Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
显示更多📈 Telegram 频道 Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology 的分析概览
频道 Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology (@uzdavgeolcom) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 992 名订阅者,在 商业 类别中位列第 5 047,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 884 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 992 名订阅者。
根据 24 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 139,过去 24 小时变化为 -3,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 18.64%。内容发布后 24 小时内通常能获得 10.30% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 611 次浏览,首日通常累积 1 443 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali
Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17”
凭借高频更新(最新数据采集于 25 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 商业 类别中的关键影响点。
数据加载中...
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 25 六月 | 0 | |||
| 24 六月 | +4 | |||
| 23 六月 | 0 | |||
| 22 六月 | 0 | |||
| 21 六月 | 0 | |||
| 20 六月 | 0 | |||
| 19 六月 | 0 | |||
| 18 六月 | +1 | |||
| 17 六月 | +1 | |||
| 16 六月 | 0 | |||
| 15 六月 | 0 | |||
| 14 六月 | 0 | |||
| 13 六月 | 0 | |||
| 12 六月 | 0 | |||
| 11 六月 | 0 | |||
| 10 六月 | +4 | |||
| 09 六月 | +1 | |||
| 08 六月 | 0 | |||
| 07 六月 | 0 | |||
| 06 六月 | +9 | |||
| 05 六月 | +2 | |||
| 04 六月 | +1 | |||
| 03 六月 | +3 | |||
| 02 六月 | +1 | |||
| 01 六月 | +6 |
| 2 | 💠 Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-sonli Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yangi bosqichga olib chiqadi.
Qonun bilan korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri joriy etildi, barcha davlat organlarida komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi hamda ularning mustaqilligi va samaradorligini ta’minlovchi kafolatlar belgilandi.
Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etishning yangi mexanizmlari, yagona nazorat tizimi hamda javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar joriy etildi.
📊 Infografikada qonunning asosiy yangiliklari va amaliy ahamiyati bilan tanishing.
🔹 🔹 🔹
💠 Принят новый закон по повышению эффективности борьбы с коррупцией
Президентом Республики Узбекистан подписан Закон № ЗРУ–1155, направленный на дальнейшее усиление системы противодействия коррупции и обеспечение неотвратимости ответственности за коррупционные правонарушения.
Документом вводится электронный реестр лиц, совершивших коррупционные преступления, создаются правовые основы деятельности комплаенс-служб и структур внутреннего антикоррупционного контроля во всех государственных органах, а также устанавливаются гарантии их независимой и эффективной работы.
Кроме того, законом предусмотрены новые механизмы выявления и предупреждения коррупционных рисков, внедряется единая система координации антикоррупционной деятельности и усиливаются меры, направленные на обеспечение прозрачности, открытости и законности в государственном управлении.
📊 Подробнее об основных нововведениях закона — в инфографике.
#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Qonun #Qonunchilik #huquqiy_targibot
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 3 979 |
| 3 | 📌 23-iyun — Davlat xizmati kuni munosabati bilan tayyorlangan “Mening tanlovim” nomli videorolik e’tiboringizga havola etiladi
Unda davlat xizmatining bugungi zamonaviy qiyofasi, meritokratiya tamoyillariga asoslangan ishga qabul qilish tizimi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat xizmatchilarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan.
“Mening tanlovim” — bu davlat xizmatini tanlagan insonlarning mas’uliyati, Vatan ravnaqiga daxldorlik hissini aks ettiruvchi hayotiy hikoyadir.
📹 Videorolikni tomosha qiling
#Davlat_xizmati_kuni
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 1 289 |
| 4 | Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!
❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 1 045 |
| 5 | Hurmatli davlat xizmatchilari!
Sizlarni 23-iyun — Davlat xizmati kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni amalga oshirishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin egallaydi.
Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotga samarali tatbiq etilishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, natijadorligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
#Davlat_xizmati_kuni
#XalqUchunXizmat #DavlatXizmatchisi #InsonQadri #XalqIshonchi #IslohotlarSamarasi
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 1 186 |
| 6 | 🗣No comment: “Yevropa – O‘zbekiston – OKMK hamkorlari” loyihasi doirasida ayol liderlar davra suhbati hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash va jamoani yanada jipslashtirishga qaratilgan tadbirlar
🔹 🔹 🔹
🗣No comment: Круглый стол женщин-лидеров в рамках проекта «Европа – Узбекистан – партнеры АГМК» и мероприятия по укреплению командного духа и сплочению коллектива
#kongeologiya #mingeo #tadbirlar #OKMK_hamkorlar #xalqaro_ayollar_hamjamiyati #OKMK #timbilding #sport_musobaqalari #Kasaba_uyushmasi
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 1 386 |
| 7 | 📣 Вниманию физических и юридических лиц!
🫥 У вас возникли проблемы в сфере горнодобывающей промышленности и геологии?
➡️в процессе оказания государственных услуг в области горнодобывающей промышленности, геологии и недропользования наблюдаются необоснованные требования, искусственные препятствия и другие противоправные действия;
➡️в процессе совместной работы с предприятиями горнодобывающей промышленности и геологии, в том числе в процессе найма граждан, заключения и исполнения договоров, при столкновении с ситуациями незаконного преследования материального или нематериального интереса в действиях работников отрасли;
➡️при попытках вымогательства со стороны работников предприятий горнодобывающей промышленности и геологии;
➡️при выявлении отклонений от сферы компетенции работников сферы управления горнодобывающими отношениями, а также изучения, эксплуатации и охраны недр.
✅ Просим вас связаться с Министерством горнодобывающей промышленности и геологии республики Узбекистан
🫥 Телефон доверия: 71-231-05-96;
🫥 Отдел внутреннего контроля по борьбе с коррупцией: 71-231-14-55;
🫥по телеграм-боту: @geoantikorbot;
🫥по электронной почте: anticor@mingeo.uz.
Анонимность гарантируется!
Уважаемые граждане! Связавшись с нами вы также можете внести свой вклад в борьбу с коррупцией!
#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurash
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 1 902 |
| 8 | 📣 Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!
🫥 Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida muammolarga duch keldingizmi?
➡️ togʻ-kon sanoati, geologiya va yer qa’ridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatilishi jarayonida asossiz talablar, sunʼiy toʻsiqlar hamda boshqa noqonuniy holatlar kuzatilganda;
➡️ togʻ-kon sanoati va geologiya sohasi korxonalari bilan hamkorlikda ishlash jarayonida, shu jumladan fuqarolarni ishga olish, shartnomalar tuzish va uni bajarish jarayonida soha xodimlari harakatlarida noqonuniy moddiy yoki nomoddiy manfaatdorlikni koʻzlash holatlariga duch kelganingizda;
➡️ togʻ-kon sanoati va geologiya sohasi korxonalarining xodimlari tomonidan taʼmagirlik harakatlari sezilganda;
➡️ togʻ-kon sanoati munosabatlarini boshqarish hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, kon munosabatlarini boshqarish sohasi xodimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqganligi maʼlum boʻlganda
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining
🫥 Ishonch telefon - 71-231-05-96;
🫥 Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga 71-231-14-55;
🫥@geoantikorbot telegram botiga yoki
🫥 anticor@mingeo.uz elektron manziliga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Hurmatli fuqarolar! Korrupsiyaga qarshi kurashda Siz ham oʻz hissangizni qoʻshing va bizga xabar bering!
#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurash
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 6 942 |
| 9 | 🟦🟦🟩🟩 Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar
🟢DZK yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🟢Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi
🟢Eksim Holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
🟢Sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan taqdimot haqida
🟢Toshkentda V Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi
🟢O‘zbekiston va Koreya Respublikasi kritik minerallar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
🟢Niderlandiya Qirolligining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi boshchiligidagi Niderlandiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv haqida
🟢CGNPC Uranium Resources Co., Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
🟢SNURDC kompaniyasi raisi boshchilgidagi delegatsiya bilan o‘tkazilgan uchrashuv haqida
🟢Endeavour Mining vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi
🟢Muhim foydali qazilmalar va resurs diplomatiyasi: ta’minot zanjirlarini mas’uliyatli tarzda ta’minlash panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🟢V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida kritik mineral resurslar sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston–Koreya biznes-forumi haqida lavha
🟢 Itochu Corporation vakillari bilan uchrashuvda tog‘-kon sanoatida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🟢Traxys bosh direktori boschiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi
🟢V TXIF doirasida “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida bir qator uchrashuvlar tashkil qilindi
🟢 Mangold Consulting GmbH vakillari bilan uchrashuv: GFU hamda Frayberg konchilik akademiyasi hamkorligidagi loyihalar davom ettiriladi
🟢Fitch Ratings NKMK reytingi prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga oshirdi
🟢“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
🟢“Zakovat” musobaqasi: Tog‘-kon va geologiya sohasi bilimdonlari kubok uchun bahs yuritishdi
🟢O‘zbekiston va Ozarbayjon tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
🟢ESAN Eczacıbaşı kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida
#kongeologiya #mingeo #dayjest
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 1 200 |
| 10 | ⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!
Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 947 |
| 11 | 💠 ESAN Eczacıbaşı kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov hamda vazirlik mutasaddilari ishtirokida Turkiyaning ESAN kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikda investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, V Toshkent xalqaro investitsiya forumining yuksak saviyada tashkil qilingani va xalqaro hamkorlikning bu borada yangi bosqichga chiqayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatimizda ESAN Eczacıbaşı kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati, kelgusi rejalar hamda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
🔹 🔹 🔹
💠 О встрече с представителями компании ESAN Eczacıbaşı
Министр горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан Б. Исламов и официальные лица министерства провели встречу с руководством турецкой компании ESAN.
На встрече были отмечены реформы, проводимые в горнодобывающей и геологической сфере Узбекистана, условия, созданные в законодательстве для инвесторов, высокий уровень организации V Ташкентского международного инвестиционного форума, а также выход международного сотрудничества в этом направлении на новый этап.
Также стороны обсудили текущее состояние проектов, реализуемых в нашей стране совместно с компанией ESAN Eczacıbaşı, планы на будущее и вопросы дальнейшего укрепления стратегического партнерства.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #ESAN_Eczacıbaşı #TXIF2026 #loyihalar #investitsiyalar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 2 649 |
| 12 | 💠 O‘zbekiston va Ozarbayjon tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda geologiya, yer qa’ridan foydalanish va tog‘-kon sanoati sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda AzerGold kompaniyasi o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, konlarni o‘zlashtirish va ilg‘or tajriba almashishni nazarda tutuvchi hamkorlik bitimi imzolandi.
Shuningdek, NEQSOL Holding kompaniyasi bilan mineral xomashyo resurslarini o‘zlashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvga erishildi.
Imzolangan hujjatlar investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida tog‘-kon sanoati sohasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔹 🔹 🔹
💠 Узбекистан и Азербайджан расширяют сотрудничество в горнодобывающей отрасли
В рамках V Ташкентского международного инвестиционного форума в присутствии Премьер-министра Республики Узбекистан Абдуллы Арипова и Премьер-министра Азербайджанской Республики Али Асадова состоялась церемония подписания ряда двусторонних документов, направленных на дальнейшее развитие узбекско-азербайджанского сотрудничества.
Особое внимание было уделено взаимодействию в сфере геологии, недропользования и горнодобывающей промышленности. Министерство горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан подписало соглашение о сотрудничестве с компанией AzerGold, предусматривающее развитие партнерства в области геологоразведочных работ, освоения месторождений и обмена передовым отраслевым опытом.
Кроме того, достигнуты договоренности с компанией NEQSOL Holding, направленные на реализацию совместных инвестиционных проектов и развитие сотрудничества в сфере освоения минерально-сырьевых ресурсов.
Подписанные документы открывают новые возможности для привлечения инвестиций, внедрения современных технологий и укрепления долгосрочного партнерства между Узбекистаном и Азербайджаном в горнодобывающей отрасли.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #AzerGold #NEQSOL_Holding #TXIF2026 #loyihalar #investitsiyalar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 1 775 |
| 13 | 💠 “Zakovat” musobaqasi: Tog‘-kon va geologiya sohasi bilimdonlari kubok uchun bahs yuritishdi
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 22 ta korxona va tashkilotdan 60 ta jamoa ishtirok etdi.
Yakunda Geologiya fanlari universitetining “UNIGEO” hamda Geologiya va geofizika institutining “GGI” jamoalari mos ravishda 2- va 3-o‘rinni egalladi. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “NDKTU-1” jamoasi musobaqa g‘olib bo‘ldi va “Zakovat” kubogini qo‘lga kiritdi.
🔹 🔹 🔹
💠 Соревнование «Заковат»: знатоки горнодобывающей и геологической сферы поборолись за кубок
Среди сотрудников предприятий и организаций системы Министерства горнодобывающей промышленности и геологии прошло интеллектуальное соревнование «Заковат».
В соревновании, организованном с целью повышения интеллектуального потенциала молодежи, расширения ее кругозора и формирования среды здоровой конкуренции, приняли участие 60 команд из 22 предприятий и организаций.
В итоге команды «UNIGEO» Университета геологических наук и «GGI» Института геологии и геофизики заняли 2-е и 3-е места соответственно. Команда «NDKTU-1» Навоийского государственного горно-технологического университета стала победителем соревнования и завоевала кубок «Заковат».
#kongeologiya #mingeo #yoshlar_siyosati #OKMK #NDKTU #GFU #GGI #Zakovat #kubok
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 3 568 |
| 14 | 💠 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-yil 19-iyun kuni “Zakovat” arenada “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda vazir o‘rinbosari U.Yusupov hamda “O'zbekgidrogeologiya” DM direktorining birinchi o'rinbosari Sh.Mirxodiyev tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar bilan muloqot qilishdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar yosh mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, tadbir ishtirokchilarining taklif va tashabbuslarini tingladilar. Yoshlarning iqtidorini namoyon qilishlari, ularning fikrlari asosidagi bir qator loyihalarni o‘rganib chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish belgilab olindi.
🔹 🔹 🔹
💠 Состоялась встреча «Руководитель и молодежь»
19 июня 2026 года в арене «Zakovat» прошла встреча «Руководитель и молодежь».
В мероприятии заместитель министра У. Юсупов и первый заместитель директора ГУ «Узбекгидрогеология» Ш. Мирхадиев пообщались с молодыми сотрудниками, работающими в подведомственных организациях и предприятиях.
В ходе встречи руководители ответили на вопросы, интересующие молодых специалистов, выслушали предложения и инициативы участников мероприятия. Было намечено организовать работу по проявлению талантов молодежи, а также изучению и реализации ряда проектов на основе их идей.
#kongeologiya #mingeo #Rahbar_va_yoshlar #uchrashuv #yoshlar_siyosati #Zakovat_arena #tashabbuslar #takliflar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 2 636 |
| 15 | 💠 Fitch Ratings NKMK reytingi prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga oshirdi
Xalqaro Fitch Ratings reyting agentligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning uzoq muddatli emitent defolti reytingi (IDR) prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi hamda kompaniya reytingini “BB” darajasida tasdiqladi.
Agentlik NKMKning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatini alohida qayd etgan. Kombinat mamlakatdagi oltin ishlab chiqarishning 80 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi, eng yirik soliq to‘lovchilardan biri va yirik ish beruvchi hisoblanadi. Fitch hisobotida korxonaning barqaror ishlab chiqarish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlari ham e’tirof etilgan.
Reyting prognozining yaxshilanishi O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingi prognozi “Ijobiy”ga o‘zgartirilganidan so‘ng amalga oshirildi. Agentlik fikricha, kelgusida mamlakat suveren reytingining oshirilishi NKMK reytingining ham yuqorilashiga zamin yaratishi mumkin.
🔹 🔹 🔹
💠 Fitch Ratings улучшило прогноз по рейтингу НГМК до «Позитивного»
Международное рейтинговое агентство Fitch Ratings пересмотрело прогноз по долгосрочному рейтингу дефолта эмитента (IDR) АО «Навоийский горно-металлургический комбинат» со «Стабильного» на «Позитивный» и подтвердило рейтинг компании на уровне «BB».
В агентстве отметили стратегическое значение НГМК для экономики Узбекистана. Комбинат обеспечивает свыше 80 процентов добычи золота в стране, является крупнейшим налогоплательщиком и одним из крупнейших работодателей. Fitch также подчеркнуло устойчивые производственные и финансовые показатели предприятия.
Пересмотр прогноза последовал за улучшением прогноза по суверенному рейтингу Республики Узбекистан. По мнению агентства, дальнейшее повышение суверенного рейтинга страны может стать основанием для повышения рейтинга НГМК в будущем.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #NKMK #Fitch_Ratings #IDR
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 1 610 |
| 16 | 💠 Mangold Consulting GmbH vakillari bilan uchrashuv: GFU hamda Frayberg konchilik akademiyasi hamkorligidagi loyihalar davom ettiriladi
2026-yilning 17-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov boshchiligidagi vazirlik xodimlari hamda Mangold Consulting kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda V Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumining strategik ahamiyati, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar Frayberg konchilik akademiyasi hamda Geologiya fanlari universiteti o‘rtasidagi talabalar almashinuvi dasturlari va boshqa amalga oshirilayotgan loyihalarni izchil rivojlantirish kabi masalalarni koʻrib chiqdilar.
🔹 🔹 🔹
💠 Встреча с представителями Mangold Consulting GmbH: проекты сотрудничества между УГН и Фрайбергской горной академией будут продолжены
17 июня 2026 года состоялась встреча между сотрудниками министерства во главе с министром горнодобывающей промышленности и геологии Б. Исламовым и представителями компании Mangold Consulting.
На встрече была отмечена стратегическая важность V Ташкентского международного инвестиционного форума, а также значимость развития взаимного сотрудничества в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.
Также стороны рассмотрели такие вопросы, как последовательное развитие программ обмена студентами и других реализуемых проектов между Фрайбергской горной академией и Университетом геологических наук.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Mangold_Consulting #uchrashuv #TXIF2026 #loyihalar #GFU #Frayberg_konchilik_akademiyasi #talim #dasturlar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 2 196 |
| 17 | 💠 V TXIF doirasida “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida bir qator uchrashuvlar tashkil qilindi
V TXIF doirasida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari F.Xamidova “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida Jahon Banki, Qazib oluvchi tarmoqlar shaffofligi tashabbusi (EITI), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Orano Mining, Endevour Mining hamda Yevrosiyo sanoat uchun muhim minerallar tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, loyihalar, investitsiyalar jalb qilish, qonunchilikdagi islohotlar hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
🔹 🔹 🔹
💠 В рамках V ТМИФ в выставочном центре «CAEx Uzbekistan» был организован ряд встреч
В рамках V ТМИФ первый заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии Ф. Хамидова провела встречи в выставочном центре «CAEx Uzbekistan» с представителями Всемирного банка, Инициативы прозрачности добывающих отраслей (EITI), Организации экономического сотрудничества и развития (OECD), Orano Mining, Endeavour Mining, а также Евразийской организации по критически важным минералам.
На встречах обсуждались вопросы укрепления международного сотрудничества в сфере горнодобывающей промышленности и геологии, привлечения проектов и инвестиций, реформы в законодательстве и другие актуальные вопросы.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #IHTT #TXIF2026 #sanoat_uchun_muhim_minerallar #loyihalar #investitsiyalar #EITI #Orano_Mining #Edeavour_Mining #OECD #Jahon_banki #CaEX_Uzbekistan
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 1 541 |
| 18 | 💠 Traxys bosh direktori boschiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov AQShning Traxys kompaniyasi bosh direktori Mark Kristoff boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida hamkorlikning eng asosiy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar o‘ta muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Vazir O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya sohasining Traxys kabi ishonchli, tajribali xalqaro hamkorlarga ochiqligi, kelgusidagi aloqalarning mustahkamlanishidan manfaatdorligini qayd etdi.
🔹 🔹 🔹
💠 Проведена встреча с делегацией компании Traxys во главе с генеральным директором
17 июня 2026 года министр горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан Б. Исламов провел встречу с делегацией американской компании Traxys во главе с генеральным директором Марком Кристоффом.
В ходе переговоров были обсуждены ключевые направления сотрудничества. Стороны также обменялись мнениями по вопросам добычи и переработки критически важных минеральных ресурсов.
Министр отметил открытость горнодобывающей и геологической отрасли Узбекистана для сотрудничества с надежными и опытными международными партнерами, такими как Traxys, и выразил заинтересованность в дальнейшем укреплении взаимовыгодных связей.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Traxys #uchrashuv #TXIF2026 #sanoat_uchun_muhim_minerallar #loyihalar #investitsiyalar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 1 329 |
| 19 | 💠 Itochu Corporation vakillari bilan uchrashuvda tog‘-kon sanoatida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari, “Navoiyuran” DK mas’ullari bilan birgalikda Itochu Corporation vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yuqori saviyada tashkil qilingani, tadbirda xalqaro ekspertlar va biznes doira vakillari, yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, Itochu Corporation bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
🔹 🔹 🔹
💠 Встреча с представителями Itochu Corporation была посвящена обсуждению перспектив двустороннего сотрудничества в горнодобывающей отрасли
Министр горнодобывающей промышленности и геологии Б. Исламов совместно с должностными лицами министерства и ГП «Навоийуран» провел встречу с представителями Itochu Corporation.
В ходе встречи было отмечено, что V Ташкентский международный инвестиционный форум организован на высоком уровне, а в его работе принимают участие международные эксперты, представители бизнес-кругов и ведущих зарубежных компаний.
Также обсуждены вопросы продолжения сотрудничества с Itochu Corporation в горнодобывающей и геологической сферах, реализации перспективных проектов и привлечения инвестиций.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Itochu_Corporation #uchrashuv #TXIF2026 #Navoiyuran #loyihalar #investitsiyalar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn | 5 140 |
| 20 | Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 847 |
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
