyustratsiyalar, veb-saytlar, kiyim-kechak dizaynlari, kreativ reklama bannerlari va hokazolarni generatsiya qilib beradi. Reklama videolarini yaratish uchun o’rnatilgan video generatori ham mavjud. Bepul tokenlar taxminan 10 ta loyiha uchun yetadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🕰️ Olimlar «qarish soati»ni yaratishdi: endi miyani atigi bitta MRT'si yordamida qancha umr qolganini taxminan aniqlash mumk
🕰️ Olimlar «qarish soati»ni yaratishdi: endi miyani atigi bitta MRT'si yordamida qancha umr qolganini taxminan aniqlash mumkin. Buning uchun miya tasviri DunedinPACNI modeliga yuklanadi, u qarish tezligini 315 mezon asosida baholaydi va yoshga bog’liq kasalliklarni yaqin yillarda rivojlanish ehtimolini aniqlaydi. Ya’ni yurak xuruji yoki demensiyani ularning alomatlari paydo bo’lishidan oldin aniqlash mumkin bo’ladi. Bu esa kasalliklarni inson salomatligiga xavf tug’dirmasidan oldini olish imkonini beradi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Toni Stark texnologiyalari asta-sekin reallashtirilmoqda: Meta imo-ishoralar bilan kompyuterni boshqarish mumkin bo’lgan bilaguzukni ko’rsatdi. Uning yordamida kursorni siljitishingiz, ilovalarni ochishingiz va hatto sichqonchani ishlatmasdan qo’lda xabar yozishingiz mumkin. Gadjet mushaklarning elektr faolligini kuzatib boradi va eng kichik signallarni ham buyruqlarga aylantiradi. Natijada, u deyarli kechikishlarsiz ishlaydi, chunki qurilma odamning harakatlarini oldindan «his qiladi». 📟 DigiTech

📡 Xitoyda 6G tarmog’i sinovdan o’tkazildi — texnologiya 50 gigabaytlik faylni 1,4 soniyada uzatadi, bu hozirgi 5G'ning maksi
📡 Xitoyda 6G tarmog’i sinovdan o’tkazildi — texnologiya 50 gigabaytlik faylni 1,4 soniyada uzatadi, bu hozirgi 5G'ning maksimal nazariy tezligidan 14 baravar yuqoriroq. Shahardagi 10 ta real obyektda amalga oshirilgan sinov ishga tushirish ishlari doirasida China Mobile mutaxassislari 280 Gbit/s ma'lumotlarni uzatish tezligiga erishdilar. Sinovning keyingi bosqichi — tarmoqning umumiy barqarorligini ta'minlash. China Mobile kompaniyasining 6G tarmoq loyihasiga kiritgan sarmoyasi allaqachon 5,4 milliard dollardan oshdi. 5G tarmoqlari bo’yicha kompaniya hozirda dunyodagi eng katta qamrovga ega: 2,4 milliondan ortiq stansiyalar Xitoy ma'muriy hududlarining 93 foizini qamrab olgan. 📟 DigiTech

⚡️Meta bitta sun’iy intellekt muhandisini ishga olish uchun 1,25 MILLIARD dollar taklif qildi, lekin baribir rad javobini old
⚡️Meta bitta sun’iy intellekt muhandisini ishga olish uchun 1,25 MILLIARD dollar taklif qildi, lekin baribir rad javobini oldi. Mark Sukerberg shaxsan Abel startapining SI mutaxassisini o’z kompaniyasiga o’tkazishga urindi: u 4 yil davomida 1,25 milliard dollar, ya'ni yiliga 312 million dollar maoshni taklif qildi. Bu hozirda sun’iy intellekt sohasidagi eng katta taklif hisoblanadi. Ajablanarlisi shundaki, mutaxassis taklifni rad etdi. Ma'lumotni Abel asoschisining o’zi tasdiqladi. Uning aytishicha, jamoa kuchli madaniyatga ega va ularning qadriyatlari har qanday mablag’dan muhimroq turadi. 📟 DigiTech

Yandex bilan dasturlash olamiga qadam qo‘y! Yandex Uzbekistan 14–17 yoshli maktab o‘quvchilari uchun bepul onlayn kursni ishg
Yandex bilan dasturlash olamiga qadam qo‘y! Yandex Uzbekistan 14–17 yoshli maktab o‘quvchilari uchun bepul onlayn kursni ishga tushirdi. Bu — Python'ni noldan boshlab o‘rganish va turtle moduli yordamida kodni grafikaga aylantirishni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat! Onlayn kursda: ✔️1–1,5 soatlik 8 ta modul ✔️Avtomatik tekshiruv va darhol natijalar ✔️O‘quvni yakunlaganlar uchun sertifikat Bonus: 120 nafar eng faol o‘quvchi tanlovsiz Yandex dasturlash maktabiga qabul qilinadi. U yerda – chuqurlashtirilgan Python va jamoaviy loyihalar! 🗓Ro‘yxatdan o‘tish — 15 avgustgacha 🔥 Kurs to‘liq onlayn va bepul 👉 Startni bu yerdan boshla: https://codingschool.yandex.uz/startcoding

🎥 Neyron tarmoq har qanday videoni real vaqt rejimida tarjima qilib, subtitr qilib beradi. — 100 dan ortiq tillarni qo’llab-quvvatlaydi; — Ikkitalik subtitrlarni yaratishingiz mumkin: bir vaqtda asl, ham tarjimasini; — «So‘z qidirish» funksiyasidan foydalanib, notanish iboralarni oson o’rganish mumkin; — Har qanday video bilan ishlaydi, shunchaki havolani kiriting; — Asosiysi bularning barchasidan bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️245 TB sig'imli SSD chiqarildi — «Kioxia LC9»ga 12 mingdan ortiq 4K sifatdagi filmlarni yoki so’nggi 20 yildagi barcha mash
⚡️245 TB sig'imli SSD chiqarildi — «Kioxia LC9»ga 12 mingdan ortiq 4K sifatdagi filmlarni yoki so’nggi 20 yildagi barcha mashhur video o’yinlarni yozib olish mumkin. 245 TB versiyasi serverlar uchun yaratilgan. Standart 2,5 dyuymli korpusda faqat 128 TB SSD bo’ladi, ammo shaxsiy kompyuterlar uchun bu ham rekord hajmdir. Eng yaxshi LC9 SSD narxi 25 000 dollar bo’lishi taxmin qilinmoqda. Sotuvlar boshlanish sanasi hali noma’lum. 📟 DigiTech

Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin.
+2
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.     Siz- chi ? Yapon tili va IT ni o'rganib 🇯🇵 Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊     👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Qabul davom etmoqda ! Kirish imtihonlari matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan bo'lib o'tadi. 📞 71-200-05-95 Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site Reklama

🧮 Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) insonlar sun’iy intellektni mag’lub etishdi. Neyron tarmoqlar faqat «oltin medal» u
🧮 Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) insonlar sun’iy intellektni mag’lub etishdi. Neyron tarmoqlar faqat «oltin medal» uchun minimal chegaradan o’tishga muvaffaq bo’lishdi. Google va OpenAI'ning top modellari vazifalarning faqat 5/6 qismini bajara olishdi. Besh nafar talabalar esa 42 ball (maksimal) to’plashdi. Ularning barchasi 20 yoshdan kichik. IMO'dagi masalalarni istagan odam veb-saytda ishlab ko’rishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI ilk bor ChatGPT'dan foydalanish ko’rsatkichlarini rasman e'lon qildi: kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, chatbotga har
⚡️OpenAI ilk bor ChatGPT'dan foydalanish ko’rsatkichlarini rasman e'lon qildi: kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, chatbotga har kuni 2,5 milliarddan ortiq so’rovlar keladi. Auditoriyaning o’sish statistikasi: 2024-yil dekabr oyida haftalik foydalanuvchilar soni 300 million bo’lgan bo’lsa, 2025-yil martida bu ko’rsatgich 500 milliondan oshgan. ChatGPT so’rovlar hajmi bo’yicha hamon Google'dan orqada bo’lsa-da (yiliga taxminan 5 trillion qidiruv so’rovlari), ekspertlarning ta'kidlashlaricha, OpenAI'ning o‘sish tezligi qidiruv gigantining hukmronligiga jiddiy xavf tug’diradi.
Reuters nashri xabar berishicha, kompaniya sun'iy intellekt asosida ishlaydigan o’zining veb-brauzerini ishga tushirishga tayyorlanmoqda, bu nafaqat Google Search, balki Google Chrome uchun ham muammo tug’dirishi mumkin.
📟 DigiTech