Hasankhoja Muhammad Sodiq
前往频道在 Telegram
Ustoz. Rahbar. Ota. 17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada. Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim. Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman. Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar. P.s. Professional xatokor.
显示更多5 911
订阅者
-224 小时
-97 天
-9230 天
数据加载中...
吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+129
在13个频道中
六月 '26
+182
在17个频道中
Get PRO
五月 '26
+172
在6个频道中
Get PRO
四月 '26
+116
在8个频道中
Get PRO
三月 '26
+225
在29个频道中
Get PRO
二月 '26
+203
在19个频道中
Get PRO
一月 '26
+702
在48个频道中
Get PRO
十二月 '25
+186
在19个频道中
Get PRO
十一月 '25
+244
在12个频道中
Get PRO
十月 '25
+139
在19个频道中
Get PRO
九月 '25
+122
在16个频道中
Get PRO
八月 '25
+198
在13个频道中
Get PRO
七月 '25
+149
在12个频道中
Get PRO
六月 '25
+323
在17个频道中
Get PRO
五月 '25
+582
在3个频道中
Get PRO
四月 '25
+1 790
在19个频道中
Get PRO
三月 '25
+216
在29个频道中
Get PRO
二月 '25
+83
在7个频道中
Get PRO
一月 '25
+188
在15个频道中
Get PRO
十二月 '24
+196
在25个频道中
Get PRO
十一月 '24
+140
在16个频道中
Get PRO
十月 '24
+186
在11个频道中
Get PRO
九月 '24
+183
在28个频道中
Get PRO
八月 '24
+136
在10个频道中
Get PRO
七月 '24
+98
在14个频道中
Get PRO
六月 '24
+66
在6个频道中
Get PRO
五月 '24
+104
在10个频道中
Get PRO
四月 '24
+106
在12个频道中
Get PRO
三月 '24
+82
在7个频道中
Get PRO
二月 '24
+110
在6个频道中
Get PRO
一月 '24
+169
在9个频道中
Get PRO
十二月 '23
+165
在12个频道中
Get PRO
十一月 '23
+134
在6个频道中
Get PRO
十月 '23
+216
在9个频道中
Get PRO
九月 '23
+291
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+286
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+102
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+90
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+423
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+143
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+189
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+82
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+273
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+227
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+225
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+143
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+215
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+422
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+555
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+229
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+509
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+742
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+2 304
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+811
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+1 309
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+1 673
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+541
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+239
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+392
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+1 476
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+178
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+1 617
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+330
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 31 七月 | +3 | |||
| 30 七月 | +4 | |||
| 29 七月 | +14 | |||
| 28 七月 | +1 | |||
| 27 七月 | +7 | |||
| 26 七月 | +6 | |||
| 25 七月 | +2 | |||
| 24 七月 | +3 | |||
| 23 七月 | +5 | |||
| 22 七月 | +13 | |||
| 21 七月 | +1 | |||
| 20 七月 | +4 | |||
| 19 七月 | +6 | |||
| 18 七月 | +4 | |||
| 17 七月 | +3 | |||
| 16 七月 | +3 | |||
| 15 七月 | +5 | |||
| 14 七月 | +3 | |||
| 13 七月 | 0 | |||
| 12 七月 | +4 | |||
| 11 七月 | +1 | |||
| 10 七月 | +3 | |||
| 09 七月 | +9 | |||
| 08 七月 | +5 | |||
| 07 七月 | +4 | |||
| 06 七月 | +2 | |||
| 05 七月 | +3 | |||
| 04 七月 | +2 | |||
| 03 七月 | +1 | |||
| 02 七月 | +3 | |||
| 01 七月 | +5 |
频道帖子
Siz:
- turmush qurishdan oldin oilali hayotni to‘liq tushuna olmaysiz.
- tadbirkorlikni boshlashdan oldin biznes egasi bo‘lish qandayligini bilmaysiz.
- ota yoki ona bo‘lishdan oldin farzand tarbiyalashni to‘liq his qila olmaysiz.
- rahbar bo‘lishdan oldin rahbarlikning haqiqiy mas'uliyatini anglay olmaysiz.
Chunki ayrim xulosalarni kitob emas, faqat tajriba beradi.
faqat tajriba beradi.
| 2 | Erkakning eng katta jangi tashqarida kechmaydi. Uning ichida kechadi.
Bir tomonda o'z xohishi. Ikkinchi tomonda esa yaqinlarining xohishi. U aynan shu ikki olov orasida qoladi.
Yaqinlarimiz qanchalik aziz bo'lmasin, ular ham inson. Ba'zan hissiyot bilan qaror qiladi. Ba'zan adashadi. Ba'zan vaziyatni to'liq ko'ra olmaydi.
Shunday paytda erkak nima qiladi?
"Bu safar adashyapsiz", deydimi?
Ko'p hollarda yo'q. Chunki u yaqinini xafa qilishni istamaydi. Shuning uchun sukutni tanlaydi. Shikoyat qilmaydi. Ayblamaydi. Faqat ichiga yutadi.
"Bugun bormay qo'ya qolinglar."
"Buni keyin qilasizlar."
"Shunday qilganingiz ma'qul."
Bu gaplar ko'pincha mehrdan tug'iladi.
Lekin me'yoridan oshgan mehrning boshqa nomi nazoratdir. Shu paytdan boshlab halovat asta-sekin kamayishni boshlaydi.
Eng oddiy istak ham izoh yoki rozilik talab qiladigan masalaga aylansa, erkak o'z uyida erkin emasligini his qiladi. U buni hech kimga aytmaydi. Na onasiga. Na ayoliga. Na do'stiga.
Har bir aytilmagan e'tiroz qalbida qoladi.
Har bir yutilgan og'riq ichida yig'iladi.
Sukut erkakni bir kunda sindirmaydi.
U tomchilab ishlaydi. Yildan yilga.
Avval ko'zidagi chaqnash so'nadi.
Keyin uydagi suhbati kamayadi.
Keyin esa orzulari ham sukutga cho'kadi.
Tashqaridan qaraganda esa hammasi joyida.
U ishlaydi. Mas'uliyatini bajaradi. Kuladi.
Hech kim hech narsani sezmaydi. Lekin tili sukut saqlagan joyda qalbi sukut saqlamaydi. Chunki inson halovatsiz yashay olmaydi.
Qalb baribir halovat izlaydi.
Agar uni o'z uyida topa olmasa, uni boshqa joydan izlay boshlaydi. O'sha yo'llar har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Ammo ko'p xatolar yomon niyatdan emas. Uzoq vaqt davom etgan halovatsizlikdan boshlanadi.
Ko'pchilik faqat oxirgi qarorni ko'radi.
Lekin o'sha qarorning ortida yillar davomida aytilmagan e'tirozlar, ichga yutilgan dard va tomchilab so'ngan halovat yotganini ko'rmaydi. | 2 590 |
| 3 | Sodiqning sodiqlari kerak! 😎
🤩 Sodiq school kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda 3 ta kampusimizda 2000 dan ortiq o’quvchi ta’lim oladi va bu son tobora oshib boryapti.
👀 Agar siz o’z ishingizning ustasi, yangi g’oyalar va tashabbuslarga boy, jamoada ishlashni, rivojlanishni istasangiz unda aynan siz bizga keraksiz.
👉 Murojaat uchun: @SS_recruit_bot
Jamoamizga qo’shiling va sodiqlardan biriga aylaning.
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 2 025 |
| 4 | Ta'limni isloh qilishni ilk bosqichi haqida
Aholi soni maktablar soniga nisbatan juda tez oshgan
1991–2023 yillar oralig‘ida:
Aholi soni ~78.6% ga oshgan
Maktablar soni faqat ~25.6% ga oshgan
Bu shuni anglatadi: Har bir maktabga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni ortmoqda, bu esa haddan tashqari gavjumlik (perenapolnennost) va sifat pasayishiga olib keladi.
2. Ta’lim tizimi infratuzilmasi demografik portlashga tayyor emas
Maktablar soni aholining o‘sish sur’atiga yetisha olmayapti.
Ayniqsa, qishloq joylarda maktablar yetishmasligi yoki eski maktab binolari dolzarb muammoga aylangan.
3. Maktab sifati va soni orasida bog‘liqlik bor
Aholi soni o‘sib borayotgan bir paytda maktab yetarli bo‘lmasa:
O‘qituvchi boshiga o‘quvchi ortadi
Sifatli darsga vaqt kam bo‘ladi
Bolalarning individual ehtiyojlari ko‘zdan qochadi
4. Kelajakda bu tendensiya kuchaysa – salbiy oqibatlar yuz beradi
Universitetga kirishdagi raqobat ortadi
Shaxsiy rivojlanishga e’tibor kamayadi
Repetitorlik va shaxsiy maktablar bozori haddan tashqari kuchayadi
Ijtimoiy tengsizlik kuchayadi (puling bo‘lsa o‘qiysan, bo‘lmasa – yo‘q)
Strategik tavsiyalar (amaliy yechimlar):
1. Har yili barpo etiladigan maktablar sonini 2 baravar oshirish
– Hozir yillik o‘sish 150–200 ta atrofida. Bu kamida 300–400 taga chiqishi kerak.
2. Bo‘sh turgan binolarni ta’mirlab, maktablarga aylantirish
– Tez va byudjetga nisbatan arzonroq yechim
3. Shaxsiy maktablar (nodavlat sektor)ni qo‘llab-quvvatlash
– Davlat yetolmagan joylarda xususiy sektorni rag‘batlantirish — tezlikni oshiradi
4. O‘qituvchilar soni va sifati bo‘yicha favqulodda chora-tadbirlar
– Ko‘plab yangi maktablar ochilsa ham, ularni sifatli o‘qituvchilar bilan ta’minlash uchun reja zarur
Xulosa:
"Agar biz 1991 yildagi infratuzilma bilan 2025 yildagi aholi sonini o‘qitmoqchi bo‘lsak — sifatli ta’lim emas, qog‘ozdagi statistika olamiz."
Haqiqiy islohot – bu maktablar soni va sifati o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishdan boshlanadi. | 1 765 |
| 5 | Maktab egasi bo'lgan tanishim bor - o'z sohasida eng yaxshilardan biri.
Undan sirini so'radim
Javobi oddiy edi: "Har yili bitta boshqaruv kitobini o'qiyman. Xolos."
- Hammaga bu kam tuyuladi, lekin sir shu
- Ko'pchilik direktor lavozimga o'tirgach kitob ochmaydi
- U esa - yiliga bittasini o'qiydi. Va bu uni boshqalardan ustun qo'yadi
Sir murakkab emas.
Sir - intizom.
Boshqalar to'xtaganda davom etish - farq shu yerda boshlanadi.
Bitta kitob. Sohangizga oid.
Yiliga bir marta.
Va siz allaqachon ko'pchilik direktordan ustunsiz. | 1 700 |
| 6 | Har qanday kompaniyada nomutanosiblik manbalarini oldindan bilish uchun uchta tushunchani farqlab olish foydalidir:
Mulkdorlik: kompaniya kapitaliga qonunan kim egalik qiladi?
Egalik: kompaniyani har kuni amalda kim boshqaradi?
Nazorat: kompaniyaga oid qarorlarni rasman kim qabul qiladi? | 1 895 |
| 7 | Muvaffaqiyat haqidagi 5 ta xato ishonch
Ali Tamaseb 30 000 dan ortiq startapni o'rganadi. Milliard dollarlik kompaniyalarni tahlil qiladi. Natijalarni "Super Founders" kitobida chop etdi. Ma'lumotlar biz ishongan ko'p narsani rad etdi.
1. "Asoschi yosh bo'lishi kerak"
Noto'g'ri. Milliard dollarlik kompaniya asoschilarining o'rtacha yoshi 34. Ko'plari 40 va undan katta yoshda boshlagan. Zuckerberg istisno, qoida emas.
2. Nufuzli diplom kerak
Haqiqat: oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi yirik kompaniya qurgan. Diplom emas, ish hal qiladi.
3. "O'qishni tashlaganlar muvaffaqiyatli bo'ladi"
Noto'g'ri. Aksariyati oliy ma'lumotli. Lekin muhim jihati: universitet nufuzi ham hal qiluvchi omil emas. Oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi unicorn qurgan.
4. "Sohada tajriba shart"
Noto'g'ri. Asoschilarning yarmidan ko'pi o'zi kirgan sohada umuman ishlamagan. Tashqaridan kelgan odam sohani yangicha ko'radi.
5. "G'oya original bo'lishi kerak"
Noto'g'ri. Ko'p unicornlar mavjud g'oyani yaxshiroq bajargan. Google birinchi qidiruv tizimi emas edi. Facebook birinchi ijtimoiy tarmoq emas edi. Ijro g'oyadan muhim.
6."Xato qilmaslik kerak"
Haqiqat: bu eng muhim topilma. Avval kompaniya qurib, muvaffaqiyatsiz bo'lgan odam keyingisida yutish ehtimoli bir necha barobar yuqori. Xato to'siq emas. Xato tajriba
7. "Raqobatsiz bozor tanlash kerak"
Noto'g'ri. Aksariyat unicornlar kuchli raqobatli bozorga kirgan. Raqobat bor joyda talab ham bor. Muhimi - mahsulot mavjudlaridan sezilarli yaxshi bo'lishi.
8. "Yolg'iz asoschi omadsiz bo'ladi"
Noto'g'ri. Unicornlarning sezilarli qismi yolg'iz asoschi tomonidan qurilgan. Hammuassislar soni muvaffaqiyatga ta'sir qilmaydi.
Muvaffaqiyatni yosh, diplom yoki tug'ma iste'dod belgilamaydi. Uni qilish, xato qilish va qayta qilish belgilaydi.
Muvaffaqiyatni eng katta ta'sir qiluvchi omil: avval kompaniya qurgan bo'lishi. Hatto o'sha kompaniya muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham. Avval startap qurgan odam ikkinchisida unicorn yaratish ehtimoli bir necha barobar yuqori bo'ladi. Tajriba diplomdan, yoshdan, sohadan kuchli hisoblanadi.
Farzandingiz xato qilsa, uni to'xtatmang. U hozir eng qimmat darsni olmoqda.
"Super Founders" kitobidan olgan xulosalarim | 1 |
| 8 | Muvaffaqiyat haqidagi 5 ta xato ishonch

"Super Founders" kitobidan olgan xulosalarim | 2 866 |
| 9 | Muvaffaqiyat haqidagi 5 ta xato ishonch

| 10 | Hayotdagi eng murakkab muvozanat - ehtiyotkor va jasur bo'lish.
Bir vaqtning o'zida.
Ehtiyotkor - ahmoqona xatolardan qochish uchun.
Charchab qolmaslik uchun.
Xavfsizlik chegarasini saqlash uchun.
Jasur - o'zingizga ishonch qo'yish uchun.
Qilmasangiz afsuslanadigan ishlarni qilish uchun.
Qisqa muddatda noqulaylikka chidash uchun - uzoq muddatda o'sish uchun.
- Faqat ehtiyotkor bo'lsangiz - hech qachon sakramaysiz
- Faqat jasur bo'lsangiz - tez kuyib qolasiz
- Ikkalasi birga bo'lsagina - haqiqiy o'sish boshlanadi
Ehtiyotkorlik sizni himoya qiladi.
Jasorat sizni oldinga olib boradi.
Ikkalasini birga tuting - va hayot sizni kutmagan joyga olib boradi. | 2 294 |
| 11 | Ajoyib statistika o'qib qoldim:
AQSH Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, oliy taʼlim bitiruvchilarining atigi 27 foizi oʻz sohalari boʻyicha faoliyat yuritishar ekan. Uyda qolib bola parvarishi bilan band boʻlganlarning 29 foizini oliy maʼlumotlilar tashkil etar ekan. Ularning deyarli hech biri oʻqiganliklaridan afsuslanishmaydi, albatta. Ammo shuni ham aytib oʻtish kerakki, 30 yoshlardagi endigina ota yoki ona boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan kishi kelajakdagi rejalari haqida uning oʻzi oʻn sakkiz yoshida boʻlganida hatto tasavvur qilolmaydigan turfa yoʻsinda fikr yuritar ekan. | 2 722 |
| 12 | Farzandingiz qaysi tilda o'ylaydi? 🤔
Bir savol bering o'zingizga. Farzandim qaysi tilda kitob o'qiydi? Qaysi tilda tush ko'radi? Qaysi tilda fikrlaydi?
Ko'p ota-onalar farzandini rus tilida o'qitadigan maktabga beradi. 🏫 Sabab ikkita bo'ladi:
1️⃣ Rus tilini o'rganib olsin.
2️⃣ Rus tilida ta'lim sifati yaxshiroq.
Ikkala sabab ham asossiz. ❌
Til uchun butun ta'limni berish shart emas
Rus tili — bitta fan. Uni kuchli qo'shimcha darslar orqali bemalol o'rganish mumkin. 📚 Buning uchun matematikani, tarixni, adabiyotni — butun dunyoqarashni boshqa tilga topshirish kerak emas.
Ta'lim sifatini til belgilamaydi. Sifatni dastur, ustoz va tizim belgilaydi. 🎓 Bugungi kuchli o'zbek maktablarida ta'lim rus tilidagi maktablardan kam emas, kerak bo'lsa ustun.
Ilmiy tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. 📊 UNESCO ma'lumotiga ko'ra, ona tilida o'qigan bola bilimni chuqurroq o'zlashtiradi va tanqidiy fikrlash (critical thinking) qobiliyati kuchliroq rivojlanadi. 🧠
Asosiy xavf boshqa yerda ⚠️
17 yillik tajribamizda bir holatni ko'p kuzatdik. Ta'limi faqat rus tilida bo'lgan bola sekin-asta boshqa muhitga ko'chib o'tadi.
O'qiydigan kitoblari rus tilida. Ko'radigan ko'rsatuvlari rus tilida. 📺 Ornalik oladigan insonlari rus tilida so'zlaydiganlar. Do'stlari ham shu muhitdan.
Natija nima bo'ladi?
Bola o'zbek tili bor joydan qocha boshlaydi. 🏃♂️ O'z tilida gapirishdan uyaladi. Eng og'riqlisi — qadriyatli, tarbiyali insonlar suhbatidan ham uzoqlashadi. Chunki u muhit unga begona tuyulib qoladi.
Til shunchaki muloqot vositasi emas. Til bolaning kayfiyatini, fikrlash tarzini, qadriyatlarini shakllantiradi. Bola qaysi muhitda yashasa, o'sha muhitning ahloqini oladi. 🌱
"Endi kech" demang 🙅♂️
Ba'zi ota-onalar aytadi: "Boshlab qo'yidik, endi shu tilda tugatsin".
Bu xato yondashuv.
Qancha erta o'zgartirsangiz, moslashish shuncha oson kechadi. Eng qulay davr — 5-6-sinf. Bu yoshda bola yangi muhitga tez kirishadi va o'qishda yo'qotishsiz davom etadi.
Xavotir olmang. Dastlabki 3-4 oy moslashish davri bo'ladi. Shundan keyin bola umuman qiynalmaydi. Bu bizning ko'p yillik amaliyotimizda yuzlab o'quvchi sinovdan o'tgan. ✅
Xulosa 🎯
Rus tilini bering — lekin qo'shimcha dars sifatida.
Ta'limni, tarbiyani va qadriyatni ona tilida bering.
Farzandingiz hozir qaysi muhitda ulg'aymoqda — bir kuzatib ko'ring.
Bu shunchaki bizning fikrimiz emas. UNESCO (2025) va Jahon banki (2021) tadqiqotlari buni tasdiqlaydi: bola ona tilida o'qiganda bilimni chuqurroq o'zlashtiradi, hatto ikkinchi tilni ham tezroq o'rganadi. 🌍
Manba 1
Ona tilidagi ta'lim savodxonlik poydevorini yaratadi, boshqa tillarni o'rganishga yordam beradi va matematika, fan kabi fanlarda natijalarni yaxshilaydi. Tanish tilda o'qigan bolalar tushunib o'qish bo'yicha 30% yuqori natija ko'rsatgan.
Manba 2
Ona tilidagi ta'lim sifatli o'qish uchun kalit omil. Akademik natijalarni yaxshilaydi va boshlang'ich sinflarda bilim bo'shliqlarini oldini oladi.
Manba 3
Bola tushunadigan tilda o'qisa ko'proq o'rganadi va maktabda qolish ehtimoli yuqori bo'ladi. Tavsiya: kamida dastlabki 6 yil ta'lim ona tilida bo'lsin, ikkinchi til esa avval fan sifatida o'rgatilsin.
Manba 4
Ona tilida chuqur o'zlashtirilgan bilim ikkinchi tilga ko'chadi. Ona tilida kuchli o'qigan bola ikkinchi tilni ham tezroq va chuqurroq egallaydi. | 7 531 |
| 13 | Xotirjam bo'lish - beparvolik emas.
Tashvishlanish - g'amxo'rlik emas.
Ko'p tashvishlanish sizni ko'proq mas'ul qilmaydi.
- Uxlamay tashvishlanish - ishni oldinga bermaydi
- Doim xavotirda yurish - natijani yaxshilamaydi
- Ich-ichdan kuyish - g'amxo'rlikning isboti emas
Siz xotirjam bo'lib ham, sodiq bo'lishingiz mumkin.
Tinch bo'lib ham, mas'uliyatli bo'lishingiz mumkin.
Tashvish - his-tuyg'u.
Sodiqlik - harakat.
Ularni aralashtirmang. | 2 560 |
| 14 | Meni ancha qiynaydigan haqiqatlar... | 3 173 |
| 15 | 没有文字... | 1 |
| 16 | Meni qiynaydigan masalalar.
Chet eldagi ta'lim haqida ba'zi achchiq haqiqatlar | 1 |
| 17 | Og’riq sotuvni keltiradi, esda qolish esa tanlovni hal qiladi.
Chunki mavsumni kutgan yutadi, mavsumgacha tanilgan g’olib bo’ladi. | 2 958 |
| 18 | QADR-QIYMAT
Lev Tolstoy o‘zining "Masallar" nomli kitobida aytadi:
" Ikkita yuk tashiydigan ot bo‘lgan ekan. Oldinda yuradigan ot faolroq ekan. Orqada yuradigani esa dangasa ekan. Keyingi ot susaygani uchun otlarning sohibi keyingi otdan yukni olib oldingi otga yuklay boshladi. Yukning hammasini yuklab bo‘lgach keyingi ot tin oldi. So‘ngra keyingi ot oldingi otga masxaraomuz dedi:
- Sen ishlayver, terga botaver! Yuking ziyoda bo‘lgani sari mashaqqating ortib boraveradi. Men esa endi dam olaman!
Otlarning sohibi shaharga yetib borgach o‘ziga-o‘zi dedi:
"Nega endi ikkita otga yemish berishim kerak?! Axir yukni ularning bittasi ko‘tarib keldi-ku! Hamma yemishni yukni ko‘tarib kelgan otga berishim kerak. Menga yuk bo‘lgan narigi otni esa so‘yaman. Hech bo‘lmaganida go‘shti va terisidan foyda qilaman!".
U shunday ham qildi!".
Insonning hayotdagi o‘rni uning qiladigan ishiga qarab bo‘ladi. Ish deganda faqatgina daromad keltiradigan ishni nazarda tutmayapman. Aksincha, insonning ta'siri va qiymati haqida gapirmoqchiman.
Masalan uy bekalari maosh olmaydigan ishchilardir. Ayniqsa ularning gardanida eng muhim, muqaddas va eng mashaqqatli vazifa bo‘lmish farzand tarbiyasi bor. Shuni bilishimiz lozimki, farzand tug‘ish boshqa ish, inson binosi esa boshqa.
Birinchisi biologik vazifa. Bunda inson boshqa maxluqlar bilan sherik.
Ammo avlodlarni bino qilish, bu go‘daklarni tarbiya yo‘li bilan haqiqiy insonga aylantirish insonni inson qiladi.
Haqiqiy insonning qiymati yelkasidagi burchini uloqtirganiga qarab emas, gardaniga olgan vazifasini qanchalik ado qilayotganiga qarab bo‘ladi.
Tarixni o‘zgartirib yuborganlarning bari mas'uliyatini iqtidor va shijoat bilan ko‘tarishgan. O‘zi uchun yashaganlar esa kichik bo‘lib yashab, kichik bo‘lib o‘lishgan.
Bizning barchamiz tarixni o‘zgartirishimiz shart emas.
Aytmoqchi bo‘lganim, ishingiz qanchalar oddiy bo‘lmasin uni e'tibor bilan bajaring. Mansabingiz qanchalar oddiy bo‘lmasin mas'uliyatni his qiling. Har kim o‘z chegarasini mukammal suratda qo‘riqlasin.
Oilasini boqayotgan, ularga go‘zal tarbiya berayotgan ota qahramondir.
Uy-ro‘zg‘or ishlarini chiroyli olib borayotgan ayol qahramondir.
Ishonchli amaldor qahramondir.
O‘z ishiga sodiq farrosh qahramondir.
Men hamma insonda tarix o‘z zarvaraqlarida yozib qo‘yadigan qahramonlik bo‘lsin, demoqchi emasman. Demoqchi bo‘lganim, qiladigan ishimizni ixlos va vijdonan qilaylik | 4 116 |
| 19 | Bugun o’quvchilarimizning uyida osh! 😎
AP imtihon natijalari e’lon qilindi.
⚡️ AP nima? Maktab davridayoq universitet darajasidagi fanlarni o’rganish, dunyoning nufuzli universitetlariga hujjat topshirishda ustunlik beradigan dastur.
🔥 Bu natija o’quvchilarimizning minglab soatlik mehnati, uyqusiz tunlari va katta maqsadlar sari qo’yilgan navbatdagi qadamlarining mevasi.
❤️ Mana shu unutilmas, tabiiy lahzalarni siz bilan ulashdik, reaksiyalar qoldiring-a!
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 3 092 |
| 20 | Sodiq School maktablari ishga taklif qiladi!
Sodiq Schoolning ajoyib jamoasiga qoʻshiling va biz bilan birgalikda rivojlaning!
Sodiq Schoolning, Labzak, Aeroport hamda yangi Istirohat filiallarida boʻsh ish oʻrinlari bor. Botimiz orqali murojaat qiling va oʻz ma’lumotlaringizni qoldiring.
Botni ishga tushirgach ariza topshirish tugmasini bosing. Ma’lumotlarni kiritish jarayonida filialni tanlash yodingizdan chiqmasin. Shundagina mavjud boʻsh ish oʻrinlari koʻrinadi.
Bot manzili: @SS_recruit_bot
Jamoamizga qo’shilish imkoniyatini o’tkazib yubormang!
Eslatma: biz maktabda faoliyat yuritadigan barcha turdagi xodimlarni izlayapmiz. | 4 329 |