ch
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

关闭频道

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

显示更多

📈 Telegram 频道 Pulli Gap 的分析概览

频道 Pulli Gap 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 34 164 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 555,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 337

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 34 164 名订阅者。

根据 15 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 098,过去 24 小时变化为 -63,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 34.45%。内容发布后 24 小时内通常能获得 11.43% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 11 776 次浏览,首日通常累积 3 906 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 38

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

凭借高频更新(最新数据采集于 16 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。

34 164
订阅者
-6324 小时
-2777
-1 09830
帖子存档
Pulli Gap
34 177
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin 🤲 Xonadonlaringizga tinchlik, baraka va quvonch olib kirsin 💫 Yaqinlaringiz davrasida ba
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin 🤲 Xonadonlaringizga tinchlik, baraka va quvonch olib kirsin 💫 Yaqinlaringiz davrasida baxtli onlar tilaymiz ✨ Pulli Gap jamoasi 💚 TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 177
❓Agar bankomat pulni "chaynagan" bo'lsa, nima qilish kerak? 🚨 Kartaga pul o'tkazmoqchi bo'lgan holatlaringizda, bankomat ban
Agar bankomat pulni "chaynagan" bo'lsa, nima qilish kerak? 🚨 Kartaga pul o'tkazmoqchi bo'lgan holatlaringizda, bankomat banknotalarni qabul qilishni boshlashi mumkin, ammo operatsiyani oxirigacha bajarmasdan to'xtab qolishi ham mumkin. Bu ko'pincha havo xarorati o’ta issiq yoki sovuq bo'lganda sodir bo'ladi. Buni bankirlarning o'zlari ham tan oladi. 📲Sizga kichik maslahatimiz: qurilma "o’ziga kelishini" bir necha daqiqa kuting. Agar bu ham yordam bermasa, yagona yo'l texnik xizmatga murojaat qilishdir. 🖥 Bu holat albatta yoqimsizdir, chunki mutaxassislar kelishini kutishingiz kerak bo'ladi. Agar buning iloji bo'lmasa, unda bankomatni suratga olish, bankomat joylashgan joyning manzilini eslab qolish va eng yaqin bank filialiga murojaat qilish kerak. Bunday holda yozma ariza berish va mavjud dalillarni taqdim etish kerak bo'ladi. ⚠️ Agar bankomat pulni qabul qilgan, lekin ular hisobraqamga tushmagan bo’lsa nima qilish kerak? 📞 Bunday holat bankomatning noto'g'ri ishlashi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatda, albatta, bank bilan bog'lanish kerak. Bank xodimlari bunday vaziyatda qanday yo’l tutadi? Mijozning haqligini faqat bankomat inkassatsiya qilinganidan keyin isbotlash mumkin. 🔈 Pul hisoblanganidan so'ng, xodimlar ortiqcha miqdorni aniqlaydilar va mijozning arizasida ko'rsatilgan miqdor bilan solishtiradilar. Har bir kredit muassasasida bu masala turli vaqtda hal qilinishi mumkin. ⌛️ Bu bank tomonidan qabul qilingan inkassatsiya qoidalariga bog'liq. Agar o'sha kunni o’zida inkassatsiya o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinsa, mijoz uzoq kutishga majbur bo'lmaydi. Agar bank faqat rejalashtirilgan tartibda naqd pul yig’ishni amalga oshirsa, unda bir hafta, ba'zan esa yarim oy kutish kerak bo'ladi. 🔗 Aksariyat hollarda bank o’z mijozlarini yo‘qotishdan manfaatdor emas, muammoni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qiladi. ⚠️ Noxush vaziyatga tushib qolmaslik uchun kupyuralarni bankomatga yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirish kerak. Agar ular g’ijim yoki shikastlangan bo'lsa, unda ularni boshqa yo'l bilan ishlatish yaxshiroqdir. TelelgramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 177
Sizga qaysi biri qulay?
Anonymous voting

Pulli Gap
34 177
❗️Bugun, 16-mart kuni soat 14:00 dan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish uchun arizalar qabul qili
❗️Bugun, 16-mart kuni soat 14:00 dan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. 💵Ushbu dastur doirasida fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish orqali uy-joy xarid qilishda qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. ❓Xo‘sh, arizani qanday berish mumkin? Ipoteka subsidiyasini olish uchun 2 xil usul mavjud: 1️⃣ Davlat xizmatlari markazi orqali ⏺ O‘zingizga eng yaqin DXMga (Davlat xizmatlari markazi) shaxsan borishingiz kerak. ⏺ Pasport yoki ID kartangiz bilan murojaat qilib, operator yordamida anketa to‘ldirishingiz mumkin. ⏺ Arizangiz rasmiy ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi. 2️⃣ Onlayn tarzda my.gov.uz orqali ⏺ my.gov.uz sayti yoki ilovasiga kirib, "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing. ⏺ Elektron raqamli imzo (ERI) orqali tizimga kiring. ⏺ "Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish" xizmatiga o‘tib, anketa to‘ldiring. ⏺ Arizangiz qabul qilingani haqida xabar olasiz. 👥 Eʼtibor bering: 🆔 Anketa to‘ldirishda hech qanday qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi. 💳 Barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda davlat maʼlumotlar bazalaridan olinadi. ❗️Muhim eslatma: Ariza topshirish jarayonida OneID tizimida shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash maqsadida tegishli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lishi shart. 📌 Shuningdek, kredit tarixini olishga vaqtincha cheklov o‘rnatilmagan bo‘lishi kerak. Aks holda, banklar ariza beruvchining kredit tarixini o‘rgana olmaydi va bu holat arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 📆 Arizangiz 4 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. 👍 Agar arizangiz maqbul deb topilsa, sizga subsidiya ajratilgani haqida rasmiy xabar keladi. 👎 Agar ariza rad etilsa, sababini bilib olishingiz va keyingi yil qayta ariza topshirishingiz mumkin. ➡️ Ushbu postni subsidiya olmoqchi bo‘lgan tanishingizga jo‘natib qo‘ying. TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 177
To‘y — hayotimizdagi eng katta bayramlardan biri. Lekin shu bayram uchun ko‘pchiligimiz qarz olamiz. Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonliklarning 25% dan ko‘prog‘i to‘y uchun kredit oladi. Ba’zan esa bir kunlik to‘y uchun 50 mln — 100 mln so‘m va undan ham ko‘proq sarflanadi. Savol tug‘iladi: Qarzga to‘y qilish qanchalik to‘g‘ri? Navbatdagi videoyimizda shu haqda gapirib berdik. Oxirigacha ko‘ring — balki to‘y haqidagi fikringiz o‘zgarar. https://youtu.be/EZXbLCIz_1Y?si=i2-Swog0UusMDobd

Pulli Gap
34 177
💸 Qarz yuki nima va u kredit olishga qanday ta’sir qiladi? Hech o'ylab ko'rganmisiz, kredit olishga ariza berganingizda bank
💸 Qarz yuki nima va u kredit olishga qanday ta’sir qiladi? Hech o'ylab ko'rganmisiz, kredit olishga ariza berganingizda bank birinchi bo'lib aynan nimaga qaraydi? Ko‘pchilik daromadga deb o'ylaydi, lekin aslida eng muhim jihat bu - qarz yuki. Oddiy qilib aytganda, daromadingizning qanchasini allaqachon kreditlarga to'layotganingizni tekshiradi. U buni bilishi shart: siz olgan kreditni bemalol to‘lay olasizmi yoki yo‘qmi. ❓ Xo'sh, qarz yuki o'zi nima? Qarz yuki ko’rsatkichi bu kredit majburiyatlari bo'yicha barcha to'lovlarning daromadlarga nisbati. Qarz yuki mijozning bank oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarining yig'indisidir. Ushbu ko'rsatkich qarz oluvchining shaxsiy byudjeti qanchalik yuklanganligini, qo'shimcha kreditlarni to'lash imkoniyati qanday darajada ekanligini baholashga yordam beradi. 🗣️ Ya’ni formula juda oddiy: (Barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlar ÷ oylik daromad) × 100 Keling, buni oddiy misolda tushuntiramiz. Tasavvur qiling: Oylik daromadingiz — 5 mln so‘m Kreditlar bo‘yicha oylik to‘lov — 2 mln so‘m 🕯 Hisoblaymiz: 2 mln / 5 mln × 100 = 40% Demak, bu holatda sizning qarz yukingiz 40%. Qarz yukini hisoblash tartibiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 50% dan oshmasligi tavsiya etiladi. Ba’zi kredit turlarida, masalan ipoteka yoki avtokreditlarda, banklar ko‘rsatkichni 70% gacha ham ko‘rib chiqishi mumkin. ❓ Qarz yuki hisoblanganda uni ichiga nimalar kiradi? Bank faqat bitta kreditni emas, barcha majburiyatlarni hisoblaydi: mavjud kreditlar, yangi olinayotgan kredit, siz kafil bo‘lgan kreditlar (agar muammo bo‘lsa) Daromad ham to‘liq hisoblanadi. Hisob-kitobda faqat maosh emas, balki boshqa daromadlar ham kiradi: oylik ish haqi, pensiya, dividendlar, ijara daromadi va boshqa rasmiy daromadlar. 📌Yodda tuting: Agar daromadingizning yarmidan ko‘pi kreditlarga ketayotgan bo‘lsa, bu moliyaviy xavf hisoblanadi. Chunki: kichik moliyaviy muammo ham to‘lovlarni qiyinlashtiradi, kredit olish ehtimoli kamayadi, rad javobi kredit tarixida qoladi. ✔️ Bankka kredit olish uchun murojaat qilishdan oldin mijoz o’z moliyaviy imkoniyatlarini baholashni tavsiya qilamiz. Daromadning yarmidan ko'pini qarzlarni to'lashga sarflash xavfli. Qarz yukining yuqori darajada bo’lishi moliyaviy qiyinchiliklar vaqtida to'lovlarga dosh bermasdan qarzga botib qolishga olib kelishi mumkin. TelelgramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 177
🏠Toshkentda ijara uyini tez va oson topish usullari Toshkentda ijara uy topish ba’zan qiyin tuyulishi mumkin. Lekin to‘g‘ri
🏠Toshkentda ijara uyini tez va oson topish usullari Toshkentda ijara uy topish ba’zan qiyin tuyulishi mumkin. Lekin to‘g‘ri manbalar va usullarni bilsangiz, mos uy topish ancha tezlashadi. Quyida eng oddiy va samarali usullarni ko‘rib chiqamiz. 1️⃣ Telegram kanallaridan foydalanish Hozirda Toshkentda ijara uylarning katta qismi Telegram orqali e’lon qilinadi. Ko‘plab kanallarda har kuni yangi takliflar chiqadi. Masalan, Telegramdagi ijara guruhlarini: Toshkent ijara uylar, Kvartira ijarasi Toshkent kabi kalit so'zlar orqali topishingiz mumkin. Bu yerda afzallik shundaki, yangi e’lonlar tez chiqadi va ko‘pincha vositachisiz variantlarni ham topish mumkin. 2️⃣ E’lon saytlaridan qidirish Maxsus e’lon saytlarida uylarni hudud, narx va xonalar soni bo‘yicha filtrlab qidirish mumkin. Eng mashhurlari: OLX, UyBor, joymee kabilar. Bu saytlarning qulayligi — rasmlar, narx va joylashuvni oldindan ko‘rish mumkin. 3️⃣ Makler (vositachi) orqali izlash Agar tezroq topmoqchi bo‘lsangiz, makler orqali ham uy topish mumkin. Ular odatda mos variantlarni tezroq taklif qiladi. Lekin shuni hisobga oling: xizmat haqi odatda 50% yoki 100% oylik ijara narxi bo‘lishi mumkin. 4️⃣ Tanishingiz orqali qidirish Ko‘pincha eng yaxshi variantlar tanishlar orqali topiladi. Do‘stlar, qarindoshlar yoki hamkasblardan so‘rab ko‘ring. Ba’zi uy egalari e’lon bermasdan ijaraga berishadi. 5️⃣ Hudud bo‘yicha yurib qidirish Ba’zi mahallalarda uy egalari “ijaraga beriladi” degan yozuvni deraza yoki darvozaga ilib qo‘yishadi. Ayniqsa eski uylar joylashgan hududlarda bu usul ishlaydi. Masalan Toshkentning quyidagi hududlarida ko‘p uchraydi: Chilonzor, Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek 6️⃣ Facebook guruhlaridan foydalanish Ba’zi uy egalari e’lonlarni Facebook guruhlarida ham joylaydi. Ayniqsa yangi qurilgan uylar yoki uzoq muddatli ijara variantlari ko‘p chiqadi. Masalan: Facebook dagi “Kvartira ijarasi Toshkent” guruhlari. 📢Foydali maslahat: Uy tanlayotganda shartnoma qilish, oldindan katta pul bermaslik va uy hujjatlarini tekshirish juda muhim. ❓Siz-chi? Yana qanday usullardan foydalangansiz? TelelgramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 177
8-mart bayrami arafasida yigitlardan qancha pul sarflashlari bilan qiziqdik. Videoni tomosha qiling. 🎥✨ Siz-chi? Qancha pul sarfladingiz? https://www.instagram.com/reel/DVgCNxejbea/?igsh=bHpzZjJhMHJsNmJu

Pulli Gap
34 177
💰 Eksport qilayapsizmi? Pulni 120 kun kutmang! Tadbirkorlar bunday holatlarni yaxshi biladi: eksportda eng katta muammolarda
💰 Eksport qilayapsizmi? Pulni 120 kun kutmang! Tadbirkorlar bunday holatlarni yaxshi biladi: eksportda eng katta muammolardan biri — to‘lovni kutish. Shartnoma bor, tovar yetkazilgan, lekin pul ba’zan 60–90, hatto 120 kundan keyin keladi. Bu vaqt ichida esa kompaniyada aylanma mablag‘ yetishmasligi mumkin. Shu yerda sizga xalqaro faktoring yordamga keladi. 📌 Xo'sh, bu qanday ishlaydi? Agar siz xorijiy hamkorga tovarni kechiktirilgan to‘lov bilan sotgan bo‘lsangiz, bank sizga shu hisob-faktura asosida pulni oldindan moliyalashtirib beradi. Keyin esa to‘lovni debitorning o‘zidan qabul qiladi. Jarayon oddiy: 1️⃣ Siz tovarni eksport qilasiz 2️⃣ Bank sizga pulni oldindan beradi 3️⃣ Keyin xorijiy xaridor bankka to‘laydi Natijada tadbirkor aylanma mablag‘siz qolmaydi. 📊 Asosiy shartlari qanday: — moliyalashtirish valyutasi: dollar, yevro va boshqa valyutalar — minimal summa: 10 000 AQSh dollari — maksimal limit: 500 000 AQSh dollarigacha — to‘lovni kechiktirish muddati: 120 kungacha 👨‍💼 Kimlar foydalanishi mumkin? Bu instrument asosan: - eksport bilan shug‘ullanadigan - yuridik shaxs bo‘lgan - kamida 12 oydan beri faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. 📈 Nega bu muhim? Chunki eksportda asosiy muammo — pul aylanishining sekinligi. Faktoring esa: ✔️ aylanma mablag‘ni tezlashtiradi ✔️ yangi kontraktlar olishga yordam beradi ✔️ kompaniya likvidligini saqlaydi Qisqasi, tovar sotildi — pulni kutib o‘tirish shart emas.

Pulli Gap
34 177
❓Eshitdingizmi? Endi pul o‘tkazishda “sababi”ni ham aytasiz! Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yana yangilik bilan chiqdi. 💱Endilikda mobil ilova orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmasini qilayotganingizda majburiy ravishda “o‘tkazma maqsadi”ni tanlaysiz. Shunchaki summa kiritib yuborish davri asta-sekin tugayapti. Hozir ayrim ilovalarda bu funksiya ishlayapti, boshqalarida esa tez orada paydo bo‘lishi kutilmoqda. Talab bajarilmasa, regulyator choralar ko‘rishi mumkinligi aytilgan. 😊Pul yuborayotganda quyidagi 16 maqsaddan birini belgilash kerak bo‘ladi: 1️⃣ Tovar yoki savdo uchun to‘lov 2️⃣ Ovqatlanish va taom xarajatlari 3️⃣ Qarzni qaytarish 4️⃣ Yordam puli 5️⃣Oila yoki qarindoshlarga o‘tkazma 6️⃣ Sovg‘a 7️⃣ Yetkazib berish haqi 8️⃣ Ijara to‘lovi 9️⃣ Kommunal to‘lovlar 1️⃣0️⃣ Safar xarajatlari 1️⃣1️⃣ Ta’lim xarajatlari 1️⃣2️⃣ Tibbiy xarajatlar 1️⃣3️⃣ Xayriya 1️⃣4️⃣ Minnatdorchilik uchun (choypuli) 1️⃣5️⃣ O‘yin-kulgi xarajatlari 1️⃣6️⃣ Investitsiya o‘tkazmalari 🤔 Qiziq joyi shundaki, endi oddiy “do‘stga pul tashlash” ham rasmiy kategoriya bilan ketadi. Sizningcha, bu qulaylikmi yoki ortiqcha byurokratiyami? 👀 TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Rossiyada olingan mikroqarzlar O‘zbekistonda qanday tartibda undirilishi mumkin? Bu jarayonda qarzdorni nima kutadi, qaysi hollarda qarz undiriladi yoki undirilmaydi? 🎥 Videoni ko‘rish davomida shu va boshqa muhim savollarga javob olasiz. 📌 Obuna bo‘ling va Pulli Gap’ning keyingi sonlarini o‘tkazib yubormang https://youtu.be/DVgEL-WaR0M?si=btd66d4NpNW0ItRX

Pulli Gap
34 177
🏠 Yangi uy sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak? Yangi uy sotib olish — bu nafaqat katta moliyaviy qaror, balki
🏠 Yangi uy sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak? Yangi uy sotib olish — bu nafaqat katta moliyaviy qaror, balki kelajakdagi qulay va xavfsiz hayotingizni belgilovchi muhim qadamdir. Har bir xaridor uchun eng muhim savol shuki, uy qulay, xavfsiz va sizning oilangizga mos bo‘lishi kerak. ❓Xo'sh, xato qilmaslik uchun qaysi jihatlarga e’tibor berisjh kerak? Keling ayrimlarini ko'rib chiqamiz. 1️⃣Joylashuv Uy tanlashda birinchi e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlardan biri — albatta uning joylashuvi. Uyingiz qaysi hududda joylashganini, atrof-muhitini bilish muhim. Shu bilan birga, yaqin atrofda maktab, bolalar bog'chasi, supermarket, transport va boshqa qulayliklar mavjudligi hayotingizni yanada osonlashtiradi ✔️ Bundan tashqari, hududning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olish lozim — shunda siz nafaqat qulay yashash joyiga ega bo‘lasiz, balki uyning qiymati ham vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin. 2️⃣Uyning sifati Yangi uy sotib olayotganda uning sifatini diqqat bilan tekshirish juda muhim. Qurilish materiali sifatli ekanligini nazorat qiling, devor, pol va shiftning holatini baholang. Shuningdek, suv, elektr va isitish tizimlarining ishlashini sinab ko‘ring, shunda kelajakda muammolar paydo bo‘lishining oldini olasiz 🔍 3️⃣ Rejalashtirish va maydon Uy sotib olayotganda uning rejalashtirilishi va maydoniga e’tibor qaratish kerak. Xonalar qulay joylashganligi, oila a’zolari uchun yetarli joy borligi muhim. Shuningdek, balkoni, garaji yoki saqlash joylarining mavjudligini tekshirish lozim, shunda har bir oila a’zosi uchun qulaylik yaratiladi va kundalik hayot osonlashadi. 4️⃣ Hujjatlar va rasmiyatchilik Yangi uy sotib olayotganda hujjatlar va rasmiy tasdiqlar eng muhim jihatlardan biridir. Uy mulki va huquqi rasmiy tasdiqlanganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, shartnoma va garov hujjatlarini diqqat bilan o‘qish lozim, shunda kelajakda muammolar va tushunmovchiliklarning oldi olinadi ✉️ 5️⃣ Narx va moliyaviy jihat Uy sotib olayotganda uning narxi va moliyaviy shartlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish zarur. Avvalo, bozor narxlari bilan solishtiring, shunda adolatli qiymatni aniqlashingiz mumkin. Shuningdek, kredit yoki to‘lov shartlarini oldindan rejalashtiring, shunda xarid sizga moliyaviy jihatdan qulay va xavfsiz bo‘ladi 📈 6️⃣Kelajakda qiymati Uy sotib olayotganda uning kelajakdagi qiymatini ham hisobga olish muhim. Uy qiymati oshishi mumkinligini baholang va hududning infratuzilmasi hamda rivojlanishi sizning sarmoyangizga qanday ta’sir qilishini o‘rganing. Shunday qilib, xarid nafaqat qulay yashash, balki kelajakda foydali investitsiya ham bo‘ladi 📊 🗣️ Yangi uy sotib olayotganda shoshilmaslik va har bir detalni diqqat bilan tekshirish muhim. Shu tarzda uy nafaqat qulay yashash uchun ideal bo‘ladi, balki kelajakda foydali sarmoyaga ham aylanadi. Siz yangi uy tanlashda yana qaysi jihatlarga e’tibor berasiz? TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
❗️2026-yil 1-apreldan muhim o‘zgarishlar kuchga kirmoqda 👇Quyidagi to‘lovlar endi faqat karta yoki elektron to‘lov orqali qa
❗️2026-yil 1-apreldan muhim o‘zgarishlar kuchga kirmoqda 👇Quyidagi to‘lovlar endi faqat karta yoki elektron to‘lov orqali qabul qilinadi: ➖ Davlat xizmatlari ➖ Elektr energiyasi, gaz va suv to‘lovlari ➖ Alkogol va tamaki mahsulotlari ➖ AYOQSh orqali yoqilg‘i olish va elektromobillarni zaryadlash ➖ 25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar ➖ Ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalari oldi-sotdisi 💳 To‘lovlarni bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. ❗️ Shuni unutmang, qulaylik, shaffoflik va xavfsizlik — naqdsiz to‘lovlarning asosiy afzalliklaridan biri. 🚀 Bu postni faqat naqd pul ishlatadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
📌 Agrobank taqdim etayotgan omonatlar ro'yxati 1️⃣Sandiq 💰 Minimal miqdori - onlayn 100 000 so‘mdan boshlab 📁 Offlayn - 1 000 000 dan boshlab ⏰ Muddati - 18 oy ↗️ Foiz stavkasi - 21% 2️⃣ Progress 💰 Minimal miqdori - 500 000 so‘m ⏰ Muddati - 13 oy ↗️ Foiz stavkasi - 21% 3️⃣ Stimul 💰 Minimal miqdori - $100 ⏰ Muddati - 24 oy ↗️ Foiz stavkasi - 5.5% gacha 4️⃣ Komfort 💰 Minimal miqdori - 500 000 so‘m ⏰ Muddati - 13 oy ↗️ Foiz stavkasi - 21% 5️⃣ Baxtli bolalik 💰 Minimal miqdori - 100 000 so'm ⏰ Muddati - 36, 60, 120 oygacha ↗️ Foiz stavkasi -14 % 5️⃣ Premium 💰 Minimal miqdori - $100 ⏰ Muddati - 24 oygacha ↗️ Foiz stavkasi - 7% gacha 7️⃣ Nihol 💰 Minimal miqdori - 1 mln so‘m ⏰ Muddati - 13 oy ↗️ Foiz stavkasi - 20% gacha Qaysi omonat turi haqida batafsil ma'lumot olishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Sizda ortiqcha 1000$ bor. Qaysi yo'lni tanlaysiz? 🤔
Anonymous voting

Pulli Gap
34 177
Bankomat kartangizni "yutib" yubordimi? Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Bu haqda batafsil bankomatning o'zi tushuntirib beradi. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
☕️ Oramizda qahva sevuvchilar bormi? Har kuni bir fijon qahva — oddiy odatdek tuyuladi. Lekin shu finjon ortida nima borligini bilasizmi? 🎥 Yangi videoda qahva qanday qilib tog‘ etaklaridan dunyo bozoriga chiqishini, nega siz to‘layotgan pulning atigi 10% i fermerga yetib borishini ochib beramiz. 👉 To‘liq videoni YouTubeda ko‘ring: https://youtu.be/fa2tXDJbHFw?si=sIvVUjafwfxC__Pm

Pulli Gap
34 177
😊 Nima uchun soliq to‘lashimiz kerak? 💰Soliq to‘lash — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat taraqqiyoti uchun har bi
😊 Nima uchun soliq to‘lashimiz kerak? 💰Soliq to‘lash — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat taraqqiyoti uchun har bir fuqaroning ongli tanlovidir. 📝Bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma bo‘lib, uning asosida barqaror iqtisodiyot, ijtimoiy kafolatlar va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratiladi. 💡Soliq to‘laganimizda biz nafaqat bugungi kunni, balki farzandlarimizning ertangi hayotini ham o‘ylab ish tutamiz. Chunki aynan soliqlar orqali jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan infratuzilma shakllantiriladi. 🏘️ O‘zbekistonda davlat byudjeti asosan soliq tushumlari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘lar yo‘llar qurilishi, shifoxonalar va maktablar faoliyati, ijtimoiy obyektlar, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 🔗Shuningdek, hayotda kutilmagan vaziyatlar yuz berganda — ishsizlik, kasallik yoki boshqa ijtimoiy qiyinchiliklar paytida davlat aynan to‘langan soliqlar hisobidan aholini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, har bir fuqaroning umumiy byudjetga qo‘shgan hissasi nihoyatda muhimdir. 📊 Soliqlar iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirishning ham muhim asosi hisoblanadi. Ular orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, biznes subyektlari qo‘llab-quvvatlanadi va mamlakat iqtisodiy barqarorligi ta’minlanadi. ❗️Davlat soliqlariga quyidagilar kiradi: daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona boji, aksiz solig‘i, og‘ir transport vositalari solig‘i, tadbirkorlik bilan bog‘liq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar. ❕Ko‘pincha davlat byudjeti eng muhim uchta soliq — daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq hisobidan moliyalashtiriladi. 🚗 Mahalliy soliqlarga esa reklama solig‘i, yo‘llar solig‘i, avtotransport solig‘i hamda transport vositalari uchun to‘lovlar kiradi. ✨Soliq to‘lash — bu davlat rivojiga befarq bo‘lmaslik, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish va kelajakka sarmoya kiritish demakdir. Har bir to‘langan so‘m — bu yaxshiroq yo‘llar, sifatli ta’lim, kuchli tibbiyot va barqaror iqtisodiyot sari tashlangan qadamdir. ⭐️ Bugun soliq to‘laymiz — ertangi kunni birga quramiz. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
📗 Agrobank filiallarida kredit olish endi yanada oson va qulay. 💡Sizni jonli maslahat, aniq javob va tezkor qaror kutmoqda. Ortiqcha kutishlar va tushunarsiz jarayonlarsiz — hammasi shaffof va sodda. 📝Arizangiz atigi 10 daqiqada ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilinsa, mablag‘ shu kunning o‘zida hisobingizga o‘tkaziladi. Agrobank — ishonchli hamkor, tezkor yechim. 📍 Agrobank filiallari manzillarini quyidagi havola orqali bilib oling. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Bugun havo yomg‘irli… ☔️ Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bo
+5
Bugun havo yomg‘irli… ☔️ Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bormi? 🍿 Aynan shuning uchun sizga pul va biznes haqidagi motivatsion filmlar ro'yxatini tayyorladik. Yomg‘ir tomchilari fon bo‘lsin, siz esa yaxshi film bilan vaqtingizni chog' o‘tkazing 🎬✨ TelelgramInstagramYouTubeTikTok