Kitob nuri
前往频道在 Telegram
"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!" Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
显示更多📈 Telegram 频道 Kitob nuri 的分析概览
频道 Kitob nuri (@kitob_nuri) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 30 054 名订阅者,在 教育 类别中位列第 6 382,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 679 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 30 054 名订阅者。
根据 26 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 84,过去 24 小时变化为 -54,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 18.15%。内容发布后 24 小时内通常能获得 9.34% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 5 462 次浏览,首日通常累积 2 812 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 67。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!"
Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139”
凭借高频更新(最新数据采集于 27 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
30 054
订阅者
-5424 小时
-1957 天
+8430 天
帖子存档
30 054
😊 Mutolaa’ning veb versiyasi ishga tushdi!
💻 Endi nafaqat telefoningizda, balki planshet va kompyuteringizda ham “Mutolaa” bilan kitob o‘qishingiz va tinglashingiz mumkin bo‘ladi!
⚡️ Buning uchun atigi bitta qadam — mutolaa.uz manziliga oʻting va kitob oʻqishni boshlang. Hammasi oson.
📚 Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi: mutolaa.uz
30 054
📌 Hayo va xijolatning farqi
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ansorlardan bir kishining oldidan o‘tib qoldilar. U boshqa bir birodariga hayo haqida gapirayotgan edi. Ya’ni, “ko‘p hayoli bo‘lish ham kerak emas”, deyayotgan edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga dedilar:
“Uni o‘z holiga qo‘y. Hayodan faqatgina yaxshilik keladi!”.
Ko‘pchilik insonlar “hayo” bilan “xijolat bo‘lish”ning orasini aralashtirib yuborishadi. Ularni bitta narsa deb o‘ylashadi. Aslida esa ular orasidagi farq yer bilan osmon qadardir. Hayo maqtovli xulqdir. Xijolat bo‘lish esa yomon xulqdir. U shaxsiyatning zaifligidir.
Hayo buyuk xulq bo‘lib, u dindagi salobatdan kelib chiqadi. Ya’ni, hayoli inson barcha qilmishini Alloh ko‘rib turgani uchun Undan hayo qiladi. Hayo haqida aytilgan eng go‘zal jumla quyidagi jumladir:
“Hayo boshni pastga tushirish yoki yuzning qizarishi emas. Hayo bu Alloh seni qaytargan narsalarida topmasligi, amr qilgan narsalarida yo‘qotmasligidir!”.
Hayoning natijalaridan biri qalbning yumshoqligi va tabiatning yoqimli bo‘lishidir. Hayo o‘z sohibini boshqalarga birgina so‘z bilan bo‘lsada aziyat bermaslikka undaydi. Hayoli inson so‘zlarini boshqalarga aziyat bermasligi uchun tanlab-tanlab gapiradi. Hayo o‘z sohibini boshqalarga nisbatan burchlarini bajarishga undab turadi.
Hayo payg‘ambarlar xulqidir. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam chimildiqdagi kelinchaklardan ham hayoliroq edilar. Biror narsani yoqtirmasalar buni yuzlaridan bilsa bo‘lar edi!”.
Hayo Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Hadisda keladi: “Robbingiz hayoli va saxiydir. Bandasining O‘zi tomon duo qilib cho‘zilgan qo‘lini quruq qaytarishdan hayo qiladi!”.
Hayo farishtalar xulqidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Usmon ibn Affon roziyallohu anhu haqlarida: “Farishtalar ham hayo qiladigan kishidan men hayo qilmaymi?!”, deganlar.
Hayo iymonning shoxlaridan biridir. Hadisda: “Iymonning yetmishdan ortiq shoxlari bor. Hayo iymonning shoxlaridan biridir!”, deyiladi.
Xijolat qilish esa yomon xulqdir. Zero, inson u bilan o‘zini boshqalardan past hisoblaydi, boshqalar oldida o‘zini nuqsonli his qiladi. O‘ziga ishonmaganidan kishilar oldida o‘zini odamovi sezadi. Xijolat bo‘lishning eng yomon turi insonning o‘z haqqini talab qila olmasligi, o‘zini himoya qila olmasligidir. U buni hayo qilish deb o‘ylaydi. Aslida esa u xijolat qilish va qo‘rqoqlikdir.
Bu ikkalasining orasini yaxshi ajratib olishimiz lozim. Ana shunda hayoni maqtab, hayoli insonni shijoatlantiramiz, xijolat bo‘lishni muolaja qilib uni tugatamiz.
Bolalarimiz xijolat bo‘lganida xursand bo‘lmasligimiz lozim. Uni odobning yuqori cho‘qqisi deb o‘ylamasligimiz kerak. Ular xatarli kasallik bilan kasallangandir. Uni davolamasak katta bo‘lganida xijolat bo‘lish ularning hayotini barbod qiladi.
©️Abdulqodir Polvonov
📚 @ilm_duri
30 054
Repost from BaholashUz
⚡️Rasman: Qabul yakunlandi!
imtihonga tayyorlanish uchun BEPUL sinov testlar boshlandi!
Hoziroq yap-yangi eng SARA ORGINAL testlarni ishlang!😎
Edu-talim.uz platformasi hamda Tashkent Metropolitan University hamkorligida navbatdagi BLOK Test tashkil etilmoqda!📆 Test 28-iyun 23:59 gacha; Joriy yilda ko’pchilik abituriyentlarda milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud. Shu sababli onlayn testni o’zingizga qulay formatda yechishingiz mumkin: Mutaxassislik blokdan test 📝 Ona tili va adabiyot 🧮 Matematika 🌏 Geografiya 🧬 Biologiya 🇺🇸 Ingliz tili 📋 Huquq ⚛️ Kimyo 💻 Fizika ⚔️ Tarix Majburiy blokdan test 📕 Ona tili 📕 Matematika 📕 Tarix 5 blokli test (2 mutaxassislik + 3 majburiy fan)
😭 TMU - Toshkentdagi “yurisprudensiya” yoʻnalishiga ega, 100% lik GRANT imkoniyati mavjud hamda IELTS 6.5 yoki CEFR B2 sertifikati bilan BEPUL o’qitiladigan universitet.Ishtirok etish uchun hoziroq ro’yxatdan o’ting: 👉 @TESTOLOGBOT 👉 @TESTOLOGBOT
30 054
"Er baliq oviga qarmog‘ini olmay chiqib ketgan paytda, xotin uning ikkinchi qarmog‘i borligi haqida shubhaga bora boshlaydi". ©️
📚 @kitob_nuri
30 054
#Tafakkur
📌Biz tuyg‘ularimiz uchun emas, amallarimiz uchun javob beramiz
Ibnul Javziy rohimahulloh o‘zining «Axborun niso» nomli kitobida shunday zikr qiladi:
«Aytishlaricha, Hajjoj ibn Yusuf (zolim) Abdurrahmon ibn Ash’asni qatl qilib, uning sheriklarini qo‘lga olgach, ularning boshini olishga amr qildi. Shunda ulardan bir a’robiy Hajjojga dedi:
- Ey amir! Mening senga bir gapim bor edi.
- Nima ekan?
- Abdurrahmon ibn Ash’asning huzurida o‘tirganimda u seni yomonlay boshladi. Men sen haqingda u bilan tortishdim!
- Bu ishingga kim guvoh bo‘ladi?
Shunda ulardan bir kishi turib uning bu gapiga guvohlik berdi. Shunda Hajjoj dedi:
- U bizni himoya qilgani uchun uni qo‘yib yuboringlar!
So‘ngra Hajjoj guvohlik bergan kishiga qarab dedi:
- Sen unga o‘xshab meni himoya qilishga yaramadingmi?!
Guvohlik bergan kishi dedi:
- Senga bo‘lgan nafratim unga o‘xshab gapirishga yo‘l bermadi!
Hajjoj dedi:
- Rost gapirgani uchun uni ham qo‘yib yuboringlar!
So‘ngra boshqa bir kishi turib dedi:
- Ey amir! Biz garchi xato qilib yomonlik qilgan bo‘lsakda, sen avf qilib juda yaxshi ish qilding!
Hajjoj o‘ldirilgan kishiga qarab dedi:
- Mana bu o‘laksaning holiga voy bo‘lsin! Allohga qasamki, agar sizning ichingizdan kimdir boshida anavi a’robiyga o‘xshab gapirganida birortangizni o‘ldirmas edim!
Ikki holatda insonning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qoladi:
1. Qattiq yaxshi ko‘rib qolganida.
2. Qattiq yomon ko‘rib qolganida.
Biz birovni sevib qolsak uning ayblarini ko‘rmaymiz. Birovni yomon ko‘rib qolsak, yaxshiliklarini ko‘rmaymiz. Onalarimiz aytib berishlaricha, Sulaymon alayhissalom boyqushga bir munchoq berib: «Buni eng go‘zal qushga taqib qo‘y!», debdi. Boyqush munchoqni o‘g‘lining bo‘yniga taqib qo‘ygan ekan!
Tuyg‘ularda haddan oshish yomonlangandir. Muhabbatda bo‘ladimi, nafratda bo‘ladimi buning farqi yo‘q. Ammo biz muhabbatda haddan oshishni to‘g‘ri tushunamiz. Chunki muhabbat buyuk tuyg‘udir. Nafratda haddan oshishni esa yomon ko‘ramiz. Chunki nafrat yomon tuyg‘udir. Muhabbatda haddan oshishga misol Ya’qub alayhissalomdir. Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomni shunchalar qattiq yaxshi ko‘rar ediki, uning muhabbati Ya’qub alayhissalomning qalbini to‘ldirib tashladi. Hatto boshqa o‘g‘illari borligini ham unutdi. Ya’qub alayhissalom payg‘ambar va ma’sumdir. Ammo payg‘ambarlarning ma’sumligi dinda va yetkazishi lozim bo‘lgan narsalardadir. Ammo dunyoda esa ulardan kichik xatolar sodir bo‘lib turadi. Bu kichik xatolar payg‘ambarlik axloqiga putur yetkazmaydi. Ularning xatolari bizlarga dars bo‘lishi uchundir. Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning yolg‘iz o‘ziga qattiq muhabbat qilib xato qildi. Ya’qub alayhissalom boshqa o‘g‘illarining Yusuf alayhissalomga nisbatan his qilgan salbiy tuyg‘ulariga sababchidir. Bunga Qur’on shohidlik beradi. Ular otalari muhabbatini qozonish uchun Yusuf alayhissalomdan qutilmoqchi bo‘lishadi. Ya’ni, Ya’qub alayhissalom o‘zini shunday tutdiki, go‘yo Yusuf alayhissalom akalari bilan otalarining ularga bo‘lgan muhabbati o‘rtasidagi to‘siq edi. Alloh taolo bizga farzandlarimiz o‘rtasini ajratmasligimizni ta’lim bermoqda. Agar birortasini boshqalaridan ko‘proq yaxshi ko‘rsak (bu tabiiy albatta) uni oshkor qilmasdan qalbimizda saqlashimiz lozim.
Biz tuyg‘ularimizni muomalaga aylantirishimiz lozim. Zero biz tuyg‘ularimiz uchun emas, amallarimiz uchun javob beramiz!
Qalbning farzandlardan biriga moil bo‘lishida ayb yo‘q. Ammo muomalada adolat qilmaslikda gap ko‘p. Ammo nafratda haddan oshishga kelsak, bizga Iblis ibrat to‘g‘risida yetarlidir. U jannatda turib Allohning amriga qarshi bordi. U Odam bolalariga qarshi kurashishi uchun Allohdan qiyomatgacha umr so‘radi. Bu ishining narxi hatto do‘zax bo‘lishiga ham parvo qilmadi.
©️Abdulqodir Polvonov
📚 @kitob_nuri
30 054
Repost from Türk tili Akademiyasi.
🔔Diqqat Diqqat
YOZGI kursga start beramiz 🇹🇷
Yozning issiq kunida uydan chiqmasdan Turk tili o'rganing.
Atiga 3 oy davom etadigan kursini siz 275 so'mga sotib olishingiz mumkun.
🗓️ Darslar Haftasiga 4 kun. Dastlab 3 kun gramatika, 1-kun konuşma (og'zaki) .
Keyingi oylardan o'rin almashtiramiz. 😊
⏰ Darslar : 26-iyun dan boshlanadi.
Vaqti : 13:30 da
❗ Kursga faqat ayol-qizlar qatnasha oladi.
✅Kursda siz 100% jonli dars
✅Qo'llanmalar
✅ Imtixon saviyasidagi MOCK teslar
Erishasiz
Batafsil ma'lumot va kursga yozilish uchun
@MirzaodilovaNA
❗ Ba'zi shartlarni bajarish ta'lab etiladiO'qtuvchi : O'qtuvchi xalqaro (C1) sertifikat sohibasi @MirzaodilovaN - natijalar bu yerda
30 054
#Tafakkur
Alloh nasib ettirishidan avval imtihon qiladi, undan o‘ta olsang erishasan.
📚 @kitob_nuri
30 054
📌Sevmagan qalb
Xatib Bag‘dodiy rohimahulloh o‘zining «Tarixu Bag‘dod» kitobida keltiradi:
«Obidlardan Abu Usmon Hiyriy an-Nasoburiyning xotini Maryamdan eshitdim. U shunday dedi:
«Bir kuni erim Abu Usmon yolg‘iz o‘tirganini ko‘rib qoldim. Vaqtni g‘animat bilib so‘radim:
- Allohning huzurida eng umid qiladigan amalingiz qaysi amal?
Abu Usmon dedi:
- Ey Maryam! Men ulg‘aygach, meni uylantirishga harakat qilishdi. Men ko‘nmadim. Bir kuni bir o‘ralgan ayol keldi. U menga dedi:
- Ey Abu Usmon! Allohning haqqi bilan so‘rayman, menga uylansangiz!
Men so‘radim:
- Otang bormi?
- Ha bor. Falonchi tikuvchi mening otam bo‘ladilar!
Men uning otasini topib bordim va uning qo‘lini so‘radim. Otasi xursand bo‘lib rozi bo‘ldi. Guvohlar ishtirokida nikoh aqdi bo‘lib o‘tdi. Go‘shangaga kirdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, ko‘zlari g‘ilay, o‘ta xunuk va badbashara, oyoqlari cho‘loq bir qiz turibdi. Darrov: «Allohim, menga qilgan taqdiring uchun Senga hamdlar bo‘lsin!», dedim. Oila a’zolarim meni malomat qilishar edi. Men esa xotinim bilan birga bo‘ldim. U menga qattiq o‘rganib qoldi. Ko‘chaga chiqishimga toqati yo‘q edi. Uning rioyasi va qalbi sinmasligini o‘ylab, hatto, zikr va ilm majlislarga ham bormay qo‘ydim. O‘n besh yil shu holatda o‘tdi. Men go‘yo cho‘g‘ ustida turgandek yashadim. Ammo toki u vafot qilguncha hislarimni unga bildirmadim, uning qalbini sindirmadim!
Allohning huzurida mana shu amalimdan ko‘ra umidli amalim yo‘q!»
Kimdir: «Inson o‘z qalbi sinishi evaziga boshqaning ko‘nglini olishi shart emas. Kimdir meni yaxshi ko‘rsa u bilan murosa qilishim mumkin, ammo umrimni unga narx sifatida berish evaziga emas!», deyishi mumkin. To‘g‘ri, uning gaplari haq. Inson degani qalbdir. U qalbini qayerda topsa, o‘sha yerda yashaydi.
Ha, bizga nisbatan qalbida muhabbati bor har bir insonni qadrlaymiz. Ammo qadrlash boshqa, uning ortidan yurish boshqa.
Bir kishi sizga muhabbat qildi. Siz buning evaziga unga mulozamat (yolg‘ondan yaxshi muomala) qildingiz. Bu holatda siz uning ko‘nglini olish o‘rniga qalbini sindirib qo‘yasiz!
Chunki, kuni kelib mulozamat ham qila olmaydigan kun keladi. Ana shundagi uning og‘rig‘i oldingidan ham yomonroq bo‘ladi!
Yaxshi ko‘radigan kishiga eng og‘ir holat shuki, unga siz avval umid berasiz. Siz bergan umidlar ustiga u o‘z orzularini bino qila boshlaydi. So‘ngra birdan sizdagi umidlari puchga chiqadi. Orzulari pastga qulaydi!
Og‘ir holatlardan yana biri shuki, siz avval kimningdir qalbiga sham yoqasiz. So‘ngra u shamni qattiq puflab o‘chirasiz!
Avvaldan ochiq bo‘ling. Muhabbat yo‘lidan majburan, xijolat bo‘lib, mulozamat bilan yurmang!
Bir tomonlama muhabbatni bir do‘stim boshidan o‘tkazgan. Mulozamat qilishdan boshqa chorasi qolmagan. Ayoliga umuman ko‘ngli bo‘lmagan. U o‘zining ahvolini shunday bayon qilgan edi:
«Shunday lahzalar bo‘ldiki, xotinim qo‘lini qo‘limga qo‘ysa, qo‘limning uzilib tushishini orzu qilar edim!».
Do‘stim xotinining ko‘nglini rioya qilib yashadi. Ammo o‘z ko‘nglini unga to‘lov sifatida berdi!
Men yuqorida aytgan gaplarga uylanishdan oldin amal qilinsa yaxshi bo‘ladi. Ammo umr yo‘lida yurishni boshlar ekansiz, uning haqqini to‘lab qo‘yishingiz lozim bo‘ladi. Insonlar qalbi tajriba o‘tkaziladigan quyon emas. Ularning ko‘ngli, ularning obro‘si eskirsa, tashlab yuboriladigan kiyim emas. Hamma uylar ham sevgi asosida bunyod bo‘lavermaydi.
Ko‘p uylar mehr, o‘zaro hurmat, rahm-shafqat va Allohning mas’uliyatli ahdi asosida quriladi.
Hech kim boshqa birovni sevmaganiga uylantirishga majburlay olmaydi. Yo‘qsa, buning to‘lovi barchaga og‘ir bo‘ladi. Abu Usmonga o‘xshaganlar esa nihoyatda kamyob!
©️Abdulqodir Polvonov
📚 @kitob_nuri
30 054
Nega shuncha kitob o’qishingizga qaramay, o’zgarmaysiz? Ba’zi haqiqatlarni bilasiz-u amal qilmaysiz? Mana shu savollarga javob olish uchun pastdagi kanalga kiring👇🏻
@islom_nurmurod
30 054
#Tafakkur
Yomon er bo‘lib, yaxshi ota bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon xotin bo‘lib, yaxshi ona bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon xodim bo‘lib, yaxshi rahbar bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon shogird bo‘lib, yaxshi ustoz bo‘lishning iloji yo‘q.
📚 @kitob_nuri
30 054
#Tafakkur
"Mensiz hayot to‘xtaydi, men hayotga kerakman", degan kishilar bilan qabrlar to‘la!
Sharl De Goll
Mana biz ularsiz ham yashayapmiz. Ularsiz ham inshaalloh barchasini uddalaymiz! Ularsiz ham ochdan o‘lmaymiz.
Inson ko‘tarilgani sari o‘ziga katta baho berib boraverar ekan. Indamasang oxiri borib "men sizning oliy Robbingizman" deyishdan ham toymas ekan. Buni hayot tasdiqladi.
Shunaqa insonlarni ko‘rdim, yursa yer titrar edi. Go‘yo dunyo ular borligi uchun turganday his qilar edi o‘zini. Hayoti oxirida og‘zidagi so‘lagiga ham ega chiqa olmadi. Birovlar artib qo‘yar edi so‘lagini.
Inson ojizgina bir maxluq. U o‘zidan ketib qolmasligi kerak. Qudratda tengsiz Robbisi borligini doim yodida tutmog‘i darkor! ©️
📚 @kitob_nuri
30 054
#diqqat_tanlov
📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” 2026-yildagi 2-mavsumini e’lon qiladi!
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:🔹1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔹3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128); 🔹4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64); 🔹5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi🔸1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128); 🔸2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64); 🔸3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; ✅ Tanlovda qatnashgan barcha QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish👇 https://t.me/kitobtanlovbot?start=8405275835
30 054
#Tafakkur
Ba’zilar hayotingga ne’mat bo‘lib keladi, ba’zilar esa dars bo‘lib keladi. Sen ne’matni qadriga yet, darsdan esa ta’lim ol.
📚 @kitob_nuri
30 054
#suhbat
🎤 "Qalbi yo'q odamning aurasi zaif bo'ladi"
🎤Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan
Suhbat davomida qalb tarbiyasi, insonning ichki dunyosini shakllantirish, maktab davrining shaxs rivojiga ta’siri hamda ustoz va ota-onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni haqida chuqur va hayotiy fikrlar bildirildi.
Shuningdek, domla o‘zlarining maktab davridagi xotiralari, ustozlardan olgan saboqlari va bugungi yoshlar tarbiyasiga oid muhim mulohazalarini ham samimiy tarzda ulashdilar.
💖 Taymkodlar:
00:00 - Tizer
01:20 - Kirish
02:00 - Me'yorni qaysi nuqtada ekanligini aniqlash
06:00 - Ta'lim va tarbiya
09:15 - Qalb tarbiyasi kerak
12:50 - Ruhiy tarbiya nima va qanday o'qitish kerak?
26:35 - O'zlikni tanish
41:50 - O'qituvchining ta'lim berishi haqida
58:00 - Ta'lim standartlari qanday bo'lishi kerak?
01:06:40 - Ota-onalar kengashi tashkillashtirish haqida
01:15:55 - Farzandlarni jazolash, qiynash mexanizmi qanday bo'lishi kerak?
01:24:05 - Qattiqqo'llik va yumshoqlilik me'yorini qanday topish mumkin?
01:38:35 - Otaliq ixtiyoriga berish kerakmi?
01:45:50 - Erkak ustoz nega kam?
01:50:50 - Dunyoning muvozanati buzilishi haqida
02:00:00 -- Xulosa
️📚 @kitob_nuri
30 054
Араб тилида сузлашишни истайсизми? ⁉️
Араб тили Грамматика курсимизга кабул очик☑️
Болалар 5 ёшдан бошлаб кабул килинади 😍
Катталар учун гурухимиз
Душанба , Жума куни 6:00да
Устоза : BINTU SIDDIQ Маълумот учун: 🔰SEFR сертификатига эъга 🔰Москва Ислом Институти хамда Казань Университети 3-курс талабаси 🔰Дарс утиш конуний рухсатига эъга 🔰600+ ортик укувчиларни укитган устозаЖойлар чекланган шошиламиз 🛑Курс нархи атиги :199 минг сум🛑 Устоза : BINTU SIDDIQ Мурожат учун: @Aishaxon12
30 054
Repost from N/a
💖TURK-TİLİDAN TEZLASHTİRİLGAN İNTİNSİV A1 GURUHİ
Turk-tilini 0 dan tez va sifatli örganmoqchi bölsangiz bu kurs aynan siz uchun🫵
👩💻Öqtuvchi : Turkolog Dilshoda Xasanova
- Turkiya: Turk tili va Adabiyoti Filologi 🇹🇷
- 3 yillik tajriba 👌
- 100% natija 100+ öquvchi 100+ sertifikat 📈
- 3 × Xalqaro C1 1× C2( Tömer) setifikati sohibi ✅
💖KURS TARTİBİ :
● Kurs 22 kun davom etadi. Haftada 5 dars. Kurs davomida jami 16 dars
● Soat 21: 00 ' dan - 23 : 00 ' gacha
● Kurs tarkibi " Gramatika + Audio luğatlar + İmtihon bölimlariga boshlanğich tayyorgarlik + Har hafta umumiy Test "
● Kurs İntinsiv👇
- Har öquvchi bilan ishlanadi
- Vazifalar ovozli habar orqali muntazam tekshiriladi / xatolari tahlil qilinadi
- Guruhga faqat 8 kishi qabul qilinadi ✅. 8 kishidan ortiq öquvchi qabul qilinmaydi ❌
- Yeni İstanbul kitobi + öqtuvchi qöchimcha manbalaridan foydalaniladi
- Darslar Chorshanba 24 iyundan start oladi
- Darslar Zoom platformida ötiladi ✅ Telegram guruhlarida emas
💖Kurs narxi
500 ming söm ❌ Chegirma narxida 400 ming söm ✅
💖İnvidual ( yakka tartibli ) kurslarimda ham qabul davom etmoqda
💖Natija va fikrlar https://t.me/+fDLxnsV_cFtkZWIy
💖 TURK-TİLİNİ HAQİQİY SOHA MUTAXASSİSİDAN NATİJASİ KAFOLATLANGAN KURSDA ÖRGANİNG
💖 JOYLAR SONİ CHEKLANGAN. HOZİROQ ÖZ ÖRNİNGİZNİ BAND QİLİNG
📤 SAVOL VA MUROJAAT UCHUN :
@TurkologDilshodaBilir
30 054
#mutolaa
Allohga qasam, bir masalaning yechimi boshi berk ko’chaga kirib qolsa, Alloh uchun mingta istig’for aytaman. Shunda eshik ochiladi.
Aniq ishonginki, istig’for yaxshilik, muvaffaqiyat va najot eshiklarini ochadi!
“Astag’firillohal aziym va atuubu ilayh”
©️Doktor Oiz Qarniy “Dunyodagi eng baxtli ayol” kitobidan
📚 @kitob_nuri
30 054
#Tafakkur
📌Oilaviy uchrashuv
Tarbiya mas’uliyati juda ham katta ish. Buni hammamiz bilamiz. Ammo ba’zilar bunga haftalab e’tibor bermaydi, hatto yilda biror marta oilasiga e’tibor bermaydiganlar bor ichimizda. Alloh taolo Qur’oni Karimda:
«Ahlingni namozga buyur. Bunga sabr bilan turib ber!», deydi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ahlingni senda haqqi bor!», deganlar.
Tarbiya ilmi mutaxassislaridan biri aytadi: «Senda kamida haftada bir soat oilang bilan o‘tirib suhbatlashish yo‘q ekan, demak oilang sen uchun hech qanday ahamiyatga ega emas!».
Buyuk alloma Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh har kuni asr bilan shom namozi orasida oila davrasida o‘tirib ular bilan suhbat va dars qilar ekanlar.
Oila bilan birga o‘tirganda oila uchun muhim masalalar ko‘tariladi. Biz ota-onalar har hafta farzandlarimiz bilan o‘tirib ularning muammolarini, fikrlarini o‘rganishimiz, bir-birimizdan sakinat va xotirjamlik topishimiz, muammolarimizga yechim qidirishimiz lozim. Farzandlar bundan suhbatlashish uslubini, ishontirishni, muammolarni hal qilishni, bir guruh tarkibida qanday ishlashni o‘rganadi. Bu bilan biz farzandlarimiz qalbida ishonch urug‘ini ekamiz. Mas’uliyatni his qilishni o‘rgatamiz. Qaror chiqarishda ular ham bizga sherik ekanligini ularga his qildiramiz!
Avval boshda yig‘ilishingiz yigirma daqiqadan oshmasin. Bundan ortig‘i malol kelishi mumkin. So‘ngra bosqichma-bosqich ziyoda qilib borasiz. Uchrashuvda mavzu turlicha bo‘lsin. Biror foydali eshittirish tinglang yoki biror ko‘rsatuvni ular bilan tahlil qiling. Faqatgina o‘zingiz gapirmang. Ularga ham gapirish uchun fursat bering. Turli joylarda o‘tirib suhbatlashing. Bir kuni uyda, boshqa kuni tabiat qo‘ynida, boshqa kuni toqqa, boshqa kuni ko‘l bo‘yida...!
Ularga uchrashuvdagi mavzuni ikki qator bo‘lsa-da, yozib borishni o‘rgating. Bu ularga uchrashuvga faol tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlaydi. Majlisni faqatgina siz boshqarmang. Boshliqni o‘zgartirib turing. Ularga ham navbat bering. Uchrashuvlarda shodlik, faollik va yangilik hukmron bo‘lsin. Hech kim zerikishni his qilmasin. Uchrashuvda gaplashilgan mavzularni amalga oshirishga, ularga amal qilishga harakat qiling. Farzandlaringiz ana shunda uchrashuvlar samarasini his qiladi.
Iloji bo‘lsa majlisda musobaqalar o‘tkazib turing. Bu ularning himmatini charxlaydi, iqtidorini ziyoda qiladi. Misol uchun bitta savol tashlang javobini kelasi majlisda so‘rashingizni ayting.
Fursatlarni g‘animat bilishimiz naqadar go‘zal. Latif tarbiya yo‘li bilan ularning xatolarini ko‘rsatib boramiz. Ehtimol ular ham bizning o‘zimizga maxfiy bo‘lgan ayb va xatolarimizni bilishar. Ota-onalar farzandlarining so‘zlarini unutmasligi lozim. Uchrashuvda o‘zaro bir-birlariga xatolarini hadya qilishlari kerak.
Yahyo ibn Muoz rohimahulloh aytadi: «Haqiqiy do‘sting ayblaringni senga bildirgan do‘stingdir. Haqiqiy do‘sting seni gunohlardan ogohlantirgan do‘stingdir!».
Ota-ona avvalo o‘zlaridan boshlashlari matlubdir. Ularda ham ayb bo‘lishi mumkin, xatolari bo‘lishi mumkin. Ular ham namozlarda beparvo bo‘lib qolishlari mumkin, va’daga xilof qilib qolishlari mumkin, asabiylik qilishlari mumkin, farzandlarni urishlari mumkin...
Farzandlarimiz qiladigan ba’zi xato
lar aslida biz qilgan xatolardir. Uni bizdan o‘rganishgan. Shuning uchun ularning tuzalishini istasak, avvalo o‘zimiz tuzalishimiz lozim bo‘ladi!
©️Abdulqodir Polvonov
📚 @kitob_nuri
30 054
Repost from Edu - Taʼlim yangiliklari
⚡️Rasman: Abituriyentlar uchun yutuqli BEPUL onlayn imtihon tashkil etiladi!
🏆 Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm!
📆 Yakshanba 21-iyun, Osiyo Xalqaro Universiteti homiyligida Oliygoh.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 94-onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!🎓 Yo'nalish tanlang: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;
💙OXU - 90 dan ortiq yo’nalishda Buxoro va Xorazmda filillari mavjud. 320 ta Grant, AQSH bilan qo’shma dasturi mavjud!👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
30 054
#Hazil
- Doktor, umrni uzaytirish yo‘lini aytsangiz.
- Uylaning!
- Nima, uylanish umrni uzaytiradimi?
- Yo‘q. Shunchaki, bunday fikr miyangizga qayta kelmaydi.
📚 @kitob_nuri
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
