ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Dasturlash hayoti️️ ️

Dasturlash hayoti️️ ️

前往频道在 Telegram

✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉 t.me/techno_ads/243

显示更多

📈 Telegram 频道 Dasturlash hayoti️️ ️ 的分析概览

频道 Dasturlash hayoti️️ ️ (@dasturlash_hayoti) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 995 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 11 183,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 7 113 位。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 995 名订阅者。

根据 08 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -202,过去 24 小时变化为 -7,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 15.11%。内容发布后 24 小时内通常能获得 6.46% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 1 663 次浏览,首日通常累积 711 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 13。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉 t.me/techno_ads/243”

凭借高频更新(最新数据采集于 09 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

10 995
订阅者
-724 小时
-527 天
-20230 天
帖子存档
Loyihadagi "Commit" xabarlari: Boshlanishi vs Oxiri 😅 Git bilan ishlashni boshlagan paytimizda hammamiz ideal dasturchimiz.
Loyihadagi "Commit" xabarlari: Boshlanishi vs Oxiri 😅 Git bilan ishlashni boshlagan paytimizda hammamiz ideal dasturchimiz. Lekin loyiha topshirilishiga sanoqli kunlar qolganda, asl yuzimiz ochiladi. Tanish holatmi? 👇 Loyihaning 1-haftasi: git commit -m "Added a responsive navigation bar with dropdown animations" git commit -m "Refactored user authentication logic" Deadline'ga 2 kun qolganda: git commit -m "bug fix" git commit -m "fixed bug again" git commit -m "pls work this time" git commit -m "asdasdasd" Mijoz qo'shimcha o'zgarishlar so'ragan sari, kodimiz va asablarimiz qanday holatga kelishini shu xabarlardan ham bilsa bo'ladi. Hamma charchaydi, eng asosiysi kod oxirida ishlashida. Izohlarda eng kulgili yoki oxirgi yozgan commit xabaringizni yozib qoldiring! 👇😂 #hazil #git #github #hayotiy #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti

Nega API (Backend) bilan ishlashni bilish har bir Frontendchi uchun shart? Ko'p boshlovchi frontendchilar xato o'ylaydi: "Men
Nega API (Backend) bilan ishlashni bilish har bir Frontendchi uchun shart? Ko'p boshlovchi frontendchilar xato o'ylaydi: "Men zo'r dizayn qila olaman, HTML/CSS va animatsiyalarni qotiraman, demak men tayyor dasturchiman!" Aslida, real loyihalarda mijozga shunchaki chiroyli "rasm" kerak emas. Unga ma'lumotlar saqlanadigan, o'zgaradigan va real vaqtda ishlaydigan tizim kerak. Frontendchi uchun API bilan ishlash nega muhim? ➡️ Saytni jonlantirish: Orqa fondagi (Backend) ma'lumotlar bazasidan tovarlar ro'yxati, narxlar yoki foydalanuvchi ismini saytga olib kelish (Fetch / Axios orqali). ➡️ Junior'dan Middle'ga o'tish: Faqat verstka (dizayn tuzish) bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. Katta maoshli vakansiyalarning 95% qismida REST API yoki GraphQL bilan ishlash talabi bor. ➡️ Mustaqillik: To'liq huquqli frilans loyihalarni olish uchun o'zaro ma'lumot almashinuvini tushunish shart. Reaksiya qoldiring: 🔥 — API bilan ishlash eng sevimli ishim! 👍 — Endi o'rganishni boshlayman. #frontend #api #backend #maslahat #karyera #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti

SI-agentlar analitiklar va ML-muhandislarga qanday yordam berishi: YSDAʼdan intensiv 2026-yil 23–27-noyabrda Yandex School of
SI-agentlar analitiklar va ML-muhandislarga qanday yordam berishi: YSDAʼdan intensiv   2026-yil 23–27-noyabrda Yandex School of Data Analysis (YSDA) AI Analytics Week oʻtkazadi. Yandex  ekspertlari maʼlumotlarni tayyorlashdan tortib prognozlar tuzish va tajribalarni loyihalashgacha LLM va SI-agentlardan qanday foydalanishni koʻrsatadi.   Nimalarni koʻrib chiqamiz: ● Analitik ishida SI-vositalar ● LLM bilan maʼlumotlarni tozalash, RAG-payplaynlar ● Tajribalarda LLM: tanlanma, stratifikatsiya, sintetik nazorat ● Agent tizimlari arxitekturasi, MCP orqali maʼlumotlarga kirish   Ishtirok etish uchun SQL, Python boʻyicha mustahkam baza, statistika va ML asoslari kerak.   22-noyabrgacha roʻyxatdan oʻting. Sizni YouTubeʼda savol berish imkoniyati bilan 5 kunlik videotranslyatsiyalar kutmoqda.

ChatGPT'da rasm yaratishni yangi darajaga olib chiquvchi 89 ta maxfiy buyruq 👉 1-qism #prompt
ChatGPT'da rasm yaratishni yangi darajaga olib chiquvchi 89 ta maxfiy buyruq 👉 1-qism #prompt

🚀 Birinchi IT xizmatlari marketplace’ida yangi buyurtmalar oling yoki orzuingizdagi ishni toping! IT Caravan — IT mutaxassis
🚀 Birinchi IT xizmatlari marketplace’ida yangi buyurtmalar oling yoki orzuingizdagi ishni toping! IT Caravan — IT mutaxassislari mijozlar va ish beruvchilarni topadigan platforma. Profilingizni, rezyume va loyihalaringiz haqidagi ma’lumotlarni joylashtiring, shuningdek, 10 tagacha xizmatni bepul qo‘shing. Sizni ijrochilar va yangi xodimlarni izlayotgan kompaniyalar ko‘rishsin! Profilingizni hoziroq yarating — yangi imkoniyatlar sizni o‘zi topsin! Platformaga o‘tish!

Dasturchilik bilimingizni sinab ko'ramizmi? (10 ta savol) Texnik suhbatlarda (Interview) tushadigan ma'lumotlar bazasi, SOLID
Dasturchilik bilimingizni sinab ko'ramizmi? (10 ta savol) Texnik suhbatlarda (Interview) tushadigan ma'lumotlar bazasi, SOLID, Docker va veb-xavfsizlik bo'yicha 10 ta amaliy savoldan iborat test tayyorladim! 👉 Testni boshlash Nechta topganingizni izohlarda yozib qoldiring! Qani, kim 10/10 qila olar ekan? 👇😎 #dasturlash #test #quiz #bilimsinovi #it #dasturchi 👉 @dasturlash_hayoti

Lekin mening kompyuterimda ishlagandi-ku?! 😅 Dasturchilar hayotidagi eng mashhur va eng ko'p aytiladigan bahona. Loyihani o'
Lekin mening kompyuterimda ishlagandi-ku?! 😅 Dasturchilar hayotidagi eng mashhur va eng ko'p aytiladigan bahona. Loyihani o'zingizda maza qilib test qilasiz, hammasi joyida, "bug" umuman yo'q. Lekin xostingga (masalan, ahost.uz'ga) yoki mijozning serveriga yuklaganingizdan keyin u qizil xatolar dengiziga aylanadi. Asosiy sabablar: 🔸Turli xil PHP versiyalari. 🔸 .env fayldagi bazaga ulanish parollari serverga to'g'ri yozilmagani. 🔸 Kutubxonalar (vendor yoki node_modules) to'liq yuklanmay qolgani. Eng zo'r yechim — server muhitini o'z kompyuteringiznikiga maksimal o'xshash qilib sozlash yoki Docker ishlatish. Qani, kimda shu haftada xuddi shunday holat bo'ldi? Izohlarda dardlashamiz! 👇 #hazil #dasturlash #bug #hayotiy 👉 @dasturlash_hayoti

"PHP o'ldi, PHP zaif" deydiganlar uchun Xavfsizlik (RCE) bo'yicha xabardan so'ng hamma yoqda ayrim boshqa til dasturchilari "bayram" qilishni boshlabdi: "Ko'rdinglarmi, PHP chindan ham o'lyapti, u zaif til!" Hurmatli "PHP hater"lariga qisqacha javobimiz: Eng uzoq davom etayotgan o'lim: "PHP o'lyapti" degan memlarga 15 yildan oshdi. U shunday "sekin o'lyaptiki", hozirgi kunda ham dunyodagi jami veb-saytlarning 70% dan ortig'i (shu jumladan yirik korporatsiyalar) aynan shu tilda tinchgina ishlab yotibdi. Bug va zaiflik kimda yo'q? Bitta jiddiy zaiflik chiqib, uni zudlik bilan tuzatishsa, til o'lib qolmaydi.
node_modules
papkasi qora tuynukdek butun kompyuter xotirasini yutib yuborayotganida yoki JS'da har 3 kunda bitta yangi framework chiqib dasturchining asabini egovlaganida jimgina yuramiz-ku? 🤫 Real hayotdagi holat: Siz guruhlarda "PHP o'ldi" deb katta bahslar qilib o'tirganingizda, qaysidir dasturchi orqa fonda baquvvat Laravel va frontenddagi Vue.js arxitekturasini bir-biriga ulab, navbatdagi kattakon loyihani muvaffaqiyatli topshirib, mijozdan pulini sanab olyapti. Xullas, vahimaga o'rin yo'q. PHP navbatdagi apokalipsisdan ham omon qoldi. Tarqalishimiz mumkin! 👇 Keling, izohlarda jangni davom ettiramiz: Qani, PHP'chilar bormi o'zi? 🔥 — PHP mangu yashaydi, Laravel yondiradi! 😎 — Men baribir boshqa tilni tanlayman. #hazil #php #laravel #backend #dasturlash #fakt 👉 @dasturlash_hayoti

photo content

🚨 PHP ishlatadigan barcha dasturchilar diqqatiga: Loyihalaringizni zudlik bilan tekshiring! Kechadan beri global IT olami va
🚨 PHP ishlatadigan barcha dasturchilar diqqatiga: Loyihalaringizni zudlik bilan tekshiring! Kechadan beri global IT olami va kiberxavfsizlik hamjamiyati bitta yangilikdan larzaga kelgan. PHP dasturlash tilida o'ta jiddiy va xavfli zaiflik (RCE — Remote Code Execution) aniqlandi. Qisqa aytganda: xakerlar hech qanday login yoki parolsiz, tashqaridan turib serveringizda istalgan buyruqni bajarishi va ma'lumotlar bazangizni tozalab ketishi mumkin. Xavf darajasi 9.2 / 10 deb baholangan. Bu degani — "kutib o'tirmasdan hoziroq tuzatish kerak" degan signal. Kimlar xavf ostida? WordPress, Laravel, Yii, OpenCart yoki oddiy toza PHP'da yozilgan har qanday sayt. Zaiflik PHP'ning xotira boshqaruvi bilan bog'liq bo'lib, juda eski versiyalardan tortib yangilarigacha ta'sir qilishi aytilmoqda. Nima qilish kerak? (Aniq qadamlar): 1. PHP versiyangizni yangilang: PHP jamoasi kechagina shoshilinch xavfsizlik patchlarini chiqardi. Serveringizdagi PHP versiyasini eng oxirgi relizga ko'taring: 8.5.x bo'lsa ➡️ 8.5.12 8.4.x bo'lsa ➡️ 8.4.27 8.3.x bo'lsa ➡️ 8.3.36 8.2.x bo'lsa ➡️ 8.2.35 2. CPanel / Server paneliga kiring: Agar xostingda bo'lsangiz, Select PHP Version bo'limidan versiyangizni yangilang. 3. VPS/Dedicated server egalari: Terminal orqali paketlarni yangilab (apt update && apt upgrade php), servisni qayta ishga tushiring. 4. Xosting provayderingizga yozing: Agar serverni o'zingiz to'liq boshqarmasangiz, xosting qo'llab-quvvatlash (support) bo'limiga yozib, serverlar yangilangani yoki yo'qligini aniqlashtirib oling. Ertaga tongda saytingizda "Hacked by..." 😉 degan yozuvni ko'rib qolmaslik uchun hoziroq 5 daqiqa vaqt ajratib, versiyangizni tekshirib qo'ying. Postni PHP bilan ishlaydigan backendchi va dasturchi tanishlarga ham tashlab qo'ying, kech qolishmasin! Reaksiya bildiring: 😎 — Rahmat, darhol versiyani yangiladim! 👍 — Hozir borib tekshiraman. #kiberxavfsizlik #php #backend #ogohlantirish #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti — Sun'iy intellekt va dasturlash olamidagi eng so'nggi yangiliklar, foydali materiallar va eksklyuziv darslar shu yerda!

AI mutaxassislari uchun rasmiy sertifikatlar ro'yxati va ularning havolalari 1. OpenAI (ChatGPT & API) Sertifikatlari OpenAI
AI mutaxassislari uchun rasmiy sertifikatlar ro'yxati va ularning havolalari 1. OpenAI (ChatGPT & API) Sertifikatlari OpenAI o'z ekotizimi uchun turli yo'nalishlarda malaka tasdiqlovchi sertifikatlarni joriy qilgan. Bu sertifikatlar asosan modellarni xavfsiz joriy qilish, biznesga moslashtirish va kiberxavfsizlikka qaratilgan:
🧢Deployment Practitioner: (API, ChatGPT, Codex va Cyber) 🧢Solutions Practitioner: (ChatGPT, Codex, Cyber va Consultative) 🧢Technical Practitioner: (Texnik integratsiya va xavfsizlik)
🔗 Rasmiy manba: openai.com (Sertifikatlash bo'limi va Enterprise hamkorlik portali orqali) 2. Anthropic (Claude) Sertifikatlari Claude modellarini katta loyihalarga integratsiya qilish va arxitekturasini qurish bo'yicha maxsus darajalar:
🧢Claude Certified Architect: (Foundations / Professional) 🧢Claude Certified Developer: (Foundations / Professional)
🔗 Rasmiy manba: anthropic.com (Dasturchilar va hamkorlar portali) 3. Google (Gemini & Cloud AI) Gemini modellarini korporativ darajada ishlatish va AI agentlar yaratish bo'yicha:
🧢Certified Partner Specialist - Gemini Enterprise Agent Development 🧢Certified Partner Specialist - Gemini Enterprise Deployment 🧢Google Cloud Professional Machine Learning Engineer
🔗 Rasmiy manba: cloud.google.com/learn/certification 4. Yirik Cloud Provayderlar (Bozorda eng talabgir qo'shimchalar) Faqat AI modellarini emas, balki ularning butun boshli bulutli infratuzilmasini boshqaruvchi muhandislar uchun xalqaro darajadagi eng kuchli sertifikatlar:
🧢Microsoft Certified: Azure AI Engineer Associate: Azure OpenAI va kognitiv xizmatlar orqali sun'iy intellekt arxitekturasini qurish. 🔗 Rasmiy manba: learn.microsoft.com/certifications 🧢AWS Certified Machine Learning – Specialty: Amazon AWS serverlarida ma'lumotlar modellari va sun'iy intellekt xizmatlarini ishlab chiqish hamda optimallashtirish. 🔗 Rasmiy manba: aws.amazon.com/certification 🧢IBM AI Engineering Professional Certificate: Machine Learning va Deep Learning poydevorini noldan o'zlashtirganlikni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat. 🔗 Rasmiy manba: coursera.org/ibm-ai-engineer
Reaksiya qoldiring: 🔥 — Kelajakda shu sertifikatlardan birini albatta olaman! 👍 — Zo'r ma'lumot, rasmiy havolalari bilan saqlab qo'ydim. #foydali #ai #sertifikat #openai #claude #gemini #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti — Sun'iy intellekt va dasturlash olamidagi eng so'nggi yangiliklar, foydali materiallar va eksklyuziv darslar shu yerda!

Dasturchilar API orqali AI modellarini o'z loyihalariga ulaganda temperature (harorat) parametrini 0 ga tenglashtirsa, modelning javoblari qanday o'zgaradi?
Anonymous voting

Kod yozish va "debug" qilishga soatlab vaqt ketkazmang! 👨‍💻🔍 🤖 Gemini 1.5 Pro (Advanced) — dasturchilar uchun eng kuchli
Kod yozish va "debug" qilishga soatlab vaqt ketkazmang! 👨‍💻🔍 🤖 Gemini 1.5 Pro (Advanced) — dasturchilar uchun eng kuchli AI-yordamchi: • 2 mln token kontekst: Butun boshli loyiha yoki minglab qator kodni bittada tahlil qiladi. • Murakkab xatolarni (bug) soniyalar ichida topadi va kodni optimallashtiradi. • Python, JS, C++, Go va barcha zamonaviy texnologiyalarda "Senior" darajasida yordam beradi. Nega rasmiy saytda $20/oy, bizda esa suvtekin? 🤔 Biz 18 oylik "activation link"larni to'g'ridan-to'g'ri Hindistondagi IT-hamkorlardan optom narxda olib keldik. 🔥 18 oylik to'liq obuna — atigi 49 000 so'm! ⚠️ Diqqat: Arzonlashtirilgan partiya faqat 29-oktabrgacha amal qiladi. 🔒 100% xavfsiz: Parolingiz kerak emas, o'z akkauntingizga 1 daqiqada ulanadi. Ulash uchun yozing: @geminiproishonchli ✅

HTTP Status Kodlari — bitta rasmda! Har bir dasturchi kundalik ishida eng ko‘p duch keladigan HTTP javoblari shpargalkasi Yo‘
HTTP Status Kodlari — bitta rasmda! Har bir dasturchi kundalik ishida eng ko‘p duch keladigan HTTP javoblari shpargalkasi Yo‘qotib qo‘ymaslik uchun saqlab oling va do‘stlaringiz bilan ulashing! 💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅

🔐 KIBERXAVFSIZLIK (PENTESTING / SOC) BO‘YICHA YANGI QABUL OCHILDI! Kiberxavfsizlikni 0 dan o‘rganib, shu sohada ishlashni xohlaysizmi? Darslar boshlang‘ich bilimlardan boshlanadi. Murakkab mavzularni sodda tilda, amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganamiz. 📚 Nimalarni o‘rganasiz? ✅ Linux, Windows va kompyuter tarmoqlari ✅ Kiberxavfsizlik asoslari ✅ Ethical Hacking va Pentesting ✅ SOC va xavfsizlik monitoringi ✅ Amaliy laboratoriyalarda ishlash 💻 Darslar jonli ONLINE formatda, individual yondashuv asosida olib boriladi. 🎯 ASOSIY MAQSAD — SIZNI KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA ISHGA TAYYOR HOLATGA OLIB CHIQISH! 📩 Kurs davomiyligi, narxi va o‘quv dasturi haqida batafsil ma’lumot olish uchun: 👉 @Yorkulov_Temurbek ga yozing.

Kiberxavfsizlik o‘zi kimlar uchun va bu soha vakillari nima ish qiladi? Ko‘pchilik bu sohani faqat kod yozish yoki "xakerlik"
Kiberxavfsizlik o‘zi kimlar uchun va bu soha vakillari nima ish qiladi? Ko‘pchilik bu sohani faqat kod yozish yoki "xakerlik" deb o‘ylaydi. Aslida esa kiberxavfsizlikda har kim o‘z qobiliyatiga mos yo‘nalishni topishi mumkin. Sohaning asosiy yo‘nalishlari va u kimlarga mos kelishi haqida batafsil rasmda tanishing! 👆 📌 Foydali bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing! #kiberxavfsizlik #cybersecurity #redteam #blueteam #pentesting #infosec #dasturlash 💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅

Yomon kod vs Toza kod ​Rasmda dasturchilar ko'p yo'l qo'yadigan ichma-ich if-else (zinapoya) xatosi va uning o'rniga eng to'g
Yomon kod vs Toza kod ​Rasmda dasturchilar ko'p yo'l qo'yadigan ichma-ich if-else (zinapoya) xatosi va uning o'rniga eng to'g'ri, o'qishga qulay bo'lgan "Guard Clauses" usuli aniq misollar orqali ko'rsatilgan. #cleanCode #spagetti 💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅

[БEПУЛ] Сунъий интеллектларни ишлатишни ва АИ муҳандис бўлиш қадамларини БEПУЛ ўрганинг 6 йил тажрибага эга халқаро дастурчис
[БEПУЛ] Сунъий интеллектларни ишлатишни ва АИ муҳандис бўлиш қадамларини БEПУЛ ўрганинг 6 йил тажрибага эга халқаро дастурчиси Комилжон Хамиджонов "Сунъий интеллектда 0 дан муҳандисликгача" қадамларни БEПУЛ ўргатяпти 📅 БEПУЛ WEБИНАР | 20-21-октябрь соат 20:30 да Wебинарда сиз ✅Сунъий интеллектда натижагача эришиш қадамлари ✅Сунъий интеллектни ишлатиш ва Сунъий интеллект орқали дастурлар тузиш ✅АИ муҳандис бўлиб ишга кириш йўллари БEПУЛ ўргатилади Ҳаволани босиб дарс ёпиқ каналга ҳозироқ уланишга улгуринг чунки вақт кам👇 👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш 👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш 👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш

⚔️ Tailwind CSS vs Vanilla CSS: Qaysi biri zo'r? Hammamiz shu yo'ldan o'tganmiz. Vanilla CSS'da bitta div ni o'rtaga keltiris
⚔️ Tailwind CSS vs Vanilla CSS: Qaysi biri zo'r? Hammamiz shu yo'ldan o'tganmiz. Vanilla CSS'da bitta div ni o'rtaga keltirish uchun 2 soat vaqt ketkazib, asablar tamom bo'lgan paytlar bo'lgan 😅. Xo'sh, tayyor framework ishlatgan yaxshimi yoki "dedoviy" usulda noldan yozganmi? Keling, aniqlashtiramiz: Vanilla CSS (Noldan yozish)
Frontenderlikning haqiqiy "romantikasi". Hamma narsa o'z nazoratingizda. ✅ Plyusi: CSS qanday ishlashini chuqur va 100% tushunasiz. ❌ Minusi: Klasslarga nom topish — azob! .card-wrapper-main-v2-final — kimningdir loyihasida shunga o'xshash nomlar aniq bor 😂
Tailwind CSS (Framework)
Hozirgi zamonning eng ommabop va trenddagi tanlovi. ✅ Plyusi: Ish tezligi kosmos 🚀. CSS faylga o'tib-qaytish yo'q, miya charchamaydi. ❌ Minusi: HTML kodingiz xuddi mushuk klaviaturada sayr qilib yurib ketgandek ko'rinadi: class="flex justify-center p-4 m-2 bg-blue-500 rounded-lg hover:bg-blue-600 transition..." 🤯
Agar siz endi o'rganayotgan (Junior) bo'lsangiz — faqat Vanilla CSS! Asosni bilmasangiz, Tailwind'da shunchaki yodlab yozadigan "zombi"ga aylanib qolasiz. Agar sizda real, tezkor loyiha bo'lsa va asablaringizni asramoqchi bo'lsangiz — Tailwind CSS. Mijozga sizning qanday chiroyli CSS kod yozganingiz qiziq emas, unga tayyor sayt kerak. Vaqt — bu pul! 💸 👇 Keling, izohlarda jangni boshlaymiz! Siz qaysi jamoadasiz? 🔥 — Tailwind yondiradi, orqaga yo'l yo'q! 😎 — Vanilla CSS #foydali #css #tailwind #frontend #dasturlash 💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅