cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Hasankhoja Muhammad Sodiq

👉 https://linkfly.to/Hasankhoja O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim. Murojaat: @hasankhojabot Rasmiy sahifalarimiz:

إظهار المزيد
Uzbekistan13 856لم يتم تحديد اللغةالتعليم31 479
مشاركات الإعلانات
4 452
المشتركون
+424 ساعات
-87 أيام
-8330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Afsus Avvallari dunyoga chiqqan olimlar mashhur edi, hozir esa shkafdan chiqqanlari…
إظهار الكل...
🔥 76❤‍🔥 6👍 5🤩 2
Repost from Sodiq School
02:00
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Bitiruv marosimi eng hayajonli daqiqalardan biri. Shu hayajon ichidagi bitiruvchilarimizga qiziqarli savollar bilan yuzlandik 😃 “Chet elda o‘qish yoki BMW M5” shunday qiziq savollarga javoblar qiziq bo‘lsa videoni tomosha qiling Ma’lumot olish uchun quyidagi raqam orqali bog'laning: ☎️ 788888080 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: sodiq.school
إظهار الكل...
IMG_3359.MP443.51 MB
❤‍🔥 21👍 11🤩 4🔥 3
01:20
Video unavailableShow in Telegram
Balki endi nolishni bas qilarsiz…
إظهار الكل...
IMG_2411.MP429.14 MB
🔥 34❤‍🔥 14🥰 7👍 4
Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi, Koʻtarilgan bosh emas, birgina quyosh endi, Uchqun sochgan koʻzlarning topingani yosh endi, Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.   Sarbadorlar qonini sellar yuvib ketganday, Millat uchun jon berar alpni devlar yutganday, Ultontozlar kun sanab, e voh, shuni kutganday, Elning kuni nomardga qolganga oʻxshayotir.   Yuz ellik yil otangni otganni ogʻa sanab, Dili buzuq kelganning qadamiga gul qadab, Yo, haq, deya yonganning mozoriga tosh qalab, Saroyingga qargʻalar qoʻnganga oʻxshayotir.   Eldan chiqib elidan irganganlar koʻringay, Oʻz tarixin oʻzgadan oʻrganganlar koʻringay, Gʻujuri-yu zaboni oʻzgarganlar koʻringay, Oʻz farzanding oʻzingni sotganga oʻxshayotir.   Kechang zavolga doʻndi, haykalday qotib boʻldi, Sening bor nasibangni beklaring totib boʻldi, Bugundan-ku ayrilding, ertangni sotib boʻldi, Yoʻl koʻrsatar mayogʻing oʻchganga oʻxshayotir.   Burgut uchgan zovlarda quzgʻun bazm etmoqda, Ildizingni kavshabon toʻngʻiz hazm etmoqda, Ertangni belgilashga yotlar jazm etmoqda, Qoshiq butun, qiliching singanga oʻxshayotir.   Kechagi yovqir nigoh bugun yerga qadalgan, Vatan kutgan jasorat non topishga atalgan, Boʻyin egik, qoʻl qadoq, tizzalaring qavargan, Umid koʻzyosh shoʻridan soʻlganga oʻxshayotir.   Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar, Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar, Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar, Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir.   Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.
إظهار الكل...
EY XOIN! Ibn Moja rohimahullohning “Sunan”ida keladi: “Habashiston muhojirlari Makkaga qaytib kelgach, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ulardan so‘radilar: -Habashiston zaminida bo‘lib o‘tgan qiziq narsalar haqida gapirib beringlar! Sahobalardan biri dedi: -Bir kuni gaplashib o‘tirgan edik. Oldimizdan bir rohiba kampir boshida ko‘za bilan o‘tib qoldi. Shunda o‘sha yerlik yigitlardan biri uning orqasidan kelib yelkasidan itarib yubordi. Kampir yiqilib ko‘za sinib ketdi. So‘ngra o‘rnidan turib yigitga qarab dedi: -Ey xoin! Alloh taolo Kursisini qo‘ysa, avvalgilar va oxirigilarni jamlasa, qo‘l va oyoqlar qilmishidan so‘zlasa ana shunda bu qilmishing oqibatini ko‘rasan! Shunda buni eshitgan Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar: -To‘g‘ri aytibdi, to‘g‘ri aytibdi. Zaifiga kuchlilaridan haqqini olib bermaydigan xalq qanday aziz bo‘lsin?!”. Allohga hamdlar bo‘lsinki, oldinda qiyomat bor. U kun dahshatli bo‘ladi. Quyosh boshimizga yaqinlashtiriladi. U kunda shunaqa hodisalar bo‘ladiki, dahshatda yosh bolaning sochlari oqaradi. Alloh taolo otamiz Odam alayhis salomga: “Farzandlaringdan do‘zaxiylarini ajrat!”, deydi. O‘shanda har mingta odamdan bittasi jannatga, qolgani esa do‘zaxga ketadi. Ammo o‘sha kun bo‘lmaganida hayotimiz yanada mashaqqatliroq bo‘lar edi. Bu mashaqqatli yo‘llardan o‘tishga mazlumlarning mana shu kunga bo‘lgan iymonlari dalda bo‘ladi! “ Ey xoin!”. O‘zingiz munosib bo‘lmagan mansabni pul bilan , qing‘ir yo‘llar bilan egallab olar ekansiz, siz xoinsiz. Hikoyangiz hali tugagani yo‘q. Qolgani oxiratda davom etadi! Birovlarning molini nohaqdan o‘zlashtirayotganlar, aka-ukalarining merosdagi ulushini o‘zlashtirib olayotganlar, siz xoinsiz. Siz ishni shu yerda tugadi deb o‘ylayapsiz. Hali pardalar ko‘tariladigan kun keladi. Yeru-osmonlar Jabbori huzurida hali tik turasiz! Pokiza ayollarga tuhmatlar qilganlar, pokiza qizlarimizning obro‘sini to‘kkanlar, siz xoinsiz. Siz “yetim jang”dagina g‘olib bo‘ldingiz. Hali urush tugagani yo‘q. Qolgani oxiratda davom etadi! Xotiniga zulm qilganlar, ularning kunini qorong‘u qilganlar, siz xoinsiz. O‘ylamang, mazlum xotiningiz oxiratda sizga rahm qilib o‘tirmaydi. U yerda adolat qoim. Birovning haqqi birovda qolib ketmaydi! Havoi-nafsini o‘ylab, ko‘ngil xushlash uchun “sevgi” nomi bilan boshqalarni aldab yurganlar, siz xoinsiz. U kunda mezon o‘rnatiladi. Ana o‘shanda qalbning nechog‘li tosh bosishini, Allohning nazdida qalbning o‘rnini qanaqaligini tomosha qilasiz! Xodimlariga quldek muomala qiladigan, bir luqma beradigan taomi uchun ularni xorlaydigan, yuzlarining suvini to‘kilishiga sabab bo‘ladigan boshliqlar, siz xoinsiz. Erta qiyomatda jazoning o‘z jinsidan bo‘lishini hali tomosha qilasiz! Ey pora oladigan sudyalar, mijozni aldaydigan muhandislar, puli yo‘q bemorlarni shifoxona eshigidan haydaydigan shifokorlar, ijara pulini vaqtida to‘lay olmagani uchun uysizlarni chiqarib haydaydigan boychalar, sehr va chaqimchilik bilan o‘zgalar uyini buzadigan ifloslar, qaynona va qaynotasiga zulm qiladiganlar, aka-ukalar orasini buzadigan kelinlar sizlar xoinsizlar. Qiyomat aniq. Habashistonlik kampirning “Ey xoin!”, degan gapini unutmanglar!
إظهار الكل...
👍 37🔥 15❤‍🔥 5
Repost from N/a
Qaniydi… Imom Buxoriy “Tarixi sag’iyr” kitobida Zayd ibn Aslam r.a. dan rivoyat qilgan: Umar ibn Xattob bir to’p kishilar bilan o’tirganda, hamrohlariga qarab “Orzu qilinglar dedilar” Bir kishi, men bir uy to’la dirhamlarim bo’lishini xohlar edim, agar bo’lsa ularni Alloh yo’lida ehson qilar edim dedi. Halifa aytdi, “Yana orzu qilinglar” Yana bir kishi aytdi, men mana shu uy to’la oltinlarim bo’lishini va ularni Allohni yo’lida infoq qilishni xohlar edim dedi. Halifa aytdi, “Yana orzu qilinglar” Yana bir kishi aytdi, men mana shu uy to’la javharlarim bo’lishini vaularni Allohni yo’lida infoq qilishni xohlar edim dedi. Halifa, yana orzu qilinlar dedi Odamlar “Bundan boshqa orzularimiz yo’q” deyishdi. Shunda Halifa aytdi, ammo men Mana shu uy to’la Abu Ubayda ibn Jarroh, Muoz ibn Jabal va Huzayfa ibn Yamon r.anhum kabi odamlar bo’lishini va ularni Allohni taoti uchun omil qilishni orzu qilardim dedi.   Men ham shunday degan bo’lar edim, qaniydi shu maktab to’la shu kabi bitiruvchilar bo’lsa, ramziy ma’noda maktabning eng ishonchli, eng ilmli va sirlarimiz sohibi kabi bo’lsa deb yana orzu qilaman. Buni boshqa bitiruvchilarga ayta olmasam kerak… Betayinlar hammanglarni sog’inaman. Sizlarni buyuk yolg’oninglar bo’lmish “kelib turamiz” degan vadalaringa, garchi o’zimni aldasam ham, ammo yosh bolalardek ishonib yashayman. Sababi sizlarni rostan ham kutaman, shuni unutmanglar. Hurmat bilan “eng tartibli ustoz”laring…  
إظهار الكل...
🔥 49👍 12❤‍🔥 5🥰 3
Bugun ikki do’stimiz: Jahongir Pulatov va MuhammadAli Eshonqulov e’tirof qilinganidan juda xursand bo’ldim. Alloh qilaoytgan ishlarini muborak qilsin.
إظهار الكل...
Jahongir Po’latov | Tavsiya va Maslahat

Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Prezidentimiz shaxsan o'zlari Cambridge o'quv markazimizni va jamoamiz mehnatini e'tirof ettilar! Bu Cambridge jamoasi va men uchun katta motivatsiya! O'ylaymanki loyihamiz sabab InShaaAllah millionlab yoshlar ilmli bo'lib hayotta o'z yo'llarini topishadi! Biz aynan shu yo'lda mehnat qilib charchamaymiz, sababi insonlarga ilm ulashish bizning missiyamiz bir qismidir! @jahongir_pulatov_blog

👍 26❤‍🔥 11🔥 6
Bazan bilgan haqiqatlaringizdan ko’ra bilmagam haqiqatlaringiz voqelikka yaqinroq va muhimroq bo’ladi. Bunday vaziyatda fitna bo’lmasligo uchun eng yaxshi yechim sukut hisoblanadi.
إظهار الكل...
👍 53🔥 24❤‍🔥 3
Ko'z yoshga to'ldirdik To'g'risi ko'zimga yosh keladi deb o'yalamagan edim. Bir tomondan hursandman 1 tomondan yurak o'rtanayabdi. Bolalik tugadi hayotimning eng go'zal, muhim va Alloh tomonidan berilgan qiyinchiliklarga boy hayot so'qmog'i kutmoqda. Lekin 1 yilgina bo'lsa ham birgalikda ta'lim olgan, qiyinchiliklar ko'rgan jigargo'sha bo'lib qolgan insonlar bilan ko'risha olmaslik odamni o'ylantirib qo'yar ekan. Qalbim yig'layabdi. Sodiq School bu meni mendan qutqargan, sof sevgi nimaligini, atmosferaning insonga ta'sirini va odamlar shunchaki kelib ketmasligini tushuntira olgan hayotimni botqog'dan chiqarlilishida sabab bo'la olgan maskandir. Sodiq School bu sodiqlar maktabi, Sodiq School bu Muhammad Sodiqlar maskanidir. 25/06/2023
إظهار الكل...
❤‍🔥 54👍 25🔥 15
Kaizen metodi Biznesda Kaizen metodi mavjud. Unga ko’ra isrofgarchilikni bartaraf etishga, mahsuldorlikni oshirishga va tashkilotning maqsadli faoliyati va jarayonlarida doimiy yaxshilanishga erishishga qaratilgan. U quyidagi prinsip aspsida yuritiladi: Rejala → Bajar → Tekshir→ Ijro et. Bu Shewhart sikli, Deming sikli yoki PDCA (plan–do–check–act) sifatida ham tanilgan. Buni o’z biznesida qo’llay olgan tadbirkorlar yuqori samaradorlikka erishishgan. Do’stimiz Begzod aka ham Safia do’konlarini kengayishda Kaizenni o’rni beqiyos ekanligini tasdiqlagan edilar. Shuni kunlik jarayonimizga qo’llash uchun kichik life hack: Ishga (o’qishga) borib kelishda telefon o’ynash (ko’rish) o’rniga - audio kitob tinglash - podkast eshitish - kunlik takrorlarni qilib ketish
إظهار الكل...
👍 28🔥 4
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.