ar
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

الذهاب إلى القناة على Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام AI | DigiTech

تُعد قناة AI | DigiTech (@digitechai) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 50 942 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 607 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 1 461 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 50 942 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 07 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -2 585، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -172، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 25.05‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 18.55‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 12 775 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 461 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 113.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 08 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

50 942
المشتركون
-17224 ساعات
-1 4157 أيام
-2 58530 أيام
أرشيف المشاركات
«7 kun ichida Markaziy Osiyo bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qilish mumkin: HWG Sababa keysi» Sizni 11 iyun, Se
«7 kun ichida Markaziy Osiyo bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qilish mumkin: HWG Sababa keysi» Sizni 11 iyun, Seshanba kuni IT-infratuzilmasini uzluksiz uzatishni va ma‘lumotlarni avtonomli qilishni qanday amalga oshirishni aytib beradigan bepul vebinarga taklif qilamiz. Tadbirda bir hafta ichida xorijiy ta‘minotchidan @servercorenews bulutiga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan HWG Sababa kompaniyasining keysi ko‘rib chiqiladi. Bu yerda siz quyidagilarni bilib olasiz: – Markaziy Osiyoda ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha qanday talablarga rioya qilish kerak? – Bir provayderdan boshqasiga ko‘chish bosqichlari qanday? – HWG Sababa Servercore yordamida 7 kun ichida O‘zbekiston bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qildi? Havola orqali vebinarda ro‘yxatdan o‘ting. Reklama

🚴 Nyu-Yorkda joylashgan Clip startapi har qanday velosipedga ulab, uni elektr velosipedga aylantirish imkonini beruvchi kich
+3
🚴 Nyu-Yorkda joylashgan Clip startapi har qanday velosipedga ulab, uni elektr velosipedga aylantirish imkonini beruvchi kichik motorni ishlab chiqdi. Qurilmaning ikkita versiyasi bor — ular velosipedni soatiga 10 va 20 kilometrgacha tezlashtiradi. Pedallarni aylantirishni hojati yo’q, bunday motorni tom ma’noda bir daqiqada ulash mumkin. Qurilma narxi 500 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🚀 Starship kosmik kemasi uchib birinchi marta Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. To’rtinchi sinovda SpaceX jamoasi Hind okeanida (lekin platformasiz) raketani qo’ndirishga muvaffaq bo’lishdi — ikkala modul ham endi qayta ishlatilishi mumkin. Afsuski, qo’nish paytidagi chiroyli kadrlar bo’lmaydi: qaytish paytida raketaning ustki qismlari tushib, kamerani sindirdi. 2026-yilda Starship'dan NASA missiyasida astronavtlarni Oyning janubiy qutbiga qo’ndirish va kelajakda Marsga birinchi kolonistlarni yuborish uchun foydalanish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⛲️ Biznesni qattig’i: Rimdagi mashhur Trevi fontani yoniga o’zlari bilan naqd pul va tanga olib yurmaydiganlar uchun bankomat o’rnatildi — u bank kartasidan pulni yechib oladi va sizni o’rningizga tangani suvga tashlaydi. Aytgancha, har yili sayyohlar bu fontanga taxminan 1,5 million yevro tashlaydilar. Fontan har kecha tozalanadi va undagi pullar yig’iladi, shundan so’ng barcha pullar kambag’al va uysizlarga yordam beradigan xayriya tashkilotiga o’tkaziladi. 📟 DigiTech

⚡️2027-yilda AGI — inson kabi fikrlaydigan sun’iy intellekt paydo bo’lishi mumkin. OpenAI'ning sobiq xodimi fikriga ko’ra, bu
⚡️2027-yilda AGI — inson kabi fikrlaydigan sun’iy intellekt paydo bo’lishi mumkin. OpenAI'ning sobiq xodimi fikriga ko’ra, bu nafaqat texnologiya, balki yadroviy quroldan ham muhimroq yirik geosiyosiy boylik bo’ladi. Uning qiymati 1 trillion dollar bo’lishi mumkin. AGI juda tez ASI — superintellekt bo’la oladi. AGI ishlashi uchun ulkan energiya kerak bo’ladi — butun AQSh'da ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan ham ko’proq! Hozirda ma’lumotlar markazlari megavatt quvvat iste’mol qiladi, biroq AGI paydo bo’lishi bilan bu raqam 10 000 martaga oshadi. Nvidia, Microsoft, Amazon va Google kabi texnogigantlar AGI uchun mo’ljallangan maʼlumotlar markazlari qurilishiga har chorakda 100 milliard dollar ajratishga tayyor. Bu Manxetten loyihasi (yadroviy qurolni ishlab chiqish dasturi) yoki sanoat inqilobi boshlanishidagi kabi sarmoyadir! 📟 DigiTech

⚡️ElevenLabs neyrotarmog’i yangilandi — endi u istalgan tovush, musiqa yoki nutqni generatsiya qila oladi. Shunchaki matnli tavsif yozishingiz kifoya: qushlarning sayrashi, yomg’ir tovushlari yoki yadroviy portlash tovushi — neyron tarmoq muammosiz generatsiya qilib beradi. Eng asosiysi — ushbu funksiyadan foydalanish mutlaqo bepul! 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚴 Pekindagi shahar bog’laridan birida «multipleyer» velotrenajyorlar o’rnatildi. Katta ekranda do’stlar yoki tasodifiy yo’lovchilar bilan raqobatlashish mumkin, eng yaxshi natijalar esa peshqadamlar jadvalida ko’rinadi. 📟 DigiTech

👓 Sightful kompaniyasi dunyodagi birinchi virtual ekranli noutbukni namoyish etdi. Asosiy xususiyati — unda odatdagi displey
+2
👓 Sightful kompaniyasi dunyodagi birinchi virtual ekranli noutbukni namoyish etdi. Asosiy xususiyati — unda odatdagi displey o’rniga simli AR ko’zoynak mavjud. Ko’zoynakga 100 dyuymli virtual ekranni proyektsiya qila oladigan bir juft kichik Full HD OLED ekranlar o’rnatilgan. Narxi — 2200 dollar atrofida. 📟 DigiTech

🚜 Tomskda inson aralashuvisiz tunu-kun ishlay oladigan haydovchisiz mini traktor namoyish etildi. U yerni haydash, urug’larni ekish, shuningdek, o’simliklarni purkash va holatini tahlil qilishni biladi. Ular 2025-yildayoq ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqdalar: traktor «og’ir jismoniy mehnatni almashtirishi va mexanizatorlar yetishmasligi muammosini hal qilishi» kerak. 📟 DigiTech

+4
⚡️Telegram yangilandi. Nimalar qo’shildi: - Heshteglar bo’yicha qidiruv. Kerakli heshteg ustiga bosilsa messenjer shu heshteg qaysi umumiy chatlar va kanallarda bo’lganligini ko’rsatadi. – Animatsion effektli xabarlar. Suhbatga kirishda suhbatdosh siz tanlagan animatsiyani ko’radi. – Matnni endi nafaqat pastda, balki rasmning tepasida ham joylashtirish mumkin. – Kontaktlar menyusi. Bu xabar yuborish, qo’ng’iroq qilish yoki kontaktlarga yangi raqam qo’shish imkonini beradi. – Iqtiboslarni endi qisqartirish mumkin. Ushbu funksiya xabarni vizual jihatdan kattalashtirmasdan katta iqtibosni bitta xabarga sig’dirish imkonini beradi. 📟 DigiTech

⚡️Google neyron tarmog’i depressiyadan xalos bo’lish uchun odamlarga ko’prikdan sakrashni maslahat bermoqda — AI Overview yom
+1
⚡️Google neyron tarmog’i depressiyadan xalos bo’lish uchun odamlarga ko’prikdan sakrashni maslahat bermoqda — AI Overview yomon maslahatlar qiroliga aylandi. SI, shuningdek, har kuni tosh yeyishni tavsiya qilgan va qaychi bilan yugurishni yaxshi kardio mashqi deb aytgan. Neyron tarmoqlar bizni eng ahmoqona usulda yo’q qilishga urinishmoqda :) 📟 DigiTech

⚡️Qiziqarli ma’lumot, Windows 10 dagi ushbu fon rasmi render emas, balki haqiqiy fotosuratdir. Hatto uning qanday olingani ko
+1
⚡️Qiziqarli ma’lumot, Windows 10 dagi ushbu fon rasmi render emas, balki haqiqiy fotosuratdir. Hatto uning qanday olingani ko’rsatilgan video ham bor. 📟 DigiTech

👓 QIDI startapi displey, kamera va sun’iy intellektga ega bo’lgan ko'zoynakni chiqardi. Qurilma faqat ovoz orqali boshqariladi, qo’llarni ishlatish shart emas. Qurilma marshrut, tezlik va sog’liq ma’lumotlarini ko’rsatib turadi. Shuningdek, ko’zoynak displeyida do’stingizni joylashuvini ko’rib turishingiz mumkin. Sportchilar uchun ayni muddao! Narxi 379 dollardan boshlanadi. Kickstarter platformasida sotib olish mumkin. 📟 DigiTech

🏎️ O’ta tezkor reaksiya! Formula 2 haydovchisi Isaak Xadjar tunelda to’xtab qolgan va dvigatelida muammo yuzaga kelgan mashinani 200 km/soat tezlikda chetlab o’tdi. Keskin burilish tufayli u raqibini oxirgi daqiqada ko’rdi va bir necha milisoniyada reaksiya qilishga ulgurdi. Uning so’zlariga ko’ra, nima bo’lganini unga faqat yozuvni ko’rsatishgandagina tushungan. 📟 DigiTech

Oʼzbekistonda noodatiy smartfonlar taqdimoti boʼlib oʼtdi 27 may kuni Intercontinental mehmonxonasida oʼtkazilgan taqdimotda Tecno kompaniyasining hamyonbop narxdagi Camon 30 va geymerlar uchun Tecno Pova 6 seriyalari namoyish etildi. Turli yutuqli oʼyinlar bilan oʼtgan tadbirga 30 ga yaqin taniqli blogerlar va koʼplab hamkorlar tashrif buyurdi va ularga smartfonlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Endilikda siz ham respublikaning istalgan hududidan oʼzingizga mos Tecno smartfonini xarid qilishingiz mumkin. Hamyonboplik va sifat uygʼunligini istaganlar Tecno'ni tanlashadi Instagram | Telegram | Facebook

+1
🏔️ Hatto Everestda ham tirbandlikda qolib ketish mumkin: videoda mashhur cho’qqini zabt etish istagida bo’lgan alpinistlarning haqiqiy navbati aks etgan. O’zgaruvchan ob-havo tufayli yakuniy bosqichga ko’tarilish ko’pincha to’sib qo’yiladi va yaxshi ob-havo uchun bir necha soat kutishga to’g’ri keladi. Yomon ob-havo paytida cho’qqining eng yuqori qismida 320 km/soat gacha tezlikda shamollar bo’ladi. Tirbandlikda turgan paytingizda shu alpinistlarni eslang :) 📟 DigiTech

🗺️ Google Maps'da 3D xarita yangi darajaga chiqdi. Uning ko’rinishi nafaqat rang-barang va chiroyli, balki batafsil tasvirlangan ham — hatto qushlar ham ko’rinadi, shuningdek, baʼzi binolarni ichini ham tomosha qilish mumkin. Hozircha faqat mobil ilovada ishlaydi va hamma shahar ham mavjud emas. 📟 DigiTech

🧠 Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam Nolan Arbo bilan intervyu chiqdi. U qurilmadan foydalanish taassurotlari bilan b
🧠 Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam Nolan Arbo bilan intervyu chiqdi. U qurilmadan foydalanish taassurotlari bilan bo’lishdi. Nolan endi ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochtadan faol foydalanmoqda. U yapon tilini o’rganish, komikslarni o’qish va hatto mehmonxonalarni bron qilish uchun mustaqil ravishda veb-saytlarga kira oladi. Ba’zida u soat 7:00 da turib, 23:00 gacha implantdan foydalanadi. Bir oy ichida chip uch millimetrga siljigan, kompaniya yangi operatsiya haqida o’ylandi, ammo oxir-oqibat dasturga faqat tuzatishlar kiritish bilan kifoyalandi. Bir kuni u kompyuterdagi kursorni o’chirmasdan uxlab qolgan. Chip Nolanning miya faoliyatini kuzatishda davom etgan va 5 daqiqa ichida 10 ga yaqin turli ilovalarni ochgan. Arbo o’zining yangi hayotidan mamnun. 📟 DigiTech

⚡️GPT-4o dan u odamni almashtira olishi mumkin bo’lgan kasblar ro’yxatini tuzishni so’rashdi: — Birinchi jadvalda neyron tarm
+1
⚡️GPT-4o dan u odamni almashtira olishi mumkin bo’lgan kasblar ro’yxatini tuzishni so’rashdi: — Birinchi jadvalda neyron tarmoq nima uchun odamlardan yaxshiroq ekanligi va u har bir kasbni almashtirishi ehtimoli qanchaligi ko’rsatilgan. — Ikkinchi jadvalda esa GPT-4o hali o’rnini bosa olmaydigan kasblar ro’yxati ko’rsatilgan. Ijodkorlar, psixologlar va jarrohlar hali havotir olmasalar bo’ladi, ammo kotiblar, sotuvchilar va kopirayterlar ishi xavf ostida. 📟 DigiTech

🎵 Suno neyrotarmog’i har qanday tovushdan musiqa yarata oladigan bo’ladi — yangilanish bilan ishlab chiquvchilar neyron tarmoqqa audio2audio funksiyasini qo’shishadi. Videoda bu qanday ishlashi ko’rsatilgan, shunchaki fantastika! Endi istagan odam misol uchun, stol ustiga qalam bilan urib o’zini barabanchidek his qilishi mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech