ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 455 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 568,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 438

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 455 名订阅者。

根据 04 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 687,过去 24 小时变化为 -198,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.98%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.54% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 886 次浏览,首日通常累积 9 562 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 05 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

51 455
订阅者
-19824 小时
-1 4717
-2 68730
帖子存档
👓 Bir foydalanuvchi Ray-Ban ko’zoynaklari kamchiliklari haqida yomon sharh qoldirdi va bir yil o’tgach, sharh rahbarlargacha
👓 Bir foydalanuvchi Ray-Ban ko’zoynaklari kamchiliklari haqida yomon sharh qoldirdi va bir yil o’tgach, sharh rahbarlargacha yetib bordi, shundan so’ng u odamga butun Ray-Ban liniyasini ishlab chiqarishni boshqarish taklif qilindi. Kamchiliklar juda batafsil yozilganligi uchun rahbariyat uni ishga olishga qaror qilgan. Yomon sharhlar yozishga ketdik, lekin bu bizda ishlamasligi mumkin :) 📟 DigiTech

+1
🎥 Meta kompaniyasi o’zining videolar generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ini namoyish etdi. Asosiy xususiyatlari: — Fotosuratlardagi odamlar videolarini generatsiya qilish mumkin; — Ovoz effektlari va saundtreklarni ham generatsiya qila oladi; — Yakuniy videodagi elementlarni qayta generatsiya qilmasdan tez tahrirlash mumkin. Model hali takomillashtirilmoqda. Eng asosiysi, OpenAI Sora bilan qilgani kabi, chiqarishni kechiktirishmasa bo’ldi. 📟 DigiTech

⚡️Jeff Bezos kabi samarador ishlashni xohlaysizmi? Kunni telefonsiz bir soatlik sayrdan boshlang — soat 10 ga qadar toza havo
⚡️Jeff Bezos kabi samarador ishlashni xohlaysizmi? Kunni telefonsiz bir soatlik sayrdan boshlang — soat 10 ga qadar toza havoga chiqing. Milliarder 2018 yildan beri ushbu qoidaga amal qilmoqda: ishdan oldin «to’liq uyg’onish» uchun kunni sekin va ongli ravishda boshlash kerak. Nevrologlar ham ushbu amal miyani uyg’otib, to’g’ri qaror qabul qilishga yordam berishini tasdiqlashdi. Lekin bu layfxak faqat 8 soatlik uyqudan keyin ishlaydi. 📟 DigiTech

🚚 Xitoyda hatto yuk mashinalari haydovchilari ham masofadan turib ishlashga o’tib ketishdi — ofisda o’tirib konteynerlarni yuklashyapti. Kiberpank yaqinlashmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Google IT mutaxassisni 2,7 milliard dollarga sotib oldi. Noam Shazir uzoq vaqt Google'da ishlagan, u jamoasi bilan o’z davr
⚡️Google IT mutaxassisni 2,7 milliard dollarga sotib oldi. Noam Shazir uzoq vaqt Google'da ishlagan, u jamoasi bilan o’z davrining ChatGPT'si bo’lgan Meena chatbotini ishlab chiqqan. Ammo biroz vaqt o’tgach Google ushbu loyihani yopdi, Noam esa ishdan ketdi. Google'dan ishdan ketgach u o‘zining CharacterAI startapiga asos solgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Yaqinda esa Google dasturchini qaytarish uchun uning kompaniyasini 2.7 milliard dollarga sotib oldi. 📟 DigiTech

⚡️Google qidiruv natijalarida rasmiy saytlarni «galochkalari» paydo bo’ldi. Qidiruv tizim foydalanuvchilari fishing saytlarga
⚡️Google qidiruv natijalarida rasmiy saytlarni «galochkalari» paydo bo’ldi. Qidiruv tizim foydalanuvchilari fishing saytlarga tushib qolmasliklari uchun tekshirilgan saytlarni belgilashni boshladi. Microsoft, Meta va Apple saytlariga allaqachon rasmiy belgilar qo’yilgan. Biroq, funksiya hali sinov rejimida ishlamoqda va «galochkalar» faqat cheklangan miqdordagi foydalanuvchilarga ko’rinadi. 📟 DigiTech

🌆 Baland binolar va shaharlar bo’yicha xalqaro kengash fikriga ko’ra, 2024-yildagi dunyodagi eng yaxshi osmono’par bino shun
+2
🌆 Baland binolar va shaharlar bo’yicha xalqaro kengash fikriga ko’ra, 2024-yildagi dunyodagi eng yaxshi osmono’par bino shunday ko’rinishga ega. Pan Pacific Orchard binosi Singapurda joylashgan bo’lib — 350 xonadan iborat 23 qavatli mehmonxonadir. Uning asosiy xususiyati — ilon shaklida qurilgan ochiq terrasa, bog’lar va suzish havzalari. Kichik shahardek kattalikdagi bino hududida fitnes zallar ham mavjud, eng oddiy xonada 1 kun yashash narxi taxminan 270 dollar. 📟 DigiTech

+1
🏘️ Xitoyning Chengdu shahrida joylashgan hayratlanarli ko’p qavatli bino. Har bir qavatda ikki qavatli uylar, balkon va do’konlari bo’lgan mini-ko’chalar mavjud, shuning uchun ham tashqi tomondan bino ulkan o’yinchoq uyga o’xshaydi. 📟 DigiTech

📱Xiaomi 14T seriyasidagi yangi smartfonlar nimasi bilan hayratlanarli? Avvalo, yuqori darajadagi MediaTek Dimensity protsess
📱Xiaomi 14T seriyasidagi yangi smartfonlar nimasi bilan hayratlanarli? Avvalo, yuqori darajadagi MediaTek Dimensity protsessorlari, innovatsion sovutish tizimi va ilg‘or Immortalis-G720 grafik protsessori bilan. AMOLED ekranining yangi avlodi, yuqori yangilanish chastotasi, sezgir sensorli boshqaruv va sunʼiy intellekt bilan birgalikda, bu smartfon oʻyinlar uchun ajoyib tanlovdir. Sunʼiy intellekt qurilma foydalanish sharoitlari va kunning vaqtiga qarab rang temperaturasi va yorugʻlikni moslashtirib, koʻzlar uchun qulaylikni saqlab turadi. Ammo seriyaning asosiy jihati – foto va video kontent yaratuvchilar uchun mukammal moslama. Shuningdek, shunchaki mobil telefon orqali suratga olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham. Xiaomi 14T va Xiaomi 14T Pro kameralari Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, mobil suratga olishni yangi bosqichga olib chiqadi. Hatto cheklangan yoritish sharoitlarida ham. Ular tungi sahnalarning chuqurligini va kunduzgi shahar manzaralarining yorqinligini mukammal tarzda aks ettiradi. Sunʼiy intellekt funksiyalari fotosuratlarda ham, videolarda ham ideal natijaga erishishga yordam beradi. Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarga maxsus kafolat shartlari amal qiladi. Shuningdek, 6-oktyabrgacha barcha xaridorlarni maxsus takliflar kutmoqda. Smartfonlarni Idea doʻkonlar tarmogʻidan xarid qilish mumkin. 👉 Yangi smartfonlar haqida batafsil maʼlumot olish uchun havola orqali o‘ting.

⚡️HBO o’zining Money Electric: The Bitcoin Mystery nomli yangi hujjatli filmida Bitcoin yaratuvchisi Satoshi Nakamotoning kim
⚡️HBO o’zining Money Electric: The Bitcoin Mystery nomli yangi hujjatli filmida Bitcoin yaratuvchisi Satoshi Nakamotoning kimligini oshkor qilmoqchi. Ular, shuningdek, film «katta shovqin ko’tarishi» va jahon bozoriga ta’sir o’tkazishiga va’da berishmoqda. Film premyerasi 8-oktyabrda. 📟 DigiTech

+2
🎥 Kling AI'da endi audio ovozlarni qo’shish mumkin, neyron tarmoq generatsiya qilingan videodagi lablar harakatini audioga moslashtiradi. Sinxronizatsiya hozircha mukammal emas, lekin ortiqcha tovushlar miqdori minimal. Endi musiqiy kliplar va filmlar yaratish yanada osonlashdi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Google o’zining «ongli» sun'iy intellektini yaratish ustida ishlamoqda — bu haqda Amerikaning bir qator OAV'lari xabar beri
⚡️Google o’zining «ongli» sun'iy intellektini yaratish ustida ishlamoqda — bu haqda Amerikaning bir qator OAV'lari xabar berib, kompaniya qisqa vaqt ichida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidlashmoqda. Texnologik gigant sun’iy intellekt fikrlash darajasini oddiy odamnikiga yaqinlashtirish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga e'tibor qaratmoqda. SI'ni o’qitish davomida Google ham OpenAI kabi «fikrlar zanjiri» dan foydalanadi — har bir javobdan oldin SI qisqa pauza qiladi, bir qator shunga o’xshash so’rovlarni o’rganadi, ularni umumlashtiradi va eng yaxshi javobni beradi. 📟 DigiTech

+3
🏎️ Kianu Rivz nafaqat ajoyib aktyor va musiqachi, balki poygachi hamdir. U bir necha bor professional haydovchilar mashhurlar bilan raqobatlashadigan Toyota Pro/Celebrity Race musobaqasida ishtirok etgan va hatto bir marta g'alaba qozongan. Shu hafta oxirida esa Indianapolisdagi Toyota Gazoo Racing GR Cup finalida Eagles Canyon jamoasi ishtirokchisi sifatida qatnashadi. Yana Kianu qariyb 14 yildan beri mototsikllar ham ishlab chiqaradi. U 2011-yilda Arch Motorcycle kompaniyasiga asos solgan. 📟 DigiTech

👓 Garvard talabalari Meta Smart Glasses ko’zoynagiga katta shaxsiy ma’lumotlar bazalariga ulanib yuzni tanish funksiyasini qo’shishdi. Ular tasodifiy odamlar ma’lumotlarini bir zumda topishga muvaffaq bo'lishdi. Aksariyat hollarda notanish odamlarning ism-sharifi, manzili, telefon raqami, ish joyi va boshqa ma’lumotlarini aniqlay olishdi. Biroq, dastur odamlarni bir necha marta adashtirib yubordi. Talabalar dastur kodini joylamasliklarini va o’zlarining tajribalari bilan shunchaki ma’lumotlarga nazoratsiz kirish muammosini ko’rsatib berishganini aytishdi. 📟 DigiTech

+3
🎥 Videolar generatsiya qiluvchi Pika neyrotarmog’ining yangi 1.5 versiyasida videodagi istalgan obyektni o’zgartirish va tom ma’noda yo’q qilish mumkin. Obyektlarni shishirish, eritish, tort kabi kesish, portlatish va bosim ostida kichraytirish mumkin. Antiqa o’zgarishlarga qaramay, videolar juda realistik ko’rinadi. Ushbu havola orqali bepul sinab ko’rishingiz mumkin. Ammo foydalanuvchilar oqimi tufayli generatsiya vaqti bir necha soatgacha cho’zilishi mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 Bir yigit NASA veb-saytini ikki marta buzib, dasturchilarga xatolik haqida xabar berdi va buning uchun faqatgina maqtov
👨‍💻 Bir yigit NASA veb-saytini ikki marta buzib, dasturchilarga xatolik haqida xabar berdi va buning uchun faqatgina maqtov yorlig’i oldi. Google masalan, Chrome brauzerida topilgan har bir xatolik uchun 250 000 dollardan to’laydi. 📟 DigiTech

+1
⚡️Shifokorlarga teridan tomirlarni ko’rishga yordam beradigan ajoyib tibbiy gadjet. Texnologiya qondagi gemoglobin tomonidan so’riladigan, ammo atrofdagi to’qimalar tomonidan aks ettiriladigan yaqin infraqizil nurlanish yordamida ishlaydi. Aks ettirilgan yorug’lik asosida qurilma qon tomirlarining «xaritasini» tuzadi: real vaqtda va hech qanday qo’shimcha narsalarsiz. 📟 DigiTech

🛰️ Olimlar 3 million yevroga kamikadze sun’iy yo’ldoshini ishlab chiqishmoqda, uning yagona maqsadi uchirilgandan so’ng darh
🛰️ Olimlar 3 million yevroga kamikadze sun’iy yo’ldoshini ishlab chiqishmoqda, uning yagona maqsadi uchirilgandan so’ng darhol atmosferada epik tarzda yonib ketishdir. Missiya 2027-yilga rejalashtirilgan bo’lib, uni Yevropa kosmik agentligi tashkil qiladi. Asosiy maqsad — oson parchalanadigan sun’iy yo‘ldoshlarni yaratish va kelajakda orbitadagi chiqindilar miqdorini kamaytirish. Buning uchun kir yuvish mashinasi o’lchamidagi sun’iy yo‘ldosh 200 ta sensor, to’rtta kamera va barcha ma’lumotlarni saqlay oladigan yuqori darajada himoyalangan qora quti bilan jihozlanadi. 📟 DigiTech

📉 ChatGPT tufayli dasturchilar bir-birlari bilan muloqot qilmay qo’yishdi. IT-mutaxassislari jamlangan eng mashhur Stack Ove
📉 ChatGPT tufayli dasturchilar bir-birlari bilan muloqot qilmay qo’yishdi. IT-mutaxassislari jamlangan eng mashhur Stack Overflow forumidagi savol-javoblar soni 25% ga qisqargan. Keskin pasayish ChatGPT chiqqan paytdan boshlandi. Ushbu tendensiya ayniqsa Python va Java Script haqidagi muhokamalarning kamayib ketishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu noodatiy muammoni keltirib chiqarishi mumkin: agar forumlarda qo’llanmalar chiqmay qo’ysa, SI modelllarini o’qitish uchun manbalar qolmaydi. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyliklar yana bir epik halokatga bardoshlik (crash test) testini o’tkazishdi, Hozon Neta S avtomobili ustiga og'irligi 7,5 tonna bo'lgan ekskavatorni qo’yishdi. Mashinaga deyarli hechnarsa qilmadi: oynasi biroz chatnadi. Videodagi gibrid Hozon Neta S avtomobilining Xitoydagi narxi 25 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech