Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
关闭频道
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
显示更多170
订阅者
+124 小时
+27 天
+630 天
帖子存档
Repost from TATU | Rasmiy kanali
#ICPC #Olimpiada #taqdirlash
👨💻 “ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education” forumida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.
💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning Code of Duty jamoasi (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon) 60 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
👏 Jamoamizga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.
#program | #keyboard_tester
Keyboard Tester dasturi orqali klaviaturadagi tugmalarni ishlayotganini tekshirish mumkin. Bu dastur yaratilishiga sabab klaviaturamning ishlashida muammolar yuzaga kelganligi va buni tekshirish kerakligi bo'ldi. Qo'shimcha agarda imkoniyat bo'lganda sichqoncha uchun ham qo'shiladi bu tekshiruv.
Dasturda bug larni topsangiz, yozib qoldiring. To'g'rilanadi. GitHub dan yuklab olishingiz mumkin.
💻 GitHub : https://github.com/KhusanboySobirjonov/keyboard_tester.git
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#icpc | #tasks
ICPC Uzbekistan regional uchun respublika bosqichidagi masalalar.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#icpc | #task_C | #solution
Muammo
C. Convex Polygon yechimi tanishib chiqish uchun python dasturlash tilida.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#holidays
🇺🇿
Til - millat ko'zgusi
Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.
1989-yil 21-oktyabr… Aynan shu kunda oʻzbek tilining haqiqiy jozibasini anglashni boshlashga imkoniyat berildi. Mana bu yil o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligini nishonlamoqdamiz.
📝Ming yillarkim bulbul kalomi,
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
©️Abdulla Oripov ("Ona tilim" she'ri)
📱 Telegram ▶️ You tube 🤖 RobotYutaman deb yutqazish
Oldimdagi mashina sekin yurayotgandi. Sekundlar yutaman dedim, oshib o’taman dedim. Yo’l sirpanchiq edi. Boshqaruvni yo’qotib, yo’l chetidagi mashinani borib urdim.
Yarim kun ovora bo’ldim. Bitta mashinaning puli ketdi.
Ikki barobar ko’p topaman deydi. Sabr qilmaydi. Sekin yo’lni xohlamaydi. Risk oladi. Qarzga botadi.
Qizilda to’xtamayman deydi. 45 sekund yutaman deydi. Jarimadan soatlar, avtohalokatdan kunlar yutqazadi.
Kitob o’qimayman, maslahat olmayman, soatlarim yetmaydi deydi. O’zi tushunib yetguncha yillar yutqazadi.
Qiziqishimni qidirmayman, zo’r joyga tayyorlanmayman, vaqtim yo’q deydi. Noto’g’ri yo’lda umrini yarmini sarflab qo’yadi.
O’tirib tafakkur qilmaydi. Vaqtim yo’q deydi. Tafakkur qilmagani uchun vaqtini qayerga ketayotganini ham bilmaydi.
Shoshmang. Sabr qiling. Maslahatlashing.
Daqiqalar yutaman deb kunlarni boy bermang.
©️azizrakhimov_blog
Talabalarda ham bor-a bunday holat hali kim bo'lishini aniqlab olmasdan turib, o'zi qiziqmagan narsalarni o'rganadi va qiynaladi. O'z qobiliyatiga mos tushuvchi yo'nalishni topib, o'rganganda edi ko'p vaqtini yo'qotmas edi.
Post e'tibor bermasligimiz mumkin, lekin shunday bo'ladi. Ustozlarim bilan ko'proq yurib ko'proq loyiha qilishim kerak degan xohishlar bo'lmoqda. Bo'lmasa masala ishlab va turli texnologiyalarni o'rganib yurgan edim. Ustozlar o'zlari maslahat va turli xil yo'nalishlar berishi, o'rgatishi juda yoqadi. O'z kamchiliklaringizni to'ldirasiz shu orqali. Ularning davrasida bo'lish hammaga ham nasib qilmaydi.
📱 Telegram ▶️ You tube 🤖 Robot#python | #flet | #framework
Python da UI tayyorlash uchun yangi framework
Flet chiqarilibdi yaqinda. Flutter asosida ishlab chiqilibdi hamda veb, mobil va desktop ga ilovalar yaratish imkonini berar ekan. Pythonda Flutter ilovalarini yaratishning tezkor usuli deyilmoqda.
flet.dev o‘zining rasmiy saytida ma’lumotlar berilgan. Example ni olib desktop uchun ishlatib ko‘rdim. Boshqa UI uchun ishlatib ko‘rgan framework va modullarimdan yaxshi ancha. Desktop uchun PyQT ga raqobatchi, ammo soddaroq.
Customtkinter ni to'xtatib endigi loyihalarni Flet da qilishga o'taverar ekanman. Menga yoqdi. Hozirgi davrda UI tomonlama dasturga ham juda katta e'tibor berilmoqda. Bo'lmasa raqobatda yutib ketish va ko'proq foydalanuvchini jalb qilish qiyin.
📱 Telegram ▶️ You tube 🤖 Robot#results
Hech kim to'liq topa olmadi. Demak, shu rasmdagi insonlar uchun bo'lamiz. 1 kishi 2 ta xatoni qolganlar esa 1 tadan topishgan birinchi bo'lib, umumiy 6 ta xato topilibdi. Yordamingiz uchun raxmat barchasini to'g'rilab chiqdim.
ceil(20.0 / 6) orqali hisoblaymiz. @uzbek_coder_2022_bot shu botga murojaat qiling to'g'ri javob topgan bo'lsangiz va karta raqamingizni qoldiring.
📱 Telegram ▶️ You tube 🤖 Robot#keyboard_tester | #tkinter
Xatoliklarni barchasini to'g'riladim va boshqa qolmadi.
1. w, f10, Page up da up so'zi kichik harflarda yozilgan ekan.
2. Yuqoridagi sonlarda 2-darajali belgilarni tashlab ketibman.
3. Page Next emas, balki Page Down yozilishi kerak edi.
4. 7 o'rniga ham 6 yozilib qolgan. copy-paste qilganimda e'tibor bermagan ekanman.
5. To'g'ri fn o'rnida Win (pusk) klavishi bo'lishi kerak edi, men uni fn bilan o'zgartirdim.
Menu - men hali ikonka qo'yganim yo'q shuning uchun nomini yozganman tushunmagan bo'lsangiz. Bu tugma noutbuklarda yo'q hozirda.
Yana o'ng tomonda turuvchi raqamlarda qo'shimcha NumLock o'chiq holatda yoki Shift bilan birgalikda ishlatilganda qo'shimcha nomlar turar edi ularni olib tashladim. Ortiqcha belgilar bilan dizaynini buzgim kelmadi.
📱 Telegram ▶️ You tube 🤖 Robot
O'zim ham tekshirib chiqdim barchasini topa olganga to'liq 20 ming so'm yoki aks holda bo'lamiz n ta xato bo'lsa 20 / n holatida birinchi topganlarga qani boshladik.
To'lovni ertaga qilib beraman. Kim tezkor ekan?
Birinchi topganga yutuq 10 ming so'm va yozgan javobi tahrirlanmagan bo'lishi kerak. Shu postda javobingizni qoldiring.
Yuqoridagi kodda sikl necha marotaba takrorlanadi ?
#game | #tictactoe
Tic Tac Toe o'yini o'ynab ko'rmoqchilar bo'lsa, 1x1 da ham o'ynash mumkin.
O'yinda bug larni topsangiz, yozib qoldiring. To'g'rilanadi. GitHub dan yuklab olishingiz mumkin.
💻 GitHub : https://github.com/KhusanboySobirjonov/tictactoe.git
📱 Telegram ▶️ You tube 🤖 Robot#Qiziqarli_savol : Pep8 qoidasiga ko'ra to'g'ri yozilgan dictni toping.
