ch
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

关闭频道

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

显示更多

📈 Telegram 频道 Pulli Gap 的分析概览

频道 Pulli Gap 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 34 187 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 557,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 331

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 34 187 名订阅者。

根据 14 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 087,过去 24 小时变化为 -30,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 33.51%。内容发布后 24 小时内通常能获得 11.41% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 11 474 次浏览,首日通常累积 3 906 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 38

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

凭借高频更新(最新数据采集于 15 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。

34 187
订阅者
-3024 小时
-2837
-1 08730
帖子存档
Pulli Gap
34 181
📌 Oʻzbekistondagi barcha radarlar ro'yxati! ➡️ YHXX yoʻllardagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari oʻrnatilgan aniq manzillar, ular qaysi qoidabuzarliklarni aniqlashi haqida maʼlumot berdi. ☝️ Ushbu roʻyxatda Oʻzbekiston boʻylab barcha hududlarda oʻrnatilgan 1 800 dan ortiq radarlar haqida maʼlumot keltirilgan. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
📃 Elekton hujjatlarni olish endi oson! ❗️Unutmang, hujjatning elektron varianti degani uning rasmi degani emas! Batafsil videoda☝️ 📌 Hujjatlarning raqamli versiyalaridan foydalanilganda, ularning qog‘ozdagi ko‘rinishi talab etilmaydi va davlat muassasalarida qabul qilinadi (bank, notarial idoralar, O‘zbekiston hududi bo‘ylab parvoz va poezdlarga ro‘yxatdan o‘tish uchun va hokazo). Videoni yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Siz quyidagi kiberhujumlardan qaysi biriga duch kelgansiz va qanday yo’l tutgansiz?
Anonymous voting

Pulli Gap
34 181
Kiberfiribgarlikning 3 turi va ulardan qanday saqlanish mumkin? Kundalik hayotda u yoki bu tanishingizning kiberhujumga uchra
Kiberfiribgarlikning 3 turi va ulardan qanday saqlanish mumkin? Kundalik hayotda u yoki bu tanishingizning kiberhujumga uchragani haqida eshitib qolamiz. Quyida sizga kiberhujumlarga uchramaslik uchun kiberfiribgarlik turlari va ulardan qanday saqlanish mumkinligini aytib o’tamiz! 1. Fishing – Aldovli xatlar, SMS yoki linklar orqali ma'lumot o‘g‘irlash Firibgarlik sxemasi: ➖Sizga “bankdan”, “pochta xizmatidan” yoki “aksiyalar o‘yinidan” xat yoki SMS keladi. ➖U yerda link bo‘ladi: “Hisobingiz bloklandi”, “Yutib oldingiz!”, “Shoshiling, kartangiz bloklanadi!”. ➖Linkga kirganingizda — u rasmiy saytga o‘xshaydi, lekin aslida soxta. Siz kiritgan login/parol, karta ma'lumotlari — firibgarlar qo‘liga tushadi. Qanday saqlanish kerak? ✅Hech qachon noma’lum linklarga kirmang. ✅ Shaxsiy ma'lumotlaringizni faqat rasmiy saytlarga kiriting. ✅ 2 bosqichli avtorizatsiyani yoqing (2FA) 2. Vishing – Telefonda aldash (soxta qo‘ng‘iroqlar) Firibgarlik sxemasi: ➖Sizga “bank xodimi” sifatida qo‘ng‘iroq qilishadi. ➖“Kartaniz bloklandi, to‘lov bo‘lmadi, kodni ayting, parolingizni tekshiramiz” deyishadi. ➖Siz SMS kodni aytsangiz yoki karta ma'lumotini bersangiz — pulingiz yechib olinadi. Qanday saqlanish kerak? ✅Hech qachon hech kimga SMS-kod, karta raqami, CVV, parol aytmang. ✅ Bank xodimi sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilmaydi. ✅ Shubhali qo‘ng‘iroqlarda aloqani uzing va o‘zingiz bankka qo‘ng‘iroq qiling. 3. Soxta ilovalar va botlar Firibgarlik sxemasi: ➖Telegram yoki Google Play’da bank nomi bilan soxta ilova paydo bo‘ladi. ➖Yoki Telegram’da “nafaqa olish”, “kredit tekshirish”, “yordam olish” botlari tarqatiladi. ➖Siz u yerda shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritasiz – ular firibgarlarga tushadi. Qanday saqlanish kerak? ✅Ilovani faqat ruxsat berilgan manba — Play Market yoki App Store’dagi ishlab chiquvchi nomiga qarab yuklab oling. ✅Telegram botdan foydalanayotganda — tasdiqlangan, rasmiy manbani tekshiring. ✅ Antivirus va ilovalarni skanerlovchi dasturlarni yoqib qo‘ying. Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🚗O‘zbekiston sharoitida mashina olish uchun qancha vaqtda pul yig‘sa bo‘ladi? 👍 Bugungi kunda mashina sotib olishdagi asosi
🚗O‘zbekiston sharoitida mashina olish uchun qancha vaqtda pul yig‘sa bo‘ladi? 👍 Bugungi kunda mashina sotib olishdagi asosiy omillar mashina narxi (yangi yoki eski, model, holat), sizning oylik daromadingiz, har oy qancha tejab qola olishingiz va moliyaviy majburiyatlaringiz (ijara, kredit, oila) hisoblanadi. 🔜Keling, buni 3 xil mashina toifasida hisoblab ko'ramiz! 1️⃣Past byudjetli 🚗 Eski Spark / Matiz (2-qo‘l): 40–60 mln so‘m 🪙 Aytaylik, siz har oy 2 mln so‘m tejaysiz. ➡️60 mln / 2 mln = 30 oy = 2,5 yil Natija: 2,5 yil 2️⃣O‘rtacha byudjetli 🚗 Yangi Cobalt / Nexia 3 / Onix: 110–140 mln so‘m 🪙 Har oy 3 mln so‘m tejasa: ➡️130 mln / 3 mln = 43 oy ≈ 3,5 yil Natija: 3,5 yil 3️⃣Yuqori byudjetli 🚗 Tracker, Malibu, Captiva: 200–300 mln so‘m 🪙Tejash sur’ati: 5 mln so‘m oyiga ➡️250 mln / 5 mln = 50 oy = 4,2 yil Yoki daromadingiz yuqori bo‘lib, oyiga 8 mln tejasa: ➡️250 mln / 8 mln = 31 oy ≈ 2,5 yil Natija: 2,5 - 4,2 yil 🤔Qanday qilib tezroq yig‘ish mumkin? ➖Maqsadli jamg‘arma oching (Bank depoziti, omonat) ➖Mashina jamg‘armasini avtomatik ajratingб har oyning boshida ➖Qo‘shimcha daromad manbasi toping (frilans, avtoreklama, kichik xizmatlar) ➖Zarur bo‘lmagan xarajatlarni qisqartiring (kafe, kiyim, servislar) Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
😮 Kredit olishni ta'qiqlash haqida eshitganmisiz? Endi siz kredit olishni o'ziga o'zi taqiqlash xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Shunda boshqalar nomingizga kredit ololmaydi. ➡️Bu haqda batafsil videoda tanishishingiz mumkin! Videoni tanishlaringizga yuborib qo'ying, bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
➡️Mehnat ta'tili va mehnat ta'tili puli haqida bilasizmi? Keling, shu haqida gaplashamiz! ➖Mehnat ta'tili - bu bir yilda bir
➡️Mehnat ta'tili va mehnat ta'tili puli haqida bilasizmi? Keling, shu haqida gaplashamiz!Mehnat ta'tili - bu bir yilda bir marta xodimning dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun oladigan ta'tilidir. 📌 Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Mehnat ta'tilining davomiyligi eng kami 21 kun, davlat organlari xodimlariga – 27 kalendar kun. Yangi ishga kirgan xodim 6 oydan keyin mehnat ta'tiliga chiqishi mumkin. 🤑Mehnat ta'tili uchun pul miqdori oxirgi 12 oy ichidagi o‘rtacha ish haqi asosida hisoblanadi. Postni dam olmasdan ishlaydigan tanishingizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
❄️Ventilyator yoki konditsioner? 🔥Issiq kunlar uchun qaysi biri foydaliroq? Yozning jazirama kunlarida salqinlik har bir uy
❄️Ventilyator yoki konditsioner? 🔥Issiq kunlar uchun qaysi biri foydaliroq? Yozning jazirama kunlarida salqinlik har bir uy uchun zarur. Ammo savol tug‘iladi: Qaysi biri foydaliroq va hamyonbop? Quyidagi taqqoslash bunga aniq javob beradi! 1️⃣Ventilyator (Vitek VT‑1926) ⚡️Oylik energiya sarfi: 14–15 kVt 🤑Kuniga 8 soat ishlaganda bir oyda - 7  000–10  000 so'm atrofida ✔️Afzalliklari: 🔘Arzon 🔘Harakatlanadigan, ixcham 🔘Elektr sarfi kam Kamchiliklari: 🔘Havoni sovutmaydi, faqat aylantiradi 🔘Juda issiq xonada yetarli ta’sir bermaydi 💸Narxi: 400–800 ming so‘m atrofida 2️⃣ Konditsioner – (Artel Marvarid 12) ⚡️Oylik energiya sarfi: ~ 300 kVt 🤑Kuniga 8 soat ishlaganda bir oyda - 135 000 so‘m ✔️Afzalliklari: 🔘Haqiqiy sovutish ta’siri 🔘Haroratni nazorat qilish imkoniyati 🔘Sovutish va isitish uchun mos Kamchiliklari: 🔘Narxi yuqoriroq 🔘Tejamkorlik past 💸Narxi: 4-6 mln so‘m atrofida Siz qaysi birini afzalroq deb bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
💳Nomingizdagi kartani o'chirish uchun nima qilish kerak? 1️⃣Nomingizdagi bank kartasini yopish uchun avvalo kartani bergan b
💳Nomingizdagi kartani o'chirish uchun nima qilish kerak? 1️⃣Nomingizdagi bank kartasini yopish uchun avvalo kartani bergan bankka shaxsan murojaat qilishingiz kerak. Sizga kerak bo'ladi: 🪪Pasport (yoki ID-karta) 💳Plastik karta (agar mavjud bo‘lsa) 2️⃣Bankda karta yopish bo‘yicha ariza yozasiz. Kartani yopishdan oldin hisobda mablag‘ qolmasligi va hech qanday qarzdorlik bo‘lmasligi kerak. 3️⃣Ariza asosida bank kartani rasmiy ravishda yopadi. Siz faqatgina kartani emas, unga bog‘langan hisob raqam ham yopilishini so‘rashingiz kerak. 📌Ayrim banklarda bu jarayonni mobil ilova orqali ham bajarish mumkin. ➡️Postni tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🤑Naqd pulsiz jamiyat: Kelajakda biz qanday to‘laymiz? ↗️ Texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va biz asta-sekin naqd pulsiz iqtisodiyot sari harakat qilyapmiz. Endi pul – bu nafaqat qog‘oz yoki tanga, balki mobil ilovalar, kartalar va hatto biometrik ma’lumotlar orqali amalga oshiriladigan to‘lov vositasidir. 👍 Pulli Gap AI loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi videoda aynan naqd pulsiz jamiyat va zamonaviy to'lov tizimlari haqida so'z boradi. Videoga 👍 bosing, do‘stlaringiz bilan ulashing va kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! Videoni ko'rish uchun ➡️ havola

Pulli Gap
34 181

Pulli Gap
34 181
🗓 O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi? 1️⃣ Elektron hujjatlarni rasmiy qabul qilish boshlanadi Vazirlar Mahkamasining
🗓 O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi? 1️⃣ Elektron hujjatlarni rasmiy qabul qilish boshlanadi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2025‑yil 1‑iyuldan davlat organlari elektron shakldagi hujjatlarni (haydovchilik guvohnomasi, biometrik pasport, talabalik guvohnomalar, texnik pasport va boshqalar) majburiy ravishda qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Bu raqamli hukumat yo‘nalishidagi muhim qadam hisoblanadi. 2️⃣ Poliklinikalarda navbatda turish soddalashadi 1-iyuldan boshlab davlat poliklinikalarida elektron navbat tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Endi ko‘pchilik xizmatlarga my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali navbat olib kirish mumkin bo‘ladi. 3️⃣ Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi 2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xarid qilish jarayonida eskrou hisobvaraqlari orqali to‘lov tizimi joriy etiladi. Mijoz to‘lovi bevosita quruvchiga emas, balki bankdagi maxsus hisobvaraqqa tushadi. Qurilish ishlari 30% bajarilgach, pul ko‘chiriladi. 4️⃣ Tovar eksportiga cheklovlar bekor qilinadi 1-iyuldan boshlab mamlakatdan chiqarilayotgan tovarlarga nisbatan barcha eksport cheklovlari olib tashlanadi. Bojxona qiymatini aniqlash tartibi xalqaro normalarga moslashtiriladi. 5️⃣Pensiya, nafaqa va moddiy yordamlar 10% ga oshadi Prezident farmoni asosida 2025-yil 1-iyuldan boshlab: haydovchilar, pensiyalar, nafaqa, talabalar uchun stipendiyalar, hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalariga to‘lovlar 10% ga oshiriladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
😮Ishdan bo'shasangiz, sizga pul berilishi kerakligini bilarmidingiz? Ko‘pchilik ishchilar ishdan bo‘shagan paytda o‘zlarining moddiy huquqlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Aslida, mehnat qonunchiligiga ko‘ra, ishdan bo‘shagan xodim bir qancha to‘lovlarni olish huquqiga ega. ➡️Bu haqida batafsil videoda bilib olishingiz mumkin☝️ 📌Mehnat qonunchiligi sizning huquqlaringizni himoya qiladi. Eng asosiysi – o‘z huquqlaringizni biling va ularni talab qilishdan cho‘chimang! Postni ishdan bo'shamoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Siz qaysi to‘lov usulidan ko‘proq foydalanasiz?
Anonymous voting

Pulli Gap
34 181
💸 Naqd pulmi yoki karta? Qaysi biri pulni tejaydi? Har kuni xarajat qilamiz: oziq-ovqat, transport, kofe ... Lekin bu xaraja
💸 Naqd pulmi yoki karta? Qaysi biri pulni tejaydi? Har kuni xarajat qilamiz: oziq-ovqat, transport, kofe ... Lekin bu xarajatlarni qanday nazorat qilamiz? Ko‘pchilik shunday savol beradi: naqd pul ishlatgan yaxshimi, yoki karta bilan to‘lashmi? Keling, bugun shu mavzuni ko‘rib chiqamiz! 👍 Plastik karta qulay – telefoningiz bilan bir zumda to‘lov, keshbek, chegirmalar va to‘liq xarajatlar tarixi. Ammo aynan shu qulaylik ortidan odamlar ko‘proq sarflashni boshlaydi – chunki pul “ko‘rinmaydi”. 👍 Naqd pulda esa boshqa effekt bor – siz qo‘lingizdagi pulni ko‘rasiz, har bir so‘mni sarflayotganingizni his qilasiz. Ko‘p tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar naqd bilan to‘laganda kamroq pul sarflaydi, chunki bu og‘riqliroq jarayon. Har bir usulning o‘z afzalligi bor. Moliyaviy savodli odam esa har ikkisidan oqilona foydalanadi: ⏺Kundalik xarajatlar uchun – naqd pul (masalan, 100 000 so‘m olib chiqib, kun davomida faqat shunga mos sarflash) ⏺Yirik xaridlar va onlayn to‘lovlar uchun – karta ⏺Oy oxirida esa – xarajatlaringizni tahlil qiling. Siz nima deb o‘ylaysiz? Naqd pul tarafdorimisiz yoki kartani afzal ko‘rasizmi ? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Kredit tarixini bilishning 3 yo'li! Istalgan turdagi kredit olish uchun, albatta, kredit tarixi haqida ma'lumot kerak bo'ladi. Buni bilishning bir necha usullari bor. ☝️Yuqoridagi videoda kredit tarixini bilishning 3 yo‘li batafsil keltirilgan. Video foydali bo‘lgan bo‘lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
☀️ Yoz keldi! Dam olish kerak, lekin pulni qayerdan olamiz? Odatda hamma yoz bo‘lishini kutadi: muzqaymoq, kechki sayrlar, to
☀️ Yoz keldi! Dam olish kerak, lekin pulni qayerdan olamiz? Odatda hamma yoz bo‘lishini kutadi: muzqaymoq, kechki sayrlar, toqqa chiqib ketish… Lekin eng ko‘p beriladigan savol — "Pul yetadimi?" Keling, oddiy qilib hisoblab ko‘ramiz: 💵 O‘rtacha maosh: 5 million so‘m 12 oyda: 60 million Endi tasavvur qiling: Agar har oy maoshingizning atigi 15% qismini chetga olib qo‘ysangiz: 5 000 000 × 0.15 = 750 000 so‘m Yiliga: 750 000 × 12 = 9 million so‘m 🎉 Natija: 1 yilda 9 million so‘m — bu yozgi dam olish, qisqa sayohat yoki oilaviy ta'til uchun zo‘r zaxira! Yetmaganiga mehnat ta'tili puli ham bor 😉 Dam olish — hashamat emas, odat bo‘lishi kerak. Har oy birozdan tejang, yozda esa o‘zingizga haqiqiy mukofot bering. 👍 "Pulli gap" sizga pulni to‘g‘ri rejalashtirish va tejash sirlarini o‘rgatadi. Obuna bo‘ling va dam olishni endi orzu emas, odatga aylantiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
📊 “50/30/20” qoidasi – pulingnizni boshqarishning eng oddiy formulasi “Pulim qayoqqa ketganini bilmay qoldim” degan gapni ko
📊 “50/30/20” qoidasi – pulingnizni boshqarishning eng oddiy formulasi “Pulim qayoqqa ketganini bilmay qoldim” degan gapni ko‘p eshitganmiz va o‘zimiz aytamiz ham. Aslida esa pulimiz qayerga ketishini bilamiz… bilmaslikka olamiz xolos 😅 Keling, shunday bo‘lmasligi uchun haqiqiy moliyaviy odatni o‘rganamiz. Juda oddiy va hammaga tushunarli: 📌50/30/20 - Bu nima degani? Siz har oyning boshida daromadingizni quyidagicha bo‘lasiz: 🔹 50% — Asosiy ehtiyojlar Oziq-ovqat, ijara, transport, kommunal to‘lovlar. Ya’ni yashash uchun kerak bo‘ladigan narsa. 🔹 30% — Ixtiyoriy xarajatlar Do‘stlar bilan kafe, kino, seriallar, sayohat, kiyim-kechak. Lekin faqat 30% bo‘lsin, ko‘proq emas! 🔹 20% — Omonat va qarz Favqulodda holatlar uchun jamg‘arma, kredit to‘lovlari. Bu eng muhim foiz, chunki bu sizni kelajakdagi stressdan saqlaydi. Masalan: Agar oylik daromadingiz 5 000 000 so‘m bo‘lsa: 🔘 2 500 000 so‘m – Zaruriy 🔘 1 500 000 so‘m – Ixtiyoriy 🔘 1 000 000 so‘m – Omonat yoki qarzga 50/30/20 – bu byudjet tuzishning universal formulasi, moliyaviy savodxonlikka intiluvchi odamlar uchun boshlang‘ich kalit. Shunday ekan, moliyaviy savodxon bo‘lishga odatlaning. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🙁Ishda depressiyaga tushsangiz, ma'naviy zarar undirib olishingiz mumkin! ➖Mehnat Qonunchiligiga ko'ra, agar xodim ish sharo
🙁Ishda depressiyaga tushsangiz, ma'naviy zarar undirib olishingiz mumkin! ➖Mehnat Qonunchiligiga ko'ra, agar xodim ish sharoiti tufayli depressiyaga tushsa, tibbiy jihatdan sog'liqqa zarar yetgan bo'lsa, bu haqda ish joyiga murojaat qilgan va ish beruvchi bu holatlarga befarq bo‘lsa, uni sudga berishi mumkin. ➡️Buning uchun, ish joyingizdagi vaziyatni yozma ravishda rasmiylashtiring, tibbiy muolajalar yozuvini saqlang. Shundan so'ng Mehnat inspeksiyasi yoki sudga murojaat qiling. ❗️Biroq, bu isbotlanishi juda qiyin bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Agar sudda yutib chiqsangiz, eng kamida ish haqingizdan kam bo'lmagan miqdorda ma'naviy zarar undirib olishingiz mumkin! Postni ishidan siqilgan tanishingizga yuborib qo'ying😉 TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
💳Nomingizda nechta karta borligini bilishning 3 ta yo'li! 1️⃣ my.gov.uz sayti orqali Saytga kirib, “Bank xizmatlari” bo‘limi
💳Nomingizda nechta karta borligini bilishning 3 ta yo'li! 1️⃣ my.gov.uz sayti orqali Saytga kirib, “Bank xizmatlari” bo‘limidan “Bank kartalari to‘g‘risida ma’lumot olish” xizmatini tanlang. Barcha banklarga tegishli nomingizdagi faol kartalar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 2️⃣ Eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borasiz. Pasportingizni taqdim etib, “Nomimda nechta bank kartasi bor?” degan so‘rov bilan murojaat qilasiz. Operator sizga barcha banklarda ochilgan kartalaringiz haqida ma’lumot beradi. 3️⃣ Markaziy bankning ishonch telefoni yoki bankka bevosita murojaat qilasiz. Markaziy bankning (71) 200-00-44 raqamiga yoki o'zingizning banklaringizga telefon qilib, nomingizdagi kartalar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Postni hamma bankdan kartasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying😉 TelegramInstagramYouTubeTikTok