ch
Feedback
eMaktab.uz

eMaktab.uz

前往频道在 Telegram

Ta’lim yangiliklari

显示更多

📈 Telegram 频道 eMaktab.uz 的分析概览

频道 eMaktab.uz (@emaktabuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 999 名订阅者,在 教育 类别中位列第 18 048,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 7 279

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 999 名订阅者。

根据 26 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -509,过去 24 小时变化为 -19,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 18.95%。内容发布后 24 小时内通常能获得 9.73% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 085 次浏览,首日通常累积 1 071 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 3

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Ta’lim yangiliklari

凭借高频更新(最新数据采集于 27 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

10 999
订阅者
-1924 小时
-987
-50930
帖子存档
Andijonda bolani 1-sinfga kiritib qo‘yish uchun 300 dollar so‘ragan maktab xodimi ushlandi Kadrlar bo‘yicha menejer lavozimida ishlovchi shaxs fuqaroning farzandini 1-sinfga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul talab qilgan. @u_generalissimus

📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’li
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda. 🟢 Hududiy (saralash) bosqichi: 🟢 2026-yil 3–4-avgust 🟢 2-bosqich (asosiy suhbat): 🟢 2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Tanlov bosqichlari: 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.
Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlar
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish bo‘yicha subsidiya tizimi ishga tushdi. Subsidiyadan foydalanmoqchi bo‘lganlar quyidagi havola orqali ariza berishi mumkin: 👉subsidiya.imv.uz 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali

2017 йилда туғилган ўзбекистонлик болакай IELTS'дан 7 балл олди eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

Жарқўрғонда давлат боғча мудираси аутсорсердан 14 млн сўм олаётганда қўлга олинибди. eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

❗️Bugundan oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustgacha (shu kuni ham) 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.   Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.   Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.   Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.   Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.   Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.   Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.   Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.   Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

✅Шўрчи туманидаги ихтисослаштирилган мактаб интернати директори 1000 доллар пора олгани учун 4 йил 6 ой муддатга уйдан чиқиши
✅Шўрчи туманидаги ихтисослаштирилган мактаб интернати директори 1000 доллар пора олгани учун 4 йил 6 ой муддатга уйдан чиқиши бутунлай тақиқланибди. eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

❗️ОТМ ва таълим йўналишини танлаш бошланди 25 июлдан тест синовларида қатнашган абитуриентлар ОТМ, таълим йўналиши ва таълим
❗️ОТМ ва таълим йўналишини танлаш бошланди 25 июлдан тест синовларида қатнашган абитуриентлар ОТМ, таълим йўналиши ва таълим шаклини танлаш имкониятига эга бўлди. 5 тагача олийгоҳ ва йўналишни танлаш мумкин. Кундузги, кечки ёки масофавий таълим шаклини белгилаш имконияти мавжуд. Танлов my.uzbmb.uz платформаси орқали амалга оширилади. 📅 Танловларни 8 августга қадар исталган вақтда ўзгартириш мумкин. Муддат тугагач, ўзгартиш киритиш имкони бўлмайди eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

Божхона қўмитаси ёши 18 га тўлган ва 30 ёшдан ўтмаган олий ва ўрта махсус талабгорларга танлов эълон қилади Божхона тизимида ишламоқчи бўлган танишларга юбориб қўямиз! eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yur
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer bolani 1-sinfga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi. E’tiborlisi, 1-sinfga qabul bo‘yicha davlat xizmati joriy etilgan tumanlar ro‘yxatiga aynan Asaka tumani ham kiritilgandi. Shunga qaramay, aynan shu tumanda 1-sinfga qabul qilish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1670 Telegramda o'qish
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube

❗️Йўналиш танлаш 25-июлдан бошланади Бугун давлат олий ва касбий таълим муассасаларига қабул тест синовлари якунланди. Ўн кун
❗️Йўналиш танлаш 25-июлдан бошланади Бугун давлат олий ва касбий таълим муассасаларига қабул тест синовлари якунланди. Ўн кун давомида ўтказилган тест синовларида қатнашиши белгиланган жами 664 минг 609 нафар абитуриентдан 610 минг нафардан ортиғи иштирок этган бўлса, тест синови топшириш тартиб-қоидаларини бузган 70 нафардан зиёд абитуриент жараёндан четлатилди. Тест синови топширган абитуриентлар тўплаган баллари асосида 25-июлдан 8-августга қадар (шу куни ҳам) 2-босқич танловда иштирок этади. Бунда таълим муассасалари, йўналишлари, устуворликлари ва шакллари танланади. ‼️ Якуний натижа эса 2-босқич танлов муддати тугагандан кейин бир ҳафта ичида эълон қилинади. 🇺🇿@DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал

🎉 🇺🇿 Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi. Bugun, 24 iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 69 yoshga to‘ldilar. Shavkat Mirziyoyev 1957 yil 24 iyul kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida tavallud topgan. Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan muhtaram Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda xalqimiz va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

#диққат_эълон 📣 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar! ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy takliflar boti
#диққат_эълон 📣 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy takliflar boti ish boshladi: @uzedu_taklif_bot ➖  Mazkur bot orqali tizim faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan barcha taklif va mulohazalaringizni yuborishingiz mumkin. Barcha takliflar vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. 👉 Takliflar joriy yilning 25-iyuliga qadar qabul qilinadi. eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

#diqqat_eʼlon #maktab_maslahatchilari ✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 6-18-iyul kunlari respublikamiz boʻylab maktab maslahat
#diqqat_eʼlon #maktab_maslahatchilari ✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 6-18-iyul kunlari respublikamiz boʻylab maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning ikkinchi mavsumi suhbat bosqichi boʻlib oʻtdi. ➖ Unda yurtimizdagi 7 695 ta umumtaʼlim maktabi uchun maslahatchilarni saralash jarayonlari oʻtkazildi. 🔹 Maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning yakuniy natijalari bugun tanlov.uzedu.uz platformasi orqali nomzodlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. ➖ Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlaydi. 👉Ma’lumot uchun: tanlovning ikkinchi mavsumiga jami 42 932 ta ariza kelib tushgan. Belgilangan talablarga javob bergan 38 303 nafar talabgor testda ishtirok etdi. Test sinovlarida yuqori natija koʻrsatgan 19 294 nafar nomzod suhbat bosqichiga tavsiya etildi. eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

#TANLOV BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI! DIQQAT! O‘zbekiston Respublikasi
#TANLOV
BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI!
DIQQAT!
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi:
🔰Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi:
🔹Rus tili fani metodisti
🔹Matematika fani metodisti
🔹Qardosh tillar metodisti
🔹Musiqa madaniyati fani metodisti
🔹Jismoniy tarbiya va CHQBT fani metodisti
🔹Boshlang'ich ta'lim metodisti
TALABLAR: ✅ Vakant lavozimlarga soha yo'nalishi (pedagogika ( fan yo‘nalishi) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (magistratura diplomiga egalik ustunlik beradi) nomzodlar; ✅ Kamida 2 yil (shundan kamida 1 yil ta'lim sohasida soha yo'nalishi bo'yicha ishlagan bo'lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari; Shuningdek, vakant lavozimlarga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi ✅ Kompyuter savodxonligiga  ega bo‘lishi, davlat tilini bilishi (rus, ingliz va chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) hamda soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni  bilishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko'nikmalariga ega bo'lishi talab etiladi. Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT manzili orqali topshirishi mumkin. Qabul muddati: 23.08.2026 ☎️ Murojaat uchun: (91) 447-28-51 (94) 546-47-88 eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

#DIQQAT! 📌BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI! O‘zbekiston Respublikasi Makt
#DIQQAT! 📌BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI! O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi: 🔰Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i 🔰Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i 🔰Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i TALABLAR: ✅ Vakant lavozimlarga soha yo'nalishi (pedagogika fanlari yo‘nalishlari) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (magistratura diplomiga egalik ustunlik beradi) nomzodlar; ✅ Kamida 3 yil (shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida ma’muriy-boshqaruv lavozimlarda yoki soha yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan bo‘lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari; 🔰 Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i ✅ Vakant lavozimiga soha yo'nalishi (pedagogika, maktabgacha ta'lim yo‘nalishlari) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (magistratura diplomiga egalik ustunlik beradi) nomzodlar; ✅ Kamida 3 yil (shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida ma’muriy-boshqaruv lavozimlarda yoki soha yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan bo‘lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari; 🔰 Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi ✅ Vakant lavozimiga soha yo'nalishi (pedagogika, maktabgacha ta'lim yo‘nalishlari) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan OTM bitiruvchilariga afzallik beriladi) nomzodlar; ✅ Kamida 1 yil ( ta'lim sohasida yoki soha yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan bo‘lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari; 🔰 Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi ✅ Vakant lavozimiga soha yo'nalishi (Informatika va axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi) nomzodlar; ✅ Kamida 2 yil ( shundan, kamida 1 yil ta’lim sohasida ma’muriy-boshqaruv lavozimlarda yoki AKT sohasida ishlagan bo‘lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari; 🔰Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisi (0,5 hissa) ✅ Vakant lavozimiga soha yo'nalishi ( Moliya-iqtisod, buxgalteriya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi) nomzodlar; ✅ Kamida 2 yil ( shundan, kamida 1 yil moliya organlarida yoki maktabgacha va maktab ta’limi boshqaruv organlarida soha yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan boʻlishi) ish stajiga ega bo‘lishlari; Shuningdek, vakant lavozimlarga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi ✅ Kompyuter savodxonligiga  ega bo‘lishi, davlat tilini bilishi (rus, ingliz va chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) hamda soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni  bilishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko'nikmalariga ega bo'lishi talab etiladi. Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT manzili orqali topshirishi mumkin. Qabul muddati: 23.08.2026 ☎️ Murojaat uchun: (91) 447-28-51 (94) 546-47-88 eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

#TANLOV 📌BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI! 🔆O‘zbekiston Respublikasi Mak
#TANLOV 📌BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI! 🔆O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant  bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi. 🔰 Tegishli fanlar bo'yicha kafedra o'qituvchisi lavozimiga bo'sh vakant o'rinlar:
🔹Matematika fani o‘qituvchisi
🔹Pedagogika fani o‘qituvchisi
🔹Ingliz tili fani o'qituvchisi
🔹Biologiya fani o'qituvchisi
🔹Umumta'lim maktab kutubxona rahbar va xodimlari mutaxassisi (pedagog)
🔹Kelajak markazi to‘garak rahbarlari (pedagog)
🔹Boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchisi
🔹Informatika fani o‘qituvchisi
TALABLAR: ✅ Magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lishi; ✅ Mehnat staji kamida 2 yil shundan, kamida 1 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi; ✅ Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi; ✅ Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi); Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT manzili orqali topshirishi mumkin. Qabul muddati: 23.08.2026 ☎️ Murojaat uchun: (91) 447-28-51 (94) 546-47-88 eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

#TANLOV 📌BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI! 🔆O‘zbekiston Respublikasi Mak
#TANLOV 📌BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI! 🔆O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant  bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi:
🔰Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri
🔰Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri
🔰Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri
TALABLAR: ✅ Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalaridagi ma’lumot; ✅ Mehnat staji kamida 5 yil shundan, kamida 3 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi; ✅ Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi; ✅ Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallikhisoblanadi); Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.
🔰 Rus tili fani dotsenti
TALABLAR: ✅Tegishli mutaxassislik bo‘yicha dotsent yoki katta ilmiy xodim unvoniga yoki fan doktori (nomzodi) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalaridagi ma’lumot; ✅ Mehnat staji kamida 3 yil shundan, kamida 2 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi; ✅ Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi; ✅ Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallikhisoblanadi); Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT manzili orqali topshirishi mumkin. Qabul muddati: 23.08.2026 ☎️ Murojaat uchun: (91) 447-28-51 (94) 546-47-88 eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

❔Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan ("qizil") maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak? Boshqa hududlardagi taʼlim darajas
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan ("qizil") maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak? Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumtaʼlim maktabi direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi. Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹 mutaxassisligi, dars beradigan fanini koʻrsatgan holda direktor nomiga ariza;
🔹doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma — obyektivka;
🔹oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, kadrlar boʻyicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi. Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi. Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi. Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab har yili 5-avgustga qadar Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va suhbat natijalariga koʻra saralangan oʻqituvchi-pedagoglar haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlamoqchi boʻlgan oʻqituvchi-pedagoglar:
🔹tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
🔹dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
🔹boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
🔹amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.
👉 2026-2027 o‘quv yili uchun “qizil maktablar” ro‘yxati eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz