Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi (Rasmiy kanal)🇺🇿
前往频道在 Telegram
Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Ushbu kanalda Madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar, tizimdagi yangiliklar yoritib boriladi.
显示更多920
订阅者
-224 小时
+287 天
+1130 天
帖子存档
#Chellenj
#Mustaqillik_35_yil
🇺🇿 Surxondaryo viloyat ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi Qumqo'rg'on tuman filiali faol kitobxoni 1-guruh ko'zi ojiz nogironligi bo'lgan Xolnazarova Zarifa ijrosida "O'zbekiston" qo'shig'i O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chellenji!
Vatanimiz ravnaqi, tinchligi va farovonligi yo‘lida erishilgan yutuqlarni madh etib, Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olaylik!
✨ Aziz yurtdoshlar, siz ham chellenjga qo‘shiling va mustaqillik ruhini keng targ‘ib qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
#birdamjamiyat
Chanqovuz – yurak sadosi, xalq ruhi.
Chanqovuz – bu qadimdan buyon Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbeklar orasida mashhur bo‘lgan torli cholg‘u asbobi. Uni yog‘och, temir yoki misdan tayyorlashgan. "Tarixchilarga ko‘ra, chanqovuz 4–5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Dastlab Sibir, Mo‘g‘uliston, Turkiston hududlarida keng tarqalgan. O‘zbek xalq musiqa madaniyatida esa u – yurakdan yurakka o‘tadigan sado bo‘lgan. Chanqovuz — xalq sadosi. Uni eshiting, siz unda o‘zingizni topasiz.Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
🚀 KIBERJINOYATLARSIZ YASHASH — ENG YAXSHI YASHASH!
Raqamli dunyoda xavfsiz yashash, shaxsiy maʼlumotlar va bank kartalarimizni firibgarlardan himoya qilish — har birimizning oʻz qoʻlimizda! Shunday ekan, kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilib, atrofimizdagilarni ham ogohlikka chaqiraylik.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
#QABUL_2026
📣📣📣 DIQQAT, E'LON!!!
✅Uzun tumani 3-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi 2026/2027 o‘quv yili uchun istedodli va iqdidorli, musiqa va san'atga qiziqishi bo'lgan o‘quvchilarni quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi.
1. FORTEPIANO;🎹
2. XALQ CHOLG‘ULARI; 🪕🎻
3. AN'ANAVIY CHOLG‘ULAR; 🪕 🥁
4. BAXSHICHILIK SAN'ATI;🪕
5. AKADEMIK XONANDALIK;🎙
6. AN'ANAVIY XONANDALIK;🤵
7. ESTRADA XONANDALIK;🎤
8. ESTRADA CHOLG‘ULARI; 🎹🎸
9. XOREOGRAFIYA;💃
10. TASVIRIY SAN'AT yo‘nalishlari;🎨
📄Qabul uchun talab etiladigan hujjatlar:
a) ta’lim yo‘nalishlari ko‘rsatilgan ariza;
b) o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
v) o‘quvchiga belgilangan shaklda berilgan tibbiy ma’lumotnoma;
g) 3 x 4 o‘lchamli 2 ta fotosurat.
DIQQAT!
✅RO‘YXATGA OLISH BOSHLANDI.
SHOSHILING!.QABUL KVOTALARI CHEKLANGAN
📆 QABUL 2026-YIL 25-АVGUSTGACHA DAVOM ETADI.
🏢 Manzil: Uzun tumani, “Obizarang” mahallasi, Turon ko'chasi 95-uy.
☎️ТEL: (97)-786-33-85
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
#Maqom_targʻiboti
Hurmatli san'at ixlosmandlari!
Sizni Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Surxondaryo viloyati hududiy boʻlimi tomonidan tashkil etilayotgan jonli ijrodagi maqom konsert dasturiga taklif etamiz.
📅 Sana: 2026-yil 28-iyul
🕙 Vaqt: soat 10:00
📍 Manzil: Sherabod tumani 51-sonli Madaniyat markazi
Konsert davomida milliy maqom sanʼatining betakror namunalari, mumtoz kuy-qoʻshiqlar va jonli ijrolar sizga unutilmas taassurot ulashadi.Barchangizni ushbu maʼnaviy-maʼrifiy va musiqiy bayramga chorlab qolamiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Termizda “Do‘stlik” festivali bo‘lib o‘tdi
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali doirasida Termiz shahrida ham bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Festivalning “Do‘stlik ohanglari” gala-konsert dasturida turli millat va elat vakillari milliy kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Chiqishlarda Yangi O‘zbekistonda qaror topgan millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘z ifodasini topdi.
Tadbirda do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik g‘oyalari keng targ‘ib qilinib, mamlakatimizda tinchlikni asrash, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi ahillikni yanada mustahkamlashning ahamiyati ta’kidlandi.
https://uza.uz/uz/posts/termizda-dostlik-festivali-bolib-otdi_887179
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
+1
Imkoniyati cheklangan kitobxonlarga ovoz o'qish xizmati ko'rsatildi.
Surxondaryo viloyat ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi Qumqo'rg'on tuman filiali xodimlari tomonidan tumandagi Munchoqtepa MFYda yashovchi 1-guruh ko'zi ojiz kitobxon Xolnazarova Zarifaga ovozli o'qish xizmati ko'rsatildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
+2
#Madaniy_tadbir
#Mustaqillik_35_yil
#Bayram_shukuhi_hududlarda
Qumqo'rg'on tumanidagi "To'g'on" mahallasida joylashgan 4-maktabda 68-son madaniyat markazi ijodiy-badiiy jamoasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda "O'tov" folklor etnografik xalq havaskorlik jamoasi konsert dasturlarini namoyish etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
WORD taxrirlagichida kursorni satrning boshiga olib o‘tish tugmachasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
+9
#Jarayon
#Madaniyat_kunlari
⚡️Qirg‘iz Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda Issiqko‘l viloyatining Cho‘lponota shahridagi “Rux Ordo” madaniy majmuasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi tadbirlarning tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bizni kuzatib boring! Madaniyat kunlaridan batafsil xabar berib boramiz...
🔹Telegram 🔹Instagram
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
+9
⚡️Ijodiy birlashmalarning 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari muhokama qilindi
24-iyul kuni madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Raqamli san’at ijodiy birlashmasi hamda Musiqiy estrada ijodiy birlashmasining 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari taqdimoti muhokama qilindi. Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat masalalari bo‘yicha vakili Xasan Salixov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev, vazir o‘rinbosari Sanjar Bobojonov hamda mazkur birlashmalar mas’ullari ishtirok etdi. Muhokama davomida ish rejalarida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarning aniq natijalarga yo‘naltirilgan holda aks ettirilishi, tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni xalqaro maydonga olib chiqishga qaratilgan maqsadlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Yakunida ish rejalarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
#Milliy_atamalar
⚡️41 ta yangi rasmiy atama tasdiqlandi
Atamalar komissiyasining 2026-yil 30-iyundagi 58-son bayoniga muvofiq 41 ta yangi rasmiy atama tasdiqlandi. Mazkur atamalar xorijiy so‘zlarning o‘zbekcha muqobillarini amaliyotga keng joriy etish, rasmiy hujjatlar hamda kundalik muloqotda yagona terminologiyani shakllantirish, shuningdek, davlat tilini bugungi davr talablari asosida yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilindi. Yangi atamalarning amaliyotga keng tatbiq etilishi davlat tilining nufuzini yuksaltirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish hamda rasmiy va ilmiy uslubning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
