Pop tuman 7-sonli BMSM
前往频道在 Telegram
Namangan viloyati Pop tumani 7-bolalar musiqa va san'at maktabining telegram kanali. Musiqa va san'atga oid barcha ma'lumotlarni, yangiliklarni, materiallarni va maktabning hayotini kuzatib boring! Murojaat: +99899 316 55 80
显示更多329
订阅者
无数据24 小时
-87 天
-930 天
帖子存档
+3
⚡️ O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida musiqa ta’limi sohasida hamkorlik kengaymoqda
Safar doirasida Londondagi nufuzli Royal College of Music (RCM) rahbari Kevin Porter bilan uchrashdik. Muloqotda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida oliy musiqa ta’limini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, milliy va jahon mumtoz musiqasi uyg‘unligini xalqaro miqyosda targ‘ib etish masalalarini muhokama qildik. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va RCM o‘rtasida bir qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik. Xususan, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va RCM o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglashuv memorandumini imzolash, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, RCM professorlarini O‘zbekistondagi konservatoriya va ixtisoslashtirilgan musiqa maktab-internatlariga mahorat darslari o‘tkazish uchun jalb etish, o‘zbekistonlik yosh pedagoglarning Londonda malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishib oldik. Iqtidorli yosh musiqachilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonning eng salohiyatli yosh ijrochilarini "El-yurt umidi" jamg‘armasi hamda maxsus grantlar asosida RCMning bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishdik. Ijodiy yo‘nalishda esa RCM orkestri va bastakorlari bilan hamkorlikda o‘zbek milliy cholg‘ulari va maqom san’ati asosida simfonik asarlar yaratish, shuningdek, Londonning nufuzli sahnalarida qo‘shma konsertlar tashkil etishni rejalashtirdik. Ishonchim komilki, mazkur kelishuvlar O‘zbekistonda musiqa ta’limi tizimiga ilg‘or xalqaro tajriba va standartlarni joriy etish, yosh musiqachilarimizning kasbiy salohiyatini oshirish hamda milliy musiqa san’atimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda muhim amaliy qadam bo‘ladi.📲Telegram 📲Instagram
+1
⚡️ Londonda O‘zbekiston musiqa ta’limini rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik
Ayni kunlarda Angliyada xizmat safarimiz doirasida Buyuk Britaniya Musiqa ta’limi uyushmasi — Music Mark rahbari Jennifer Makki bilan uchrashib, O‘zbekistondagi Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildik. Uchrashuvda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi ilg‘or musiqa maktablarini bosqichma-bosqich “Music Mark International Partner School” maqomi bo‘yicha xalqaro sifat sertifikatidan o‘tkazish, shuningdek, Buyuk Britaniyaning “A Common Approach” zamonaviy o‘qitish dasturini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishdik. Shuningdek, pedagoglar malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish, alohida ehtiyojga ega bolalar uchun inklyuziv ta’lim va musiqa terapiyasi yo‘nalishida Britaniya tajribasidan foydalanish hamda ikki mamlakat yoshlar orkestrlari va ijodiy jamoalari o‘rtasida qo‘shma konsert va festivallarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirdik. Ishonamanki, mazkur kelishuvlar O‘zbekistonda yosh musiqachilarni tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglar salohiyatini oshirish va musiqa ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.📲Telegram 📲Instagram
+3
⚡️ O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Bugun Buyuk Britaniya Musiqa industriyasi uyushmasi (UK Music) rahbari Tom Kiehl bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdik. Muloqotda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni, xususan, musiqa sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik. Britaniyaning musiqa bozorini boshqarish, ovoz yozish sanoati va zamonaviy musiqa menejmenti sohalaridagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, musiqachilar, prodyuserlar va ovoz muhandislari uchun britaniyalik mutaxassislar ishtirokida trening va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdik. Bugungi kunda musiqa industriyasini raqamlashtirish, mualliflik huquqini himoya qilish, striming platformalari bilan samarali ishlash va raqamli bozorda ijodkorlar manfaatlarini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois bu yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdik. Qolaversa, ikki mamlakat ijodkorlari ishtirokida qo‘shma festivallar, gastrol safarlari va xalqaro musiqa loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildik. Uchrashuv yakunida bildirilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni shakllantirish va o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldik. Ishonamanki, ushbu hamkorlik O‘zbekiston musiqa san’atining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, ijodkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda musiqa industriyasini zamonaviy tendensiyalar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.📲Telegram 📲Instagram
#Тезкор
Сенат “Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини жорий этиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш киритиш ҳақида”ги қонунни маъқуллади.
✍️@sputnikpop
+3
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasiga qarashli Pop tuman 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini anglash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan xabardorligini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Поп шаҳрини диққатга сазовор жойлари янгича кўринишда томоша қилинг!
✍ @popliklar
🌷Hurmatli Dehqonova Gulbahor opa!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan Pop tumani 7-sonli BMSM jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 💐🎂🎂🎂🎂
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va xotirjamlik, qalbingizga cheksiz quvonch tilaymiz. 🌸
Musiqa — inson qalbiga eng go‘zal tuyg‘ularni olib kiradigan sehrli olam. Siz esa o‘z kasbingizga bo‘lgan mehringiz, bilim va mahoratingiz bilan yosh avlod qalbida musiqaga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otib kelayotgan fidoyi ustozsiz. Qo‘lingizdagi bayan sadolari doimo ezgulik, go‘zallik va quvonch taratib yangrasin.🎶 🎶✨
🎉 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz Gulbahor opa!
Yangi yoshingiz baxt, omad, mehr va go‘zal kunlarga boy bo‘lsin! 💐🎂🎶
Hurmat va ezgu tilaklar bilan,
Pop tumani 7-sonli BMSM jamoasi. 🌷
#Teatr
📣 Diqqat e'lon!
⚡️ Madaniyat vazirligi “Millat fidoyilariga bag‘ishlangan vatanparvarlik ruhidagi pyesalar” tanlovini eʼlon qiladi
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/207070
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Batafsil: https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17972
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
+3
Pop tuman 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.📚📚📚
Pop tuman 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini anglash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan xabardorligini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.📝📝
😂 Бугун кўчаларимизда учраб турадиган ҳолат!
«Мактабга бормайман!» деган болажонлар ота-онаси томонидан «мулойимлик» билан мактаб сари кузатиб қўйилмоқда 🤣
📚 Ўқув йилининг биринчи куни МУБОРАК бўлсин, болажонлар! 😄
✍ @popliklar
Мактабда ҳамма болалар 5 баҳога ўқисин, деб 5 рақамини осмонга учиришди... Натижани эса ўзингиз кўринг 😅
Бугундан Поп туманидаги барча мактабларда ўқиш расман бошланади❗️
✍️ @popliklar
🇺🇿🇺🇿 Ислом Каримовнинг болалик ва ўсмирлик йиллари ҳақида фильм
Бугун, 2-сентябрь Ўзбекистон республикасининг Биринчи президенти Ислом Каримовнинг вафот этган куни.
Эслатиб ўтамиз, Ислом Каримов 1938 йилнинг 30 январь куни Самарқандда таваллуд топган, 2016 йилнинг 2 сентябрь куни Тошкентда вафот этган.
✍️@sputnikpop
⚡️Бугун, 2 сентябрь, Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовни хотирлаш куни!
Бугун Биринчи Президентимиз Ислом Каримовнинг вафот этганларига 10 йил бўлди.
Вақтни ўтишини қаранг. Бу воқеалар ҳудди кеча содир бўлгандек 🥲
✍️ @popliklar
❗️Эртага, 2 сентябрь (чоршанба) куни барча учун иш куни;
— Мактабларда барча синф ўқувчилари учун дарс бошланади;
— Академик лицей ва техникумларда дарслар бошланади;
✅ 7-сентябрь (душанба) куни олий таълим муассасаларининг 1-босқич талабалари учун дарслар бошланади.
✅ 14-сентябрь (душанба) куни олийгоҳларнинг 2-босқич ва ундан юқори курс талабалари учун дарслар бошланади.
✍ @popliklar
