cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

G‘uzor tumani hokimligi

Gʻuzor tumani hokimligining rasmiy telegram kanali. Rasmiy sahifalarimiz 🌐 www.guzor.uz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCoxVryKfsLmRMv4SVEuAKHw/videos 🌐 https://www.facebook.com/groups/guzorpress

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 457
المشتركون
+524 ساعات
+87 أيام
+11430 أيام
أرشيف المشاركات
G‘uzorlik yoshlardan dastlabki g‘alaba Mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati kubogi uchun "Futbol va mini futbol" bo‘yicha tuman bosqichi yakunlanib, viloyat bosqichiga start berildi. Musobaqaning viloyat bosqichi 1-tur doirasida G‘uzor tumanidagi "Avg‘onbog‘" mahallasi yoshlari Koson tumanidagi "Mug‘jagul" mahallasi yoshlari bilan o‘zaro bellashni. Qiziqarli o‘yinda g‘uzorlik yoshlar 4-2 hisobi bilan dastlabki g‘alabaga erishdi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 16🔥 2👏 2
02:13
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | G‘uzor tumanida DXX kubogi musobaqalari #18june #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
إظهار الكل...
dxx.mp454.07 MB
👍 1
02:13
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | DXX kubogi musobaqalari #18june #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
إظهار الكل...
dxx.mp454.07 MB
01:47
Video unavailableShow in Telegram
"QASHQADARYO AXBOROTI" G‘uzor tumanida sayyor qabul tashkil etildi. #18june #qashqadaryo_trk 📱Rasmiy telegram kanalimiz 👉https://t.me/qashqadaryo_trk
إظهار الكل...
2.mp421.58 MB
👍 1👨‍💻 1
"Sho‘rtan" o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi Bugun PRO-Liganing 13-tur uchrashuvi doirasida G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasi Toshkentning "OLIMPIK Mobi UZ" jamoasini qabul qildi. Qiziqarli va gollar shodasiga boy bo‘lgan uchrashuvda Anvar Berdiyev shogirdlari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gol mualliflari: Nodirbek Mukarov 15 (1:0), 43 (2:0), Muhriddin Zoirov, 57 (3:0). G‘uzor tumani hokimligi "Sho‘rtan" jamoasi vakillarini va ularni qo‘llab-quvvatlagan muhlislarni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi. Kanalga ulanish 👉 @guzorpress
إظهار الكل...
7.58 MB
6.02 MB
5.92 MB
👍 21 1 1
G‘uzorda xususiy maktab qurilmoqda Tumanda faoliyat olib borayotgan "ECO COMFORT" MCHJ tomonidan bo‘sh turgan binodan samarali foydalanish va qo‘shimcha bino barpo etish orqali xususiy maktab tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Umumiy qiymati 7 mlrd, so‘m, shundan bank kredit mablag‘lari 5 mlrd. so‘m va tadbirkorning 2 mldr. so‘m mablag‘lari evaziga barpo etilayotgan ushbu taʼlim muassasasida ayni vaqtda qurish va pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bizni kuzatib boring! Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 28 1 1🤨 1😐 1🤝 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Yoshlar yetakchisi ko‘magi bilan bitiruvchi yoshlar bandligi ta'minlanmoqda ⚡️2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikga o‘rgatish va amaliy yordam ko‘rsatish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada G‘uzor tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, "Gulshan" mahallasi yoshlar yetakchisi Bahrom Mirzayev ko‘magi bilan yana bir yoshni bandligi ta'minlanib, o‘z tadbirkorlikni boshladi. "Maktabni tamomlagandan so‘ng, ish masalasida mahalladagi yoshlar yetakchisiga murojaat qildim, yetakchi tavsiyasi bilan bepul kasb-hunarga o‘qidim va "Yoshlar daftari" jamg‘armasidan tikuvchilik mashinasi berildi va hozirda o‘z daromadimga ega bo‘ldim". - deydi Abduqahhorova Habiba. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
6.85 MB
👍 18🔥 1🤩 1
Bayram arafasida bir guruh faxriylar holidan xabar olindi Bayram kunlarida keksalar holidan xabar olish o‘zbek xalqining ezgu fazilatlaridan biridir. Shu munosabat bilan G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov boshchiligidagi masullarimiz turli sohalarda uzoq yillar samarali xizmat qilgan bir guruh faxriylarimiz holidan xabar olib, ularni Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy qutlashdi. Albatta, nuroniylarimiz bunday xayrli ishlardan mamnun bolib,  bu Vatanda inson va uning qadri nechog‘li ulug‘ligini yana bir bor anglab, duolar qildilar. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 27❤‍🔥 7💯 4 2 1🤨 1
Chiqindi tashish xizmati xodimlari rag‘batlantirildi G‘uzor tumanida aholi xonadonlaridan chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanib kelayotgan "Binokor Azizbek Eko" MCHJ ishchi xodimlari mehnati rag‘batlantirildi. Qurbon hayiti munosabati bilan yuklovchi, haydovchi va nazoratchi vazifalarida mehnat qilayotgan barcha xodimlar birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 23❤‍🔥 2 1 1🤨 1
#yoshlar_natijalari G‘uzorlik yoshlar orasida O‘zbekiston chempionlari ko‘paymoqda Kuni kecha, Toshkent shahrida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda sport mahorat maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Kurash" bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Chempionatda Gʻuzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati sportchi-oʻquvchilari munosib ishtirok etib, yakunda 3 ta oltin, 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. G‘uzor tumani hokimligi maktab-internat jamoasi sportchilar va ularning murabbiylarini ushbu g‘alababilan samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 16 2