AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 564 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 480,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 370 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 564 名订阅者。
根据 25 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 955,过去 24 小时变化为 -312,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.94%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.01% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 9 654 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 132。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 26 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 564
订阅者
-31224 小时
+2 0507 天
+95530 天
帖子存档
53 440
⚡️Xitoyning BYD kompaniyasi Audi sobiq dizayneri Volfgang Egger ishlagan Denza Z elektrokabrioletini namoyish qildi.
Superkarning eng top versiyasi 1000+ ot kuchiga ega, 0-100 km/soat tezlikka <2 soniyada erishadi va bir zaryadda 600 kmgacha masofa bosib o’tadi. Shuningdek, 9-12 daqiqada 100% gacha o‘ta tez zaryadlash imkoniyati ham bor.
Yakuniy texnik xususiyatlari iyul oyida e’lon qilinadi, taxminiy narxi — 58 500 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
53 440
📱Original bo‘lmagan quvvatlagich va kabellardan foydalanilganda iPhone Air'lar ommaviy ravishda «g‘isht»ga aylanib qolmoqda — bu nosozlik quvvat 0% gacha tushib ketganida yuz beryapti.
Telefon shunchaki o‘chib qolyapti va hech qanday ishlash alomatlarini ko‘rsatmayapti: na ovoz, na ekran, na vibratsiya va hokazolar ishlamaydi.
Apple vaziyat yuzasidan izoh bermayapti, biroq foydalanuvchilar allaqachon telefonni «jonlantirish» yo‘lini topishdi: buning uchun ikki tomonlama USB-C kabeli o‘rniga bir tarafi USB-A bo‘lgan simni ulash kerak.
📟 DigiTech
53 440
👨💻 Neyron tarmoqlar IT-mutaxassislarining hayotini yengillashtirishi kerak edi — ammo buning o’rniga ularning kuniga yana 3 soat qo‘shimcha o‘qish vaqti qo’shildi.
Hozir ko‘pchilik ishdan keyin o‘tirib, kurslar, prompt-muhandislik va sun’iy intellekt agentlari bilan tajribalar o‘tkazib, o‘rganishmoqda. Garchi botlar vazifalarning bir qismini o‘z zimmasiga olayotgan bo‘lsa-da, ularning rivojlanishidan ortda qolmaslik uchun, har bir yangi model chiqqanida uni sinab, o’rganib chiqish kerak.
📟 DigiTech
53 440
⚡️Samsung‘ning 40 ming xodimi maoshlarni oshirishni talab qilishmoqda.
Samsung xotira chiplariga bo‘lgan talab ortgani sababli o‘tgan yilni 700 foizlik o‘sish bilan, ya’ni rekord darajadagi foyda bilan yakunladi. Shunga qaramay, oddiy ishchilarning maoshi va mukofot pullari yuqori emas, shu sababli xodimlar raqobatchi kompaniyalarga o‘tib ketmoqda.
Kasaba uyushmasi xodimlarga bonus sifatida 30 milliard dollar ajratishni talab qilmoqda. Agar bu talab rad etilsa, ishchilar 18 kunlik ish tashlash e’lon qiladi va bu ishlab chiqarishning to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
📟 DigiTech
53 440
⚡️Google'dagi yangi kodning 75 foizini sun’iy intellekt yozmoqda, muhandislar esa agentlik ish ssenariysiga o‘tmoqda: ular shunchaki natijani tekshirishyapti.
Yaqinda kompaniya kodlar bazasini sun’iy intellekt agentlari yordamida ko‘chirdi. Bu jarayon qo‘lda bajariladigan ishga nisbatan olti baravar tezroq bo’ldi.
Kodni sun’iy intellektga ishonib topshirayotgan faqat Google emas. Microsoft'da kodning 30 foizgachasi, Snapchat’da esa 65 foizgachasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan.
Microsoft texnik direktori Kevin Skottning ta'kidlashicha, besh yildan so‘ng «insoniy» kod deyarli qolmaydi. Junior dasturchilarning kelajagi so‘roq ostida.📟 DigiTech
53 440
⚡️Microsoft Word, Excel va Powerpoint dasturlarida «vaybvorking»ni ishga tushirmoqda — The Verge.
Endi ularda Agent Mode mavjud. Unga vazifani tushuntirishning o‘zi kifoya, shundan so‘ng sun’iy intellekt hujjatni o‘zi tayyorlaydi va to‘ldiradi.
• Excel’da sun’iy intellekt formulalar va jadvallarni o‘zi tuzadi hamda ma’lumotlarni tahlil qiladi. • Word'da sun’iy intellekt matnni o‘zi yozadi, tahrirlaydi va aniqlashtiruvchi savollar beradi. • PowerPoint'da sun’iy intellekt uslubni saqlagan holda taqdimotlarni o‘zi yangilaydi.Shu bilan birga, yon tomondagi panelda agentning harakatlari real vaqtda ko‘rinib turadi — har ehtimolga qarshi kuzatib, tuzatishlar kiritish mumkin. Lekin bir minus bor, ushbu funksiya faqat premium obunaga ega foydalanuvchilar uchun mavjud. 📟 DigiTech
53 440
🚘 Tesla rul va pedalsiz ilk seriyali elektromobili — Cybercab'ni chiqardi.
Avtomobil to‘liq sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi. Unda hatto yon oynalar ham yo‘q, faqat ma'lumotlar ko’rsatiladigan ekran bor. Cybercab'dan Tesla'ning taksi xizmatida foydalaniladi.
Kutilayotgan narxi — 30 ming dollar.
📟 DigiTech
53 440
🤖 Xitoyning Unitree super-roboti yana bir insoniy ko‘nikmani — konki va roliklarda uchishni o‘rganib oldi. Endi faqat velosiped haydash qoldi.
Chiqarilganidan buyon atigi ikki yil ichida uni raqsga, kung-fu usullariga, boksga va Krishtianu Ronalduning harakatlariga ham o‘rgatishdi.
Hozirda bunday robotni Xitoyda 13 500 dollarga xarid qilish mumkin.
📟 DigiTech
53 440
+1
🚘 Xitoyning AUDI'si (halqalarsiz logotipli subbrend) o‘zining ikkinchi avtomobili — E7X krossoverini namoyish etdi.
5 metrli elektromobilning top versiyasi to‘liq uzatmali bo‘lib, 680 ot kuchiga ega. U 0-100 km/soat tezlikka 3,97 soniyada chiqadi va bir zaryadda 750 kmgacha masofa bosib o’tadi. Salonida massaj funksiyali va «vaznsizlik holati»ga keltiriladigan o‘rindiqlar, kuchli Bose audiotizimi hamda shiftdagi monitor mavjud.
Narxi 35 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
53 440
🛰️ Ismingizni kiriting va uni sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ko‘rinishida oling. NASA buning uchun maxsus generatorni ishga tushirgan.
Barcha tasvirlar haqiqiy bo‘lib, Landsat sun’iy yo‘ldoshlari yordamida olingan. Ularda harflarni hosil qiluvchi tog‘lar, daryolar va boshqa obyektlar aks etgan.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 440
⚡️OpenAI GPT-5.5 versiyasini chiqardi — yangi model kod yozish, tadqiqotlar o‘tkazish va matnlar yozishda ancha sifatlilashdi hamda tezlashdi.
Model barcha benchmarklarda Claude Opus 4.7'ni ortda qoldirdi. U birinchi so‘rovdayoq o‘yinlar, saytlar va murakkab ilovalarni yaratishni yanada yaxshiroq uddalaydigan bo‘ldi.
Model barcha foydalanuvchilar uchun allaqachon mavjud.
📟 DigiTech
53 440
+1
⚡️NASA Marsda hayot mavjud bo‘lganiga doir ehtimoliy dalil topdi.
Qadimgi ko‘l kraterida organik molekulalar aniqlandi. Bir paytlar u yerda suv bo‘lgan. Molekulalar esa tuproqda 3,5 milliard yilgacha saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
Biroq hozircha ularni to‘liq tekshirishning imkoni yo‘q — buning uchun namunalarni Yerga yetkazish kerak, bunga esa mablag‘ ajratmay qo’yishgan.
📟 DigiTech
53 440
⚡️Yaponlar uyqu paytida boshning holatini o‘zgartirib turib, ertalabdan bo‘yinni og‘rimasdan tetik uyg’onishga yordam beradigan yostiqni ishlab chiqarishdi.
Mirakuru Pillow yostig‘i ichida oltita «ovozsiz» havo kamerasi bor: ular tun bo‘yi navbatma-navbat havo bilan to‘lib-bo‘shab, bosim nuqtalarini o‘zgartiradi va mushaklarni yozadi.
Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi 260 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
53 440
Yangi Infinix NOTE 60 Pro bilan tanishing!
Kuchli Snapdragon 7s Gen 4, ultra silliq 144Hz ekran va premium dizayn.
Har kun — Tezroq, Yorqinroq va Kuchliroq ✨📱
Ko'proq yangiliklar uchun: @Infinix_Uzbekistan
Reklama
53 440
🚘 Mercedes va Xitoyning Geely kompaniyasining qo‘shma korxonasi mashhur Smart ForTwo'ning vorisi bo‘lgan Smart #2 konseptini namoyish etdi.
Avtomobil oltinrang bezaklar va sumka shaklidagi bamperli g‘ayrioddiy dizaynga, shuningdek, 300 km masofaga yetadigan batareyaga ega bo‘ldi. Bu deyarli seriyali model ekanligini va’da qilishmoqda, ammo batafsil ma’lumot oktyabr oyida taqdim etiladi.
📟 DigiTech
53 440
+1
📱iPhone 17 Pro Honor 600 seriyasi smartfonlari namoyish etildi.
Yangi modellar o‘zining noyob dizayni, 200 megapikselli kameralari va bozordagi eng yupqa – 0,98 mm li ramkasi bilan ajralib turadi.
Smartfonlar versiyasiga qarab Snapdragon 7 Gen 4 yoki Snapdragon 8 Elite chiplari, 7000 mA/soat sig‘imli batareyalar hamda chang, suv va zarbalardan himoyaning ilg‘or standartlari bilan jihozlangan.
Hozircha faqat Malayziyada 657 dollardan boshlab narxda sotilmoqda, yaqin vaqt ichida O’zbekistonda ham sotuvlari boshlanishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
53 440
⚡️Xitoyda 3500 metr chuqurlikdagi suvosti kabellarini kesishga mo‘ljallangan dunyodagi ilk chuqur suv apparati muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Bu qurilma har qanday himoyalangan kabelni yo‘q qilishga qodir, hatto o‘ta mustahkam qoplama ham qutqarib qololmaydi. Rasman, Xitoy o‘z ishlanmasini faqatgina fuqarolik muhandislik uskunasi sifatida taqdim etmoqda. Xitoylik olimlarning bayonotiga ko‘ra, keskich suvosti infratuzilmasini qurish va ta’mirlash, shuningdek, suv tubini tozalash uchun zarur.
📟 DigiTech
53 440
⚡️ChatGPT Images 2.0 chiqdi. Bu OpenAI'ning suratlar yaratishga mo‘ljallangan yangi flagman modeli bo‘lib, undan bepul foydalanish mumkin.
Model eng murakkab vazifa — interfeyslar va matnlarni generatsiya qilishni Nano Banana Pro'dan yaxshiroq uddalaydi. Yozuvlarni istalgan muhitga qo‘shish mumkin va ular hatto fotorealistik suratlarda ham tabiiy ko‘rinadi.
Barcha foydalanuvchilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chat-botning o‘zida mavjud.
📟 DigiTech
53 440
⚡️YouTube kanallardagi videolar sonini ko‘rsatuvchi hisoblagichni yashirib qo‘ydi — endi telefonlarda muallifning nechta videosi borligini ko‘rib bo’lmaydi.
Kompyuter versiyasida ham u «batafsil» bo‘limiga o‘tkazilgan. Bundan hechqanday mantiq yo‘q, lekin endi statistikani ko‘rish qiyinlashdi.
📟 DigiTech
53 440
Olimpiada darajasidagi dasturlash va matematika vazifalari bilan oʻzingizni sinab koʻring.
Eng kuchli ishtirokchilar Yandex'dan imkoniyatlarga ega boʻladi.
Yandex Coding and Math Contest endi Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta oliy o‘quv yurtlari talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT-mutaxassislari uchun ochiq.
Agar siz algoritmlar, matematika va zamonaviy dasturlash tillarida oʻzingizga ishonsangiz, 2026-yil 25-aprelgacha ariza topshiring.
CMC nima?
Yandex tomonidan yaratilgan va Yandex School of Data Analysis tomonidan qoʻllab-quvvatlangan dasturlash va matematika tanlovi. Bu oʻzingizni sinab koʻrish, kuchli ishtirokchilar bilan tanishish va ajralib turish imkoniyati.
Sizni nimalar kutmoqda:
• Ishtirok etish bepul
• Ikki bosqichda: hamma uchun onlayn, eng kuchli ishtirokchilar uchun oflayn final
• Har bir bosqichda 8–10 ta algoritmik va matematik vazifalar
• Tanlov tili: ingliz tili
Gʻoliblar Yandex ML School Uzbekistan'ga Fast track, Yandex Uzbekistan'da amaliyot uchun suhbat imkoniyati va Yandex'dan boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritadi.
Batafsil maʼlumot va ariza topshirish
Yandex “Yandex Coding and Math Contest” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi.
Reklama kontenti
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
