AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 563 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 563 名订阅者。
根据 13 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 378,过去 24 小时变化为 -453,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.50%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.07% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 171 次浏览,首日通常累积 10 252 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 113。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 14 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 563
订阅者
-45324 小时
+2 5777 天
+1 37830 天
帖子存档
53 495
🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’i endi hamma uchun mavjud — uni ancha vaqtdan beri sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, hozir ayni vaqti!
Buning uchun sayt yoki mobil ilovada ro’yxatdan o’tishingiz kifoya. Bepul 105 soniyalik video generatsiya qilish mumkin.
Bu neyrotarmoq juda tez rivojlanmoqda, shu ketishda kinolar generatsiya qilishgacha ham ko’p qolmadi.
📟 DigiTech
53 495
🛹 “Kelajakka qaytib" filmidagi hoverbord taqdim etildi
Uni KAERI Robot kompaniyasi namoyish etdi. U havo yostig’i yordamida harakatlansada, baribir havoda muallaq turganga o’xshaydi.
Qurilmaga izohlarda baho bering.
📟 DigiTech
53 495
🚗 Buyuk Britaniyada mashinalarni ijaraga beruvchi Fetch xizmatini ishga tushirishdi, unda mashinani o’zi yoningizga keladi
Avtomobilni tanlangan nuqtaga yetkazib berish kompaniyaning ofisda o’tirgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ekranlar bilan o’ralgan holda, ularni masofadan turib boshqarishadi - xuddi video o’yindagi kabi.
Hozircha bitta xodim faqat bitta mashinani boshqaradi, lekin ular bir vaqtning o’zida bir nechta mashinani boshqarishni rejalashtirishmoqda.
Bizda bunday xizmatlar qachon ishga tusharkina…
📟 DigiTech
53 495
🛸 Xitoyning Shenzhen UFO Technology startapi muhandislari boshqariladigan uchar likopchani yasashdi
Bu narsa oltita propellerlarga ega bo’lib, u soatiga 50 km tezlashishi va 200 metr balandlikka ko’tarilishi mumkin. Kabina faqat bir kishi uchun mo’ljallangan, akkumulyatori esa taxminan 15 daqiqa parvozga yetadi.
Ular allaqachon xalqaro patent olishgan, lekin qachon va qanday narxda sotishni boshlashlari haqida hozircha aytishmadi.
AQSh razvedkachilari shu qurilmani ko’rib vahima qilishgan shekilli)
📟 DigiTech
53 495
👨💻 ChatGPT ana endi haqiqiy dasturchilardek fikrlashni boshladi 😁
Dasturchi tanishlaringizga jo’nating.
📟 DigiTech
53 495
📷 Muhandis atrof-muhit tovushiga asoslanib surat yaratadigan kamera yasadi
Blind Camera oddiy kamera kabi ishlaydi: gadjetni suratga olmoqchi bo’lgan narsaga yo’naltirasiz va tasvir yaratish tugmasini bosasiz. So’ng kamera sun’iy intellekt orqali ovozni tahlil qiladi va tasvirni yaratadi. Uning old qismida karnayga o’xshash material bor, bu tovushlarni olish jarayonini kuchaytirishga yordam beradi.
Buni yasagan odam avvalroq chiqqan obyektivsiz joylashuv ma’lumotlari asosida rasm yaratadigan kameradan ilhomlangan shekilli.
📟 DigiTech
53 495
🖼️ Google tadqiqotchilari matnli tavsifdan tasvirlar yaratuvchi neyron tarmoqni ishlab chiqishdi
Uni boshqa rasm generatsiya qiluvchi neyrotarmoqlardan asosiy farqi, u siz yuklagan rasm uslubidagi tasvirlarni yaratadi.
Ommaviy versiyasi chiqishi bilan kanalda e’lon qilamiz.
📟 DigiTech
53 495
🖥️ Redmi hamyonbop G27Q o’yin monitorini chiqardi
U 165 Hz chastotali, 2560x1440 pikselli 27 dyuymli IPS panelga ega, shuningdek, HDR400 va 100% sRGB qamrovini qo’llab-quvvatlaydi. DisplayPort 1.4, HDMI 2.0, 3,5 mm va 65 Vt quvvatga ega USB-C mavjud, ular orqali noutbukni yoki gadjetlarni quvvatlantirish mumkin.
Xitoydagi narxi 196 dollar, juda zo’r narx, AliExpress'dan O’zbekistonga buyurtma qilinsa narxi deyarli o’zgarmaydi.
📟 DigiTech
53 495
«QA» (Sifat nazorati) kursiga qabul boshlandi!
«Najot Ta'lim»da hozirda AyTi bozorida talabgir yo'nalishlardan biri bo'lgan «QA» kursi yo'lga qo'yilgan.
🙌 Ushbu kursning navbatdagi qabuli uchun start berilganini e'lon qilamiz!
• Guruhga qabul - 20 nafar o'quvchi
• Qolgan o'rin soni - 9 ta
🔖 Kurs haqida batafsil ma'lumot olish
✊ Ma'lumot o'rnida: markazimizdagi dastlabki «QA» kursi bitiruvchilari 100% natija bilan ish faoliyatlarini boshlashgan.
Sizda ham bu sohani o'z ishining mutaxassislaridan o'rganish va «QA» sohasi bilan kelajagingizni bog'lash niyati bo'lsa, kurs uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting.
👉 Ro'yxatdan o'tish
ㅤㅤㅤㅤㅤ
53 495
🚘 Faraday Future startapi nihoyat FF 91 krossoverini sotishni boshladi, uning prototipi 2017 yilda namoyish etilgan edi. Mashina Ferrari, Maybach, Rolls-Royce va Bentley'ga raqobatchi sifatida ko’rilmoqda, ammo u elektromobil.
Mashina 1050 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, 2,27 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashadi va akkumulyator 613 km quvvat zaxirasiga ega. Salonda 11 ta displey, shu jumladan orqa yo’lovchilar uchun shiftdan chiqadigan bitta displey, shuningdek, "vaznsiz effektli" o’rindiqlar mavjud.
Narxi oddiy versiyasi uchun 249 000 dollar va cheklangan 300 nusxada chiqariladigan eksklyuziv disklar bilan jihozlangan Futurist Alliance versiyasi uchun 309 000 dollar.
📟 DigiTech
53 495
🛸 Ana bo’lmasa, sobiq Amerikalik razvedkachining ta’kidlashicha, razvedka AQSh Kongressidan "insonlarga tegishli bo’lmagan" texnologiyalarni yashiryapti
Devid Charlz Grushning so’zlariga ko’ra, o’nlab yillar davomida razvedkachilar parchalar va butun boshli NUJ qurilmalarini topishgan.
Sinov natijalari shuni ko’rsatadiki, topilgan qurilmalar atomlarning noyob joylashuvi va radiologik belgilarga ega.
Oxirgi paytlarda NUJ haqidagi xabarlar ko’payib boryapti.
*NUJ - no’malum uchar jismlar.
📟 DigiTech
53 495
👨💻 15 dyuymli MacBook Air taqdim etildi
Kecha bo’lib o’tgan WWDC taqdimotida Apple kompaniyasi Liquid Retina displeyli 15.3 dyuym bo’lgan MacBook Air'ni namoyish etdi
Noutbukning qalinligi 11,5 mm bo’lib, kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, uni dunyodagi eng yupqa 15 dyuymli noutbukga aylantiradi. Qurilmaning og’irligi 1,4 kg.
Noutbuk sakkiz yadroli markaziy protsessorli M2 chipi (CPU) va o’n yadroli grafik protsessor (GPU) bilan jihozlangan.
Narxi 1299 dollardan boshlanadi. Iyun oyining o’rtalaridan sotuvga chiqariladi.
📟 DigiTech
53 495
👓 Garnitura qanday tuzilganligi ko’rsatilgan videolar. Qurilma cho’ntakka solib yuriladigan portativ batareyadan quvvat oladi.
Bir zaryadda qancha vaqt ishlashini hozircha aytishmadi, lekin loyihani ishlab chiqishda qatnashganlarning aytishicha — 2 - 3 soat ishlarkan.
📟 DigiTech
53 495
👓 Haqiqiy kelajak AR garniturasi — Apple Vision Pro!
Qurilma boshqa kompaniyalar ko’rsatgan garnituralardan farq qiladi. U shaffof zonaga ega, u orqali haqiqiy dunyoni ko’rish mumkin.
Yana bir qulayliklaridan biri fonni almashtirishdir. Har qanday xona va makon tog’ manzarasi, katta ko’l yoki zich o’rmon bilan almashtirilishi mumkin.
Ovozli boshqaruv, imo-ishoralar, barmoq harakati va korpusdagi tugmalar - juda qulay boshqaruv.
Ko’zoynak atrofdagi tovush va tasvir bilan video yozib olishi va ijro etishi mumkin - esda qolarli voqealarni to’liq 3D ko'rinishida qayta ko’rib chiqish uchun: uni yana ko’z bilan ko’rayotgandek.
Bu Apple va butun bozor uchun yangi davr!
AQShdagi narxi 3499 dollar!
Tundagi post uchun uzr, lekin buni chiqarmasak bo’lmasdi.
📟 DigiTech
53 495
53 495
▪️Apple Store sayti bugun WWDC oldidan yopildi: yangi Mac va boshqa devayslar namoyish etilishi kutilyapti
Apple onlayn-do’koni bugun soat 22:00 da bo’lib o’tadigan WWDC taqdimoti oldidan yopildi.
Taqdimotda AR/VR garnituralaridan tashqari, Apple 15 dyuymli MacBook Air va yangilangan Mac Studio-ni ham namoyish qilishi kutilmoqda.
Apple o’tgan yili ham WWDC’dan oldin onlayn - do’konini vaqtinchalik yopgandi.
📟 DigiTech
53 495
▪️Nvidia kompaniyasining yangi neyron tarmog’i telefonda olingan videolarni 3D modelga aylantiradi
Neuralangelo neyron tarmoq modeli hatto telefondan olingan videolardan ham har qanday narsaning batafsil 3D nusxalarini yaratadi. Sun’iy intellekt yuqori aniqlik bilan tekstura va mayda detallarni ilg’ashga qodir.
Keyin bu 3D modellarni boshqa dasturlarda turli vazifalar uchun ishlatish mumkin.
📟 DigiTech
53 495
▪️O’yinlardagi kadrlar tiniqlashadi
Nvidia kompaniyasi ULMB 2 texnologiyasini taqdim etdi, u to’satdan harakat ko’p bo’lgan o’yinlarda xiralikni kamaytirishga mo’ljallangan. Ularning ta’kidlashicha, harakat ravshanligi 1000 Hz dan oshishi mumkin.
Avvalo, ULMB 2 professional geymerlar uchun foydali bo’ladi. Ba’zi monitorlar uchun texnologiya allaqachon mavjud.
📟 DigiTech
53 495
🤖 Shveytsariyada qo’riqchilarni ishini olib qo’yayotgan sun’iy intellektli robot
Uning ismi Asento. U 360 graduslik kamera va o’rnatilgan teplovizor tufayli ochiq maydonlarni avtonom tarzda patrul qilish va atrofdagi narsalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega. Robot barcha ma’lumotlarni boshqaruv xonasiga uzatadi.
WALL-E multfilmidagi robotni eslatib yubordi.
📟 DigiTech
