AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 55 662 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 353,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 295 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 55 662 名订阅者。
根据 08 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 261,过去 24 小时变化为 -607,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 29.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 20.93% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 16 373 次浏览,首日通常累积 11 712 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 134。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 09 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
55 662
订阅者
-60724 小时
+3 2117 天
+1 26130 天
帖子存档
55 662
📲 YouTube Tamba nomli o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishlab chiqmoqda — u yerda xuddi TikTokdagidek obunachilar, shaxsiy yozishmalar va guruh chatlari bor.
Yangi ijtimoiy tarmoq izi ilovaning Android uchun yangilangan kodida topildi: uning o‘z ikonkalari, postlar va ovozli xabarlar bo‘limi allaqachon mavjud.
📟 DigiTech
55 662
⚡️Bill Geyts milliarderlar uchun soliqlarni oshirishga chaqirdi — aks holda sun’iy intellekt boylarni yanada boyitib, qolganlarni ko‘maksiz qoldiradi.
Tirik odamni ishga olganda, biznes uning maoshidan soliq to‘lashga majbur bo‘ladi, robot xaridi yoki sun’iy intellektga korporativ obunani olganda esa soliq to’lash shart emas.
Kompaniyalar mablag’ tejash maqsadida odamlarni ishdan bo‘shatmasligi uchun, Geyts inson mehnati bilan bir qatorda, sun’iy intellekt tokenlarini generatsiya qilish va sanoat robotlari faoliyatiga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq joriy etishni taklif qilmoqda. Geytsning o‘zi 2045-yilgacha 99 foiz boyligini tarqatib yuborishga va’da berdi.
📟 DigiTech
55 662
🚛 Nvidia'ning 11,4 million dollarlik “oziq-ovqat” ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlab ketildi: AQShda kompaniya uskunalarining yirik o‘g‘irligi yuzasidan tergov ketmoqda.
Chiplar partiyasi Kaliforniyadan Texasga yetkazilishi kerak edi. Biroq mashina haydovchilari bilan birga yo‘lda izsiz g‘oyib bo‘lgan.
NVIDIA yuk mashinalariga eng ilg‘or kuzatuv tizimlari o‘rnatilgan, biroq talonchilik a’lo darajada amalga oshirilgan. O’g’rilar mukammal yo‘nalishni tanlab, maxsus joylardagina to‘xtashgan. Politsiyachilarning ta’kidlashicha, dasturiy ta’minotning zaif joylarini yaxshi biladigan jinoyatchigina o‘zini shunday tutadi.
Eng qizig‘i, yuk mashinasi oziq-ovqat yetkazib beruvchi transport sifatida niqoblangan edi. Lekin o’g’rilarni bu ham to’xtatmadi.
📟 DigiTech
55 662
🎮 GTA VI chiqadigan haftada butun dunyo bo’ylab dam olish kuni uchun arizalar soni o‘tgan yillarga nisbatan 20 foizga oshdi.
AQShda taxminan har o‘ninchi xodim reliz kuni ishga chiqmasligi aniq. Ko‘pchilik hech bo‘lmaganda bir-ikki kunlik ta’til olmoqchi. Ba’zilar hatto soxta kasallik varaqasi ochtirishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyalardan birida esa masalani osonroq hal qilishdi — jamoaga oldindan dam olish kuni berib, hammaga o‘yinning bittadan nusxasini sovg‘a qilishdi.
📟 DigiTech
55 662
⚡️Canva kompaniyalar orasidagi eng munosib qisqartirishlardan birini amalga oshirdi. Kompaniya xodimlarining 22 foizini ishdan bo‘shatdi, ammo katta kompensatsiya bilan.
Ishdan bo‘shatilgan 1200 nafar xodimning barchasiga olti oylik ish haqi va bir yillik tibbiy sug‘urta to‘lab beriladi, ish MacBook’lari o‘zlarida qoldiriladi, bir yillik LinkedIn Premium obunasi sovg‘a qilinadi hamda kompaniyaning boshqa sobiq xodimlari va hamkorlari bilan tanishtiriladi.
Bu ham hali hammasi emas: agar kimdir o‘z startapini yo‘lga qo‘yishga qaror qilsa, unga biznesni rivojlantirish uchun 10 ming dollar ajratiladi. Buning uchun ariza topshirish kifoya.
Umid qilamizki, bu boshqalarga ham o‘rnak bo‘ladi.
📟 DigiTech
55 662
⚡️OpenAI GPT-6 Cyber sun’iy intellekt-xakerini namoyish etdi — modelga eng yuqori xavf darajasi berildi. U hatto o‘ta yuqori himoyalangan tizimlardagi zaifliklarni ham inson ishtirokisiz izlab topa oladi va ulardan foydalanishni biladi.
Aynan u Linux yadrosidagi 948 ta zaiflikni topgan. Shuningdek, Firefox brauzerida avval noma’lum bo‘lgan 81 ta jiddiy zaiflikni aniqlagan.
U belgilangan vazifa doirasidan 0,1% dan kamroq holatlarda chetga chiqadi. Avvalgi versiyada bu ko‘rsatkich 5% edi. Hugging Face buzib kirilishi darajasidagi hodisalar xavfi minimallashtirildi.
Biroq hujumlar xavfi baribir mavjudligi tufayli model hozircha faqat kichik foydalanuvchilar guruhigagina berildi.
📟 DigiTech
55 662
O‘zbekiston 2030-yilgacha sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish va Government AI Readiness Index reytingida TOP-50 ga kirishni maqsad qilgan .
Bunga qanday erishiladi? Javoblar 13–14-noyabr kunlari Toshkentda bo‘ladigan FINOBOD 2026 forumida:
• «Milliy AI-platformalar va LLM»
• «Moliyaviy xizmatlarda sun’iy intellekt va avtonom agentlar»
• «Gibrid ishchi kuchi: kompaniyalar odamlar va AI-agentlar bilan qanday ishlaydi»
FINOBOD — OPEN SOURCE FOR BUSINESS: texnologiyalarni sinab ko‘rish, hamkor topish va networking bitta maydonda.
Batafsil: fintechforum.uz/uz
Telegram: t.me/finobod
Reklama
55 662
⚡️Xotira inqirozi normal dasturlarni qaytarmoqda: shaxsiy kompyuter egalari optimallashtirilgan Windows 11 va tezkor Discord ilovasiga ega bo‘lishdi.
Windows hatto 8 Gb tezkor xotirali tizimlarda ham barqarorroq ishlay boshladi. Microsoft sinovlarida ko‘p vazifalilik rejimi 40 foizgacha tezlashgan. Ushbu yangilanish allaqachon chiqqan.
Discord esa butunlay Rust dasturlash tilida qayta yozilmoqda — natijada u 300 Mb dan kamroq tezkor xotirani egallashni boshlaydi. Hozirda ushbu dastur 4 Gb gacha xotirani "yeb qo‘yishi" mumkin.
Ehtimol, buning ortidan brauzerlarni ham to’g’irlashar.
📟 DigiTech
55 662
⚡️Oq xakerlar eng kuchli Lockdown himoya rejimiga ega iPhone 18 Pro'ni buzib kirishdi — buning uchun shunchaki… AirDrop orqali PDF fayl yuborish kifoya bo’ldi.
Hujum zararli fayl qabul qilinganidan so‘ng ishga tushadi, jeylbreyk esa tizim iOS 27.2 gacha yangilanganda va qurilma qayta o‘chirib-yoqilganda ham saqlanib qoladi.
Apple bu rejimni siyosatchilar, jurnalistlar va muhim ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa insonlar uchun maxsus yaratgan edi. Bu mazkur himoyani chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lingan ilk ma’lum holatdir.
📟 DigiTech
55 662
⚡️Binance soxta suhbat va fishing havolasi tufayli 6,3 milliard dollar yo‘qotdi — kompaniya hujum sxemasini oshkor etdi.
Kompaniya muhandisi internetdagi reklama ustiga bosgan va ish kompyuteriga Homebrew dasturining zararlangan versiyasini yuklab ogani. Binance buni payqab qolib, o‘chirib tashlagan, ammo xakerlar bu muhandisning kimligini va kompaniyada hamyonlarni yana kimlar boshqarishini aniqlashga ulgurishgan; Keyin xakerlar LinkedIn’da boshqa bir xodimni topib, ikki bosqichli soxta suhbat o‘tkazishgan va uni «sinov topshirig‘i»ni yuklab olishga ko‘ndirishgan; U ham zararlangan bo‘lib chiqdi, u orqali xakerlar kompaniya tizimlariga kirib, pullarni yechib olishgan.📟 DigiTech
55 662
⚡️Yirik texnologik kompaniyalar rahbarlari AQShdagi saylovlar fonida to‘nini teskari kiyib oldimi? Sem Altman butun OpenAI nomidan sun’iy intellekt insonlar nazorati ostida bo‘lishi tarafdori bo‘lib chiqdi. Eng qizig’i, yaqindagina u taraqqiyot yo‘lida qurbonliklar muqarrar, deb yozgan edi.
Bu o‘zgarish kecha Kongress saylovlarida demokratlar g‘alaba qozonishi bilanoq yuz berdi. So‘nggi ikki yil davomida uni Tramp partiyasi nazorat qilib kelgan, biroq endi vaziyat o‘zgardi.
Texnogigantlar Tramp ma’muriyatini «yaxshi do’st» deb bilishardi — ularga soliq imtiyozlari, data-markazlarni qurishga ruxsat va davlat shartnomalari taqdim etilgan. Endi esa ular demokrat strateglarga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib, kelishish yo‘llarini izlashmoqda. Kompaniyalarga allaqachon surishtiruvlar, sun’iy intellektni qat’iy tartibga solish va ma’lumotlar markazlari uchun cheklovlar bilan tahdid qilinmoqda. Hozir hatto Ilon Mask asosiy qarorgoh qilib olgan Texas ham demokratlar nazorati ostiga o‘tdi.Barcha bosh direktorlarga hozirdanoq advokat yollash maslahat berilmoqda. 📟 DigiTech
55 662
+1
📱«Original» dizaynga ega Galaxy S27 Ultra maketi ko’rsatildi
Maketni smartfonning yakuniy dizayni aks etgan CAD-fayllarni eksklyuziv tarzda qo‘lga kiritganini ta’kidlayotgan Android Headlines nashri ulashdi. Nashrning taxmin qilishicha, yangi dizayn MagSafe aksessuarlari bilan moslikni yaxshilash maqsadida qo‘llanilgan — endi ular kameralar blokiga tegib ketmaydi.
Exynos’ga to‘liq o‘tish haqidagi mish-mishlarni ham hisobga olsak, «ideal» flagman shakllanmoqda. Shunday emasmi :)
📟 DigiTech
55 662
👨💻 Anthropic kompaniyasida o‘rtacha oylik maosh — 107,300 dollarga yetdi. Taqqoslash uchun, bu AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ~18 barobar ko‘pdir.
Iyul-sentyabr oylarida kompaniya 5,3 ming kishilik jamoasi uchun $1,7 milliarddan ortiq mablag‘ sarflagan. Lekin bu xarajatlarning uchdan ikki qismi aksiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aftidan, IPOdan so‘ng Anthropic’ning yuzlab xodimlari multimillionerga aylanishadi.
📟 DigiTech
55 662
⚡️Yosh matematiklar sun’iy intellekt sababli kasbini o‘zgartirish haqida o‘ylashmoqda: MIT so‘rovnomasiga ko‘ra, ularning qariyb 76 foizi ilmiy tadqiqotlar va umuman matematika bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqi so‘nganini tan olgan.
Aspirantlar o‘z ta’limining istiqboli tobora so‘nib borayotganini ko‘rishmoqda. Ular sun’iy intellektning ilmiy kashfiyotlari, xususan, mingyillik masalalarning yechilishi tufayli so‘nggi ikki oyni «ayniqsa charchatadigan» davr deb atashmoqda.
Buning ustiga matematika hamjamiyati va universitetlarga nisbatan g‘azab ham qo‘shilmoqda.
📟 DigiTech
55 662
⚡️Yevropada muzlatkichlarga kiberhujumlar to‘lqini avj oldi: bugun xakerlar bir vaqtning o‘zida yettita mamlakatdagi yuzlab supermarketlar tizimini buzib kirishdi.
Xakerlar Spar va Carrefour kabi yirik tarmoqlarga masofadan ulanish imkonini qo‘lga kiritib, muzlatkichlar haroratini 50ºC gacha ko‘tarib yuborishgan.
Niderlandiyada hujumga uchragan tizimlar oddiy parol parol bilan himoyalangan bo’lgan. Bir oy muqaddam Fransiyadagi yuzlab do‘konlar tizimi buzib kirilganida, ularni internetdan uzib qo‘yish so‘ralgan edi.
Hujum oqibatida savdo tarmoqlari o‘n minglab yevrolik mahsulotlarni chiqindiga tashlashga majbur bo‘ldi. Buzib kirish ortida kim turgani noma’lum, tovon puli ham talab qilishmadi. Xakerlarning maqsadini hatto tergovchilar ham tushunmayapti.
📟 DigiTech
55 662
🏭 Google o‘zining eng yirik ma’lumotlar markazini... Claude shahrida quradi. Bu nomdagi shahar Texasda joylashgan bo‘lib, u yerda 1,1 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.
Ma’lumotlar markazini “Goodnight” deb nomlashadi. Aftidan, kompaniyadagilar joy tanlash ustida uzoq bosh qotirishmagan)
📟 DigiTech
55 662
⚡️AQSh Kongressi mamlakatni aslida kim boshqarayotganini aniqlash maqsadida Trampdan barcha promptlarni saqlab qolishni talab qildi.
Bunga Time nashrining maqolasi sabab bo‘ldi: Venesuelaga bostirib kirishdan oldin Tramp Grok bilan maslahatlashgan. Endi Kongress uning Grok, ChatGPT va Claude’ga yuborgan barcha so‘rovlarini tekshirmoqchi.
Vayb-prezident uchun so‘nggi muddat 11-noyabr etib belgilandi.
📟 DigiTech
55 662
⚡️Fransiyada deputatlar internet-trafik uchun soliq joriy etilishini ma’qulladi — har bir gigabayt uchun 0,055 yevro. Mazkur soliqqa Google, Netflix kabi yirik IT korporatsiyalar ham, kichik kompaniyalar ham tortiladi.
To‘lovni kompaniyalar amalga oshirishi kerak, biroq xarajatlar yakuniy foydalanuvchilar zimmasiga yuklanishi mumkin. Misol uchun: GTA VI ni yuklab olishga taxminan 12 yevro olinishi mumkin.
Ushbu soliq byudjetga yiliga 10 milliard yevro atrofida daromad keltirishi mumkin deb hisoblashmoqda. Tashabbus hozircha muhokama qilinyapti va yil oxirigacha hali rad etilishi ham mumkin.
Umid qilamizki, bu butun dunyoda trendga aylanib ketmaydi :(
📟 DigiTech
55 662
⚡️Kompaniyalar sun’iy intellekt sababli ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarishni boshladi: bu trend uchun hatto "SI-bumerang" degan atama ham o‘ylab topildi.
Ayrim misollar:
– Ford neyrotarmoqlar vazifani eplay olmayotganini aniqlagach, 350 nafar muhandisni qayta ishga oldi yoki lavozimini ko‘tardi; – Klarna (Shvetsiya fintex kompaniyasi) "chat-botga tayanib qolish haddan oshib ketgani" sababli qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yana odamlarni ishga olmoqda.Ma’lum bo‘lishicha, sun’iy intellekt ustidan kimdir nazorat qilib turishi, ba’zida esa his-tuyg‘ularni ilg‘ay olish va muammoning jiddiyligini baholash muhim. Bundan tashqari, odamlar ketishi bilan odatda hech qanday yo‘riqnomada yozilmaydigan ulkan ko‘rinmas ishlar ham to‘xtab qoladi. Eng qizig‘i: xodimlar qaytayotganda ko‘proq maosh va kafolatlar talab qilishni boshlashyapti) 📟 DigiTech
55 662
⚡️Claude 53 daqiqada Linux yadrosini buzib kirdi — operatsion tizimda xavflilik darajasi 10 balldan 9,8 ga baholangan yangi jiddiy zaiflik aniqlandi.
Hujum qilish uchun na akkaunt, na foydalanuvchi harakati talab etiladi: server bilan TCP-ulanishni o‘rnatishning o‘zi kifoya. Ushbu tuynuk orqali tizim ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritish mumkin.
Zaiflikni bartaraf etuvchi patch allaqachon chiqdi. Linux foydalanuvchilariga tizimni yangilab olish tavsiya etiladi.
📟 DigiTech
