AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 019 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 599,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 456 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 019 名订阅者。
根据 06 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 599,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.95%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 766 次浏览,首日通常累积 9 556 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 117。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 07 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 019
订阅者
-20724 小时
-1 4957 天
-2 59930 天
帖子存档
50 969
«7 kun ichida Markaziy Osiyo bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qilish mumkin: HWG Sababa keysi»
Sizni 11 iyun, Seshanba kuni IT-infratuzilmasini uzluksiz uzatishni va ma‘lumotlarni avtonomli qilishni qanday amalga oshirishni aytib beradigan bepul vebinarga taklif qilamiz.
Tadbirda bir hafta ichida xorijiy ta‘minotchidan @servercorenews bulutiga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan HWG Sababa kompaniyasining keysi ko‘rib chiqiladi.
Bu yerda siz quyidagilarni bilib olasiz:
– Markaziy Osiyoda ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha qanday talablarga rioya qilish kerak?
– Bir provayderdan boshqasiga ko‘chish bosqichlari qanday?
– HWG Sababa Servercore yordamida 7 kun ichida O‘zbekiston bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qildi?
Havola orqali vebinarda ro‘yxatdan o‘ting.
Reklama
50 969
🚴 Nyu-Yorkda joylashgan Clip startapi har qanday velosipedga ulab, uni elektr velosipedga aylantirish imkonini beruvchi kichik motorni ishlab chiqdi.
Qurilmaning ikkita versiyasi bor — ular velosipedni soatiga 10 va 20 kilometrgacha tezlashtiradi. Pedallarni aylantirishni hojati yo’q, bunday motorni tom ma’noda bir daqiqada ulash mumkin.
Qurilma narxi 500 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
50 969
🚀 Starship kosmik kemasi uchib birinchi marta Yerga muvaffaqiyatli qaytdi.
To’rtinchi sinovda SpaceX jamoasi Hind okeanida (lekin platformasiz) raketani qo’ndirishga muvaffaq bo’lishdi — ikkala modul ham endi qayta ishlatilishi mumkin.
Afsuski, qo’nish paytidagi chiroyli kadrlar bo’lmaydi: qaytish paytida raketaning ustki qismlari tushib, kamerani sindirdi.
2026-yilda Starship'dan NASA missiyasida astronavtlarni Oyning janubiy qutbiga qo’ndirish va kelajakda Marsga birinchi kolonistlarni yuborish uchun foydalanish rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
50 969
⛲️ Biznesni qattig’i: Rimdagi mashhur Trevi fontani yoniga o’zlari bilan naqd pul va tanga olib yurmaydiganlar uchun bankomat o’rnatildi — u bank kartasidan pulni yechib oladi va sizni o’rningizga tangani suvga tashlaydi.
Aytgancha, har yili sayyohlar bu fontanga taxminan 1,5 million yevro tashlaydilar. Fontan har kecha tozalanadi va undagi pullar yig’iladi, shundan so’ng barcha pullar kambag’al va uysizlarga yordam beradigan xayriya tashkilotiga o’tkaziladi.
📟 DigiTech
50 969
⚡️2027-yilda AGI — inson kabi fikrlaydigan sun’iy intellekt paydo bo’lishi mumkin.
OpenAI'ning sobiq xodimi fikriga ko’ra, bu nafaqat texnologiya, balki yadroviy quroldan ham muhimroq yirik geosiyosiy boylik bo’ladi. Uning qiymati 1 trillion dollar bo’lishi mumkin. AGI juda tez ASI — superintellekt bo’la oladi.
AGI ishlashi uchun ulkan energiya kerak bo’ladi — butun AQSh'da ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan ham ko’proq! Hozirda ma’lumotlar markazlari megavatt quvvat iste’mol qiladi, biroq AGI paydo bo’lishi bilan bu raqam 10 000 martaga oshadi.
Nvidia, Microsoft, Amazon va Google kabi texnogigantlar AGI uchun mo’ljallangan maʼlumotlar markazlari qurilishiga har chorakda 100 milliard dollar ajratishga tayyor. Bu Manxetten loyihasi (yadroviy qurolni ishlab chiqish dasturi) yoki sanoat inqilobi boshlanishidagi kabi sarmoyadir!
📟 DigiTech
50 969
⚡️ElevenLabs neyrotarmog’i yangilandi — endi u istalgan tovush, musiqa yoki nutqni generatsiya qila oladi.
Shunchaki matnli tavsif yozishingiz kifoya: qushlarning sayrashi, yomg’ir tovushlari yoki yadroviy portlash tovushi — neyron tarmoq muammosiz generatsiya qilib beradi.
Eng asosiysi — ushbu funksiyadan foydalanish mutlaqo bepul!
👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
50 969
🚴 Pekindagi shahar bog’laridan birida «multipleyer» velotrenajyorlar o’rnatildi.
Katta ekranda do’stlar yoki tasodifiy yo’lovchilar bilan raqobatlashish mumkin, eng yaxshi natijalar esa peshqadamlar jadvalida ko’rinadi.
📟 DigiTech
50 969
+2
👓 Sightful kompaniyasi dunyodagi birinchi virtual ekranli noutbukni namoyish etdi.
Asosiy xususiyati — unda odatdagi displey o’rniga simli AR ko’zoynak mavjud. Ko’zoynakga 100 dyuymli virtual ekranni proyektsiya qila oladigan bir juft kichik Full HD OLED ekranlar o’rnatilgan.
Narxi — 2200 dollar atrofida.
📟 DigiTech
50 969
🚜 Tomskda inson aralashuvisiz tunu-kun ishlay oladigan haydovchisiz mini traktor namoyish etildi.
U yerni haydash, urug’larni ekish, shuningdek, o’simliklarni purkash va holatini tahlil qilishni biladi.
Ular 2025-yildayoq ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqdalar: traktor «og’ir jismoniy mehnatni almashtirishi va mexanizatorlar yetishmasligi muammosini hal qilishi» kerak.
📟 DigiTech
50 969
⚡️Telegram yangilandi. Nimalar qo’shildi:
- Heshteglar bo’yicha qidiruv. Kerakli heshteg ustiga bosilsa messenjer shu heshteg qaysi umumiy chatlar va kanallarda bo’lganligini ko’rsatadi.
– Animatsion effektli xabarlar. Suhbatga kirishda suhbatdosh siz tanlagan animatsiyani ko’radi.
– Matnni endi nafaqat pastda, balki rasmning tepasida ham joylashtirish mumkin.
– Kontaktlar menyusi. Bu xabar yuborish, qo’ng’iroq qilish yoki kontaktlarga yangi raqam qo’shish imkonini beradi.
– Iqtiboslarni endi qisqartirish mumkin. Ushbu funksiya xabarni vizual jihatdan kattalashtirmasdan katta iqtibosni bitta xabarga sig’dirish imkonini beradi.
📟 DigiTech
50 969
+1
⚡️Google neyron tarmog’i depressiyadan xalos bo’lish uchun odamlarga ko’prikdan sakrashni maslahat bermoqda — AI Overview yomon maslahatlar qiroliga aylandi.
SI, shuningdek, har kuni tosh yeyishni tavsiya qilgan va qaychi bilan yugurishni yaxshi kardio mashqi deb aytgan.
Neyron tarmoqlar bizni eng ahmoqona usulda yo’q qilishga urinishmoqda :)
📟 DigiTech
50 969
50 969
👓 QIDI startapi displey, kamera va sun’iy intellektga ega bo’lgan ko'zoynakni chiqardi. Qurilma faqat ovoz orqali boshqariladi, qo’llarni ishlatish shart emas.
Qurilma marshrut, tezlik va sog’liq ma’lumotlarini ko’rsatib turadi. Shuningdek, ko’zoynak displeyida do’stingizni joylashuvini ko’rib turishingiz mumkin. Sportchilar uchun ayni muddao!
Narxi 379 dollardan boshlanadi. Kickstarter platformasida sotib olish mumkin.
📟 DigiTech
50 969
🏎️ O’ta tezkor reaksiya!
Formula 2 haydovchisi Isaak Xadjar tunelda to’xtab qolgan va dvigatelida muammo yuzaga kelgan mashinani 200 km/soat tezlikda chetlab o’tdi.
Keskin burilish tufayli u raqibini oxirgi daqiqada ko’rdi va bir necha milisoniyada reaksiya qilishga ulgurdi. Uning so’zlariga ko’ra, nima bo’lganini unga faqat yozuvni ko’rsatishgandagina tushungan.
📟 DigiTech
50 969
Oʼzbekistonda noodatiy smartfonlar taqdimoti boʼlib oʼtdi
27 may kuni Intercontinental mehmonxonasida oʼtkazilgan taqdimotda Tecno kompaniyasining hamyonbop narxdagi Camon 30 va geymerlar uchun Tecno Pova 6 seriyalari namoyish etildi.
Turli yutuqli oʼyinlar bilan oʼtgan tadbirga 30 ga yaqin taniqli blogerlar va koʼplab hamkorlar tashrif buyurdi va ularga smartfonlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Endilikda siz ham respublikaning istalgan hududidan oʼzingizga mos Tecno smartfonini xarid qilishingiz mumkin.
Hamyonboplik va sifat uygʼunligini istaganlar Tecno'ni tanlashadi
Instagram | Telegram | Facebook
50 969
🏔️ Hatto Everestda ham tirbandlikda qolib ketish mumkin: videoda mashhur cho’qqini zabt etish istagida bo’lgan alpinistlarning haqiqiy navbati aks etgan.
O’zgaruvchan ob-havo tufayli yakuniy bosqichga ko’tarilish ko’pincha to’sib qo’yiladi va yaxshi ob-havo uchun bir necha soat kutishga to’g’ri keladi.
Yomon ob-havo paytida cho’qqining eng yuqori qismida 320 km/soat gacha tezlikda shamollar bo’ladi.
Tirbandlikda turgan paytingizda shu alpinistlarni eslang :)
📟 DigiTech
50 969
🗺️ Google Maps'da 3D xarita yangi darajaga chiqdi. Uning ko’rinishi nafaqat rang-barang va chiroyli, balki batafsil tasvirlangan ham — hatto qushlar ham ko’rinadi, shuningdek, baʼzi binolarni ichini ham tomosha qilish mumkin.
Hozircha faqat mobil ilovada ishlaydi va hamma shahar ham mavjud emas.
📟 DigiTech
50 969
🧠 Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam Nolan Arbo bilan intervyu chiqdi. U qurilmadan foydalanish taassurotlari bilan bo’lishdi.
Nolan endi ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochtadan faol foydalanmoqda. U yapon tilini o’rganish, komikslarni o’qish va hatto mehmonxonalarni bron qilish uchun mustaqil ravishda veb-saytlarga kira oladi. Ba’zida u soat 7:00 da turib, 23:00 gacha implantdan foydalanadi.
Bir oy ichida chip uch millimetrga siljigan, kompaniya yangi operatsiya haqida o’ylandi, ammo oxir-oqibat dasturga faqat tuzatishlar kiritish bilan kifoyalandi.
Bir kuni u kompyuterdagi kursorni o’chirmasdan uxlab qolgan. Chip Nolanning miya faoliyatini kuzatishda davom etgan va 5 daqiqa ichida 10 ga yaqin turli ilovalarni ochgan.
Arbo o’zining yangi hayotidan mamnun.
📟 DigiTech
50 969
+1
⚡️GPT-4o dan u odamni almashtira olishi mumkin bo’lgan kasblar ro’yxatini tuzishni so’rashdi:
— Birinchi jadvalda neyron tarmoq nima uchun odamlardan yaxshiroq ekanligi va u har bir kasbni almashtirishi ehtimoli qanchaligi ko’rsatilgan.
— Ikkinchi jadvalda esa GPT-4o hali o’rnini bosa olmaydigan kasblar ro’yxati ko’rsatilgan. Ijodkorlar, psixologlar va jarrohlar hali havotir olmasalar bo’ladi, ammo kotiblar, sotuvchilar va kopirayterlar ishi xavf ostida.
📟 DigiTech
50 969
🎵 Suno neyrotarmog’i har qanday tovushdan musiqa yarata oladigan bo’ladi — yangilanish bilan ishlab chiquvchilar neyron tarmoqqa audio2audio funksiyasini qo’shishadi.
Videoda bu qanday ishlashi ko’rsatilgan, shunchaki fantastika!
Endi istagan odam misol uchun, stol ustiga qalam bilan urib o’zini barabanchidek his qilishi mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
