ar
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

الذهاب إلى القناة على Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام AI | DigiTech

تُعد قناة AI | DigiTech (@digitechai) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 54 488 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 410 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 1 358 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 54 488 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 11 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 1 879، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -753، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 23.89‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 17.89‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 13 059 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 777 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 117.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 12 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

54 488
المشتركون
-75324 ساعات
+3 0767 أيام
+1 87930 أيام
أرشيف المشاركات
⚡️Fandagi inqilob: SI fizikaning yangi qonunlarini aniqladi. Model ilgari o’rganish uchun zarur texnologiyalar bo’lmagan hodi
⚡️Fandagi inqilob: SI fizikaning yangi qonunlarini aniqladi. Model ilgari o’rganish uchun zarur texnologiyalar bo’lmagan hodisalarni tushuntira oldi. Neyron tarmoq eksperimental ma'lumotlar va fizikaning asosiy tamoyillari yordamida o’qitilgan. Misol uchun, sun’iy intellekt birinchi marta chang plazmasining mexanikasini tushuntira oldi — bu zaryadlangan chang zarralari bo’lgan issiq gazdir. Model simulyatsiyalarining aniqligi 99% dan oshdi. Insonlar tadqiqotlari farazlardagi xatolar tufayli bunday natijalarga erisha olmagan. 📟 DigiTech

🌳 O’rmonda bor-yo’g'i 15 daqiqa sayr qilish depressiyadan qutqaradi. Olimlar ochiq tabiatda sayr qilish psixikani hatto spor
🌳 O’rmonda bor-yo’g'i 15 daqiqa sayr qilish depressiyadan qutqaradi. Olimlar ochiq tabiatda sayr qilish psixikani hatto sport bilan shug’ullanishdan ham yaxshiroq tiklashini aniqlashdi. Har qanday yashil maydonlar, hatto shahardagi bog’lar, kichik adirlar va xiyobonlar ham mos keladi. 78 ta tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, tabiatda 45 daqiqadan ko’proq vaqt bo’lish hatto unumdorlik va energiyani bir necha marta oshiradi. 📟 DigiTech

🎮 Google real vaqt rejimida butun o’yin dunyosini generatsiya qila oladigan Genie 3 SI modelini namoyish etdi. Joylar, qahramonlar va manzaralar oddiy matnli so’rovlar yordamida sozlanadi, videolar esa 720p sifatda generatsiya qilinadi. Hozircha texnologiya dasturchilarning kichik guruhi bilan sinovdan o’tkazilmoqda, bundan so’ng uni yaxshilash rejalashtirilgan, sababi hozirda jiddiy bir kamchilik bor — neyro-o’yinlarda qahramonni faqat bir necha daqiqa boshqarish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Yaponiyada apokalipsisda ham ishlaydigan kolonkani chiqarishdi — Crankspeaker'ga har qanday sharoitda quvvat olish uchun qo
+3
⚡️Yaponiyada apokalipsisda ham ishlaydigan kolonkani chiqarishdi — Crankspeaker'ga har qanday sharoitda quvvat olish uchun qo’l generatori o’rnatilgan. Qurilmadan kolonka, smartfon uchun quvvatlagich, radio, lampa, soat va chiroq sifatida foydalanish mumkin. Asosiy xususiyati o’rnatilgan generator bo’lib, uni bir daqiqa aylantirish chiroqni yarim soat davomida yoqish uchun yetarli. Narxi — 110 dollar. 📟 DigiTech

🖥️ MSI narxi atigi 84 dollar bo’lgan 240 hz chastotali top monitorni chiqardi. MSI MAG 245F X24 xususiyatlari: — 24 dyuymli,
+1
🖥️ MSI narxi atigi 84 dollar bo’lgan 240 hz chastotali top monitorni chiqardi. MSI MAG 245F X24 xususiyatlari:
— 24 dyuymli, 240 hz chastotali IPS FHD matritsa; — Javob vaqti 0,5 ms; — Adaptive-Sync va HDR'ni qo’llab-quvvatlaydi; — Ekran yorqinligi 300 nit va kontrastligi 1000:1.
Ushbu monitorni allaqachon Xitoyda 599 yuandan sotib olish mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 Mark Sukerberg IT-mutaxassisga milliard dollarlik maoshli ishni taklif qildi, lekin u ham rad javobini berdi. Meta avva
👨‍💻 Mark Sukerberg IT-mutaxassisga milliard dollarlik maoshli ishni taklif qildi, lekin u ham rad javobini berdi. Meta avvalroq Facebook'ni tark etib OpenAI ga o’tgan, keyinchalik esa o’zining Thinking Machines Lab startapiga asos solgan SI mutaxassisi Endryu Tallok'ni o’z jamoasiga qaytarmoqchi bo’ldi. Unga 6 yillik shartnoma uchun milliard dollar taklif qilindi, agar kompaniya aksiyalari o’sib borsa, bu mablag' 1,5 milliard dollargacha oshishi mumkin edi, biroq Endryu taklifni qat'iyan rad etdi.
Bundan sal avvalroq Mark Sukerberg Abel kompaniyasining SI mutaxassisini ishga olish uchun 1.25 milliard dollar maosh taklif qilgandi, lekin o’shanda ham rad javobini olgandi. Top SI mutaxassislar milliard dollarni ham mensimay qolishganmi deyman :)
📟 DigiTech

📱Insayderlar Apple sentyabrdagi taqdimotda ko’rsatishi mumkin bo’lgan qurilmalarning to’liq ro’yxatini tuzishdi. iPhone 17 l
📱Insayderlar Apple sentyabrdagi taqdimotda ko’rsatishi mumkin bo’lgan qurilmalarning to’liq ro’yxatini tuzishdi. iPhone 17 liniyasidan tashqari kompaniya AirPods 3, Apple Watch'ning keyingi avlodi, shuningdek, yangi Apple TV, AirTag va HomePod'ni namoyish etishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🎥 Videolar uchun fotoshop endi hamma uchun mavjud — Runway obunasi bo’lgan foydalanuvchilarga Aleph video muharririga kirish imkoniyatini ochdi. Bu professional video muharrirning o’rnini bosa oladigan neyron tarmoqdir: u videodagi sahnalarni bir necha soniyada o’zgartirib beradi va har qanday maxsus effektlarni yarata oladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 1000 ta saytlardan video va audiolarni bepul yuklab beruvchi xizmat chiqdi. Sayt kontentni eng mashhur saytlardan turli fo
📲 1000 ta saytlardan video va audiolarni bepul yuklab beruvchi xizmat chiqdi. Sayt kontentni eng mashhur saytlardan turli formatlarda yuklab beradi — undan ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Apple kompaniyasining IT-mutaxassislari birinchi maoshidanoq avtomobil sotib ololishadi — Kupertinolik mutaxassislarning da
⚡️Apple kompaniyasining IT-mutaxassislari birinchi maoshidanoq avtomobil sotib ololishadi — Kupertinolik mutaxassislarning daromadlari ma’lum qilindi, raqamlar hayratlanarli:
• UX/UI dizayner — yiliga 468 000 dollargacha; • Muhandis-dasturchi — 378 000 dollar; • Data Scientist — 322 000 dollar; • Machine Learning bo’yicha mutaxassis — 329 000 dollargacha.
Kompaniyada hozirda eng minimal maosh yiliga 100 000 dollardir, bu yerda bonus va kompensatsiyalar hisoblanmagan. Misol uchun, hozirda Apple'da ishlaydigan SI mutaxassislar bonuslari oylik maoshidan ancha yuqoqiroq. 📟 DigiTech

☀️ Olimlarning aniqlashlaricha, miyamiz issiqlik tufayli tom ma'noda eriydi — butun dunyo bo'ylab odamlar issiqlik tufayli ko
☀️ Olimlarning aniqlashlaricha, miyamiz issiqlik tufayli tom ma'noda eriydi — butun dunyo bo'ylab odamlar issiqlik tufayli kognitiv qobiliyatlari yomonlashib, unumdorligi pasaymoqda va asabiy zombilarga aylanishmoqda.
Asosiy sabab — iqlimning keskin o’zgarishi va o’ta kuchli issiqlik to’lqinlaridir, ularga tanamiz shunchaki moslashishga ulgurmayapti. Miya 26 ° C dan yuqori haroratlarda favqulodda holatga o’tadi: fikrlash sekinlashadi, axborotni qayta ishlash tezligi pasayadi, xotira yomonlashadi — va bu muammolarning faqat bir qismidir. Uyqu bilan ham vaziyat yaxshi emas. Issiqda yomon uyqu endi odatiy holdir: miya termoregulyatsiyaga dosh bera olmaydi, shuning uchun tana chuqur uyqu fazasiga o’ta olmaydi. Bu esa stress va asabiylikni keltirib chiqaradi.
Mutaxassislar ko’chada iloji boricha soyada yurishni, konditsionerni ishlatishni va tanadagi suv balansini nazorat qilishni maslahat berishadi. 📟 DigiTech

⛰️ Xitoyda tog'larni kesib, ular orqali yo’l o’tkazishdi. Murakkab relyef tufayli Guychjou provinsiyasidagi ko’plab tepaliklar atrofida avtomagistral qurish juda noqulay va qiyin edi, shuning uchun muammoni ularning ayrim hududlarini kesish va avtomobil yo’lini Huajiang kanyonidagi dunyodagi eng baland ko’prikka to’g’ridan-to’g’ri ulash orqali hal qilishdi. 📟 DigiTech

🤖 SI agent dunyodagi eng yaxshi xakerga aylandi: Xbow boti «oq» xakerlar uchun eng mashhur platforma bo’lgan HackerOne reyti
🤖 SI agent dunyodagi eng yaxshi xakerga aylandi: Xbow boti «oq» xakerlar uchun eng mashhur platforma bo’lgan HackerOne reytingida birinchi o’rinni egalladi. Xbow SI agenti bir necha oy ichida aniqlangan zaifliklar soni bo’yicha eng tajribali xakerlarni ortda qoldirdi. SI xavfsizlik muammolarini va ularni buzish usullarini odamlarga qaraganda tezroq aniqlaydi. SI oxiri «oq» xakerdan «qora» xakerlikka o’tib ketmasinda ishqilib :( 📟 DigiTech

🏃‍♂️ Yugurishni yoqtiradiganlar uchun ajoyib topilma: INTVL ilovasi sportni hudud uchun kurash va global o’yinga aylantirdi.
+1
🏃‍♂️ Yugurishni yoqtiradiganlar uchun ajoyib topilma: INTVL ilovasi sportni hudud uchun kurash va global o’yinga aylantirdi. Ishlab chiquvchilar Pokemon Go va Paper io'ni birlashtirishdi. Foydalanuvchilar hududlar bo’ylab yugurib, maydonni «qo’lga olishlari» mumkin, har 1 km² umumiy reytingga bir ball olib keladi. Minus tomoni: siz egallagan hududni boshqalar bosib olishi mumkin 😁 Ilova butun dunyoda ishlaydi, hatto O’zbekiston shaharlari ham mavjud. App Store va Google Play'dan yuklab olish mumkin. 📟 DigiTech

🖼️ Krea va Black Forest Labs kompaniyalarining realizmga urg’u berilgan tasvirlar yaratadigan yangi ochiq manbali Flux1 Krea
+4
🖼️ Krea va Black Forest Labs kompaniyalarining realizmga urg’u berilgan tasvirlar yaratadigan yangi ochiq manbali Flux1 Krea Dev modeli chiqdi. U bir necha soniyada tasvirlarni yaratadi. Natijalar aralash: model manzaralarni yaxshi generatsiya qiladi, ammo odamlar va hayvonlarda artefaktlar paydo bo’la boshlaydi. • Sinab ko’rish uchun havola. • Loyiha kodiga havola. 📟 DigiTech

+3
⚡️Telegramda reyting va postlar bo’yicha global qidiruv paydo bo’ldi — messenjer jamoasi ulkan yangilanishni chiqardi. Nimalar qo’shildi:
— Premium foydalanuvchilar uchun postlarni global qidirish: endi birinchi manbalarni topish va soxta postlarni ajratib olish osonroq bo’ladi. Kuniga 10 ta so’rov bepul, undan keyin esa stars to’lashga to’g’ri keladi; — Endi stories'larni albomlarga, sovg’alarni (gift) esa to’plamlarga yig‘ish mumkin; — Profil reytingi paydo bo’ldi: qancha ko’p stars sarflasangiz, reytingda shunchalik yuqorida bo’lasiz. Sovg’alar (gift) sotib olish va pulli xabarlar yuborish reytingni oshiradi; — Telegramning rasmiy marketida Premium obunasi bo’lgan foydalanuvchilar uchun maxsus Premium sovg’alar (gift) chiqadi; — BotFather'da botlarni yana qulayroq boshqarish uchun mini-ilova ishga tushirildi.
Yangilanish Android va iOS qurilmalari uchun allaqachon mavjud. 📟 DigiTech

🚜 Xitoy kelajakda yashamoqda, u yerda dalalarni futuristik robot traktor haydashni boshladi. Honghu T70 SI tomonidan boshqariladi va bir zaryadda (elektr dvigatel) olti soatgacha ishlaydi, har qanday standart uskunaga mos keladi, shuningdek, tuproq va o’simliklarning holatini ham baholay oladi. Traktor allaqachon Xebey provinsiyasida qo’llanilmoqda, yaqin kelajakda esa uni butun mamlakat bo’ylab joriy etish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

📱Apple Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy akkauntida tasodifan yangi Samsung Galaxy Z Flip 7 smartfoni reklamasini joylab yubordi. Xabarni tezda o’chirishdi, ammo post skrinshotlari internet bo’ylab tarqalishga ulgurdi :) 📟 DigiTech

⚡️Microsoft kompaniyasi sun'iy intellekt tahdidi tufayli yo’q bo’lib ketish xavfi yuqori bo’lgan 40 ta kasblar ro’yxatini e’l
+1
⚡️Microsoft kompaniyasi sun'iy intellekt tahdidi tufayli yo’q bo’lib ketish xavfi yuqori bo’lgan 40 ta kasblar ro’yxatini e’lon qildi. Ro’yxatda tarjimonlar, konsyerjlar, tarixchilar, geograflar, video muharrirlar, veb-dasturchilar va hatto modellar mavjud. Ushbu ro’yxat bilan birga shuningdek, Microsoft sunʼiy intellekt davrida eng xavfsiz 40 ta kasblarni ham e’lon qildi, ular orasida hamshiralar, shinalar o’rnatuvchilar, quruvchilar va jarrohlar bor. 📟 DigiTech

🌍 Hayratlanarli hikoya: britaniyalik Karl Bushbi 27 yildan beri dunyoni piyoda aylanib chiqishga urinib kelmoqda. U yaqinda
+3
🌍 Hayratlanarli hikoya: britaniyalik Karl Bushbi 27 yildan beri dunyoni piyoda aylanib chiqishga urinib kelmoqda. U yaqinda TikTok akkauntini ochdi, akkauntda sayohati haqidagi savollarga javob beryapti. Karl o’zining «Goliaf ekspeditsiyasi»ni 1998-yilda Chili janubida boshlagan. Tugatish 2008-yilda rejalashtirilgan edi, ammo vizalar va inqirozlar tufayli barchasi kechiktirildi. U shu paytgacha Bering bo’g’ozidan o'tib, Kaspiy dengizi bo’ylab suzib o’tishga muvaffaq bo’ldi. Shu yilning may oyida Yevropaga yetib keldi. Bosib o’tilishi kerak bo’lgan 58 ming km masofadan atigi 3 ming km yurish qoldi. Tasavvur qiling: birinchi iPhone taqdimoti paytida u shunchaki sovuq tundrada omon qolishga harakat qilgan. 📟 DigiTech