G‘uzor tumani hokimligi
前往频道在 Telegram
Gʻuzor tumani hokimligining rasmiy telegram kanali. Instagram: https://www.instagram.com/guzorpress?igsh=MWM2ZG4xNDA1dTM5aQ%3D%3D&utm_source=qr YouTube: https://youtube.com/@guzorpress?si=DSCEmJwmiD_NTjj5 WebSite: https://gov.uz/uz/guzor
显示更多6 757
订阅者
-824 小时
-507 天
-13930 天
帖子存档
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
Facebook|Instagram|X
🏗️G‘uzorda “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish jarayonlari davom etmoqda
📍 Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi loyihasi doirasida "Ridgeland Premium Property" kompaniyasi tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.
🟢 Ayni paytda dastlabki 14 ta zamonaviy turar joy binolarining 2 tasida poydevor qismi yakunlanib, g‘isht terish ishlari boshlab yuborilgan.
❗️Maʼlumot uchun, loyiha doirasida jami 25 gektar maydonda 70 dan ortiq turar joy binolari, 2 603 ta xonadon, shuningdek, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalla binosi,yashil hudud va sayilgohlar barpo etiladi. 🗺 Hududda yirik Eko-bozor va 150 dan ortiq savdo do‘konlari ham joylashadi.✅Bularning barchasi aholi uchun zamonaviy uy-joy, qulay infratuzilma, savdo va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini bir hududda jamlashga xizmat qiladi. 🫡🫡🫡🫡🫡🫡 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube
G‘uzorda “og‘ir toifadagi” mahallada artezian qudug‘i qazilmoqda
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, G‘uzor tumani “Paxtazor” mahallasi “og‘ir toifadagi mahalla” sifatida belgilangan bo‘lib, hududda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni vaqtda mahallaning “Muqimiy” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining tomorqa yerlaridan unumli foydalanishi va daromadlarini oshirish maqsadida artezian qudug‘i qazilmoqda.
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 YouTube
Repost from Saida Mirziyoyeva
AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazish men uchun katta sharafdir.
—
Большая честь встретиться с Президентом США Дональдом Трампом и передать ему наилучшие пожелания от Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева.
Tarixiy g‘alaba, yuksak e’tirof va faxr! 🌟🇺🇿
👍Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz tarixida ilk bor o‘tkazilgan nufuzli “Yil o‘qituvchisi” tanlovida Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Eshboboyeva Fotima Muzaffarovna mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 616 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi!
Bu yuksak mukofot — mashaqqatli va sharafli mehnatning munosib e’tirofi bo‘lib, butun tumanimiz hamda viloyatimiz ta’lim sohasi uchun ulkan faxrdir.
📹 Videorolikda qahramonimiz:
Mamlakatimizdagi barcha fidoyi ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi; O‘qituvchi mehnatini yuksak qadrlab, ta’limga qaratayotgan ulkan e’tibori uchun Davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi; Ushbu tarixiy muvaffaqiyat zamirida unga yo‘l ko‘rsatgan aziz ustozlari, doimo qo‘llab-quvvatlagan oila a’zolari hamda 3-sonli maktab ahil jamoasining hissasi beqiyos ekanini e’tirof etadi.Fotima Muzaffarovnani ushbu yuksak g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatlarida ham yangi cho‘qqilar, zafarlar va barkamol avlod tarbiyasida charchamaslikni tilaymiz. 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 💐 🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati 🫡🫡🫡🫡🫡🫡 🕊 Telegram 📱Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning sentabr oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan G‘uzor tumani hokimi nomidan tabrik:
Qadrli va muhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!
💐Sizlarni qutlug‘ ayyom — 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun tumanimizda, qolaversa butun yurtimizda yangi O‘zbekiston poydevorini yaratish, ma’nan yetuk, bilimli va vatanparvar yoshlarni voyaga yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz yuksak tahsinga sazovordir. Sizning yoshlar qalbiga ezgulik urug‘ini sepib, ilm-fan yo‘lini yoritishdagi mashaqqatli mehnatingizni cheksiz qadrlaymiz.
Fursatdan foydalanib, G‘uzor tumani ta’lim tizimi ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan barcha pedagoglarga, fidoyi muallimlar va soha faxriylariga o‘zimning chuqur hurmatim va minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadoningizga fayz-u baraka, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!🌹Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! Hurmat bilan, G‘uzor tumani hokimi: Suyunov Bekzod Olimovich
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz o‘qituvchi va murabbiylar bilan an’anaviy uchrashuv o‘tkazib, soha fidoyilariga davlat mukofotlarini topshirdi.
—
Президент нашей страны провел традиционную встречу с учителями и наставниками, вручил государственные награды самоотверженным представителям сферы.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari "Yangi O‘zbekiston" universitetida ko‘rgazma bilan tanishdi, o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qildi.
—
Глава нашего государства ознакомился с выставкой, побеседовал с преподавателями и студентами в Университете «Новый Узбекистан».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi.
—
В преддверии Дня учителей и наставников Президент Шавкат Мирзиёев посетил Университет «Новый Узбекистан» и ознакомился с выставкой, посвященной реформам и дальнейшим планам в сфере образования.
#Mirziyoyev #tanishuv #talim #kurgazma
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib, ta’lim tizimidagi yutuqlar ko‘rgazmasi bilan tanishadi hamda o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Университет «Новый Узбекистан», ознакомится с выставкой достижений в сфере образования и проведет встречу с преподавателями и наставниками.
Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Bu natijalar tasodifiy emas. Bu – maktab, bu – tizim, bu – o‘zbek shaxmatining yangi darajasi".— Президент Шавкат Мирзиёев:
"Эти результаты не случайны. Это – школа, это – система, это – новый уровень шахмат в Узбекистане".Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Yuksak e’tibor va e’tirof: Ko‘ksaroyda shaxmatchilarimiz sharaflandi.
—
Высокое внимание и признание: в «Куксарое» чествовали наших шахматистов.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Рўйхатга олиш – 2026
💼 Бизнесни рўйхатга олиш ўзи нима?
Бугун мамлакатда турли шаклда фаолият юритаётган иқтисодий бирликлар сони ва уларнинг фаолият кўлами тобора кенгайиб бормоқда. Уларнинг амалдаги ҳолати, фаолият йўналишлари ва бандлик кўрсаткичлари тўғрисида тўлиқ ва ишончли маълумотларга эга бўлиш иқтисодиётни аниқ баҳолашда муҳим аҳамиятга эга.📄 Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ–190-сон Фармонига мувофиқ, 2026 йил 15 октябрдан 30 ноябрга қадар мамлакатимизда бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказилади.
➡️ Асосий мақсад — мамлакатда амалда фаолият юритаётган иқтисодий бирликлар, уларнинг фаолият йўналишлари, бандлик ҳолати ва асосий иқтисодий кўрсаткичлари тўғрисида ишончли статистик маълумотларни шакллантириш.👥 Кимлар иштирок этади? ➡️юридик шахслар; ➡️якка тартибдаги тадбиркорлар; ➡️ўзини ўзи банд қилган шахслар; ➡️деҳқон хўжаликлари; ➡️ҳунармандлар; ➡️оилавий тадбиркорлар; ➡️нодавлат нотижорат ташкилотлари; ➡️рўйхатдан ўтмасдан фаолият юритаётган айрим иқтисодий бирликлар.
📋 Маълумотлар қандай тўпланади? Респондент тоифасига қараб, маълумотлар рўйхатга олувчилар томонидан планшет қурилмалари орқали юзма-юз сўров асосида ёки интернет орқали мустақил равишда тақдим этилади.📊 Рўйхатга олиш нима беради? 🏢 статистика тизимига — корхона ва ташкилотлар тўғрисидаги статистик регистрларни янгилаш ва иқтисодий бирликлар ҳақидаги маълумотларни аниқлаштиришга; 📈 статистик кузатувларга — танланма кузатувларни янада сифатли ташкил этишга; 🔎 иқтисодиётни баҳолашга — кузатилмайдиган иқтисодиёт кўламини аниқроқ баҳолашга; 💼 тадбиркорликни қўллаб-қувватлашга — бизнеснинг амалдаги ҳолати ва эҳтиёжларини яхшироқ англашга; 🏙 ҳудудларни ривожлантиришга — ҳудудлардаги иқтисодий фаоллик бўйича аниқ маълумотларга таянган ҳолда қарорлар қабул қилишга хизмат қилади. 🎯 Энг муҳими Бизнесни рўйхатга олиш орқали мамлакатдаги тадбиркорлик фаолиятининг янада тўлиқ ва аниқ статистик манзараси шаклланади.
✅ Натижада тўпланган маълумотлар шунчаки статистик кўрсаткич бўлиб қолмайди. Улар тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, ҳудудларни ривожлантириш ҳамда бизнес учун янада тўғри ва манзилли қарорлар қабул қилишда муҳим ахборот манбаига айланади.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada Javohir yana sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatdi, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmadi.
– Endi oldingda yana bir ulkan marra – jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!– dedi davlatimiz rahbari. Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dehtiarovni qora donalarda mag‘lub etib, jamoamizga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Mamlakatimiz yetakchisi uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi. Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. Xususan, u amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.
– Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor,– dedi Prezidentimiz. Shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi:
“Ba’zi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar”.Davlatimiz rahbari amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuvga alohida to‘xtaldi. Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Saringa qarshi partiyasida vaziyat bir payt juda og‘irlashganini esladi.
– Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay o‘zgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi g‘alabani olib keldi,– dedi Prezidentimiz. Hindiston ustidan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston yakka peshqadamga aylandi. Keyin shaxmatchilarimiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, jahon reytingi yetakchisi va olti karra Olimpiada chempioni bo‘lgan AQSh terma jamoasidan ham ustun keldi. Prezidentimiz Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, birinchi taxtada oltin medalni qo‘lga kiritganini e’tirof etdi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi murakkab endshpildagi g‘alabasi ham alohida esga olindi:
“Buning o‘zi alohida katta natija!”.Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.
– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga muborak bo‘lsin!– dedi Prezidentimiz. Samarqanddagi Olimpiada oddiy sport musobaqasi bo‘lmagani ta’kidlandi. Unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming shaxmatchi, jumladan, kuchli grossmeysterlar va amaldagi chempionlar jam bo‘ldi.
– Shunday ulkan raqobat ichida O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarish bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir,– dedi davlatimiz rahbari. G‘alabaga o‘z yurtimizda, xalqimiz ko‘z o‘ngida erishilgani unga alohida ma’no bag‘ishladi. Olimpiadani bevosita kuzatish uchun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon keldi; hududlardagi fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis, teleekran va internet orqali esa millionlab vatandoshlarimiz o‘yinlarni kuzatdi. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентациями по вопросам внедрения учебников нового поколения в школах и организации дуального обучения в сотрудничестве вузов и предприятий.
#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #dualtalim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
