ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 390 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 390 名订阅者。

根据 14 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 151,过去 24 小时变化为 -359,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.05%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.18% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 10 238 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 114

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 15 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 390
订阅者
-35924 小时
+2 3907
+1 15130
帖子存档
🚘 Volkswagen kompaniyasi ID.3 elektromobilida ot kuchiga obunani joriy qildi. Oyiga 16,5 funt sterling evaziga ular qulflang
🚘 Volkswagen kompaniyasi ID.3 elektromobilida ot kuchiga obunani joriy qildi. Oyiga 16,5 funt sterling evaziga ular qulflangan qo’shimcha 27 ot kuchini ochishni taklif qilishmoqda: avtomobil jami 228 ot kuchiga ega, lekin dastlab faqat 201 ta ishlaydi. Bir martalik to’lov qilib qulfni butunlayga ochish imkoniyati ham mavjud, narxi — 880 dollar. Hozircha obuna faqat Buyuk Britaniyada joriy qilingan, ammo kelajakda boshqa mamlakatlar uchun ham qo’shilishi mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Lamborghini eksklyuziv gibrid sport avtomobili — Fenomeno'ni chiqardi. Endi u Lamborghini'ning eng tezkor avtomobilidir. U
+3
🚘 Lamborghini eksklyuziv gibrid sport avtomobili — Fenomeno'ni chiqardi. Endi u Lamborghini'ning eng tezkor avtomobilidir. Unga elektr motor bilan birga ishlaydigan V12 dvigateli o’rnatilgan bo’lib, birgalikda ular 1065 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi 350 km/soat, 0/100 km/soatgacha esa 2,4 soniyada tezlashadi. Avtomobil atigi 29 nusxada chiqariladi. Taxminiy narxi 3,5 million dollar. 📟 DigiTech

👨‍💻 Hozirda Elevenlabs, HeyGen, Notion, Vercel va boshqa mashhur sun'iy intellekt xizmatlari bepul promokodlarni berishmoqd
👨‍💻 Hozirda Elevenlabs, HeyGen, Notion, Vercel va boshqa mashhur sun'iy intellekt xizmatlari bepul promokodlarni berishmoqda — ular orqali obuna yoki chegirmalarni aktivlashtirish mumkin. Faollashtirish uchun qo’llanma: imail.edu.vn domenida talabalar pochtasini yarating > havolaga kiring va yangi ochgan elektron pochta manzilingizni kiriting > hisobni tasdiqlang va foydalanishni boshlashingiz mumkin. 📟 DigiTech

+3
🤖 Pekinda «Robotlar uchun Olimpiyada o’yinlari» boshlandi, unda yuzlab gumanoidlar o’nlab sport (va boshqa) yo’nalishlar bo’yicha bellashadilar. Dasturda yengil atletika, futbol, boks, shuningdek, modalar namoyishi, omborxonalar va fabrikalarda tozalash ishlarni taqlid qilish mavjud. Olimpiyada 17 avgustga qadar davom etadi: unda 16 davlatdan 500 ga yaqin robotlar ishtirok etishadi. 📟 DigiTech

🏍️ Honda hech qachon yiqilmaydigan mototsikllar chiqarishni rejalashtirmoqda. Mototsikllar giroskoplar yordamida va aqlli orqa g’ildiraklarni boshqarish tizimi tufayli oyoq tayanchisiz turib, istalgan tezlikda mustaqil ravishda muvozanatni saqlay oladi. Ular texnologiya ustida 2017-yildan beri ishlashmoqda, lekin hozircha texnologiya ommaviy ishlab chiqarish uchun juda qimmat. 📟 DigiTech

⚡️Google Translate'ga til o’rganish funksiyasi, SI murabbiy qo’shiladi va o‘z mahoratingizni dialog formatida mashq qilishing
+4
⚡️Google Translate'ga til o’rganish funksiyasi, SI murabbiy qo’shiladi va o‘z mahoratingizni dialog formatida mashq qilishingiz mumkin bo’ladi. Unda sizning bilim darajangizga moslashtirilgan darslar va talaffuz mashqlari bo’ladi. Hozircha ximat beta-versiyasida ishlamoqda va yaqinda barcha uchun chiqarilishi rejalashtirilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Telegram bugun 12 yoshda! Shu vaqt ichida Telegram suratda ko’rib turganingizdan dunyoning eng yirik messenjerlaridan birig
⚡️Telegram bugun 12 yoshda! Shu vaqt ichida Telegram suratda ko’rib turganingizdan dunyoning eng yirik messenjerlaridan biriga aylandi, ilovada hozirda, kanallar, NFT sovg’alari, stories'lar va barchaga qulaylik yaratadigan boshqa ko‘plab funksiyalar mavjud. Telegram jamoasini tabriklaymiz. 📟 DigiTech

🚘 Yangi jahon rekordi: Koenigsegg Jesko Absolut giperkari Bugatti Chiron'dan deyarli ikki baravarga o’zib ketdi. Avtomobil 1
+2
🚘 Yangi jahon rekordi: Koenigsegg Jesko Absolut giperkari Bugatti Chiron'dan deyarli ikki baravarga o’zib ketdi. Avtomobil 16,77 soniyada 0 dan 400 km/soatgacha tezlashdi. Buni amalga oshirish uchun Bugatti Chiron'ga 32 soniya kerak bo’lgandi. Jesko Absolut hatto elektromobillar orasida rekordchi Rimac Nevera R'dan ham tezroq bo’lib chiqdi. 📟 DigiTech

☀️ Buyuk Britaniya rasmiylari kuchli qurg’oqchilik fonida suvni tejash uchun odamlarni eski elektron pochta xabarlari va foto
☀️ Buyuk Britaniya rasmiylari kuchli qurg’oqchilik fonida suvni tejash uchun odamlarni eski elektron pochta xabarlari va fotosuratlarni o’chirishga chaqirdi. Tashabbus mualliflarining fikriga ko’ra bu, ma’lumotlar markazlarini sovutish uchun kamroq suyuqlik sarflashga imkon beradi, ammo tavsiya ijtimoiy tarmoqlarda ma’qullanmadi, chunki rasmiylar serverlar boshqa mamlakatlarda joylashgan bo’lishi mumkinligini hisobga olishmagan va ma’lumotlarni saqlash uchun sarflanadigan resurslar xarajatlari ularni o’chirishdan bir necha baravar kamroq. Yog’ingarchiliklarning kamligi tufayli Buyuk Britaniya hozirda 1976-yildan beri eng yomon qurg’oqchilikni boshdan kechirmoqda — muammo «milliy favqulodda holat» deb e’lon qilingan. 📟 DigiTech

Ucell raqamli kelajak tarafdori Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlar
+2
Ucell raqamli kelajak tarafdori Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida “Cyber Summer Camp – 2025” yozgi ta’lim oromgohi o‘tkazildi. Oromgohning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari pedagoglari va o‘quvchilarining ilg‘or tajriba almashishi, murabbiylikni rivojlantirishi va texnologik salohiyatini oshirishi. Ikki haftalik qizg‘in dasturning birinchi qismida loyihaning 120 nafar murabbiysi raqamli pedagogika, IT yo‘nalishlari va ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi. Kiberxavfsizlik, DevOps, back-end va front-end dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, IT mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha bilimlar bilan 11 nafar murabbiy o‘rtoqlashdi. Lager doirasida xakaton o‘tkazilib, unda ishtirokchilar yangi bilimlarni amalda qo‘lladilar. Oromgohning ikkinchi bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida yuqori natija ko‘rsatgan 53 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Dastur mashg‘ulotlar, ijodiy va rolli o‘yinlar, jamoaviy loyiha ishi va “Ideathon”: g‘oyalar tanlovini o‘z ichiga oldi. AQShlik ma’ruzachilar ishtirokidagi interaktiv sessiyalar esa bolalarni ilhomlantirib, kasbiy dunyoqarashini kengaytirdi. Ucell mamlakatning raqamli kelajagini qurayotganlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Reklama

🎮 Bloger Basically Homeless o’zining qo’liga elektrodlar o’rnatib aimbotga aylantirdi, endi u avtomatik ravishda Counter-Strike o’yinida raqiblarni nishonga olmoqda. Tizim ekranda nima sodir bo’layotganini tahlil qiladi va nishon paydo bo’lganida, qo’l kerakli nuqtaga harakat qilishi uchun ma’lum mushak guruhlariga elektr zaryadlari yuboriladi. Natijada, reaksiya vaqti 93 ms gacha qisqardi, bu ko’plab pro-o’yinchilardan ham yaxshiroq ko’rsatgich. 📟 DigiTech

⚡️Apple 599 dollarlik arzon MacBook'ni chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu ushbu yilgi MacBook’larning boshlang‘ich narxidan deyar
⚡️Apple 599 dollarlik arzon MacBook'ni chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu ushbu yilgi MacBook’larning boshlang‘ich narxidan deyarli ikki barobar arzonroq. Insayderlarning fikricha, bu 12,9 dyuymli displey va A18 Pro chipli MacBook bo’ladi. Qurilma 2025-yil oxiri yoki 2026-yil boshida namoyish etilishi mumkin. 📟 DigiTech

+2
🤖 Kelajak allaqachon shu yerda: Xitoydan so’ng San-Fransisko'da ham robotlar janglari o’tkazila boshlandi, u yerda robotlar uchun haqiqiy jang klubi ochildi. Qafasdagi janglarni har oy o’tkazishni va Twitch'da translyatsiya qilishni rejalashtirishgan, jangchilar orasida Xitoyning Unitree va Booster Robotics robotlari ham bor, ular masofadan odamlar tomonidan boshqariladi (lekin kelajakda boshqaruvni sun’iy intellektga o’tkazishmoqchi). 📟 DigiTech

⏰ Avstriyalik olimlar vaqtni orqaga qaytarishni o’rganishdi — ular zarrachani kvant holatini buzmasdan o’tmishga qaytarishdi.
Avstriyalik olimlar vaqtni orqaga qaytarishni o’rganishdi — ular zarrachani kvant holatini buzmasdan o’tmishga qaytarishdi. Bu ilm-fandagi fundamental inqilobdir — nima yuz berganini qisqacha tushuntiramiz:
— Avstriya fanlar akademiyasida fotonni kuzatmasdan uni oldingi joyiga qaytaruvchi «kvant kaliti» yaratildi. Bu superpozitsiya holatini saqlaydi — ya’ni zarracha bir vaqtning o’zida «0» va «1» holatda bo’ladi. — Ushbu protokol «oldinga» ham ishlaydi — barcha mumkin bo’lgan trayektoriyalarni bitta natijada birlashtirib, vaqtni tezlashtirish mumkin. — Nazariy jihatdan ushbu usul har qanday kvant obyektiga, ya’ni bir kun kelib massiv jismlarga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin. Ha, odamlarga ham.
Asosiysi: Bu xatosiz ishlovchi kvant kompyuterlari sari qadamdir — tibbiyot, fan va koinotdagi kvant simulyatsiyalar minglab marta tezroq bo’lishi mumkin. Odamlar vaqtini boshqarishgacha hali ancha bor, lekin bizda endi vaqt yo’nalishini o’zgartiradigan birinchi ishlovchi protokol mavjud. 📟 DigiTech

👨‍💻Fentezi kvest formatida dasturlashni o’rganamiz: Codedex'da eng mashhur dasturlash tillari bo’yicha kirish kurslari mavj
👨‍💻Fentezi kvest formatida dasturlashni o’rganamiz: Codedex'da eng mashhur dasturlash tillari bo’yicha kirish kurslari mavjud. Ularni bajarganingiz uchun tajriba va darajalar beriladi. Kurslarga qo’shimcha ravishda, Pythonda oddiy taymerdan tortib shaxsiy qidiruv tizimigacha bo’lgan turli loyihalarni yaratish bo’yicha o’nlab foydali qo’llanmalar mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🎧 Reddit foydalanuvchisi quloqchinga CD-pleyer o’rnatib uni ko’rsatish uchun suratni joyladi, lekin hech kim buni sezmadi. B
🎧 Reddit foydalanuvchisi quloqchinga CD-pleyer o’rnatib uni ko’rsatish uchun suratni joyladi, lekin hech kim buni sezmadi. Bunga sabab yigitning Stiv Jobsga o’xshashligidir. Hozirda bu Reddit'dagi eng mashhur postlardan biri bo’lib, izohlarda ko’pchilik «Apple asoschisi»ni yana ko’rganidan xursandligini bildirishdi. Hatto internetda Stiv Jobs g’alati quloqchinlar yasash uchun o’z ketishini soxtalashtirgan degan yangi nazariya ham paydo bo’ldi :) 📟 DigiTech

🧠 Olimlar Altsgeymer kasalligini yengishdi — ular hatto unutilgan xotiralarni tiklashni ham o’rganishdi. Ma'lum bo’lishicha,
🧠 Olimlar Altsgeymer kasalligini yengishdi — ular hatto unutilgan xotiralarni tiklashni ham o’rganishdi. Ma'lum bo’lishicha, xotirani yo’qotishning asosiy sabablaridan biri miyadagi litiy miqdorining pastligidir. Sichqonlar ustida o’tkazilgan tajribalarda muntazam litiy qo’shimchasi miyani yoshartirdi, xotirani tikladi va kasallikni butunlay to’xtatdi. Litiy, shuningdek, Altsgeymer kasalligidan doimiy himoya qiluvchi profilaktik chora sifatida ham ishlaydi. Oldinda klinik sinovlar va tibbiyotda inqilob qilishi mumkin bo’lgan dorini ommaviy ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

+1
📱 iPhone 16 Pro 800 metr balandlikdan qulab omon qoldi — ayol samolyotdan parvozni suratga olayotgan paytda Apple gadjeti uning qo’lidan tushib ketgan. Kamera qulash lahzasini ham suratga oldi. Qurilma «Find My iPhone» funksiyasi yordamida topildi — u o’rmonga deyarli shikastlanmagan holda tushgan, faqat korpusi biroz shikastlangan. 📟 DigiTech

🚘 Bentley 730 ot kuchiga ega ajoyib Batur Convertible kabrioletini namoyish etdi. U brend tarixidagi eng kuchli kabrioletdir
+3
🚘 Bentley 730 ot kuchiga ega ajoyib Batur Convertible kabrioletini namoyish etdi. U brend tarixidagi eng kuchli kabrioletdir. O’rindiqlar ranglari haydovchi va yo’lovchi uchun ikki xil gammada ishlangan, dvigateli esa 730 ot kuchiga ega W12. Avtomobilning aksariyat qismlari titandan yasalgan, saloni qo’lda ishlangan, shuningdek, kalitlar uchun avtomobil uslubiga mos keyslar mavjud. Insayderlarning xabar berishlaricha, bunday model taxminan 2 million dollar turadi. Aniq narx mijozning xohishlariga bog'liq. 📟 DigiTech

+2
🎵 Studiya sifatidagi musiqalarni yaratamiz: ElevenLabs qo’shiqlar yaratish uchun yangi neyron tarmoqni chiqardi. Har qanday janrni tanlash va kompozitsiyaning har bir qismini sozlash mumkin. Model musiqa asboblari va qo’shiqchilarning ovozlarini teng darajada yaxshi generatsiya qiladi — hatto murakkab vokalni ham. Musiqaga o’zingizni matningizni ham kiritishingiz mumkin. Bepul tokenlar 5 ta musiqani to’liq generatsiya qilish uchun yetadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech