PEDIATR MASLAHATI
前往频道在 Telegram
Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi. ✍️ Konsultatsiyaga uchun: @Pediatr_A Tel: +998882252830
显示更多5 751
订阅者
-1424 小时
-617 天
-18130 天
数据加载中...
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+25
在0个频道中
八月 '26
+61
在0个频道中
Get PRO
七月 '26
+62
在0个频道中
Get PRO
六月 '26
+131
在0个频道中
Get PRO
五月 '26
+117
在0个频道中
Get PRO
四月 '26
+57
在0个频道中
Get PRO
三月 '26
+51
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+69
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+74
在0个频道中
Get PRO
十二月 '25
+101
在0个频道中
Get PRO
十一月 '25
+127
在0个频道中
Get PRO
十月 '25
+97
在0个频道中
Get PRO
九月 '25
+88
在0个频道中
Get PRO
八月 '25
+111
在0个频道中
Get PRO
七月 '25
+151
在0个频道中
Get PRO
六月 '25
+150
在0个频道中
Get PRO
五月 '25
+186
在2个频道中
Get PRO
四月 '25
+233
在0个频道中
Get PRO
三月 '25
+280
在2个频道中
Get PRO
二月 '25
+255
在0个频道中
Get PRO
一月 '25
+334
在0个频道中
Get PRO
十二月 '24
+326
在0个频道中
Get PRO
十一月 '24
+532
在3个频道中
Get PRO
十月 '24
+490
在1个频道中
Get PRO
九月 '24
+352
在2个频道中
Get PRO
八月 '24
+230
在1个频道中
Get PRO
七月 '24
+440
在2个频道中
Get PRO
六月 '24
+348
在1个频道中
Get PRO
五月 '24
+448
在0个频道中
Get PRO
四月 '24
+655
在2个频道中
Get PRO
三月 '24
+921
在2个频道中
Get PRO
二月 '24
+894
在2个频道中
Get PRO
一月 '24
+1 018
在1个频道中
Get PRO
十二月 '23
+848
在1个频道中
Get PRO
十一月 '23
+763
在0个频道中
Get PRO
十月 '23
+634
在1个频道中
Get PRO
九月 '23
+183
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+89
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+175
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+136
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+97
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+147
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+116
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+82
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+354
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+468
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+180
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+193
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+276
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+296
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+297
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+107
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+178
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+235
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+869
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+707
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+979
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 10 九月 | +1 | |||
| 09 九月 | +1 | |||
| 08 九月 | 0 | |||
| 07 九月 | +4 | |||
| 06 九月 | +2 | |||
| 05 九月 | 0 | |||
| 04 九月 | +16 | |||
| 03 九月 | +1 | |||
| 02 九月 | 0 | |||
| 01 九月 | 0 |
频道帖子
👶Tishi chiqayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?
Bolani tishi yorib chiqayotganda u hamma narsani tishlagisi kelaveradi. Chunki tishlari qichishadi va birmuncha og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p injiqliklar qiladi.
1⃣Bolaga dorixonada sotiladigan, tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan maxsus rezinalardan olib berish kerak. Eslatib o‘tamiz rezina yumshoq bo‘lishi kerak.
2⃣Tishlarni yorib chishiga yordam beradigan maxsus gellar bor:
💊Kalgel
💊Dentinoks
💊Kamistad baby
3⃣Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, quloqlardagi og‘riq, milklardagi og‘riq isitma va diareya holatlarini bartaraf qilish uchun Dentokind tablekasi qo‘llaniladi.
📌1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal
📌1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 tabletkadan 3 mahal qo‘llaniladi.
❗️Eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi tabletka va gellarni faqat vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin!
👉 @anvar_pediatr
| 2 | 👶 Chaqaloqda nafas olayotganda xirrilash — sabablari nima?
Ko‘pchilik ota-onalar chaqalog‘i nafas olayotganda “xirrilash” yoki shovqin eshitib xavotirga tushadi. Bu har doim ham xavfli emas, lekin sababini bilish muhim.
🔍 Asosiy sabablari:
1️⃣ Tor nafas yo‘llari (fiziologik holat) — Yangi tug‘ilganlarda burun yo‘llari juda tor bo‘ladi
— Shuning uchun eng kichik shilliq ham xirillash beradi
2️⃣ Burun bitishi (rinit) — Sovuq tegishi yoki allergiya
— Shilliq yig‘ilishi tufayli nafas shovqinli bo‘ladi
3️⃣ Laringomalatsiya — Hiqildoq tog‘aylari yumshoqligi
— Nafas olayotganda “xirillagan” ovoz chiqadi
— Odatda 1 yoshgacha o‘zi yo‘qoladi
4️⃣ Bronxiolit yoki infeksiya — Virusli kasalliklar
— Xirillash + tez nafas + isitma bo‘lishi mumkin
5️⃣ Begona jism tushishi (kam hollarda) — To‘satdan boshlanadi
— Juda xavfli holat ⚠️
🚨 Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
❗ Nafas tezlashsa
❗ Ko‘krak qafasi tortilib nafas olsa
❗ Lablar ko‘karsa
❗ Bola emmay qo‘ysa yoki holsizlansa
💡 Uyda nima qilish mumkin? ✔ Burunni fiziologik eritma bilan tozalash
✔ Xonani namlantirish
✔ Bolani yotqizishda boshini biroz balandroq qilish
📌 Xulosa:
Chaqaloqlarda xirillash ko‘pincha oddiy sabablar bilan bog‘liq, ammo og‘ir belgilar bo‘lsa, vaqtni boy bermang!
👉 @anvar_pediatr | 1 410 |
| 3 | 👶 Bolalarda LARINGIT — nimadan bo‘ladi va qanday yordam beramiz?
Laringit — bu ovoz boylamlari shishib, bola “hushtakdek” yo‘tala boshlaydigan holat. Ko‘pincha 6 oylik–5 yoshgacha uchraydi.
🔍 Asosiy belgilari:
🐶Hushtakdek quruq yo‘tal
😮💨Ovozni bo‘g‘ilishi / xirillash
🌙Tunda yomonlashish
⭐️Ba’zan nafas qisilishi, “stridor” ovozi
🦠 Sabablari:
—Virusli infeksiyalar (ko‘p hollarda)
—Sovuq havo
—Ko‘p baqirish, ovoz zo‘riqishi
—Uy sharoitida yordam:
—Xonani nam ushlab turing (humidifikator)
🍵Iliq ichimliklar taklif qiling
—Bolani tinchlantiring — vahima nafasni yanada og‘irlashtiradi
❗ Qaysi holatda shoshilinch shifokorga?
—Nafas olish qiyinlashsa
—Lablar ko‘kargan bo‘lsa
—Bola gapira olmay, faqat nafas uchun kurashayotgan bo‘lsa
Isitma 38.5°C dan yuqori bo‘lsa
👉 @anvar_pediatr | 2 122 |
| 4 | 🌸Bola necha yoshda yurishi kerak?
Bolalarning yura boshlash chegarasi 8 oylikdan 1,5 yoshgacha davom etadi. Bolaning kech yurishiga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
— Genetik, yaʼni ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari kech yurgan boʻlsa, bolaning feʼl-atvori ogʻir boʻlsa, vazni katta boʻlsa, vaqtidan ilgari tugʻilgan boʻlsa.
Agar ushbu holatlardan birortasi boʻlmasa va 20 oygacha bola mustaqil yura olmasa, ortoped hamda nevropatolog koʻrigiga olib borish kerak. Bola yurishga kechiksa, unga yordam berish zarur, majburlash kerak emas.
Belidan yoki qoʻltiq osti sohasidan ushlab, bolani yurishiga yordam berish mumkin, plastik moslama (xodunok) ham yaxshi yordam beradi, lekin xodunokni maksimum kuniga 30-40 daqiqa foydalanish mumkin.
👉 @anvar_pediatr | 2 595 |
| 5 | ❗️Bolalar maktabga chiqishdan avval qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi tavsiya etiladi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi o‘quv yili oldidan bolalarning salomatligini tekshirtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Avvalo pediatr ko‘rigidan o‘tib, bolaning umumiy holati, bo‘yi, vazni va rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘rish qobiliyatini tekshirish uchun oftalmolog, eshitish hamda burun-tomoq bilan bog‘liq muammolarni aniqlash uchun LOR shifokoriga murojaat qilish kerak.
Stomatolog, ortoped yoki jarroh ko‘rigidan o‘tish ham foydali. Bolaning individual holatidan kelib chiqib, nevrolog, kardiolog, allergolog va boshqa mutaxassislar ko‘rigi ham tavsiya etilishi mumkin.
Bundan tashqari, bolaning taqvimgamuvofiq emlanganini va zarur tibbiy hujjatlari joyida ekanini tekshirib olish tavsiya etilgan. | 2 376 |
| 6 | ✅Yosh bolalarda immun tizimi ishining izdan chiqqanini quyidagi holatlar orqali bilib olish mumkin:
🔸 Yil davomida kichkintoy gripp, bronxit va o‘tkir respirator xastaliklarga 5 marotaba, ba’zan undan ham ko‘p chalinsa.
🔸 Bolada kamqonlik aniqlangan bo‘lsa (qonda gemoglobin miqdorining kamayib ketishi immun tizimi faoliyatini susaytiradi).
🔸 Kasallikning tez-tez qaytalanishi hamda xastalanish kunlarining cho‘zilishi.
🔸 Ko‘z atrofining ko‘karishi, holsizlanish, kamquvvatlilik.
🔸 Gijja kasalligi va allergiyaga chalinsa (shuningdek, disbakterioz xastaligiga moyil bolalarda ham immunitet pastligi kuzatiladi).
💠 Unutmangki, muammoni vaqtida bartaraf etish bola salomatligining tezroq tiklanishida yordam beradi. Avvalo bolani pediatr ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Uning umumiy ahvolidan kelib chiqib, maxsus tibbiy tahlillarni topshirish talab etiladi. Qon tarkibidagi turli infeksiya qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. (Immun tizimini izdan chiqaruvchi zararli viruslarni qon tahlili orqali aniqlasa bo‘ladi.)
💭 Maslahat shuki, bola taomnomasini quvvatli sifatli mahsulotlar bilan boyiting, uni ochiq havoda tez-tez sayr qildiring. Uch yoshdan oshgan bolalarni suv havzalarida cho‘miltirib, badanini oftobda toblang, maxsus badantarbiya mashqlari bilan chiniqtiring. Fiziodavolash usullarini qo‘llab, umumiy uqalash mashqlarini (mutaxassis shifokor bilan maslahatlashib) qo‘llang.
👉 @anvar_pediatr | 2 066 |
| 7 | 🦷 Bolalarda tish chiqishi kechikishi
👶 Odatda birinchi tishlar 6–8 oylikda chiqadi, ba’zi bolalarda bu jarayon 10–12 oygacha choʻzilishi mumkin — bu ham norma hisoblanadi.
⏳ Qachon “kechikish” deyiladi?
◾️ 1 yoshga kelib birorta ham tish chiqmasa
◾️ 1,5 yoshda atigi 1–2 ta tish bo‘lsa
📌 Sabablari:
▪️ Irsiy omil (ota-onada ham kech chiqqan bo‘lsa)
▪️ D vitamini yetishmovchiligi (raxit)
▪️ Kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishi
▪️ Gipotireoz
▪️ Surunkali kasalliklar yoki ovqatlanish yetishmovchiligi
🔍 Nima qilish kerak?
✅ Pediatr ko‘rigi
✅ Zarurat bo‘lsa: D vitamini, Ca, P tekshiruvi
✅ Ovqatlanishni to‘g‘rilash
⚠️ Eslatma:
Agar bola yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa va umumiy holati yaxshi bo‘lsa, ko‘pincha bu individual xususiyat bo‘ladi.
👨⚕️ Har bir bola — individual. Vahimaga berilmang, lekin nazoratni ham qo‘ldan boy bermang.
👉 @anvar_pediatr
Sog‘lom bola — baxtli oila ❤️ | 2 685 |
| 8 | 👶 Chaqaloqda nafas olayotganda xirrilash — sabablari nima?
Ko‘pchilik ota-onalar chaqalog‘i nafas olayotganda “xirrilash” yoki shovqin eshitib xavotirga tushadi. Bu har doim ham xavfli emas, lekin sababini bilish muhim.
🔍 Asosiy sabablari:
1️⃣ Tor nafas yo‘llari (fiziologik holat) — Yangi tug‘ilganlarda burun yo‘llari juda tor bo‘ladi
— Shuning uchun eng kichik shilliq ham xirillash beradi
2️⃣ Burun bitishi (rinit) — Sovuq tegishi yoki allergiya
— Shilliq yig‘ilishi tufayli nafas shovqinli bo‘ladi
3️⃣ Laringomalatsiya — Hiqildoq tog‘aylari yumshoqligi
— Nafas olayotganda “xirillagan” ovoz chiqadi
— Odatda 1 yoshgacha o‘zi yo‘qoladi
4️⃣ Bronxiolit yoki infeksiya — Virusli kasalliklar
— Xirillash + tez nafas + isitma bo‘lishi mumkin
5️⃣ Begona jism tushishi (kam hollarda) — To‘satdan boshlanadi
— Juda xavfli holat ⚠️
🚨 Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
❗ Nafas tezlashsa
❗ Ko‘krak qafasi tortilib nafas olsa
❗ Lablar ko‘karsa
❗ Bola emmay qo‘ysa yoki holsizlansa
💡 Uyda nima qilish mumkin? ✔ Burunni fiziologik eritma bilan tozalash
✔ Xonani namlantirish
✔ Bolani yotqizishda boshini biroz balandroq qilish
📌 Xulosa:
Chaqaloqlarda xirillash ko‘pincha oddiy sabablar bilan bog‘liq, ammo og‘ir belgilar bo‘lsa, vaqtni boy bermang!
👉 @anvar_pediatr | 2 948 |
| 9 | 🍼 Chaqaloq to'ymaganini qayerdan bilsa bo'ladi?
🤱🏻 Ko'krakni emish orqali chaqaloqlar juda ham ko'p ehtiyojlarini qondiradilar. Chaqaloqning ham o'ziga yarasha kun davomida yiqqan stresslari bo'ladi, bundan ona ko'kragini emish va ona bilan birga bo'lish orqali halos bo'ladi.
Onalar esa bolam to'ymaganidan ko'p emib chiqadi degan fikrga borishadi.
Bola rostdan to'ymayotgan bo'lsa:
• peshobi kamayadi
• vazn qo'shishi kamayadi
• bola bezovtalanadi, uyqusi buziladi
• najasining miqdori va rangi o'zgaradi
❗️Bu belgilar bo'lsa nimaga to'ymayotganini aniqlash kerak!
Masalan:
• ko'krakka noto'g'ri tutish
• ko'krakni ohirgacha emizmaslik
• bola uyquchan, bo'sh bo'lib kam emishi kabilar.
👉 @anvar_pediatr | 2 727 |
| 10 | ❗️“Чақалоқни ота-онасидан бошқа одам ўпмаслиги керак” – педиатр маслаҳати
Ўзбек оилаларида янги туғилган чақалоқни эркалаб ўпиш одат тусига кирган. Тиббиёт бу ҳаракатнинг гўдак саломатлиги учун хавф туғдиришини тасдиқлайди.
Мутахассиснинг маълум қилишича, ота-онадан бошқа кишилар боланинг оғиз ва юз соҳасига яқин жойдан ўпганида турли вирус ва бактериялар унинг организмига кириб олиши мумкин.
Бу эса боланинг асаб тизими, нафас йўллари ҳамда лимфа тугунларига зарар етказиб, бронхиолит, пневмония ёки бошқа оғир инфецион касалликларга чалиниш хавфини оширади.
👉 @anvar_pediatr | 2 601 |
| 11 | 🌸Og'iz bo'shlig'ida kandidoz- molochnitsa.
◾️Chaqaloqlarda tilining oqarib qolishiga ko'p duch kelamiz. Bu zamburug'lar tomonidan qo'zg'atiladigan stomatit hisoblanadi.
◾️Immunitet tizimi to'liq ishlasa ular salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Organizm qarshiligining pasayishi fonida zamburug'lar tez o'sib, ko'paya boshlaydi, shilliq qavat va uning ostidagi to'qimalarga zarar etkazadi. Gigienaga rioya qilmasdan (qo'lni yuvmasdan, ko'krakni toza tutmasdan emizish), antibiotiklarni tartibsiz qo'llaganda kasallik tez rivojlanadi.
◾️Kasallik belgilari: bola ko'krakni yaxshi emmaydi, uyqusi buziladi, tili va lunjlarida oq karash paydo bo'ladi.
◾️Davolashda stomatolog tavsiyalariga rioya qilinadi. Yengil shaklida ichimlik sodasini kuchsiz eritmasida og'iz bo'shlig'i artib tozalab turish kifoya qiladi.
👉 @anvar_pediatr | 3 325 |
| 12 | 📊Men Guruhga kim qancha odam qo'shganligini aytib beruvchi botman.
Bot orqali Guruhingizga istagancha odam yigʻib olashingiz mumkun.
Botdan foydalanish uchun adminga murojat qiling >> @otabekgh | 1 |
| 13 | 📊Men Guruhga kim qancha odam qo'shganligini aytib beruvchi botman.
Bot orqali Guruhingizga istagancha odam yigʻib olashingiz mumkun.
Botdan foydalanish uchun adminga murojat qiling >> @otabekgh | 3 |
| 14 | 🦷 Bolajonlar tishlarining sog'lomligini saqlab qolish uchun tavsiyalar!
— Bola taomnomasini tartibga solish uchun avvalo, kraxmalli va qandolat mahsulotlarini hamda rang berilgan shirin suvlarning iste’molini cheklang.
— Chaqaloqning dastlabki oylaridanoq milklarini yumshoq tish cho‘tkasi yoki yumshoq toza mato, paxta bilan tozalashni an’anaga aylantiring.
— Go‘dakni bir yoshdan piyoladan suv ichishga o‘rgating. Bola so‘rg‘ichli shishadan faqatgina ovqatlanish vaqtida foydalanishini nazorat qiling. Suv ichishga ehtiyoj bo‘lmaganda so‘rg‘ichli shisha idishni so‘rib yurishi maqsadga muvofiq emas.
— O‘n besh oylikdan keyin ham so‘rg‘ichli shishadan suv ichadigan, kuniga 3 mahaldan ko‘p kraxmalli va shirin mahsulotlarni iste’mol qiladigan bolalarda tish kasalliklari ehtimoli keskin oshadi.
👉 @anvar_pediatr | 2 808 |
| 15 | 🌸Onaning doimiy havotirda bo'lishi va uyqudan voz kechishi sut kamayishiga sabab bo'ladi.
Onaning bolasidan, o'zining sog'ligidan va atrofdagilardan doimiy havotirda, qo'rquvda bo'lishi ta'sirida qonida kortizol (stress gormoni) doimiy baland bo'lishiga, oksitotsin (baxt gormoni) kamayishiga olib keladi.
Oksitotsin kam bo'lsa ko'kraklarda sut ko'p bo'lsa ham kam ajraladi. Sut qolib ketishi hisobiga keyingi safarga kamroq sut hosil bo'lishni boshlaydi va sut kamayib boradi.
Ba'zi ayollar bolaga e'tibori shu qadar kuchliligidan uyqudan voz kechishadi. Bu to'g'ri emas. Uyqu insonni hayotiy muhim ehtiyojidir.
Uyqu vaqtida organizm dam oladi, kerakli gormonlar ishlab chiqariladi, kun davomida bo'lib o'tgan voqealar bosh miyada analiz va sintez qilinadi. Uni yetarli bo'lmasligi modda almashinuvini, gormonlar balansini izdan chiqaradi. Bu sut yetarli hosil bo'lmasligini yuzaga keltiradi.
👉 @anvar_pediatr | 2 740 |
| 16 | 👉 @anvar_pediatr | 3 623 |
| 17 | ❓Homiladorlik davrida onaning oziqlanishi bolaning
rivojlanishiga ta’sir etadimi?
Bola qorinda yashash davrida
zarur bo‘lgan moddalami ona organizmidan oladi, shuning
uchun bu ta’sir katta ahamiyatga ega emas deb hisoblaydilar.
Ammo uzoq muddat ocharchilikka duchor bo‘lgan onaning
o‘lgan chaqalog‘ini tekshirish natijasi shuni ko‘rsatadiki, bu
chaqaloqning og‘irligi deyarli me’yorda, lekin mikroskop
orqali tekshirilganda, kemirchakda ichki sekretsiya bezlarida
chuqur o'zgarishlar topilgan bo‘lib, atrofiya holiga kelganligi,
ya’ni organ hujayralari, to‘qimalari kichrayib zaiflashib
qolganligi aniqlangan.
📙Manba: "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" Qoraxoʻjayev 2006
👉 @anvar_pediatr | 3 573 |
| 18 | ☀️ BOLALAR UCHUN SPF KREMLAR: QANDAY QO‘LLANILADI?
🧴Quyosh nurlari bolalar terisiga kattalarga qaraganda kuchliroq ta’sir qiladi. Shuning uchun yoz oylarida SPF himoyasidan to‘g‘ri foydalanish muhim!
🔹 SPF nima?
SPF — terini asosan UVB nurlaridan himoya qiluvchi ko‘rsatkich.
👶 Bolalar uchun qanday SPF tanlash kerak?
✅ SPF 30–50+ bo‘lishi
✅ Broad-spectrum — UVA + UVB dan himoya qilishi
✅ Bolalar terisi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi
✅ Hidsiz, allergenlari kam va imkon qadar mineral filtrli bo‘lishi
🧴 Qanday qo‘llaniladi?
🔸 Quyoshga chiqishdan 15–30 daqiqa oldin surtiladi.
🔸 Yuz, quloq, bo‘yin, qo‘l-oyoqlar kabi ochiq joylarga qo‘llanadi.
🔸 Har 2 soatda qayta surtiladi.
🔸 Bola ko‘p terlasa, suvga tushsa yoki sochiq bilan artilsa — SPF qayta surtilishi kerak.
📌 Muhim! SPF krem quyoshdan to‘liq himoya qilmaydi!
🧢 10:00–16:00 oralig‘ida kuchli quyoshdan saqlanish
👕 Yengil, yopiq kiyimlar
🧢 Keng soyali bosh kiyim
🌳 Soyada bo‘lish — eng yaxshi himoya vositalaridan biridir.
⚠️ 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda asosiy himoya — soyada saqlash, yopiq kiyim va bosh kiyim. SPF kremni esa faqat ochiq qolgan kichik teri sohalariga, zarurat bo‘lsa qo‘llash mumkin.
❌ SPF kremni:
— ko‘z atrofiga juda yaqin;
— shikastlangan yoki yallig‘langan teriga;
— allergik reaksiya berganidan keyin qo‘llamang.
👨⚕️ Eslab qoling: Bolalarda SPF krem — quyoshdan himoyaning faqat bir qismi. Eng samarali himoya — soya + kiyim + bosh kiyim + SPF!
📲 @anvar_pediatr | 2 959 |
| 19 | ✅CHAQALOQLAR TERISINI PARVARISH QILISH
Chaqaloqlarni terisi nozik va parvarishga muhtoj boʻlgani uchun ularni choʻmiltirishda bolalar shifokori tabiiy dorivor oʻtlardan tayyorlangan damlamalar bilan choʻmiltirishni tavsiya etishadi.
Bu oʻtlar orasida eng koʻp tavsiya etiladigani ramashka (moychechak) va sachratqi (chereda).
Bu ikki oʻsimlik bolalar teriga qanday taʼsir qilishi haqida toʻliqroq maʼlumotga egamisiz?
🌿RAMASHKA GULI (moychechak damlamasi)
✔️Mushaklar tonusini pasaytiradi
✔️Asab tizimini tinchlantiradi
✔️Yaligʻlanishi bartaraf etadi
Ishtahani ochadi
✔️Qichishish va qizarishlarni oldini oladi.
☝️Ramashka damlasi solingan suvda choʻmilgan chaqaloqlarni ishtaxasi ochilib yaxshi ovqatlanadi va tinch uhlashi isbotlangan
🍃CHEREDA (sachratqi) oʻti damlasi
✔️ teridagi toshmalarni davolaydi
✔️Qizarish va qichishishni kamaytiradi.
✔️Asab tizimini tinchlantiradi
✔️Diatez va dermatitda yaxshi foyda beradi
☝️Lekin, kichkintoy terisini qurutib yuborishi mumkin.
👉 @anvar_pediatr | 2 554 |
| 20 | ✅Chaqaloqlarda ichak muammolari
Og‘iz suti bilan oziqlanayotgan chaqaloqlarda birinchi uch kun davomida ich kelishi suyuqroq bo‘lib, rangi to‘q yashil yoki qoramtir bo‘ladi. 4-5-kunlarga kelib esa sariq, bo‘tqasimon tus oladi. Bolaning ovqatlangan zahoti ichi ketishi yoki qotishiga organizmdagi moslashuv jarayonlarining belgisi sifatida qaraladi. Biroq kun davomida 6-7 martagacha suyuq ich ketishi yoki bir necha kunlab qorin bo‘shanmasligi shifokorga murojaat etish uchun yetarli asosdir. Shifokorlar bolada qorin damlanmasligi va ich qotish kabi belgilar bo‘lmasligi uchun avvalo ona to‘g‘ri ovqatlanishi lozimligini ta’kidlashadi. Bola organizmi tashqi muhitga moslashib olguniga qadar taomnomangizdan ich qotiruvchi mahsulotlarni olib turganingiz ma’qul.
👉 @anvar_pediatr | 2 381 |
