BBA | Jizzax viloyati bo‘limi
前往频道在 Telegram
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo'limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 72 -226-12-96 Murojaat uchun bot: @dtm_jizzax_bot
显示更多946
订阅者
+3224 小时
+837 天
+6830 天
数据加载中...
吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+93
在0个频道中
六月 '26
+43
在2个频道中
Get PRO
五月 '26
+40
在0个频道中
Get PRO
四月 '26
+39
在0个频道中
Get PRO
三月 '26
+42
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+64
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+48
在0个频道中
Get PRO
十二月 '25
+220
在0个频道中
Get PRO
十一月 '25
+56
在1个频道中
Get PRO
十月 '25
+162
在11个频道中
Get PRO
九月 '25
+15
在1个频道中
Get PRO
八月 '25
+240
在19个频道中
Get PRO
七月 '25
+61
在1个频道中
Get PRO
六月 '25
+21
在17个频道中
Get PRO
五月 '25
+17
在0个频道中
Get PRO
四月 '25
+24
在1个频道中
Get PRO
三月 '25
+243
在0个频道中
Get PRO
二月 '25
+42
在1个频道中
Get PRO
一月 '25
+43
在0个频道中
Get PRO
十二月 '24
+533
在4个频道中
Get PRO
十一月 '24
+90
在6个频道中
Get PRO
十月 '24
+5
在0个频道中
Get PRO
九月 '24
+8
在0个频道中
Get PRO
八月 '24
+18
在0个频道中
Get PRO
七月 '24
+30
在0个频道中
Get PRO
六月 '24
+33
在1个频道中
Get PRO
五月 '24
+10
在0个频道中
Get PRO
四月 '24
+11
在0个频道中
Get PRO
三月 '24
+55
在2个频道中
Get PRO
二月 '24
+7
在0个频道中
Get PRO
一月 '24
+8
在0个频道中
Get PRO
十二月 '23
+1
在2个频道中
Get PRO
十一月 '23
+29
在0个频道中
Get PRO
十月 '230
在2个频道中
Get PRO
九月 '23
+2
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+46
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+21
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+15
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+43
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+34
在0个频道中
Get PRO
三月 '230
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+3
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+9
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+7
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+15
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+27
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+8
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+87
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+29
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+18
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+7
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+41
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+68
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+25
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+6
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+6
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+25
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+8
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+15
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+74
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+52
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+18
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+15
在0个频道中
Get PRO
四月 '21
+58
在0个频道中
Get PRO
三月 '21
+19
在0个频道中
Get PRO
二月 '21
+40
在0个频道中
Get PRO
一月 '21
+63
在0个频道中
Get PRO
十二月 '20
+439
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 05 七月 | +10 | |||
| 04 七月 | +34 | |||
| 03 七月 | +26 | |||
| 02 七月 | +10 | |||
| 01 七月 | +13 |
频道帖子
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Yurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshiruvchilar uchun ESLATMAVazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan, Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga IQ test o‘tkazish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda, IQ test yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida huquq sohasida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari TDYUU tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida har yili 10 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan. IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi. Faqatgina, IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYuUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi. 🗒 Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
| 2 | #Qabul2026 #Abituriyent2026
📢 DIQQAT, E"LON!
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
📱 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 245 |
| 3 | #Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 Hurmatli abituriyentlar!
✅ Tez kunlarda davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari boshlanadi. Bu kunlar ko‘pchilik uchun uzoq yillik mehnat, izlanish va tinimsiz tayyorgarlikning muhim sinovi hisoblanadi.
✍️ Endi eng asosiy vazifa — mavjud bilimingizni xotirjamlik va ishonch bilan namoyon etishdir.
📝 Test sinovlariga tayyormisiz? Unda quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:
✔️ "Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting. Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.
✔️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying. Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.
✔️ Belgilangan hududga oldindan yetib boring. Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.
✔️ Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang. Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.
✔️ Yetarlicha dam oling. Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi.
✔️ Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.
✔️ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.
✔️ Hayajonga berilmang. Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir.
✔️ Hushyor bo‘ling, burchga sodiq qoling. Jarayon davomida amaldagi tartib buzilayotgan holatlar, qing‘irliklarning guvohi bo‘lsangiz, darhol guruh nazoratchilarini bundan ogoh eting. Unutmang, halollik, bilimiga ishonch, korrupsiya ko‘rinishlariga murosasizlik yorqin kelajakka yetaklaydi!
🌟Aziz abituriyentlar!
🔶 Bugungi natijangiz ortida ota-onangizning ishonchi, ustozlaringizning mehnati va eng muhimi, o‘zingizning intilishlaringiz mujassam. Har bir savolga e'tibor bilan yondashing va bilimingizga ishoning.
🎓 Sizlarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bilimingiz, mehnatingiz va ishonchingiz sizni orzu qilgan oliy ta'lim muassasasiga yetaklasin!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 250 |
| 4 | ⚡️ 2026-yilning III choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari
‼️ Oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o'tkazilishi sababli iyul oyida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari tashkil etilmaydi.
✅ Test sinovlari 2026-yilning avgust-sentabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
✅ AVGUST:
📆 2026-yil 13-avgust
📆 2026-yil 27-avgust
✅ SENTABR:
📆 2026-yil 10-sentabr
📆 2026-yil 24-sentabr
❗️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.
⚠️ Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi. | 281 |
| 5 | #Qabul2026/2027
Abituriyentlar diqqatiga !
2026-2027-o‘quv yili qabuli uchun oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun qabulning birinchi bosqichi 25-iyun kuni yakunlandi.
Ro‘yxatga olish jarayonida abiturieyntlar test topshiriladigan fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududini tanlab ro‘yxatdan o‘tdi.
Abituriyentlarning test sinovlarida ishtirok etadigan sanasi va joyi haqidagi ma'lumotlar "Abituriyent ruxsatnomasi"da ko‘rsatiladi.
Abituriyent ruxsatnomasi yaqin kunlarda shaxsiy kabinetingizga yuklanadi. Ruxsatnomani chop etib, belgilangan sanada va vaqtda test sinovlarida ishtirok etasiz.
Eslatma: Agentlikning rasmiy veb-sayti (www.uzbmb.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini (https://t.me/BaholashUz, https://t.me/jizzax_dtm)kuzatib boring, ruxsatnomalar shakllantirilgach mazkur veb-sayt va sahifalar orqali e'lon beriladi. | 380 |
| 6 | #30-iyun_Yoshlar kuni
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligida faol yoshlar taqdirlandi
🇺🇿 Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi va davlat hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining yoshlarga oid siyosati doirasida ularni qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish va mehnatini munosib qadrlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
🎉 Shu munosabat bilan 30-iyun – Yoshlar kuni arafasida Bilim va malakalarni baholash agentligida samarali mehnat qilayotgan, o‘zining tashabbuskorligi, mas’uliyatli yondashuvi va yuqori natijalari bilan jamoada namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh faol yosh xodimlar taqdirlandi.
🏆 Tadbir davomida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning kasbiy mahoratini yanada oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida esdalik sovg‘alari hamda sara kitoblar topshirildi.
🤝 Uchrashuvda yoshlarning yangi g‘oyalari va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jamoada faol ishtirokini ta’minlash hamda kelgusidagi faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
😎 Agentlikda yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda fidoyi mehnatini munosib e’tirof etish doimo rahbariyat e'tiborida bo‘lishi eslatib o‘tildidi.
⚡️Tadbir davomida rahbariyat barcha yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy tabrikladi! Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq, cheksiz g‘ayrat va yangi yutuqlar tiladi!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 364 |
| 7 | #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
❗️ 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59
📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 441 |
| 8 | #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
ONLAYN RO‘YXATDAN O‘TISHNING YAKUNLANISHIGA 1 KUN QOLDI!
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).
Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 386 |
| 9 | #Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat 4
📣 2026-yil 24-iyun kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligi tomonidan ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat youtube orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladi. youtubega kirish havolasi ovozli chat boshlanishidan 15 daqiqa oldin taqdim etiladi.
🎙️ Ovozli chat davomida abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tish tartibi, bosqichlari, kerakli hujjatlar va sertifikatlardan foydalanishga oid savollariga batafsil javob beriladi.
🧑💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.
📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘qaymiz.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 306 |
| 10 | 💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.
➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
📝 Bunda:
🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;
🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;
🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;
🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 226 |
| 11 | #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
ONLAYN RO‘YXATDAN O‘TISHNING YAKUNLANISHIGA 2 KUN QOLDI!
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
24-iyun kuni soat 08:03 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 616 415 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).
Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 248 |
| 12 | 📣 DIQQAT, E'LON!
Abituriyentlar uchun muhim yangilik!
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligining Toshkent viloyati bo‘limi binosi test sinovlarini o‘tkazish uchun to‘liq foydalanishga topshirildi!
📝 Endi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab, Toshkent viloyatining Nurafshon shahri, Bo'ka, Ohangaron, Piskent, Oqqo'rg'on, O'rtachirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod kabi shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi abituriyentlar test topshirish va yaqin manzil sifatida Toshkent viloyati bo‘limining mazkur binosini tanlashlari mumkin.
✅ Nurafshon shahri (eski To‘ytepa) hududida joylashgan ushbu zamonaviy, o‘ziga xos arxitekturaga ega bino keng va yorug‘ test zallari, qulay kutish joylari, zamonaviy ventilyatsiya tizimi hamda barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan.
⛳ Bino lokatsiyasi: https://yandex.ru/maps/org/214317437298?si=086mz3rwfb9wpzg2g36ayd9z6c
👥 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga test sinovida muvaffaqiyat tilaydi!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 257 |
| 13 | #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
ONLAYN RO‘YXATDAN O‘TISHNING YAKUNLANISHIGA 3 KUN QOLDI!
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
23-iyun kuni soat 08:26 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 558 694 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).
Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 299 |
| 14 | #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
ONLAYN RO‘YXATDAN O‘TISHNING YAKUNLANISHIGA 4 KUN QOLDI!
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
22-iyun kuni soat 08:08 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 486 682 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).
Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 333 |
| 15 | #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligida yosh xodimlarning kasbiy, ilmiy va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Agentlik rahbariyati va jamoasi tomonidan yosh kadrlarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish tizimi alohida e’tirof etildi. Bugungi kunda Agentlikda yoshlar uchun zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Uchrashuv davomida ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, sohani yanada rivojlantirish va xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
🏆 “YILNING ENG FAOL YOSH XODIMI” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!
Tadbirning eng hayajonli qismi joriy yilning iyun oyi davomida Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Ko‘p bosqichli baholash natijalariga ko‘ra, quyidagi xodimlar mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
🥇 1-o‘rin: Xolmirzayev Zohid G‘olib o‘g‘li – Farg‘ona viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi;
🥈 2-o‘rin: G‘ulomov Yusufjon Xikmatovich – Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi;
🥉 3-o‘rin: Raxmonov Izzatulla Shuxrat o‘g‘li – Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi.
G‘oliblarga Agentlik rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va eng muhimi, xorij mamlakatlarida malaka oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Rahbariyat tomonidan kelgusida ushbu tanlov qamrovini yanada kengaytirish va g‘oliblik o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
🔬 «ILMIY USTAXONA» TASHKIL ETILADI
Tadbirda yoshlarning ilmiy faoliyatini tizimli qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim tashabbus ilgari surildi. Unga ko‘ra, Agentlikda “Ilmiy ustaxona” tashkil etilishi belgilandi.
Ushbu loyiha doirasida:
“Ustoz-shogird” an’analari kuchaytiriladi;
Tajribali ustozlar yoshlarni ilmiy-tadqiqot jarayonlariga faol jalb etadi;
Maxsus tashkil etilgan Ilmiy maslahat guruhi yoshlarga doimiy ko‘maklashadi;
Nufuzli xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.
Agentlik yoshlari bunday yuksak ishonch va yaratilayotgan imkoniyatlarga javoban, ta’lim sifatini baholash sohasini yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 464 |
| 16 | #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
18-iyun kuni soat 18:18 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 307 452 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).
Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 240 |
| 17 | Maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon natijalari e'lon qilindi
🖋 2026-yil 6-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha o‘tkazilgan maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) natijalari e'lon qilindi.
😎 Talabgorlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝 Yozma imtihon (diktant) natijalari bo‘yicha apellyatsiya arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida talabgorlarning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetida qabul qilinadi (20-iyun soat 23:59 ga qadar).
❗️Maxsus psixologik tanlov natijalari apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 190 |
| 18 | #Yoshlar_kuni
Qashqadaryo va Jizzaxda yoshlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
😎 “Yoshlar kuni” munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining Qashqadaryo va Jizzax viloyat bo‘limlari tomonidan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etildi.
📝 Uchrashuvlar davomida:
✔️ onlayn ro‘yxatdan o‘tishning bosqichlari, foydalanish talabi va qoidalari;
✔️ test sinovlarining shaffof, xolis va adolatli tashkil etilishida zamonaviy infratuzilmalarning o‘rni va ahamiyati;
✔️ oliy ta’lim muassasalariga kirishda amal qilinayotgan imtiyozlar hamda sertifikat tizimining afzalliklari;
✔️ yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
🎤 Tadbirlar davomida, yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib, tahlil va muhokama qilindi hamda kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, yoshlar qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
👥 Mazkur uchrashuvlar tashabbuskor yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirish hamda kelajakka ishonch bilan odimlashlariga mustahkam zamin yaratadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 239 |
| 19 | #Sertifikat_natija
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 205 |
| 20 | #Yoshlarkuni
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan o‘quvchi bolalar ishtirokida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 18-iyun kuni "Yoshlar kuni"ga bag‘ishlangan uchrashuv Jizzax shahridagi umumta'lim maktablarining o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
❇️ Mazkur uchrashuv davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar, davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbusi bilan yoshlarning zamonaviy tahsil olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar, ta’lim sohasida innovatsion g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish, yoshlarning bilimga intilishini rag‘batlantirish xususida keng ma’lumotlar taqdim etildi.
BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube | 254 |
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
