AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 455 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 568,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 438 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 455 名订阅者。
根据 04 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 687,过去 24 小时变化为 -198,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.98%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.54% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 886 次浏览,首日通常累积 9 562 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 05 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 455
订阅者
-19824 小时
-1 4717 天
-2 68730 天
帖子存档
51 401
⚡️Xitoylik olimlar kvant kompyuteridan foydalanib bank va kriptovalyuta algoritmlarini buzishga muvaffaq bo’lishdi.
Ular «kvant tavlanish» usulidan foydalanishgan va ishonchli harbiy kriptografiya standarti AES-256 ga hujum qilishgan.
Mutaxassislar kvant kompyuterlari narxi yanada arzonlashib hamma uchun mavjud bo’lganda, hatto Bitcoin ham tahdid ostida bo’lishi mumkinligidan havotirdalar.
📟 DigiTech
51 401
🤖 Xitoyliklar jinoyatchilarga qarshi kurashish uchun robot sharni ishlab chiqishdi — u 35 km/soat tezlikda harakatlanadi va to’r otadi.
Robot ham suzishi va o’ziga o’xshash robotlar jamoasida ishlashi mumkin. Ishlab chiquvchilar aytishicha, uning korpusini deyarli hech narsa bilan sindirib bo’lmaydi.
Kelajakda bunday robotlarni aeroportlar, elektr stansiyalar va boshqa muhim obyektlarda patrul sifatida ishlatishmoqchi, lekin hozircha bu faqat prototip.
📟 DigiTech
51 401
+2
⚡️Pavel Durov telefon raqamlarini tasdiqlashning eng arzon usuli — Telegram Gateway'ni namoyish etdi.
Kompaniyalar Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborib katta mablag’ tejashlari mumkin bo’ladi. Ushbu tasdiqlash usuli SMS'dan arzonroq bo’ladi — har bir kod uchun $0,01.
Raqamlarni tasdiqlash ham katta biznesdir. Misol uchun avval Telegram bu uchun oyiga taxminan 10 million dollar sarflagan.
📟 DigiTech
51 401
🚀 Kelgusi yili orbitaga chiqarilishi rejalashtirilayotgan birinchi xususiy orbital stansiya — Haven-1 shunday ko’rinishda bo’ladi.
Uni Kaliforniyaning Vast startapi ishlab chiqmoqda, interyer uchun esa Apple kompaniyasining sobiq yetakchi dizayneri Piter Rassel-Klark mas'ul.
Stansiyada professional kosmonavtlar ham, kosmik sayyohlar ham bo’lishadi. Birinchi modulni 2025-yil oxirigacha SpaceX kosmik kemasida olib chiqish rejalashtirilgan, keyin esa u bosqichma-bosqich kengaytiriladi.
📟 DigiTech
51 401
⚡️Amerika fermerlaridan qiziqarli innovatsiya — quyosh energiyasida ishlaydigan harakatlanuvchi tovuqxona.
U 6000 ta qushni sig’dira oladi va yaylov bo’ylab harakatlanadi, bu har doim tovuqlar uchun yangi o’t va hasharotlar bo’lishi uchun qilingan.
Bu qandaydir konsept loyiha emas, balki bunday tovuqxonalarni bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli ishlatib kelayotgan Pasturebird kompaniyasi fermasidir.
📟 DigiTech
51 401
🎾 Dunyodagi eng qadimgi tennis turniri — Uimbldon o’zining 147 yillik tarixida birinchi bor hakamlarni sun'iy intellektga almashtiradi.
Bu yilgi turnirda sinovdan o'tgan va avvalroq Avstraliya shuningdek, AQSh chempionatlarida odamlar o’rniga ishlatilgan maxsus neyron tarmoq kelasi yildan boshlab autlar va xatolarni aniqlaydi.
Uimbldon har yili 300 ga yaqin laynsmenlarni (chiziqli hakamlar) jalb qilgan. Tashkilotchilar ularga «ko'p yillik xizmatlari uchun» minnatdorchilik bildirib, texnologiya «bunday muhim qadam uchun yetarlicha ishonchli» ekanligini ta’kidlashdi.
📟 DigiTech
51 401
📚 Xitoyda matematikani o’rganishda qiynalayotganlar uchun klinika ochiladi. U yerda dorilar yordamida ham «davolashadi».
Mutaxassislar talabalar, maktab o’quvchilari va kattalarga kompleks yondashuv yordamida aniq fanlarni o’zlashtirishda yordam berishadi.
Klinikada birinchi bo’lib tashxis qo’yiladi va fanni tushunish bilan bog’liq muammolarning sabablari aniqlanadi, so’ngra «davolanish» boshlanadi.
📟 DigiTech
51 401
⚡️Vikipediyani sun’iy intellektda yaratilgan matnlar egallab oldi: muharrirlar generatsiya qilingan kontentga qarshi kurashish uchun hatto alohida loyihani ishga tushirishlariga to’g’ri keldi.
Foydalanuvchilar saytni ChatGPT'da generatsiya qilingan tasdiqlanmagan ma’lumotlar bilan to’ldirib tashlashdi. Misol uchun, Usmonlilar imperiyasida mavjud bo’lmagan Amberlisihar qal’asi va qo’ng'izlarning yangi turi haqidagi ma’lumotlar. Eng qizig’i qo’ng’izning tavsifi qisqichbaqalar haqidagi fransuz jurnalidagi maqoladan olingan.
Vaziyat shunchalik yomonlashib ketganki — hatto «mualliflardan» biri «ma'lumotlarimning 2022 yil yanvar oyidagi so’nggi yangilanishiga ko’ra» so’zini olib tashlashni ham unutgan.
📟 DigiTech
51 401
🎵 Musiqa generatsiya qiluvchi Suno neyrotarmog’i yangilandi: endi tayyor qo’shiqdagi alohida parchalarni o’zgartirish mumkin. Misol uchun, qo’shiq matnini yoki musiqa ohangini o’zgartirish.
Qo’llanma:
— Qo’shiqni ustiga sichqonchaning o’ng tugmasi bilan bosamiz, Edit bo’limiga o’tib, Replace Section'ni tanlaymiz;
— Qo’shiqni o’zgartirilishi kerak bo’lgan 10-30 soniya uzunlikdagi qismini belgilaymiz;
— Matnni yoki musiqa ohangini o’zgartiramiz (masalan, baraban ovozini qo’shish mumkin).
Ushbu funksiya Faqat Pro va Premier obunasiga ulanganlar uchun mavjud.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 401
⚡️Google bir nechta kompaniyalarga bo’linishi mumkin. AQSh Adliya vazirligi kompaniyaning monopoliyasiga qarshi kurash choralarini taqdim etdi.
Kompaniya quyidagilarni qilishiga to’g’ri keladi:
– Chrome'ning qurilmada standart qidiruv tizimi bo’lishi funksiyasini o’chirish;
– Foydalanuvchilarga boshqa qidiruv tizimlari haqida xabar berish;
– Qidiruv natijalari uchun yanada shaffof algoritmlarni yaratish;
– Sun’iy intellektni brauzer qidiruv natijalarida o’rgatishni to‘xtatish.
Kompaniyani bo’lish eng radikal choralardan biridir. Bunday holatda Play, Chrome va Android xizmatlari alohida yuridik shaxsga aylanadi.
📟 DigiTech
51 401
☕️ Tadqiqot: Olimlar kofe ichish insult xavfini 37 foizga oshirishini, choy ichish esa 29 foizga kamaytirishini aniqlashdi.
Tadqiqotda 27 000 kishi ishtirok etdi, ularning yarmi birinchi insultni boshdan kechirgan.
Gazlangan ichimliklar shuningdek mevali sharbatlar zararini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki:
Gazlangan ichimliklar, shu jumladan shakar bilan shirinlantirilgan ichimliklar va shakarni o’rnini bosuvchi sun’iy qo’shimchalar qo’shilgan ichimliklar, insult xavfini 22% ga oshirishi mumkin, kuniga ikki yoki undan ortiq bunday ichimliklarni iste’mol qilish esa xavfni keskin oshiradi.Kuniga to’rt stakandan ko’proq qahva ichish insult xavfini 37% ga oshiradi, ammo kamroq iste’mol qilsangiz xavf deyarli yo’q. Choy esa hali ham xavfsiz. Agar har kuni 3-4 stakan ichsangiz, insult xavfi 18-29% ga kamayadi. Ayniqsa ko’k choy juda foydali. 📟 DigiTech
51 401
⚡️Ilon Mask Tesla kompaniyasining kelajak qurilmalari — robotaksi, o’zi boshqariladigan avtomobillar va robotlarni namoyish etdi.
Ularda rul va pedallar yo’q. Robotaksi ikki kishiga mo’ljallangan kabinaga ega, Robovan esa 20 kishiga mo’ljallangan.
Ilon Mask taksi safarlari narxini avtobuslarga qaraganda arzonroq qilishga va’da berdi — 1 km uchun 20 sent atrofida. Uning aytishicha, robotaksi inson boshqaradigan mashinalarga qaraganda 10-20 barobar xavfsizroq. Ishlab chiqarish 2026 yoki 2027-yilda boshlanadi.Tesla shuningdek, o’zining Optimus robotlarini ham namoyish etdi — ularning narxi 20 000 dollardan boshlanadi. Gumanoidlar fabrikalarda ishlashadi va uyda «zerikarli» yumushlarda yordam berishadi. Ularni ham sotuvlari 2027-yilgacha boshlanadi. 📟 DigiTech
51 401
⚡️Google kompaniyasi Google Play'ni raqobatchilarga ochishiga to’g’ri keladi. Bu qaror Kaliforniya sudi tomonidan Epic Games bilan 2020 yildan beri davom etayotgan bahs bo’yicha qabul qilindi.
Boshqa ilovalar do’konlarini toʻgʻridan-toʻgʻri Google Play'dan yuklab olish mumkin bo’ladi. Ilovalar ichida esa ularning saytidan to’lovga havolalar qo’shishga ruxsat beriladi — misol uchun, u yerda obuna narxi arzonroq bo’lsa.
Google advokatlari hali ham qarorga qarshi chiqishga harakat qilishmoqda. Lekin katta ehtimol bilan, kompaniya 1-noyabrdayoq boshqa dasturchilarga Google Play katalogiga kirish huquqini beradi.
📟 DigiTech
51 401
👩💻🧑🏻💻Shoshiling, agar hali ham ulgurmagan boʻlsangiz, Yandex Uzbekistanʻning yosh mutaxassislar uchun mobil va bekend dasturlash maktabiga roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin! Roʻyxatdan oʻtish 13-oktyabrda to‘xtatiladi!
🧑🏫O‘quv dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifalar ustida jamoaviy ishlarni o‘z ichiga oladi. Maktablar dasturlash bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Eng yaxshi talabalar kompaniyada kasbiy faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
💥Ta’lim bepul. Maktabga kirish uchun arizani to‘ldirish va 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini bajarish lozim. Eng yaxshilar suhbatga taklif qilinadilar. Tanlov natijalari 23-24 oktyabr kunlari e’lon qilinadi. Ta’lim 28 oktyabrda boshlanadi.
51 401
⌚️Apple Watch foydalanuvchiga shamollashni uning birinchi alomatlari paydo bo’lishidan uch kun oldin bilishga yordam berdi. Hammasi WachOS 11 operatsion tizimining chiqishi bilan paydo bo’lgan Vitals ilovasi tufayli.
Ilova tana harorati, nafas olish va yurak urish tezligini doimiy ravishda kuzatib boradi. Normal qiymatlarni bilganligi sababli, tanadagi o’zgarishlarni darhol sezadi.
Boshqa Apple Watch foydalanuvchilari ham Vitals ilovasini maqtashmoqda. Asosiy kamchiligi: dastur to’g’ri ishlashi uchun uxlayotganda ham soatni yechmaslik kerak.
📟 DigiTech
51 401
🏆 Fizika bo’yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlarga «neyron tarmoqlar sohasidagi fundamental kashfiyotlari» uchun berildi.
Jon Xopfild va Jeffri Xinton tasvirlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni saqlash, identifikatsiya qilish, shuningdek, qayta tiklash imkonini beruvchi assotsiativ texnologiyalarni ishlab chiqishgan.
Nobel mukofoti qo’mitasi ta’kidlashicha, ularning ishi zamonaviy SI modellarini o’rgatish usullarining asosini tashkil etdi va allaqachon insoniyatga katta foyda keltirdi.
📟 DigiTech
51 401
⚡️Videolar generatsiya qiluvchi Minimax neyrotarmog’i endi rasmdan video yarata oladi.
U GEN-3 va boshqa eng yaxshi neyrotarmoqlardan deyarli qolishmaydi, matnli so’rovni yaxshi tushunadi. Bepul foydalanish mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Sinab ko’rib natijalar bilan izohlarda bo’lishishingiz mumkin.
📟 DigiTech
51 401
⚡️Muhandislar ChatGPT kabi til modellarini odam bilan muloqot qilish orqali o’rgatish g’oyasini berishdi, ularning fikricha: shunda neyrotarmoqlar insonlar muloqotiga taqlid qiladi va tushunarliroq javoblar beradi.
Eng qizig’i: odamlar bilan muloqot qilgandan so’ng, SI tobora ko’proq noto’g’ri javoblar berishni boshladi, suhbatdoshga yolg’on gapirdi, yolg’onni to’g’riligiga ishontirishga urindi va o’z xatolarini tan olmadi.
Sun’iy intellekt ja «odamlashib» ketsa ham bo’lmas ekan 😁
📟 DigiTech
51 401
🏎️ McLaren o’zining eng tez sportkarini namoyish etdi — gibrid W1 avtomobili 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erishadi.
Unga «Formula 1 texnologiyasiga ega» benzinli V8+ elektr motori o’rnatilgan. Jami 1275 ot kuchi, makdimal tezligi esa 350 km/soatgacha. Lekin akkumulyatori shunchalik kichikki, yonilg’isiz zaryadi faqat 3 km masofani bosib o’tishga yetadi.
Jami 399 nusxada chiqariladi, narxi 2.1 million dollar.
📟 DigiTech
51 401
⚡️Telegramning navbatdagi yangilanishida allaqachon yuborilgan xabarlarga media qo’shish va xabarlar tahrirlangan vaqtini ko’rish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu haqda Pavel Durov o’z kanalida e’lon qildi.
Shuningdek, Durov kecha jamoaga ilovani yaxshilash uchun 10 ta yangi funksiyalar taklifini berganini, bugun esa ushbu funksiyalar kodi tayyorligini ta’kidlab Telegram jamoasini maqtadi.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
