ch
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

关闭频道

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

显示更多

📈 Telegram 频道 Pulli Gap 的分析概览

频道 Pulli Gap 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 34 177 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 555,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 337

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 34 177 名订阅者。

根据 15 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 098,过去 24 小时变化为 -63,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 34.45%。内容发布后 24 小时内通常能获得 11.43% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 11 776 次浏览,首日通常累积 3 906 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 38

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

凭借高频更新(最新数据采集于 16 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。

34 177
订阅者
-6324 小时
-2777
-1 09830
帖子存档
Pulli Gap
34 169
💸 Kontraktda o‘qish endi muammo emas! Aksariyat banklar imtiyozli ta’lim krediti ajratishni boshladi. Ushbu kreditni o‘qishn
💸 Kontraktda o‘qish endi muammo emas! Aksariyat banklar imtiyozli ta’lim krediti ajratishni boshladi. Ushbu kreditni o‘qishni tamomlab, 7-oydan boshlabgina to‘lashni boshlaysiz. Batafsil o‘qish uchun 👇

Pulli Gap
34 169
“Moliyaviy yostiqcha” — bu ko‘zda tutilmagan vaziyatlar uchun ajratilgan pul. Ya’ni, u to‘satdan daromad manbaingizni yo‘qoti
“Moliyaviy yostiqcha” — bu ko‘zda tutilmagan vaziyatlar uchun ajratilgan pul. Ya’ni, u to‘satdan daromad manbaingizni yo‘qotib qo‘ysangiz, ma’lum muddat davomida kundalik xarajatlaringizni qoplovchi summa. Bu summa qancha bo‘lishi kerak? Buni bilish uchun o‘rtacha bir oylik xarajatlaringizni hisoblang. So‘ngra ularni 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan songa ko‘paytiring. Natija esa sizning “moliyaviy yostiqcha”ngizda bo‘lishi kerak bo‘lgan summa hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir oila yoki shaxs uchun “moliyaviy yostiqcha” miqdori turli xil bo‘ladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Jamoamiz bilan aholining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishga harakat qildik. Xo'sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo'lardingiz?) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Emitent nima? Emitent — o‘z faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarni chiqaradigan (emissiya
Emitent nima? Emitent — o‘z faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarni chiqaradigan (emissiya qiladigan) kompaniya yoki tashkilot. Agarda emitentlar belgilangan foiz evaziga investorlardan qarz olmoqchi boʻlsa, obligatsiyalar koʻrinishidagi qimmatli qogʻozlarni chiqaradi. Shuningdek, emitent investorlarga kompaniya egasi yoki ulushdori, aksiyadori boʻlishni ham taklif qilishi mumkin. Bunda ular xaridorlarga kompaniya foydasidan bir ulush olish va ayrim hollarda uni boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi aksiyalarni chiqaradi. O’zbekistonda 2023-yilning birinchi chorak yakunlariga ko’ra, 112 ta emitentning qimmatli qog’ozlari mavjud. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
O‘zbekistondagi qaysi banklar imtiyozli ta’lim kreditlari ajratyotganidan xabardormisiz? Bugun sizlarga shu haqida ma’lumot b
O‘zbekistondagi qaysi banklar imtiyozli ta’lim kreditlari ajratyotganidan xabardormisiz? Bugun sizlarga shu haqida ma’lumot beramiz. Mamlakatimizdagi aksariyat banklar imtiyozli ta’lim kreditlari ajratishni boshladi. Ular quyidagilar: ● Ipoteka-bank; ● Xalq banki; ● MKBank; ● Asakabank; ● Agrobank; ● SQB; ● Turonbank. Tez orada qolgan banklar ham ushbu turdagi kreditlarni ajratishni boshlashi kutilmoqda. Ta’lim kreditlari O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari (davlat, nodavlat va xorijiy)ning talabalariga beriladi. Lekin “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilinganlarga kredit ajratilmaydi. Ta’lim kreditlari Markaziy bankning asosiy stavkasi asosida (ayni vaqtda 14 foiz) hisoblanadi. Talaba qizlar uchun esa imtiyozli ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda kreditning foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Imtiyozli ta’lim krediti rasmiy o‘qish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan, talaba 1-kurs bo‘lsa, 11 yilu 7 oy ichida kreditni to‘lashi mumkin. Ta’lim krediti haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun videomizni tomosha qiling. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Xabaringiz bor, yakuniy test natijalari (mandat) e’lon qilindi! Kontrakt asosida o‘qishga kirib, endi qanday o‘qiyman deb o‘ylanyapsizmi? Endilikda bu muammo emas. Sizga ta’lim krediti yordam beradi. Xo‘sh, uni qanday qilib olish mumkin? Bugungi videomiz shu haqida) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Naqd pul yoki bank kartalari — to‘lovlarni amalga oshirish uchun qay biridan ko‘proq foydalanasiz? Telegram • Instagram • You
+3
Naqd pul yoki bank kartalari — to‘lovlarni amalga oshirish uchun qay biridan ko‘proq foydalanasiz? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Biroz yirtilgan, shikastlangan valyutangizni bankda almashtirish jarayonida qo‘shimcha to‘lov qilishingizga to‘g‘ri kelganmi?
Biroz yirtilgan, shikastlangan valyutangizni bankda almashtirish jarayonida qo‘shimcha to‘lov qilishingizga to‘g‘ri kelganmi? Nega bunday bo‘lganiga qiziqib ko‘rganmisiz? Bugun shu savolga javob topishga urinib ko‘ramiz. Shikastlangan valyutani qabul qilish jarayonida banklar tomonidan komission to‘lovlar undirilishi mumkin. Bu odatiy holat, chunki banklarning ma’lum xarajatlari mavjud. Banklarda ko‘p miqdorda eskirgan, shikastlangan valyutalar yig‘ilganda, bank ushbu valyutalarni yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunda, quyidagi xarajatlar mavjud: 1 — yangi valyutani yetkazib beruvchi bankning xizmat haqi; 2 — bojxona xarajatlari uchun to‘lovlar; 3 — transport xarajatlari; 4 — vakil chet el bankining xizmat haqi. Shu tufayli ham shikastlangan valyutangizni qabul qilish jarayonida sizdan komission to‘lovlar undiriladi. Ushbu to‘lovlarning miqdori valyutaning shikastlanganlik darajasiga qarab, uning 3 foizidan 5 foizigacha bo‘lishi mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Ipoteka kreditining qaysi turidan foydalangansiz yoki foydalanmoqchisiz?
Anonymous voting

Pulli Gap
34 169
Shuningdek: — sotib olinadigan kvartiraning qiymati ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi; — Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ipoteka kreditlari boʻyicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.

Pulli Gap
34 169
Uzoq vaqtdan beri shaxsiy uyingizni sotib olishni xohlaysiz-u, unga yetarli pul jamg‘ara olmaysizmi? Bu holatda ipoteka kreditlari yordamga kelishi mumkin. Xo'sh, qanday qilib ipoteka kreditlarini olish mumkin? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Subsidiya — bu pulmi? Subsidiya — aholiga davlat tomonidan beriladigan yordam. U ipoteka krediti orqali uy sotib olishda bosh
Subsidiya — bu pulmi? Subsidiya — aholiga davlat tomonidan beriladigan yordam. U ipoteka krediti orqali uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘. Ipoteka krediti uchun subsidiya olsangiz, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishingiz shart emas. Qonunchilikka koʻra, subsidiyalar uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlariga asosan 30 va undan yuqori ball toʻplaganlarga ajratiladi. Misol uchun, kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy faol yoshlar, chekka hududlarda ishlash uchun boshqa hududdan kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlarining arizalari yuqoriroq baholanadi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
MasterCard kartalari — xalqaro to‘lov tizimlarida qo‘llaniladigan karta hisoblanadi. Bugun O‘zbekistonda ushbu kartalarni och
+4
MasterCard kartalari — xalqaro to‘lov tizimlarida qo‘llaniladigan karta hisoblanadi. Bugun O‘zbekistonda ushbu kartalarni ochish jarayoni haqida gaplashamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Loyihamizda ko'proq qaysi mavzular yoritilishini istaysiz?
Anonymous voting

Pulli Gap
34 169
So‘m va AQSh dollardagi omonatdan keladigan daromadlarning farqini bilasizmi? Bugun ularni o‘rganib chiqamiz) Ma’lumki, valyu
So‘m va AQSh dollardagi omonatdan keladigan daromadlarning farqini bilasizmi? Bugun ularni o‘rganib chiqamiz) Ma’lumki, valyuta turiga qarab yillik foiz stavkalar farqlanadi. Amaliyotda, so‘mdagi omonat foiz stavkalari AQSh dollariga nisbatan bir muncha yuqoriroq. Masalan, sizda 10 mln so‘m bor va “X-bank”ka oddiy foizlarda hisoblanadigan omonat qo‘yishga qaror qildingiz, ammo qaysi valyutada omonat ochishni bilmayapsiz. Dollardagi omonat Tasavvur qilaylik, 2022-yilning 15-avgustida so‘mdagi mablag‘ingizni AQSh dollariga ayirboshladingiz. O‘sha kuni rasmiy dollar kursi 10 911,01 so‘mni tashkil etgan. Shunda 10 mln so‘mingiz qariyb 916,50 AQSh dollariga teng bo‘lgan. Hozirda, xorijiy valyutadagi omonatlarning o‘rtacha foizi — yillik 5 foiz. Agar siz ushbu mablag‘ingizni 1 yil muddatga AQSh dollarida omonatga qo‘ysangiz, bir yildan so‘ng taxminan 962,33 dollar olasiz. Shunday qilib, siz 45,83 dollar foyda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. So‘mdagi omonat Bugungi kunda, milliy valyutadagi omonatlarning o‘rtacha foizi yillik 22 foiz deb olsak, siz 10 mln so‘mingizni omonatga qo‘yib, bir yildan so‘ng taxminan 2,2 mln so‘m foyda olishingiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, omonat muddati so‘ngida siz 12,2 mln so‘m miqdorda pulni qabul qilib olasiz. Xo‘sh qaysi biri foydaliroq? Qaysi biri ko‘proq — 962,33 AQSh dollarimi yoki 12,2 mln so‘m? Buning uchun AQSh dollarini so‘mga aylantiramiz. Bugun 15-avgust uchun rasmiy dollar kursi 12 062,04 so‘m. Demak, 962,33 AQSh dollari taxminan 11,6 mln so‘mga aylanadi. Bu esa milliy valyutadagi omonatdan keladigan daromaddan qariyb 600 ming so‘mga kamroq. *ushbu hisob-kitoblar axborot beruvchi xarakterga ega va sizni qiziqtirgan bankning hisob-kitoblaridan farq qilishi mumkin TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Do‘stlar, biz aloqa botimizni ishga tushirdik! Endilikda sohaga doir savollaringizni mutaxassislar yordamida o'rganib chiqami
Do‘stlar, biz aloqa botimizni ishga tushirdik! Endilikda sohaga doir savollaringizni mutaxassislar yordamida o'rganib chiqamiz hamda ularga birgalikda javob topamiz. Savol va takliflar uchun: @pulligap_bot TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Omonat pul tejash va jamg‘armalarni ko‘paytirishning eng ishonchli usullaridan biri. Bugun shu haqida gaplashamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Bankdagi omonatlaringizni dollarda saqlaysizmi yoki so‘mda?
Anonymous voting

Pulli Gap
34 169
Kobeyjing bank kartalari haqida eshitganmisiz? 2018-yildan boshlab O‘zbekistonda kobeyjing kartalari joriy etilgan. Ular ikki
+2
Kobeyjing bank kartalari haqida eshitganmisiz? 2018-yildan boshlab O‘zbekistonda kobeyjing kartalari joriy etilgan. Ular ikkita to‘lov tizimida ishlab, so‘mda yoki boshqa valyutalarda to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 169
Bilamiz-ki, banklar kredit berishdan avval ko‘pincha garov ta’minoti ham talab qiladi. Odatda, garov sifatida qimmatbaho mulk
Bilamiz-ki, banklar kredit berishdan avval ko‘pincha garov ta’minoti ham talab qiladi. Odatda, garov sifatida qimmatbaho mulk qo‘yiladi. Xo‘sh, sizningcha bu garovga qo‘yilgan ta’minot turini o‘zgartirish mumkinmi? Qarz oluvchi kreditni qisman so‘ndirganida garovga qo‘yilgan mulk kreditning joriy qoldig‘ini qoplay oladigan boshqa garov turiga almashtirilishi mumkin. Bu jarayonda esa bank yangi ta’minot turi holatini o‘rgangan holda uni garovga olishga rozi bo‘lishi talab etiladi. Deylik, garov ta’minotiga qo‘yilgan biror mulkingizni sotish maqsadida yoki boshqa sababga ko‘ra garovdan chiqarmoqchisiz. Bunda qarz beruvchining (bankining) roziligi bilan, uni ushbu ta’minot summasiga teng keluvchi boshqa garov ta’minotiga almashtirishingiz mumkin bo‘ladi. Masalan, 150 mln so‘m miqdoridagi kredit uchun 175 mln so‘mlik ko‘chmas mulk (do‘kon) garovga olingan. Kreditning 70 mln so‘m qismi to‘langan taqdirda, kredit qoldig‘iga mos ravishda ko‘chmas mulk garovini 105 mln so‘mlik avtotransport vositasiga almashtirish mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok