Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
关闭频道
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
显示更多170
订阅者
+124 小时
+27 天
+630 天
帖子存档
#cpython | #gift 💸
O'zim uchun bugungi musobaqada yaxshi natija o'zim kutmagan, ishlangan masalalar soni
555 taga yetishi va 100 ming so'm pul mukofoti berilishi. Endi ertaga bayram qilaman ekanda. Shu qayerdandir pul kelishini ko'ngil sezayotgan edi-da. 😁
Harakatlarimning cpython.uz dagi kichik mevasi. Nazarbek akaga raxmat. Platformani zo'r rivojlantirmoqda.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#result | #cpython
Hack it #6 musobaqasi juda zo'r o'tdi. Bunday natijalarni kutmagandim 8/10 ✅. Birinchi bor Hack it ga qatnashganimda umuman nimaligiga va unda masalalarni qanday ishlanishiga tushunmagan ham edim. Vaqt doim zo'r yechim o'z ustingizda ishlash uchun.
Bu qanday musobaqa ? Berilgan yechim uchun shunday test topish kerak-ki, shu test uchun yechim noto'g'ri javob chiqarishi, vaqt/xotira chegarasidan oshib ketishi yoki ishlashda xatoga yuzaga kelishi kerak. Albatta bunday musobaqa sizdan katta tajriba talab etadi.
Kodning ishlashini to'g'ri tahlil qila olish ham dasturchining bir ustun jihatidir.
Hamda bugun shu musobaqadan keyin cpython.uz saytida ishlangan masalalar soni 555 taga yetibdi. 🎉
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#news | #tibbiyot
Bugun tibbiyotdagi yangi erishilgan yutuq haqida ko'rgan edim. Boshqa bir inson ko'zini bemorga ko'chirib o'tkazish birinchi bor muvaffaqiyatli amalga oshirilibdi. Bundan avval faqatgina shox pardani ko'chirib o'tkazish amalga oshirilar edi. Lekin ko'zning miya bilan bog'lanishi to'liq bo'lmabdi hozirda kuzatilayotgan muammo shu ekan.
Demak, oz fursatda buning ham to'liq imkonini topishadi. Tibbiyot ham shu qadar tez rivojlanib bormoqdaki, u uchun yaratilgan ayrim texnologiyalar yo'q qilib yuborilmaganida hozirgi holati yanada boshqacha bo'lardi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#OpenAI #ChatGPT #ChatBot #Uzbekistan
⚡️ChatGPT O‘zbekiston uchun rasman ochildi!
Va undan (3.5 versiyasidan) mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Quvonarlisi shuki, chat-bot o‘zbek tilida ham savollarga javob beradi. "Try ChatGPT" tugmasini bosing, ro‘yxatdan o‘ting va sinab ko‘ring.
⚠️ Yodingizda tuting, olgan javobingizni qayta aniqlashingiz lozim.
©️techblog24
O'zim ham sinab ko'rdim o'z raqamimdan ro'yxatdan o'tib, endi chet el raqaminini topib ro'yxatdan o'tish ham shart emas. Bilmagan bo'lsangiz, bir sinab ko'ring. Chat GPT 4 ni esa 20 $ to'lov qilib 1 oy ishlatish mumkin.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #ai
@ttsuzbot - o'zbek tili uchun matnni ovozga o'tkazib beriluvchi botni ishga tushirishgan ekan. Bepul ishlamoqda. Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabatiga bundan bir necha yil oldin.
Chet el so'zlari va belgilarni o'qishda xatoliklar bor ekan, lekin yomon emas. Botda matnni ovozli xabarga o'tkazgan vaqtda matn uzun bo'lsa, uni qismlarga bo'lib yuborar ekan. Shunga nisbatan kichik yechim topdik hozircha va buni to'liq bot ko'rinishiga keltirib qo'yish kerak ekan.
Kodni to'liq tushunish siz uchun muammoli emasdir, lekin hamma uchun ham bunday deb bo'lmaydi. Shuning uchun uni yana soddalashtirish va inson omilini kamaytirish kerak.
Kodni ishlatib ko'rmoqchi bo'lsangiz. Oldindan
ffmpeg ni o'rnatib oling va kod ishlash jarayonini o'rganib chiqing.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#foydali | #data_structures | #algorithms
Data structures and Algorithms bo'yicha 4 ta dasturlash tiliga kitob (ingliz tilida) :
1. Pyhon
2. Rust
3. Dart
4. C++
Dartda C++ ga nisbatan ko'proq ma'lumotlari tuzilmasi tayyor yaratib qo'yilgan. Xuddi Java ga o'xshab ketadi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#result | #cpython
cpython.uz saytida
daily tasks (kunlik topshiriqlar) ni bajarish uzluksiz davom etishi o'zimning yaxshi odatim bo'lib qolibdi.
Yutuqlar bo'limida endi Zadrat ni qo'lga kiritibman 100 kunlik streakdan so'ng. Endigi harakat 365 kunlik streakka O'lmas yutug'ini olish uchun. Saytdagi masalalar turli xil sohalarga oidligi albatta boshqacha hamda boshqalaridan ajratib turadi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 RobotYuqoridagi kod Pep8 yozish qoidasiga to'g'ri tushadimi ? Agarda unday bo'lmasa qanday xatolik ketgan.
#hemis
Talabalar uchun
Hemis tizimi mavjud edi. Agarda siz bu haqida bilmasangiz. Bu tizimda har bir OTM uchun alohida subdomenlar berilgan bo'lib, API siga kirish mumkin. Public va Student API larga. Backend API yopiq turadi.
Student API orqali kirib dars jadvallarini olmoqchi edim so'rov yuborib, ma'lumot bo'sh qaytyabdi. Shunisi yomon bo'ldi. Flet da tayyorlayotgan desktop uchun dasturimga kerak edi. Endi qo'lda kiritiluvchi qilib ketaverar ekanmanda.
Backend API ga kirish imkoni bo'lganda baholarni o'zgartirish ham hech gap emas edi. 😁
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#Qiziqarli_savol : .la domeni qaysi davlatga tegishli ?
#domain | #web
Endilikda server va veb sayt, bot (veb bot) bilan ishlashdagi tajribani oshirish uchun harakatlar ketmoqda. Veb saytni bot bilan integratsiya qilib ko'rmoqchiman. Bunday botlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak.
Shaxsiy domen olindi. Endi hostga bot va veb sayt joylash bir qator ko'rib chiqiladi. Veb sayt yaratishda js o'rniga dart ni bir ishga solib ko'raman. Hozircha hostdan 1 oy uchun 200 MB oldim men ishlatishim uchun qanday darajada yetishini bilib olish uchun.
Shaxsiy domenim va veb saytim : uzbekdeveloper.uz
Bepul foydalanish ham ayrim kamchiliklarni yuzaga keltiradi va doimo ham unday bo'lib qolmas ekan.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
Windows ga o'tib yangilanishdan so'ng bu funksiya ham qo'shilganini ko'rdim. Compilot ham qo'shildi bilgan bo'lsangiz.
Topa olmasangiz yaqin orada chiquvchi bot orqali buni javobini bilib olasiz.
#Qiziqarli_savol | #python
Rasmda qanday so'z yashiringan. Qanday topganligingiz haqida ham ma'lumot qoldiring.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #python | #aiogram | #telegram_bot | #error
aiogram.utils.exceptions.CantParseEntities
Agarda telegram bot yozayotganda shunday muammoga duch kelsangiz. Qanday hal qilish mumkin. Bu muammo ', " va boshqa ayrim belgilarda yuzaga keladi ma'lumotni jo'natish vaqtida.
Buning uchun
from aiogram.utils import markdown
yoki
from aiogram import md
faylga chaqirib olgan holda quyidagi usulni qo'llash kerak bo'ladi.
await message.answer(f"Sender name: {md.quote_html(message.from_user.full_name)}")
Yana bir qo'shimcha yechim mavjud bo'lib, bunda bot parse_mode qiymatini boshida HTML qilib ketish. Bu holatda ko'proq imkoniyatlar mavjud.
bot = Bot(token=token, parse_mode=types.ParseMode.HTML)
.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#python #flet
Flet framework ida tayyorlangan login oynasi. Dokumentatsiyasi ancha yaxshi natijalari bilan birgalikda ko'rsatib o'tib ketilgan.
GitHub ga endi kichik Fletda loyihalar tayyorlab joylab ketmoqchiman. Qiziqsangiz shu manzildan olishingiz mumkin. Hozircha birinchisi login_page qo'shildi.
💻 GitHub : https://github.com/KhusanboySobirjonov/flet_projects.git
flet.dev - Flet ning rasmiy sayti.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#telegram #news #desktop
Telegram Desktop uchun bir qancha yangilanishlar bo'ldi.
1. Kanal statistikasini kuzatish
2. Boost ya'ni kanalga story qo'yish uchun nima zarurligini bilish
3. Telegram Desktop 4.10.4 Beta versiyasidan boshlab, kodlarni tanib olish va nusxalab olish uchun yuqorida copy tugmasi qo'shildi. Buning uchun
` markdown belgisidan foydalaniladi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot