Rovi Talk
前往频道在 Telegram
Sahifa o'zi haqida o'zi gapirsin https://www.instagram.com/muslimholdarov/ https://www.youtube.com/@muslimholdarov https://www.tiktok.com/muslimholdarov https://www.threads.net/@muslimholdarov Sotib olish bo’yicha 📬 @Rovi_admin
显示更多9 333
订阅者
-324 小时
-227 天
+5330 天
帖子存档
9 335
Biz farzandlarimizdagi yoqimsiz odatlarni foydali tomonini bilmaganimiz uchun ularga qanday munosabat qilishni bilmaymiz. Bir narsani yodingizda tuting, har bir odatlarni, hatto yoqimsiz odatlarni ham hayotimizga foydali ta’sirlari bor. Faqat biz buni bilmaymiz halos.
Agar farzandingizda o’ta darajada tartib-intizom, mukammallik (perfeksionizm) va hamma narsani nazorat qilishga bo'lgan haddan tashqari ehtiyoji bo’ladigan bo’lsa, unda:
-Jarroh (Хирург)
-Muhandis (Инжинер)
-Moliyachi (Финансист)
-Buhgalteria
-Ilmiy ish va fanni chuqur o’rganishga
yo’naltirish ma’qulroq.
Agar farzandingiz boshqalarga nisbatan asossiz ravishda o‘ta ishonchsizlik va shubha bilan qarasa, atrofdagilarning har qanday harakatini, hatto mutlaqo zararsiz bo‘lsa ham, o‘ziga qarshi qaratilgan yomon niyat yoki fitna deb qabul qiladigan odati bo’lsa, manabu kasblar unga mos keladi:
-Xuquqshunoslik
-Nazorat audit
-Xavfsizlik hizmati va Ichki ishlar organlari
-Tekshiruv, tergov va sifat nazorati
Farzandlaringizda yaqin munosabatlardan qochish, yolg'izlikni afzal ko'rish va his-tuyg'ularini tashqi olamga kam namoyon qilish bilan ajralib turadigan bo’lsa, tabiatan sovuqqon yoki bemehr ko’rinadigan bo’lsa, bunday odamlarga:
-IT sohalari
-Dasturchilik
-Analitika
-Tadqiqotlar
-Matematika
bilan shug’illanish juda katta natija va daromad keltiradi.
Mobodo farzandingiz hayotda doimiy ravishda sababsiz yoki arzimagan narsalarga ham haddan tashqari ko‘p qayg‘uradigan, xavotir oladigan va qo‘rquv ichida yashaydigan shaxs bo’ladigan bo’lsa unda:
-Psixologiya
-Tibbiyot (Медицина)
-Jamoaviy va jamiyat ichidagi ishlar
-Ta’lim sohalarida
ishlar ular uchun juda qulay ishlar hisoblanadi.
Endi agar bolalarda o‘zini haddan tashqari yuqori baholash, o‘ziga barchadan ko‘proq e’tibor va qoyil qolishlarini talab qilish hamda boshqa odamlarga nisbatan empatiya (hamdardlik) yetishmasligi ko’rinadigan bo’lsa, bunday insonlar:
-Tadbirkorlik
-Boshqaruv
-Siyosat
-Shou-biznes
bilan shug’illanishsa ular ishlarida juda yaxshi mutahasis bo’lishlari mumkin.
Bolalarda yana bir turdagi odatlar ko’rinishi mumkin, agar ular doimo yuqori kayfiyat, cheksiz energiya va haddan tashqari faollik bilan ajralib turadigan bo’lsa ular uchun:
-Startaplar
-Tadbirkorlik
-Marketing
-Sotuvlar
bilan shug’illanishi, ular uchun juda oson bo’ladi.
Farzandlaringizda doimiy ravishda hammaga yoqish, diqqat markazida boʻlish va atrofdagilarning eʼtiborini qozonishga boʻlgan haddan tashqari kuchli intilish bilan ajralib turadigan bo’lsa, ular uchun:
-Aktyorlik
-Jurnalistika
-PR
-Reklama
-Media
yo’nlishlarida ishlash tavsiya etiladi.
Bu yo’nalishlarga yo’naltirish uchun avvalo bolani tabiatini to’g’ri aniqlay olishimiz zarur.
Qanday aniqlash va yo’naltirish haqida “Fikrlar anatomiyasi” da gaplashamiz.
@rovitalk | Instagram | YouTube
9 335
O`ZBEGIM (Qasida)
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
O’tdilar sho‘rlik boshingdan
O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.
Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingta tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim.
Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda okdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.
Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.
Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z elida chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.
Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.
She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.
Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.
Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.
Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.
Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.
O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.
Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.
Qayga bormay boshda do‘ppim,
G’oz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o‘zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o‘zbegim.
Erkin Vohidov
@rovitalk | Instagram | YouTube
9 335
Hozirgi kundagi ba’zi boshliqlar, onalar, qaynonalar, dadalar va yana bor…😄
Tan olinish extiyojining cho’qqisi.
9 335
“Клиент всегда прав!” (ya’ni Mijoz har doim haq! - bu eng chala va noto’g’ri fikrlardan biri.
Ho’p, to’lig’i va to’g’risi qanday bo’ladi?
“Клиент всегда прав в вопросах вкуса” (ya’ni ma’nosi Mijos istagan narsasini tanlashga haqli) degani.
Bu degani “Klinet har doim haq!” degan gap yo’q, balki “odamlarga har hil narsa yoqadi, shu uchun u istaganini tanlashga haqli” degani.
“Kinet pulini to’ladimi, hohlagan talabini qon’yishga haqqi bor” degani emas, balki “kelishuv asosida hizmat ko’rsatiladi” degani. Somolyotda “Ekonom” klasga bilet olib, “Biznes” klasni hizmatini talab qila olmaysiz degani.
Pul to’layotgan odam, Xon, Sulton va Xoqon degani emas. U mijoz degani.
Eng muhim joyi, ko’pchilik bilmaydigan va qabul qilishni istamaydigan joyi ham bor.
Har qanday hizmat ko’rsatuvchi, har qanday mijozga asosli ravishda hizmat ko’rsatishdan bosh tortish ihtiyoriga ega.
Qanaqasiga?
Bu juda chuqur mavzu, tahlili “Fikrlar anatomiyasida”.
Biroz tushinarli bo’lishi uchun bir narsani aytay. Sizni o’zingizni manashu fe’l-atvoringiz, qaysarligingiz, mana shu muomilangiz va “каприз”ingizdek mijoz kelsa, ya’ni sizni o’zingizdek odam kelsa, jimgina hizmat ko’rsatarmidingiz.
Shunday ekan, klient tanlovi uchun haqli, talab qilishi esa, to’loviga yarasha bo’ladi.
9 335
Oddiy odam tartib intizomni buzsa agar - u o’zini qanday tutishni bilmaydida!
Agar yuqori darajali odam buzsa - Bu odam noodatiy, original fikrlaydi va shuning uchun hatto harakatlari nestandartniy chiqadida!
Biz qoidalar hamma uchun bir hil deb o’ylashni yaxshi ko’ramiz. Lekin aslida maqom, martaba, puliga, statusiga, tashqi ko’rinishiga va familiyaga qarab har hil baho oladi.
9 335
Umid bilan uhlab ketib! G’ayrat bilan uyg’oning.Bu yozilganni hamma o’zidan kelib chiqib o’qiydi. Shuning uchun ichingizdagi gaplarni duch kelgan odamga gapiravermang.
9 335
Shuncha ishni qilamiz, biznes ochamiz, loyiha boshlaymiz. Lekin odamlar aslida nima uchun yaxshi pul to’lashga tayyor ekanligini bilmaymiz ham.
Hop, odamlar nima uchun pul to’laydi?
- Muammaosini yechimiga.
Qancha KATTA muammoni hal eta olsangiz, sizga shuncha katta pul to’lashadi. Ayniqsa sizni beradigan yechimingiz uni og’riqdan olib chiqsa, stressdan olib chiqsa yoki yo’qotishlarni oldini olsa, biling, sizni ishingiz uchun istaganingizda pul to’lanqdi.
- Qulaylik va yengillatish uchun.
Odamlar ularni kuchi va vaqtini saqlab qoladigan har qanday narsani qadrlaydi. Shuning uchun ular istagan narsalariga oson, ancha tez va yengil erishishni istaganlari sabab aynan shu yo’nalishdagi odamlarga pul to’lashga tayyor.
- Ta’surotlar uchun.
Odamlar yangi yoki o’zi istagan emotsiya his etish uchun juda katta puls to’lashadi. Hursandchilik, tan olinish, aloqadorlik hissi va shirin xotiralar uchun odamlar umuman pulni ayamaydi.
Ozgina bo’lsada muboffaqiyatga erishgan biznes egalari manashu uchtasidan hech bo’lmasa bittasini o’zida qo’llaydi. Haqiqiy kuchlilar esa, hammasini birlashtira olgan.
Sizchi, qaysi biridan foydalanasiz?
Batafsil tahlil Fikrlar Anatomiyasida
@rovitalk | Instagram | YouTube
9 335
Odamzod qurgan qamoqlarning eng yumshog’i va yoqimlisi bu - komfort.
Bu qamoq ichida kaltaklashmaydi, balki mehr berishadi, qiynashmaydi, balki shirin taomlar bilan mehmon qilishadi. Qiynash o’rniga sizni shu joyda qolishingjz uchun hamma sharoit qilinadi. Barcha insonga yoqadigan narsalar bilan o’rab qo’yilgan.
Shuning komfortdan hech kim qochib ketmaydi, qamoq deb ham hisoblanmaydi.
Yumshoq yotoq, odatiy kunlar, yoqimli oqshom… Bu narsalar sizni o’zingiz uchun tayyorlayotgan “to’qmoq” ekanligini tasavvur ham qilmaysiz.
Bir savol berib ko’ring, biz manashu komfort hududimiz darvozasidan tashqariga chiqganimizda, kimmiz? Buni javobini hamma o’zi biladi.
Biz bir narsani unutib qo’ydik. Quvvat - qiyinchilik bor joyda ko’payadi. Xaraktet (insonning sifatlari jamlanmasi) - qo’rqinchli joylarda shakillanadi. Hurmat esa, nafsini ustiga chiqa olganlarga keladi.
Bugungi kunni o’zingiz uchun noqulaylashtiring. Uyg’onish, xarakat, qadam, sabab, ish, yangi ilm, yangilik, yangi munosabat… Konfort hududidan chiqib ketish darvozasi ochilganini ana shundan ko’rasiz.
Aslida darvoza azaldan ochiq edi. Qamoqga darvoza qilib qulf osilmagan edi, uni bizni aqlimiz tashqariga chiqmaslik uchun o’ziga chizib olgandi halos.
Batafsil tahlil
